O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
“Musiqa madaniyati ’’Fakulteti
“Musiqa pedagogika ” fanidan
“Talabalarga musiqiy pedagogik maxorat- tushunchasini singdirish yo’llari” mavzusida
KURS ISHI
Bajardi:Musiqa ta’limi va sanati 101-guruh magistri Muhiddinova Malika
Ilmiy rahbar: S.F.N., dotsent,Turon fanlari akademiyasi akademigi Т. B.Panjiev
“Ximoyaga tavsiya etilsin”
“Musiqa madaniyati” fakulteti mudiri
________________________D. А. Karimova
“____”_________2022
Toshkent 2021 – 2022
Mundarija:
I. Kirish……………………………………………………………………3
II. Asosiy qism
1.1. Musiqiy pedagogik maxorat va uning turlari………………………4-11
1.2. Musiqiy pedagogik maxoratda foydalaniladigan metodlar va usullar……………………………………………………………………….11-15
1.3. Musiqiy pedagogik maxorat-pedagogik kategoriyalar va ularning tasnifi………………………………………………………………………15-21
III. Xulosa………………………………………………………………………22
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………23
Kirish
Pedagogik mahoratning nazariy asoslari, hamda uning musiqa madaniyati fani o'qituvchisi faoliyatida tutgan o'rni va ahamiyati.
Yaxshi musiqiy - pedagogik mahoratiga ega bo'lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o'zigina yetarli emas. Chunki, pedagogik nazariyada o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g'oyalar bayon etiladi. Pedagoglarning yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Lekin, o'rta maxsus ta'lim hayoti, amaliy jarayoni esa xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi.
Mahorat - bu alohida qudrat. Xaqiqiy usta mehnat faoliyati chog'idagina go'zaldir. Musiqiy - pedagogik mahoratga yetishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Musiqiy - pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
Ahloqiy tarbiya - bu hayotning turli sohalarida va insonlar bilan munosabatda shaxsning xarakteri va hulq-atvoriga xalq ommasining munosabatlarini ifodalanishi. Insonning Vatanga, mehnatga, moddiy ne’matlarga, oilaga boshqa kishilarga hamda o’ziga munosabati va mazkur o’ziga ahloqiy munosabatlarini tarbiyalash, ahloqiy tarbiya g’oyalarini tashkil qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Al- Farobiy musiqaning shaxs kamoloti shakllanishiga ijobiy ta’sirini quyidagicha bayon etadi: «Bu fan (ya’ni musiqa-D.O) shu ma’noda foydaliki, kimning fe’1-atvori muvozanatini yo’qotgan bo’lsa, tartibga keltiradi, kamolga yetmaganlarni kamolotga yetkazadi va muvozanatda bo’lganlarning muvozanatini saqlaydi. … Bu fan tanning sog’ligi uchun ham foydalidir.» Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy ham musiqa san’ati ulkan tafakkur manbai, usiz bolaning aqliy rivojlanishiga erishib bo’lmasligini e’tirof etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |