1.2. Musiqiy pedagogik maxoratda foydalaniladigan metodlar va usullar
O'qituvchi musiqaning ta'sirchan tarbiyaviy kuchidan foydalanib, o'quvchilarning ma'naviy, axloqiy va badiiy madaniyatini o'stirish maqsadida turli mazmun, metod, shakl va vositalar orqali belgilagan maqsadiga erishadi.
Bolalar ijrochiligi — kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg'ularida ijro etish va hokazo masalalari hozirgi kunda o'zining dolzarbligi bilan ko'pgina pedagog-olimlarning diqqat markazidadir. Uzluksiz ta'lim tizimida musiqiy ta'lim tizimi bir necha bosqichlardan iborat. Musiqa ta'limi boshqa fanlar kabi maktabdan emas, balki maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlanadi va ta'lim tizimining barcha jabhalarida davom etadi. Shuning uchun biz kelajak avlodni musiqiy ilmga ega bo'lishlariga zamin yaratar ekanmiz, ularning musiqiy-estetik tarbiyalariga
alohida e'tiborimizni qaratmog'imiz zarur. Buning uchun «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'kidlab o'tilganidek, nafaqat bola shaxsi, balki musiqa o'qituvchisi shaxsini, uning ma'naviy-madaniy qiyofasini shakllantirishimiz, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy-musiqiy an'analarimizga amal qilgan holda, bo'lajak musiqa o'qituvchilarmizni yosh avlodni tarbiyalashga loyiq hamda munosib inson qilib shakllantirishimiz kerak. O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati quyidagi musiqiy-estetik tarbiyaga rioya qilishda ko`rinadi:
Musiqiy-estetik faoliyatni atrof- muhit hamda zamon bilan hamohangligi;
Musiqaning san'at sifatida o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;
O'quvchilarning musiqiy rivojlanishlarida uzviylikni ta'minlash;
O'quvchilarning qobiliyat va imkoniyatlaridan qat'iy nazar, ularning musiqiy tarbiyalariga qo'yiladigan majburiyatlar.
Dasturda musiqiy tarbiyaning mazmuni va yo'nalishlari ochib berilgan, bolalarning rivojlanishining dinamikasi begilangan, har xil yoshdagi sinflarga minimal talablar qo'yilgan va aks ettirilgan. Dasturning maqsadlari quyidagilardan tashkil topadi:
bolalarni quvnoq, g'amgin, engil va vazmin musiqani tinglashga past va yuqori registrni eshita olishga, musiqa tilini tushunishga, past ovozli va baland ovozli musiqaga mos chapak chalish orqali musiqa dinamikasini ajratishni o'rgatish;
kattalar ketidan musiqani taqlid qilib, intonatsion mos ravishda qaytara olish;
musiqiy rahbar boshchiligida raqs harakatlarini bajarish;
kompozitorlar, musiqiy cholg'u asboblari haqida gapirib berish orqali bolalarda musiqa san'atiga muhabbat uyg'otish;
bolalarni musiqani diqqat bilan tinglashga o'rgatish, engil va oson xalq qo'shiq hamda kuylarini musiqasiga mos ritmik harakatlar bajarib ijro etishga o'rgatish.
Musiqa sur'atiga mos chapak chalish yoki oyoq bilan jo'r bo'lish orqali qo'shiqni ijro eta olish.Dasturda o'zbek kompozitor va bastakorlarning bolalar uchun yozilgan kuy
va qo'shiqlari o'rin olgan. Musiqiy asarlar bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlangan.
Zamonamizdagi ma'naviy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy o'zgarishlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi musiqa madaniyati fani o`qituvchilari oldiga yuqori talablarni qo'ymoqda.
Shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekistonda inson ma'naviy hayotini shakllantirish maqsadida musiqaning madaniy hayotga chuqurroq kirib borishida keng imkoniyatlar yaratilmoqda . Bunda ma'naviyat va ma'rifat gazetasi, markaziy xalqaro madaniy – ma'rifiy aloqalar majmuasi kabi ijodiy muassasalarning tashkil etilishi, bastakorlar uyushmasi va jamiyatdagi ijodiy siljishlar «O'zbekiston vatanim manim» nomi bilan mamlakatimizda o'tkazilayotgan an'anaviy tanlovlar, madaniy - ma'rifiy isloxotlarni amalga oshirishda metodlar qo'llanmoqda. Qadimiy va boy tajribaga ega, o'zbek milliy musiqa madaniyati istiqbolini amalga oshirish ta'lim tarbiya ishlari bilan shug'ullanish maqsadida, asrlar davomida rivoj topib kelganligini ta'kidlash joizdir. Bu maktablarda musiqa ta'limi-tarbiyasi bevosita oshirib borilgan. Ushbu maktablarning faoliyat mazmunida insonni dunyoga kelishidan kamol topib butun umri davomida musiqa haqiqiy ma'nodagi tarbiya vositasi ekanligi o'z ifodasini topgan .
Musiqaning so'z san'ati va adabiyoti bilan o'zviy holda bog'lab o'rganilganligi musiqa nomi va amaliyoti rivojida katta hissa qo'shadi.
Musiqa inson ruhiyatini ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli sof qalb egasi, go‘zallikni his qila oladigan, o‘z kasbiga, Vatanga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois, o‘quvchilar inson ma’naviyatini tarkibiy qismi bo‘lgan, musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun musiqa o‘qituvchisining oldiga qo‘yilgan vazifalari qo‘yidagilardir.
O‘quvchilarda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va mehr muxabbatni oshirish.
Musiqiy faoliyatlar jarayonida badiiy ijodkorlik va xis-tuyg‘ullarini rivojlantirish.
Asarlarning badiiy g‘oyaviy vositasida o‘quvchilarni ahloqiy-estetik tarbiyalash.
Musiqa darslarida kasb-hunar va mehnatga nisbatan o‘quvchilarda ishtiyoq uyg‘otish kabi ishlarni amalga oshirish kerak.
Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o‘qituvchining mahorati, kasbiy va axloqiy qiyofasiga bog‘liq. Har qanday san’atkor ham maktabda musiqa darslarini olib bora olmaydi. Buning uchun, musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, yuksak madaniyatli,keng dunyo qarashga ega bo‘lgan shaxs bo‘lmog‘i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, etika va estetika nazaryasi, musiqa nazaryasining amaliy sohalaridan, musiqa o‘qitish metodikasi fanlaridan chuqur bilimga ega bo‘lmog‘i kerak. Musiqa o‘qituvchisi musiqa san’atining nazariy va amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni u ham cholg‘uchi, xonanda, xor dirijyori, jo‘rnavozchi, musiqa nazaryotchisi va amalyotchisi sifatida ish qo‘rmog‘i lozim. Musiqa o‘qituvchisining ijodkorligi shundaki, u bir soatlik darsda senariy muallifi, uning ijrochisi va ressiyori sifatida ish tutadi. Shu bois, musiqa - san’ati darsi deyiladi. Maktab hayotida musiqa o‘qituvchisining faoliyat miqyosi kengdir. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy shakllarini (sa’natkorlar bilan uchrashuvlar, “Navro‘z” bayramlari, “Alifbe” bayramlari, “musiqa xaftaliklari”, O‘zbekiston- Vatanim manim, “Ilhom chashmalari”, ko‘rik tanlovlari bayramlarni) uyushtirish musiqa o‘qituvchisi zimmasidagi vazifadir. Shu bilan birga, maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi markazlari bolalar musiqa maktablari, o‘quvchilar saroylari, bolalar teatri bilan aloqada bo‘lib,iqtidorli o‘quvchilarni ularga jalb etish va ularning faoliyatini maktab hayotida qo‘llash ham musiqa o‘qituvchisining zimmasida. O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, “9 yillik umumiy o‘rta ta’lim” joriy etildi.Barcha o‘quv predmetlari qatori musiqa redmeti bo‘yicha ham aytish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Musiqa ta’limining davlat ta’lim standartlari asosida yangi dastur ishlab chiqildi.Yangi dastur mazmunida, milliy musiqa meroslaridan to‘laqonli foydalanish, ommaviy xalq kuylari va qo‘shiqlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa o‘z aksini topgan. Mazkur dasturning o‘quv jarayoni, musiqa o‘qitish metodikasi, darslarining yil, chorak mavzulari, taxminiy rejasi, namunaviy darslar ishlanmasi, mahalliy musiqa va dars faoliyatlari dars mavzusining ajralmas bir qismi bo‘lib,umumiy mavzuga bo‘ysunadi va mantiqan uzviy birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.Bu hozirda ishlayotgan o‘qituvchilardan ish mazmuni va uslubida yangilanish jarayonini talab etadi. Bunday talablar mazkur qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, majmuasida va nashr etilayotgan o‘quv –metodik qo‘llanmalarda keng ma’noda yoritilmoqda. Yangi dasturlarni o‘ziga xos yana xususiyatli tomoni shundan iboratki, musiqa madaniyati fanini asosi bo‘lgan musiqa savodxonligini tarkib toptirish lozim bo‘lgan, qator musiqiy qonuniyatlar, jumladan, musiqa nutqi,musiqa ifoda vositalari, musiqa shakllari, musiqaning tuzilishi va rivojlanishi, musiqaning zamonaviyligi kabilar chuqur, mukammal o‘rgatilishi kerak. Demak, yangi dastur mazmunida dars o‘tish uchun, musiqa o‘qituvchisi o‘zining musiqiy –nazariy bilimlarini takomillashtirish lozim. Chunki, mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muxabbat ruhida tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi, nafosat tarbiyasi masalalarini hal qilishda jamiyat va davlat tomonidan qo‘yilgan katta ma’suliyatni musiqa o‘qituvchisining oldiga vazifa qilib qo‘yilmoqda. Musiqa ta’limi samaradorligini ta’minlashda,o‘quvchilarning musiqa darsiga bo‘lgan qiziqishini o‘stirishda o‘qituvchi yetakchi bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |