25
Z.N. Sharayevskiy (1954),
I.O. Novik (1961), A.I. Rыbakov (1966)lar gipoplaziya
emal to`qimasining shakllanishi buzilishi va mineral tuzlarning
shu davrda
yetishmovchiligidan kelib chiqadigan nuqson deb tushuntirishadi.
V.K. Patrikeev (1967) fikricha gipoplaziya nafaqat mineralizatsiya jarayonining
buzilishi, balki emal to`qimasining oqsilli asosi (matritsasi)ning shakllanishi buzilishi
bilan enameloblastlar faoliyatining pasayishi natijasidir. G.V. Ovrutskiy (1991)
gipoplaziya emal shakllanishi davrida eng ko`p uchraydigan nokariyes kasalliklaridan
biridir deb ta’riflaydi.
Gipoplaziyada tish emalidagi noto`kislik nuqsoni orqaga qaytmaydigan
xolat
bo`lib, xosil bo`lgan nuqsonlar tish emalida bir umrga saqlanib qoladi. Bunda dentin
to`qimasi tuzilishida va tish pulpasida xam o`zgarishlar sodir bo`ladi. Emal
gipoplaziyasi doimiy tishlarda uchrab, u bolalarning 4,5 oylikdan 2,5-3 yoshlar
oralig`ida o`tkir yuqumli kasalliklar, raxitning og`ir shaklini, toksik dispensiya,
alimentar distrofiya, oshqozon-ichak, endokrin sistemasi kasalliklarini boshidan
kechirganligi bilan chambarchas bog`liqdir. Mazkur tish emali nuqsoni tabiatan
bolaning xomila davrida, sut tishlari emali rivojlanishi, oxaklanishi davrida sodir
bo`lmasligiga asosiy sabab, xomila davrida yo`ldoshning
zaxarli toksinlardan ximoya
qilish xususiyatining mavjudligidir. Lekin ba’zida xomiladorlik davrida, ayniqsa
xomiladorlikning ikkinchi davrida og`ir kechadigan kasalliklarga chalinishi (qizilcha,
toksoplazmoz va boshqa.) yo`ldoshning ximoya vazifasini anchagina susayitirishi,
uning butunligini buzib, o`tkazuvchanligini oshirishi, yoki bo`lmasa bola tug`ilgandan
so`nggi birinchi kunlar, xaftalarda tug`ilgan bolaning o`zini kasallikka chalinishi sut
tishlarida xam emal gipoplaziyasini sodir qilishi mumkin.
Kechki toksikozlarda va xomilador ayolning kasalliklarida mineralizatsiya
jarayoni faqat sut tishlari follikulasidamas balki erta chiqadigan birinchi doimiy molyar
tishlarida xam ro`y berib ularning gipoplaziyasini ta’minlaydi. Shuningdek xomilaning
7-8 oylarida tug`ilgan bolalarning sut qoziq tishlarida, kurak tishlarining bo`yin
qismida, molyar tishlarining chaynov yuzalarida emal gipoplaziyasi nuqsonlari uchrashi
to`g`risidagi ma’lumotlar adabiyotlarda keltirilgan. Bunday
xolni kundalik amaliyotda
stomatolog shifokorlar uchratib turishadi.
Ilgari emal gipoplaziyasi sut tishlarida kam uchragan bo`lsa, bugungi kunda
shifokorlar bu nuqsoni bor sut tishlarini tez-tez uchrata boshladilar. Buning asosiy
sababi ilgarigi davrlarda og`ir kechki toksikoz, og`ir infeksiya xastaliklariga chalingan
xomilador onalar bolalarini tirikligini saqlab qolishning iloji bo`lmagan va bunday
nuqsonli tishlari bor bolalar deyarli uchramagan. Bugungi kun
tibbiyotida olib
borilayotgan profilaktik tadbirlar, yuqori samarali davolash ishlari, muolajalari ularning
tirikligini ta’minlab ko`plab tug`ilishlariga imkoniyat yaratib bermoqda.
Bolalarni sun’iy ovqatlantirish, o`rta og`irlikdagi shamollashlar xam doimiy
tishlarda u yoki bu shakldagi gipoplaziya xolatlariga olib keladi.
2-3 yoshda bolalarda kechadigan mineralizatsiya jarayoni ancha turg`un bo`ladi va
bolaning organizmi xar xil moda almashinuvi buzilishlariga nisbatan yaxshigina
qarshilik ko`rsatish qobiliyatiga ega bo`ladi. Bunday turg`unlik doimiy premolyar va 2-
molyar tishlarda emal gipoplaziyasini sezilarli darajada kam uchrashini ta’minlaydi.
Emal gipoplaziyasining uch xil turi farqlanadi:
sistemali, maxalliy va o`choqli.