Murodimov Umidjon Obloqul o’g’li



Download 308,45 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi308,45 Kb.
#764173
Bog'liq
Turkiston tog\'larining geoekologik muammolari


Turkiston tog’larining geoekologik muammolari
Murodimov Umidjon Obloqul o’g’li
Jizzax davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi mutaxassisligi (Geografiya) magistranti,
(+998977945535, umidmurodimov @gmail.com )
Annattatsiya: Turkiston tog’larining Jizzax viloyatida joylashgan geoekologik muammolarini o’rganish.Bu maqolada hozirgi vaqtdagi geoekologik muammolar va ularning oqibatlari keltirilgan.
Kalit so’zlar: Turkiston tizmasi, suvayirg’ich, alohida muhofaza qilinadigan hududlar, politilen paketlar, sangzor, zarafshon, piramida, artezan havzalar, archa, mastchoh, geoekologik muammolar, farg’ona, mirzacho’l.
Turkiston tizmasi – Hisor Oloy tog’ sistemasiga mansub tog’ tizmasidir. Turkiston tog’lari asosan chegara va suv ayirg’ich vazifasini bajaradi . Bu tog’lar O’zbekiston va Tojikiston Respublikalarining, Jizzax va So’g’d viloyatlarini ajratib turadi. Sirdaryo va Zarafshon daryolari o’rtasidagi suv ayirg’ich vazifasini o’taydi. Bu tog’ tizmasi sharqdan g’arbga ya’ni Mastchoh tog’ tugunidan Zarafshon daryosining o’rta oqimigacha 350 kmga cho’zilgan. Turkiston tizmasini sharqda Mastchoh tog’ tuguni ya’ni So’x daryosining boshlanish qismlari Oloy tog’ tizmasidan ajratib turadi.Turkiston tizmasi sharqda Farg’ona vodiysi bilan ,g’arbda Zarafshonning o’rta oqimidagi tekisliklar bilan va shimoliy qismi Mirzacho’l sarhadlariga tutashib ketgan. Tog’ning sharqiy qismi g’arbiy qismiga nisbatan balanddir. Sharqiy qismining balandligi 5000-5400m.ni tashkil qiladi.G’arbiy qismini balandligi 2600-3400m.ni tashkil qiladi. Eng baland joyi Piramida cho’qqisi hisoblanadi.

Turkiston tizmasi gersin burmalanishida ko’tarilgan va keyinchalik tashqi kuchlar ta’sirida yemirilgan. Uchlamchi davrda qayta ko’tarilgan va hozirgi qiyofasini olgan .Paleozoy erasiga hos bo’lagan slanets, granit ,qumtosh , diorite va bazi joylarda qisman ohaktoshlar uchraydi,neogen konglemetatlar hamda to’rtlamchi davr lyoss yotqiziqlaridan tashkil topgan.
Turkiston tog’larining shimoliy qismi nisbatan qiyaroq bo’lib ,shimoliy qismidagi qir-adir va tekislarga tutashib ketadi.Shimoliy yon bag’rida Sangzor,Zominsuv, Kukjar,Jum-jum,Bosmondiq, Bo’ragan, Oqsuv ,Isfara va boshqa daryo va soylar mavjud. Sharqiy qismida asosiy muzliklar joylashgan. Ularning umumiy maydoni 150km ni tashkil etadi.Bu tog’ning janubiy qismida Zarafshon muzligi joylashgan.
Tog’ning 1500-1800 m balandliklarida tipik va to’q tusli bo’z tuproqda efemerlar, shuvoq va bug’doyiqlar keng tarqalgan. 1800-3000 m balandliklarda o’rmon-dasht mintaqasi joylashgan. Bu mintaqada asosan jigarrang va qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Bu mintaqada archa, pista, bodom, do’lana, zirk, itburun kabi daraxtlar o’sadi. Tog’ yon bag’rilari tabiati juda go’zal va so’lim joylar ko’p. Mevali va dorivor o’simliklar juda ko’p.
Turkiston tizmasini shimoli-g’arbiy yon bag’ri tabiatini asrash uchun Zomin Milliy bog’i va Zomin davlat qo’riqxonasi tashkil etilgan. Bu hududlarda tog’ tabiatini asrash bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda Zomin milliy bog’ida turizmni rivojlantirish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Turizm – mamlakatni ertangi kuni sifatida Zominsuv daryosi va boshqa soylar bo’ylarida dam olish maskanlari va kurot zonalar qurilmoqda. Turistlarni jalb qilish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu hududlarga asosan mahalliy sayyohlar tashrif buyirmoqda. Mahalliy sayyohlar tashrifi ortaga sayin bu hududlarda mayishiy chiqindilar ko’payib bormoqda. Mahalliy sayyohlar asosan o’zlari bilan olib kelgan oziq-ovqat qoldiqlari va chiqindilari, shisha idishlar, politilen paket va idishlarni tashlab ketmoqda. Va o’sha hududlarda o’simliklarga jiddiy zarar keltirmoqda. O’simliklarni yulmoqda va odamlar o’simliklar ustida yurib ularning o’sishiga zarar keltirmoqda. Milliy bog’ va Qo’riqxonalarning aholiga tutash hududlarida chorva mollarini boqishi kuzatilmoqda va ular o’simliklar va tabiiy saqlanayotgan hududlarga zarar keltirmoqda.
Politilen paketlar hozirgi vaqtda nafaqat global ekologik muammo hisoblanadi balki u ortiqcha energiyaning sarflanishiga olib kelmoqda.Masalan Xitoyda bir yilda politilen paketlar ishlab chiqarish uchun 1.6 million tonna neft sarflanadi.
O’zbekiston Respublikasida xorij tajiribasiga tayangan xolda va jamoatchilik fikrini inobatga olgan xolda O’zbekiston Davlat ekologiya qo’mitasi va qator vazirlik va idoralar politilen paketlarni ishlab chiqarish va ularning atrof muhitga zarar keltirishi bo’yicha taklif va mulohazalarni o’rganib Prezidentning 18.05.2018 yildagi “Maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi “qarorlar qabul qilindi.Bu qarorga muvofiq tadbirkorlar va xaridorlar o’rtasida tushintirish ishlari olib borilmoqda.
Politilen idishlarni chirishi juda ko’p vaqt talab etadi. U tuproq, o’simlik qoplamiga va hayvonot olamiga juda katta zarar yatkazadi.Shularni hisobga olgan holda hozirgi vaqtda politilen idishlarni qayta ishlash va zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.
Biz tabiatni tabiiy holicha saqlashga urinib ko’plab ishlar olib borayotganimizda, Alohida muhofaza qilinadigan hududlarda yaqin atrofdagi aholining ta’siri sezilarli darajada ko’paymoqda. Aholi vakilllari qo’riqxona hududidagi o’simliklarni ya’ni dorivor va ziravor o’simliklarni terish va yig’ishtirib olish ishlarini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari aholi vakillarining chorva mollari ham o’simliklarning o’sishi va ko’payishiga zarar yetkazmoqda. Qizil kitobga kirgan va davlat muhofazasida bo’lgan hayvonlarni ovlash, tutish va boshqa zarar keltirish ishlari kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda bu kabi ishlarni oldini olish va kurashish uchun Zomin va Baxmal hududlarinining tabiatini muhofazaqilish uchun Prezident qarori bilan maxsus prokratura tashkil etilmoqda.Qarorga ko’ra Zomin va Baxmal tumanlari tabiatini muhofaza etish, tabiiy hududlar egallagan yerlar va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yaxshilash maqsad qilib olingan. Shunga ko’ra Bosh Prokratura , Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining Bosh prokratura tizimida 8 nafar shtat birligidan iborat bo’lgan Zomin tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo’yicha ixtisoslashtirilgan prokratura tashkil etiladi.
Bo’sh yotgan yerlarni o’zlashtirish va aholini badligini taminlash bo’yicha Turkiston tog’ etaklaridan foydalanilmoqda. Ya’ni bu hududlarda dehqonchilik va bog’dorchilik uchun yerosti artezan havzalardan foydalanilmoqda. Bu kabi artezan havzalaridan foydalanish Turkiston tog’lari tabiatiga jiddiy havf tug’dirmoqda. Turkiston tog’laridagi archalarning qurib qolishiga olib kelmoqda. Archalar yer ostida 2tonnagacha suv toplaydi. Artezan havzalaridan foydalanish bu suvlarning yer ostida yo’qolib borishiga sabab bo’lmoqda. Tog’lardagi archalarning qurib ketishi bu hududlarning tabiatining yomonlashuvi olib keladi. Turistik zonalarning yo’qolishiga va O’zbekiston hududidagi kam maydonli o’rmonlar hududining yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Artezan havzalardan sug’orish maqsadlaridan foydalanish oqibatida hozirgi vaqtda tekislik hududlarida chang to’zonli kunlar kuzatilmoqda.Nafaqat Turkiston tizmasi va unga yondosh hududlar balki Toshkent viloyatida ham artezan havzalardan Poytaxt hududida chang bo’ronlari kuzatilishiga olib kelayapti. Masalan Chirchiq daryosi va undagi kanallar Toshkent shahar hududini yer osti suv yo’llari orqali namlatib turgan. Artezan havzalaridan foydalanish yer osti suv sathining pasayishiga va tuproq namligining yo’qolishiga olib keladi.
O’zbekistonda suv muammolari hal qilish bo’yicha chora-tadbirlar va tahlillar shuni ko’rsatib turibdiki 2050 – yilga borib O’zbekistonda ichimlik suvi tanqisligi keskin ko’tarilishi kutilmoqda. Shuni hisobga olgan holda artezan havzalardan oqilona faqat ichimlik suvi maqsadlarida foydalanish va sug’orish uchun foydalanishdan voz kechish kerak. Uzoq kelajakni o’ylagan holda biz yurtimizdagi kanal va suvombor suvlaridan inavatsion texnalogiyalar orqali yomg’irlatib, tomchilatib va yer ostidan sug’orish ishlarini olib borish shart.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi ma’lumotlari asosida.

  2. https:// Ziyonet.uz –sayt materallaridan olindi.

  3. https:// Daryo.uz –sayt materallaridan olindi.

Download 308,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish