1
MURTAZAYEV SAIDMURODXON SAIDALOYEVICH
MURTAZAYEV SAIDALO MURTAZAYEVICH
BOLALAR FAKULTET TERAPEVTIK
STOMATOLOGIYASI
O’QUV QO’LLANMA
Toshkent - 2014
2
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH
VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BOLALAR STOMATOLOGIYASI KAFEDRASI
BOLALAR FAKULTET TERAPEVTIK STOMATOLOGIYASI
O`quv qo`llanma
Toshkent-2014
3
Tuzuvchilar: Murtazayev Saidmurodxon Saidaloyevich
- Toshkent tibbiyot
akademiyasi Bolalar terapevtik stomatologiyasi kafedrasi dotsenti.
Murtazayev Saidalo Murtazayevich
- Toshkent tibbiyot
akademiyasi Jarrohlik stomatologiya kafedrasi professori.
Taqrizchilar:
X.P.Kamilov
- Toshkent tibbiyot akademiyasi Terapevtik
stomatologiya kafedrasi mudiri, professor.
Maxsudov S.N.
– TVMOI Ortodontiya va bolalar stomatologiyasi
kafedrasi mudiri, professor.
BOLALAR FAKULTET TERAPEVTIK STOMATOLOGIYASI
O`quv qo`llanma
Qo`llanma tibbiyot institutlari stomatologiya fakulteti
talabalari,magistrlar va amaliyot shifokorlari uchun mo`ljallangan.
4
5
MUQADDIMA
Stomatologiya fakulteti talabalari uchun yozilgan mazkur o‘quv qo‘llanma asosiy
o‘quv darsligini to‘ldirish va talabalarning adabiyotlarga bo‘lgan talablarini bir
muncha qondirish maqsadida yozilgan.
O‘quv qo‘llanma Davlat Ta’lim Standartlari, namunaviy dastur asosida yozilgan
bo‘lib, tibbiyot oliygoxlarining stomatologiya fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan
oxirgi o‘quv dasturi mavzularini to‘la to‘kis qamrab olgan.
Qo‘llanmaning birinchi qismi o‘z ichiga bolalarda sodir bo‘lib kechadigan karies
xastaliklarining turlari, klinik ko‘rinishining o‘ziga xos xususiyatlari, davolash chora
tadbirlari va ularni amalga oshirish yo‘llarini olgan. Bu bobda sut tishlari karies
xastaliklarini doimiy tish kariesidan ajratish, o‘ziga xos klinik kechishi va xususiy davo
choralari, plomba to‘ldirgich materiallar to‘g‘risida aniq mantiqan to‘g‘ri savollar
tuzilib, ularga aniq javoblar tavsiya qilingan.
Ikkinchi qismida sut tishlarida va ildiz shakllanmagan doimiy tishlarda
kechadigan tish yumshoq to‘qimasining yallig‘lanishi-pulpitlar to‘g‘risida fikr
yuritiladi. Bolalarda kechadigan pulpa yallig‘lanishining turlari, klinik belgilari, o‘ziga
xos xususiyatlari, differensial (farqli) diagnostikasi va o‘ziga xos davo-tadbir
choralarining xamma usullari bu bobdagi savollar va javoblarda o‘zining aniq aksini
topgan.
Uchinchi va to‘rtinchi qismida bolalar sut tishlarida va shakllanmagan ildizli
doimiy tishlarda kechadigan nokaries va periodont yallig‘lanishi (periodontit)
xastaliklarini o‘z ichiga oladi. Bu bobda periodont xastaliklarining turlari, bolalarga
xos klinik ko‘rinishi, asosiy belgilari, differensial diagnostikasi, xar bir turiga xos
rentgen tasvirining taxlili va shu bilan birgalikda bu bobda davolash jarayoni, undan
keyin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar, tishlarni oldirib tashlashga asos
bo‘ladigan sabablar, alomatlar xaqida fikrlar vaziyatli masalalarda,test savollarida,
krossvord va organayzerlarda o‘zini aksini topgan.
Qo‘llanmada yozilgan davolash usullari, ularni bosqichma-bosqich bayon
qilinishi talabalarning o‘zlashtirishi uchun juda qulay va ijobiy xoldir.
6
Ushbu o‘quv qo‘llanmada mazkur fan bo‘yicha mavzularning mantiqiy
mazmunlariga savollar tuzilib ularga aniq, mazmunli javoblar tuzish yo‘li bilan
mavzularning aniq maqsadini talabalarga etkazish vazifa qilib qo‘yilgan. Bulardan
tashqari mavzular mazmunini tegishli test savollari, yangi o‘quv texnologiyasi
elementlari (vaziyat masalalari, venna diagrammasi, baliq skeleti, organayzerlar va
krossvordlar) orqali sinab ko‘rish yo‘li bilan talabalar bilimini mustahkamlash vazifasi
ham hal etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |