Murtazayev saidmurodxon saidaloyevich murtazayev saidalo murtazayevich bolalar fakultet terapevtik


kasalliklari tasnifi (V.K. Patrikeev, 1968 y.)



Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/103
Sana29.01.2022
Hajmi2,86 Mb.
#415716
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

kasalliklari tasnifi (V.K. Patrikeev, 1968 y.). 
1.
Emal gipoplaziyasi 
2.
Emal giperplaziyasi 
3.
Endemik flyuoroz 
4.
Tishlar taraqqiyoti va yorib chiqish anomaliyalari 
5.
Tishlar taraqqiyotining irsiy buzilishi.
 
Emal gipoplaziyasi 
Emal gipoplaziyasi – bu tish qattiq to`qimalarining rivojlanish davridagi metabolik 
jarayonlarning buzilishi oqibatida sodir bo`ladigan emalning sifat va miqdoriy 
o`zgarishlari bilan tavsiflanadigan xastalikdir. 
Etiologiyasi:
A.I. Abrikosov (1914) fikricha bunda emal to`qimasini xosil qiluvchi 
enamelobalst xujayralar faoliyatining o`zgarishi sababli emal to`qimasining shakllanishi 
buziladi. I.T. Lukomskiy (1953), S.I. Vays (1965) fikricha bu nuqson emal 
to`qimasining minerallashuvi davrida sodir bo`ladigan minerallar yetishmovchiliklari 
oqibatida yuzaga keladi, bunda tish to`qimalarining shakllanishi buzilmasligini e’tirof 
etishadi.


25 
Z.N. Sharayevskiy (1954), 
I.O. Novik (1961), A.I. Rыbakov (1966)lar gipoplaziya 
emal to`qimasining shakllanishi buzilishi va mineral tuzlarning shu davrda 
yetishmovchiligidan kelib chiqadigan nuqson deb tushuntirishadi.
V.K. Patrikeev (1967) fikricha gipoplaziya nafaqat mineralizatsiya jarayonining 
buzilishi, balki emal to`qimasining oqsilli asosi (matritsasi)ning shakllanishi buzilishi 
bilan enameloblastlar faoliyatining pasayishi natijasidir. G.V. Ovrutskiy (1991) 
gipoplaziya emal shakllanishi davrida eng ko`p uchraydigan nokariyes kasalliklaridan 
biridir deb ta’riflaydi. 
Gipoplaziyada tish emalidagi noto`kislik nuqsoni orqaga qaytmaydigan xolat 
bo`lib, xosil bo`lgan nuqsonlar tish emalida bir umrga saqlanib qoladi. Bunda dentin 
to`qimasi tuzilishida va tish pulpasida xam o`zgarishlar sodir bo`ladi. Emal 
gipoplaziyasi doimiy tishlarda uchrab, u bolalarning 4,5 oylikdan 2,5-3 yoshlar 
oralig`ida o`tkir yuqumli kasalliklar, raxitning og`ir shaklini, toksik dispensiya, 
alimentar distrofiya, oshqozon-ichak, endokrin sistemasi kasalliklarini boshidan 
kechirganligi bilan chambarchas bog`liqdir. Mazkur tish emali nuqsoni tabiatan 
bolaning xomila davrida, sut tishlari emali rivojlanishi, oxaklanishi davrida sodir 
bo`lmasligiga asosiy sabab, xomila davrida yo`ldoshning zaxarli toksinlardan ximoya 
qilish xususiyatining mavjudligidir. Lekin ba’zida xomiladorlik davrida, ayniqsa 
xomiladorlikning ikkinchi davrida og`ir kechadigan kasalliklarga chalinishi (qizilcha, 
toksoplazmoz va boshqa.) yo`ldoshning ximoya vazifasini anchagina susayitirishi, 
uning butunligini buzib, o`tkazuvchanligini oshirishi, yoki bo`lmasa bola tug`ilgandan 
so`nggi birinchi kunlar, xaftalarda tug`ilgan bolaning o`zini kasallikka chalinishi sut 
tishlarida xam emal gipoplaziyasini sodir qilishi mumkin.
Kechki toksikozlarda va xomilador ayolning kasalliklarida mineralizatsiya 
jarayoni faqat sut tishlari follikulasidamas balki erta chiqadigan birinchi doimiy molyar 
tishlarida xam ro`y berib ularning gipoplaziyasini ta’minlaydi. Shuningdek xomilaning 
7-8 oylarida tug`ilgan bolalarning sut qoziq tishlarida, kurak tishlarining bo`yin 
qismida, molyar tishlarining chaynov yuzalarida emal gipoplaziyasi nuqsonlari uchrashi 
to`g`risidagi ma’lumotlar adabiyotlarda keltirilgan. Bunday xolni kundalik amaliyotda 
stomatolog shifokorlar uchratib turishadi. 
Ilgari emal gipoplaziyasi sut tishlarida kam uchragan bo`lsa, bugungi kunda 
shifokorlar bu nuqsoni bor sut tishlarini tez-tez uchrata boshladilar. Buning asosiy 
sababi ilgarigi davrlarda og`ir kechki toksikoz, og`ir infeksiya xastaliklariga chalingan 
xomilador onalar bolalarini tirikligini saqlab qolishning iloji bo`lmagan va bunday 
nuqsonli tishlari bor bolalar deyarli uchramagan. Bugungi kun tibbiyotida olib 
borilayotgan profilaktik tadbirlar, yuqori samarali davolash ishlari, muolajalari ularning 
tirikligini ta’minlab ko`plab tug`ilishlariga imkoniyat yaratib bermoqda.
Bolalarni sun’iy ovqatlantirish, o`rta og`irlikdagi shamollashlar xam doimiy 
tishlarda u yoki bu shakldagi gipoplaziya xolatlariga olib keladi. 
2-3 yoshda bolalarda kechadigan mineralizatsiya jarayoni ancha turg`un bo`ladi va 
bolaning organizmi xar xil moda almashinuvi buzilishlariga nisbatan yaxshigina 
qarshilik ko`rsatish qobiliyatiga ega bo`ladi. Bunday turg`unlik doimiy premolyar va 2-
molyar tishlarda emal gipoplaziyasini sezilarli darajada kam uchrashini ta’minlaydi. 
Emal gipoplaziyasining uch xil turi farqlanadi: sistemali, maxalliy va o`choqli. 


26 

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish