Madaniy va musikiy xayot XX - asr boshlarida.
(1900-1917 yillarda)
1. Siyosiy-ijtimoiy va madaniy muhit: 1904-1905 yy. rus-yapon urushi, 1905
y. Rossiyada inqilobiy harakat, 1914-1917 yy. Birinchi jahon urushlarni iqtisodiy-
ijtimoiy va madaniy hayotga salbiy ta‘siri. Rossiyada turli siyosiy partiyalarning
paydo bo‘lishi va ularning faoliyati. O‘rta Osiyoga ham ta‘siri.
2. O‘rta Osiyo xalqlari Rossiya imperiyasi mustamlakachilik changalidan
ozod bo‘lishda jadidchilik harakatining paydo bo‘lishi va mohiyati. Jadidchilik
harakatlari ulug‘ namoyondalarining ijodiy faoliyatlari. Jadidchilar va
Qadimiylarning g‘oyaviy kurashlari. Jadidchilarning matbuot va ma‘rufchilik
faoliyatlari. Milliy uyg‘onish davridagi o‘zbek adabiyoti va san‘ati. Ovropa
uslubidagi milliy teatrning bunyodga kelishida jadidlarning o‘rni. O‘zbek xalqining
musiqiy merosi va uning XX-asr boshlarida yashagan namoyondalari. Hofizlar:
Domla Halim Ibodov, Ota Jalol Nosirov, Hoji Abdurahmon Umarov, Hoji
Abdulaziz Rasulov, Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, Shorahim Shoumarov, Erka
Qori, Qurbon ota, Otajon Abdullaev (Xevon bobo), Onabibi Qori Otajonova,
Shojalil, Nabixo‘ja, Ilxom Rustamxon, Sodirxon va Hofizlar. Sozandalar:
Shobarat-tanburchi,
Abdusoat,
Solixon,
Karimbek-dutorchilar,
Mirqosim
tanburchi, Abduqodir Ismoilov-naychi, Ahmadjon Umurzoqov, Usta Ro‘zmatxon,
Qurbon g‘ijjakchi, Sultonxon Xalimov-tanburchi, Matyoqub Xarrat (Xarrat Devon
bobo nomi bilan mashhur), Madrahim Sheroziy Orif Toshmatov (Orif garmon va
boshkalar.).
O‘zbekistonning musiqiy madaniyati 20-40 yillar
1. Siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot muhiti: 1917-1940 yy. Badiiy
havaskorlar jamoalarining tashkil topishi, faoliyati va professional san‘atlarning
rivojlanish jarayoniga tashkil topishining quyidagi mohiyati . Respublikada
maxsus musiqa o‘kuv maskanlarning ochilishi, faoliyati va muhiti. Milliy
professional zamonaviy teatrlarning bunyodga kelishi. O‘zbekiston radio eshittirish
komitetining 1927y. Tashkil topishi va musiqiy targ‘iboti. O‘zbek radio va va
O‘zbek filarmoniya qoshidagi ijrochi jamoalarning tashkil topishi, faoliyati va
mohiyati. Bastakorlik san‘atning namoyondalari: Hoji Abdulaziz Rasulov,
Yu.Rajabiy, T.Jalilov, F.Sodiqov, N.Xasanov, K.Jabborov, P.Raximov, S.Kolonov,
M.Murtazoev, M.Niyozov, M.Xarratov, J.Shomurodovlarning hayoti va ijodiy
faoliyatlari. O‘zbekiston Kompoztorlari uyushmasining tashkil topishi, faoliyati va
mohiyati.
2. Madaniy va musiqiy hayot 1941-1945yy ikkinchi jahon urush yillarida.
Kontsert tashkilotlari va teatrlar faoliyati. Front kontsert brigadalarining tashkil
topishi va faoliyatlari. Shu yillarda bastakor va kompozitorlarni ijodiy faoliyati.
Urush yillarida bunyodga kelgan musiqali drama va operalar. Xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |