1.3. Musiqiy pedagogik maxorat-pedagogik kategoriyalar va ularning tasnifi
Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasini oshirish albatta ta'lim metodikasiga bevosita bog'liqdir. Musiqa tarbiyasi metodikasi, fan sifatida tizimga mansub bo'lib o'zining mustaqil o'rniga ega. Bu fan musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o'rganadi. Musiqa tarbiyasi metodikasi tarbiya muassasalarida nafosat, musiqashunoslik, fiziologiya, ruxshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi. Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa, nafosat musiqashunoslik fanlari bilan o'zviy bog'liq. Nafosat nomi- uning metodikasi asosini tashkil etsa, tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati, musiqa san'ati hamda madaniyati o'sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega.
Metodikaning fan sifatida rivojlanishi jamiyatda maorif va musiqa san'atini takomillashib borishi bilan bevosita bog'liqdir.
Shular bilan birgalikda musiqa tarbiyasi metodikasi umumiy prinsiplarini ilgari suradi. Bular onglilik, badiiy va texnik rivojlanish prinsiplarga ega. Bu prinsiplar o'quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish musiqaga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish, badiiylikni tarbiyalashga qaratilgan.
Musiqa asarni ongli idrok etish, asar mazmunini ochishda va o'quvchilarga musiqiy tajribalarni to'plashda, ularning ma'naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipi, uyg'unlashish ko'payishi orqali tinglanadigan asarni to'g'ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi:
Ularning musiqaga qiziqishida didlari tarbiyalab boriladi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi, asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlar talab etadi. O'quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e'tibor beradi. O'quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to'g'risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular yana musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida ko'pgina omillarga bog'liq ekanligini e'tirof etadi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta'siri ostidagina shakllanmaydi. Uyda, albatta, tevarak atrof, ommaviy axborot vositalari, yaxlit xildagi ijtimoiy vositalar tizimi ham katta rol o'ynaydi. Musiqa tarbiyasi metodikasi ta'lim metodlarini tanlashda ham pedagogika ravnaqi metodlarini ishlab chiqishda quyidagi muammolar mavjud. Jumladan:
metodlarning musiqa tarbiyasi, mazmunini sinovi, ijro bog'liqligi.
o'quvchilarda musiqiy va ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi.
musiqiy qobiliyat va ovozning rivojlanishi, musiqani idrok etishning yosh va yakka tartibdagi xususiyatlari.
o'quvchilarning rivojlanishida musiqiy faoliyatlarning turli shakllarda foydalanish imkoniyatlari bilan bog'liqligi.
Metodikaning vazifalariga esa, o'quv tarbiya jarayonini turlicha shakllantirish, yanada rivojlantirish, musiqa darslaridan tashqari musiqa mashg'ulotlari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarida to'garaklar, bayramlar, ko'ngil ochish kechalari kiradi. Musiqa tarbiyasi metodikasi musiqa faniga yaqin bo'lgan adabiyot va tasviriy san'at, tarix bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Bu esa, o'quvchilarning tarbiyasini har tomonlama samarali amalga oshirishga muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
Musiqa ta'lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda dars etakchi omil hisoblanadi.
Chunki, o'quvchilarning ommaviy tarzda jalb etilishi maktabda musiqa fani boshqa fanlardan o'zining badiiyligi va qiziqarliligi, zavq-shavq uyg'otishi bilan ajralib turadi.
Eng muhimi, musiqa bolalarning aqliy, axloqiy sifatlarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Musiqa aqlni peshlab, tafakkurni charxlaydi. Musiqa darslari va mashg'ulotlarida o'quvchilar tarbiya va milliy madaniyatimizni o'rganib, bilim saviyasini kengaytirib boradi.
Bobokalonlarimizdan Abu-Nasr Al Farobiyning ma'rifatparvarlik g'oyalar tizimida, bola shaxsini tarbiyalashda musiqa san'atining roli, maqsadi va vazifalari alohida e'tirof etiladi. Alloma Abu Ali Ibn Sinoning musiqiy ma'rifiy qarashlarida ham musiqa shaxsning ma'naviy va jismoniy madaniy tabiatiga ta'sir etuvchi qudratli vosita sifatida ta'rif beradi. Bolada yoshligidan boshlab musiqa hissiyotini tarbiyalash lozim, bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi degan g'oya ilgari suriladi. Alloma mashhur «Tibbiyot qonunlari» kitobida bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri- bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi- uxlatish uchun odat bo'lib kelgan musiqiy allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan ba'zan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo'lgan ehtiyoj hosil bo'lgan deb yozgan edi.
Shunday qilib, olimlar, mutafakkirlar musiqa nafaqat, insonga samarali ta'sir etuvchi vosita balki, o'z mohiyati, jamiyatdagi maqsad va vazifalariga ko'ra alohida bir fan sifatida tadbiq etishga, davrlar o'tib ularni tor fikrlarini ta'lim- tarbiyada tadbiq etilib, ta'kidlaganidek, ommaviy xalq musiqa pedagogikasining vujudga kelishida asos bo'ladi.
Ta'lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma'naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta'lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko'tarishni taqozo etadi.
Bugungi kunda musiqa, ta'lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim. Musiqa ta'lim tarbiyasining maqsadi - avlodni milliy musiqa me'rosimizga vorislik qiladigan hamda umumbashariy musiqa merosimizni qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga etkazishdan iborat. Buning uchun har bir o'quvchining musiqaga bo'lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o'quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart -sharoitlar yaratib berish maktab musiqa ta'limi tarbiyasining asosiy vazifasidir.
Musiqa ta'lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog'liq.
Pedagogika nazaryasidan ma’lumki, shaxsning har tomonlama kamol topishi tarbiyaning mehnat, aqliy, estetik va jismoniy turlari birligidagifaoliyatda ta’minlanadi. Musiqa ta’limi va tarbiyasi ham o’z mohiyatiga ko’ra estetik tarbiyaga xosligi bilan o’z oldiga san’at sohasida faoliyatga jalb etilgan yoshlarni birinchi navbatda san’atga qiziqishlarini, muhabbat va ishtiyoqini to’g’ri yo’lga tushirish, ush bu jarayonni muvafaqqiyatli istiqboli uchun eng muhim omil hisoblanuvchi ijodiy va ijrochilik qobilyatlarini to’g’ri shakillantirish, san’atdagi va hayotdagi go’zallikni his etish va tushunishlarini rivojlantirish, musiqa bilan shug’ullanish, uning ijrochilik sirlarini o’rganishni o’zining hayotiy ehtiyojlariga aylantirishni ko’zda tutadi. Toki, shunday maqsad qo’yilmas ekan, musiqa cholg’usini o’rganish “shunchaki havas” yo’liga bo’lar ekan, bunday ta’limning hech qanday ma’nisi bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning mazmuni, mohiyati va uni amalga oshirish, talablari
nuqtainazaridan cholg’u asboblarinio’rganish eng avvalo, musiqiy-ta’limiy va musuqiy- tarbiyaviy maqsad va uni amalga oshirishga yo’naltirilgan vazifalarga amal qilgan holda ish tutishni taqazo etadi. Bular o’quvchilarning umumiy musiqiy, musiqiy nazariy bilimlarini, amaliy ijrochilik qobilyatlarini shakillantirish, o’sib kelayotgan yoshlarni musiqa san’atining jahon xalqlari, buyuk kompozitorlar ijodiga mansub asarlar, o’zbek bastakorlari, kompozitorlarining zamonaviy va xalq musiqa ijodiga tayaninb yaratilgan eng sara namunalari bilan tanishtirib borish, shu orali ularda estetik did, dunyoqarashni tarkib toptirish, bolalarni badiiy havaskorlikni faol
qatnashchilariga aylantirishdan iboratdir. Fortepiano cholg’usi bo’yicha mustaqil, badiiy havaskorlik to’garaklari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga ta’lim bolalarga faqatgina cholg’uchilikni o’rgatishni emas, shu jarayonda o’quvchilarda musiqa san’atiga qiziqish va muhabbat uyg’otishi, ularning umummusiqiy o’sishiga yordam berishi, musiqiy-ijodiy va ijrochilik qobilyatlarini rivojlantirishi, musiqa asarlarini chuqur idrok etishlari va mustaqil baholay olishlariga erishish ko’zda
tutiladi. O’quvchilar ijrochilik malakalarini takomillashtira borishi bilan ularni mustaqil shug’ullanishga o’rgatish ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Amaliyotchi pedagoglar o’quvchilarni musiqiy ijrochilikni, ijrochilik qobilyati va malakalarini rivojlantirish haqida fikr yuritib, bu o’rinda bildirgan xulosaviy mulohazalarida bolalarga cholg’u asboblarida havaskorlik darajasida chalishni, har qanday asarni notalari bo’yicha asta-sekinlik bilan mustaqil o’rganishlari uchunyetarli darajada musiqa savodini, musiqa asarida tasvirlangan voqelikni, hissiy kechinmalarni maxsus maktablar o’quvchilari darajasida tahlil qiladigan bo’lishlari takidlanadi. Bu faoliyatda bolalar muntazam ravishda ko’proq musiqa tinglashlari va ularni boshlang’ich nazariy tahlil qilishlari, varaqdan o’qish (notaga qarab) malakalarini egallab borishlari, ayrim, uncha murakkab bo’lmagan, imkon qadar xalq musiqasi namunalarini ayrim qisimlarini, keyinchalik to’laligicha yoddan (eshitganini xotirasida qayta tiklab) chala bilishlari zarur.
Umumiy musiqa ta’limi tizimida (takidlab o’tilgan ta’lim muassasalari ko’zda tutilmoqda) o’quvchilarga cholg’u asbobini, xususan, fortepiano chalishni o’rgatish va shu jarayonda ularning musiqiy ijrochilik qobiliyati, ko’nikma va malakalarini shakillantirishning hozirgacha to’plangan nazariy va amaliy bilimlari bir tomondan musiqa cholg’u ijrochilik havaskorliklarini musiqiy-estetik tarbiyalashning ayrim muammolariga qaratilgan samarali ilmiytadqiqotlar bilan , ikkinchi tomondan o’quvchilarga mukammal musiqiy-estetik tarbiya berishning ilmiy asoslangan yaxlit tizimi ishlab chiqilganligi, bunday tizimning o’quvchilarga fortepiano chalishni o’rgatish nazariyasi, amaliyoti, usul va vositalari kabi eng muhim shakillari (kategoriyalari)belgilanmaganligi bilan harakterlanadi. Fortepiano cholg’usini o’rganish istagida mashg’ulotlarga qatnayotgan o’quvchilarni ushbu cholg’u ijrochiligini muvaffaqiyatli egallashlari imkonini beruvchi yaxlit metodik tizim va uning tashlikiliy-uslubiy asoslarini yorituvchi o’quv-metodik manbalarning taqchilligi, o’quv muassasalarini ular bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi va u yerlarda faoliyat yuritayotgan ko;plab pedagog-tarbiyachilar, cholg’uchilarni metodik tayyorgarligi nisbatan talab darajasida emasligi, o’quvchilarning musiqa san’atiga estetik munosabati yetarli darajada shakillanmaganligi, musiqiy-ijrochilik faoliyati ijtimoiy harakter kasb etmaganligi sabab bo’lmoqda. Cholg’u asboblarini o’rganish bo’yicha mashg’ulotlarda ijro malakalri o’z holicha tarqoq holda shakillanishi, yakka holdagi ijrochilik ansamblda ijro etishda amaliy musiqiy ko’nikmalarni batartib tarkib topmaganligi, musiqani idrok etish, ijro qilish va musiqiy ijodkorlikka yo’naltirilgan faoliyatni har xil turlari o’rtasida bog’lanishlarni yo’qligi o’quvchilarga mukammal musiqiy tarbiya berishga jiddiy to’sqinlik qilmoqda. Fortepiano sinfidagi o’quv faoliyatini tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, imkoniyatlarini hisobga olish zarurligi ko’pgina adabiyotlarda uqtirib o’tilgan. Shuningdek, yanada muhim bo’lgan komponentlar ko’nikma va malakalar, ya’ni o’quv, mavzuli, aqliy malakalarni shakillantirish ham alohida ta’kidlanadi. Fortepiano cholg’usi bo’yicha mashg’ulotlar oldiga qo’yiladigan eng muhim vazifalar to’g’risidagi ilmiy, uslubiy, o’quv adabiyotlarini o’rganish, tahlil qilish va shaxsiy kuzatuvlarimiz natijasida quydagi omillarga tayanib ish tutish maqsadga muvofiq bo’ladi degan xulosaga keldik.
Bolalar va o'qituvchi bilan birgalikda p'esalami eshitish uchun qo'shiqlaming ifodali ijrosi ustidagi ish jarayonida hissiyotni kuchaytirish mumkin. Asarlar mavzusini yaxshiroq tushunishga, his qilishga va asosiy g'oyani tushunishga ko'maklashuvchi uslublar mavjud: - musiqa rivojlanishning asosiy prinsiplari haqida tasavvurlar shakllanishi (takrorlanuvchanlik, variantivlik, zidlik) va ulaming ma'noviy yuklanmasi, qo'shiqlar ijrosi ustida ishlash jarayonida musiqiy ifodalilik vositalari va asarlami tinglash haqida tasavvurlar shakllanishi; - intonatsiya haqida tasavvurlar shakllanishi, uning kelgusidagi musiqiy idrok qilishida uning muhim roli haqida, intonatsiyaning ifodali va tasviriy mazmuni haqida, emotsional-semantik tarkib va uning timsoliy vositalari birligi sifatida intonatsiya haqida tasavvurlar shakllanishi; - musiqiy fikmi bayon etish kabi mavzu haqida tasavvurlar shakllanishi (tanish qo'shiq mavzusiga musiqiy asboblar uchun variatsiyalar bajarish misolida); - musiqa vositalari yordamida hayotiy hodisalami aks ettirish sifatida musiqiy obraz haqida tasavvurlar shakllanishi (masalan, yumoming - halq qo' shiqlarida). Musiqiy asar tuzilishining tiplari, ulaming ma'no yuklanmasi haqida tasavvurlar shakllanishidi.
Xulosa
Musiqa ta'lim tarbiyasining konsepsiyasida, maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta'limini sifatli bosqichga ko'tarish uchun maktabda teng xuquqli fan hisoblanadi. Bu esa, hozirgi zamon o'quvchisidan dars mashg'ulotlariga ijobiy munosabatda bo'lishi, o'quvchilar musiqiy faoliyatlarini oshirishni to'g'ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars mashg'uloti sifatida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarni esa har bir o'qituvchi bilishi kerak. Maxsus ijrochilik qobilyatlari ko’pchilik uchun cholg’u asbobini chalishga ehtiyojmandlikda, shu bilan ko’pchilik qiziqadigan zamonaviy (estrada) musiqalarini ijro etish va tezroq ko’pchilikni e’tiboriga tushishda ko’rinadi.Xullas, musiqiy qobilyatlar ilmiy asoslangan, o’rganilgan ko’plab qobilyatlar va har bir bolaning o’ziga xos individual xususyatlarini keng qamrovli majmuidan iboratdir. Bulardan boxabarlik va ta’lim-tarbiya jarayonida ularni e’tiborda tutib, bolani imkoniyatlarini hisobga olgan holda ish tutish musiqiy faoliyatni samaradorligini ta’minlaydi.1.2. Musiqiy qobilyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogic faoliyat maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasalarida fortepiano cholg’usini o’rgatishga yo’naltirilgan
mashg’ulotlar musiqiy ta’limning umumiy didaktik prinsiplariga tayangan holda, maxsus ishlab chiqilgan dasturlar asosida shuningdek, fortepiano cholg’usini o’rganishga oid metodik manbalarga tayangan holda tashkil etiladiki, bu jarayonga o’ziga xos yaxlit tizim sifatida qarash lozim bo’ladi. Musiqachi-pedagog fortepiano mashg’ulotlarining dastlabki davridan boshlab barcha bosqichlarda musiqiy – estetik tarbiyaning hozirgi kundagi maqsadlaridan hamda kursning muayyan ta’limiy va tarbiyaviy vazifalaridan kelib chiqqan holda ish tutishi ta’lim mazmunini belgilaydi.
Umumiy musiqa ta’limining fortepiano cholg’usi sinifidagi o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari hukumatimiz tomonidan yosh avlod tarbiyasiga qo’yilayotgan talablar mohiyatidan kelib chiqadi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Kudaykulov M.A.Didaktik muammolar: bo'lajak o'qituvchida kasbiymetodik mahoratlar asoslar shakllanishi: pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. -Kiev, 1987. 49 b.
2. Piskunov A.I. pedagogika institutlari va universitetlari talabalarining umumpedagogik tayyorgarligini takomillashtirish N~a. 79-86 b.Moskva 1987
3.www.Google.
Do'stlaringiz bilan baham: |