4.15-rasm. Qattiq tog’ jinslarini va temirni yemiruvchu
tarsavoy frez.
Quduqni sementlangandan keyin sement tiqinlarini, mustahkamlovchi quvurlar birikmasining yo‘naltiruvchi tiqini va metall buyumlarni burg‘ilab o‘tishga mo‘ljallangan.
Quduq tanalarini kengaytirish va quduq tubiga tushgan metall buyumlarni chetlashtirishga mo‘ljallangan. Bu burg’ularning diametri 0,97 dan 0,490 m gacha yetishi mumkin.
Kengaytirgichlar. Quduq tanasining kengaytirgichi boshqa texnologik asbob kabi ta’sir prinsipi va ishlash sharoitlariga ko‘ra paralash asboblaridan farqlanadi. Kengaytirgich kengaytiriladigan quduqlarni paralash jarayonida bo‘shoq tog‘ jinslarini yemirishga xizmat qiladi.
Chunki bu tog‘ jinslarida yemirilish oldi zonalari, darzliklar va klivajlar keng tarqalgan.
Kengaytirgichlar asoson burg‘ilangan quduqlarning tanalarini kengaytirishda qo‘llaniladi. Bunday sharoitlarda quduq tanasini 0,1905-0,2935 m diametrda paralash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kengaytirgichlarning ko‘rinishi, konstruksiyasi va texnologik ishlatilish sharoitlari har xil bo‘ladi. Hozirda ikki (sharoshkali va ko’rakli) turdagi kengaytirgichlar keng qo‘llaniladi. Mustahkamlovchi quvurlar birikmasi boshmog‘i osti tanasini kengaytirish uchun turli xil kengaytirgichlar ishlatiladi.
Bundan tashqari olmosli kalibrlovchi, mayda olmosli va qurama kengaytirgichlar mavjud:
a) olmosli kalibrlovchi kengaytirgichlar - koronka bilan kolonkali quvur orasiga joylashtiriladi. U olmosli koronka rezbasining yeyilishi natijasida quduq ustunining torayishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Kengaytirgich diametri koronka tashqi diametriga nisbatan 0,005-0,01 m kattaroq bo‘ladi;
b) kalibrlovchi kengaytirgichlar – paralash diametrini doim bir xilda saqlab turishga mo‘ljallangan. Kengaytirgich koronkaning barqarorligigini oshiradi, tebranishni kamaytiradi, uning yeyilishga chidamliligini oshiradi va quduq tanasi yo‘nalishini ta’minlaydi.
v) mayda olmosli kengaytirgichlar - olmosli paralash jarayonida quduqni diametri bo‘yicha kalibrlashga va koronkaning vaqtidan oldin yeyilib ketmasligini ta’minlashga xizmat qiladi.
g) qurama kengaytirgichlar – bir vaqtning o‘zida yonma-yon (chegaradagi) joylashgan ikki olmosli koronkaning ishlash prinsipiga asoslangan. Odatda koronka almashtiriladigan bo‘ladi. Bu esa kengaytirgichga qayta ishlov berishga imkon beradi. Neft va gaz quduqlarini paralashda boshqa turdagi kengaytiruvchilar ham qo‘llaniladi. Kengaytiruvchilari katta diametrli quduqlarni paralashga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |