Bog'liq Sanoat tarmoqlarining 2017 2021 yillardagi rivojlanishining asosiy
Sanoat tarmoqlarining 2017-2021 yillardagi rivojlanishining asosiy yo`nalishlari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasino’y rivojlantirishning Respublikamizda sanoatni rivojlantirishda hududlarning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari, geografik xususiyatlari hamda ekologik vaziyatni hisobga olgan holda sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasino’i rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Sanoatning yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish» bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada hududlardagi mavjud tabiiy resurs va mineral xom ashyo bazasi hamda mehnat resurslari imkoniyatlarini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini hududiy tarkibini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiytadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
U asosan rayonlararo ixtisoslashuv bilan uzviy bog‘langan. “Olib chiqib ketuvchi”ga o‘ziga xos yondashuv zarur. Shuning uchun unga alohida urg‘u berilayotganinini ta’kidlab o‘tish lozim. Muayyan maxsulot ishlab chikaruvchi tarmoqning mintaqalararo tovar ayirboshlash koeffisiyentini umumiy hajmga nisbatan quyidagicha aniqlash Bu yerda art-rayon (q1,2,3, ..., n) i-tarmoq (i q1,2,3, ..., m)ning mintaqalararo mahsulot koeffisiyenti; wr- g-rayondan і - tarmoq mahsulotini olib chiqish; v-r-payonga і- tarmoq maxsulotini olib kirish; x-r- rayon і- tarmoq ishlab chiqarish hajmi[117; 71-b.). Mamlakatning barcha rayonlari uchun sof mahsulot chikaruvchi tarmok tahlilida eksport qiluvchi mintaqalarga olib chiqib ketishiga nisbatini ko‘rsatadigan mintaqalararo faollik koeffisiyentidan qo‘shimcha tarzda foydalanish mumkin: w - Di Em (w-v) Bu yerda V- faollik koeffisiyenti, і- tarmoqning, r- rayonlararo almashuvdagi hissasi[117; 71-b.]. Sanoat tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobiga olishmintaqalar iqtisodiy tahlilining asosiy talablaridan biridir. Shuning uchun, ilmiy jihatdan turli tarmoqlarni o‘rganish barcha tarmoqlar uchun xos bo‘lgan umumiy tadqiqotlar uslubini qo‘llash zarurligidan dalolat beradi. quyidagi taklif etilayotgan sanoat tarmog‘i sxemasi mukammallikka da’vogar bo‘lmasa-da, u yoki bu maqsadlarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Shu bilan birga, unga xos bo‘lgan asosiy masalalarni aniqlab berishda katta ahamiyatga ega.
1. Tarmoqning ijtimoiy ishlab chiqarish va hududiy mehnat taqsimotidagi roli. Mamlakat ishlab chiqarish kompleksi tarkibi va boshqa sanoat tarmoklari orasida uning holati, tarmoklararo bog‘lanishlarning xarakteri va yo‘nalishlari. Mamlakat industrial rivojlanishida tarmoqning ahamiyati. Tarmoq va ilmiy-texnik taraqqiyot. Tarmoqning rayon hosil qiluvchi funksiyasi. Uning sanoat kompleksi shakllanishiga ta’siri. Mamlakat industrial rivojlanishida tarmoqning o‘sishning uzoq muddat saqlanishi iqtisodiy rivojlanish oldida to‘sik bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda korporativ strategiyaning bir bo‘lagi xisoblangan vertikal integrasiyani yakuniy maxsulot ishlab chiqaruvchi o‘zaro hamkor korxonalarning ma’lum bir guruhi yoki ishlab chiqarish zanjiri»ni tashkil etuvchi tuzilmasi sifatida tushuniladi. Neoklassik nazariyotchilar“ vertikal integrasiyani «ikki tomonlama qiymat keltiruvchi» texnologik zanjir hosil qiluvchi ishlab chiqarish kuchlarining to‘planishi sifatida qaraydi. Institusional nazariyotchilar esa vertikal integrasiyani tranzaksiya xarajatlarini qisqartirishning ma’lum bir shaklini hosil qiluvchi tuzilmalar sifatida e’tirof etadi. Sanoat tarmoqlarining foydali biznes faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy yo‘nalishi sifatida R. Bleyer, D. Kazermanlarning16 qarashlari ham ustun hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yirik va vertikal integrasiyalashgan korxonalar iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, chunki bunday mulk shakli taqlid qilish uchun yanada qulayroq hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining boshlang‘ich bosqichida yirik vertikal integrasiyalashgan tuzilmalar samaradorligini oshirish gipotezasini tasdiqlovchi bir qator tadqiqotlar mavjud."