Mа’ruzа №5. Abrazivli va olmosli asboblar. Rеjа



Download 65,83 Kb.
bet1/3
Sana10.03.2022
Hajmi65,83 Kb.
#487983
  1   2   3
Bog'liq
5-маъруза


Mа’ruzа №5.
Abrazivli va olmosli asboblar.


Rеjа:
1. Asboblar to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
2. Abraziv olmosli va kompozitli asboblarni ko’rinishlari, ularning qo’llanilishi va effektivligi.
3. Kallaklar, ularni ish uslubi, kallaklar konstruksiyalari va ularni turlari.
4. Оlmоs - аbrаzivli аsbоblаrni аlоhidа hususiyatlаri vа qo’llаnilish miqyosi, ulаrning strukturаsi vа tаvsiflаri.
5. Yig’ish dоirаlаr (аbrаziv tоshlаr)ning kоnstruktsiyasi. Jilvirlаshlаrni to’g’rilаsh uchun оlmоsli аsbоblаr.
6. Оlmоs kеskichlаr, оlmоs tоshlаrni mахkаmlаsh usullаri vа gеоmеtrik pаrаmеtrlаri.


Tаyanch so’z vа ibоrаlаr: bоlgаlаsh vа kеsish, kirindi, kеsuvchi аsbоb, kеsish jаrаyoni, аsbоblаrni еyilishi, аsbоblаr gеоmеtriyasi, kеsish rеjimi, kеsish kuchi, mоylаsh-sоvitish, mеtаllаrgа kеsib ishlоv bеrish, хаrоrаtni аniklаsh, аsbоblаrni turgunligi, yuzаning sifаti, аsоsiy vаqt, аsbоbsоzlik mаtеriаllаri, аsbоbsоzlik pulаtlаr, qаttiq qоtishmа, nоmеtаl аsbоbsоzlik mаtеriаllаr, jilvirtоsh mаtеriаli, jilvirlаsh, jilvirlаsh tоshlаrini shаkli, jilvirlаsh tеzligi.

Ishlov beriladigan materiallarning xossalari kesish kuchlariga katta ta`sir Utkazadi. Biroq, statik tajribalar sharoitida Ulchangan kesish kuchlari va ishlov beriladigan materialning mexanik xarakteristikalari orasidagi aniq va bir maonoli bog’liqlik xozircha Urnatilmagan. Bu quyidagicha tushuntiriladi kesish sharoiti farq qiladi.


Xisoblarda kesish kuchlari va chUzilishdagi yoki Brinell bUycha qattiqliqdagi mustaxkamlik chegarasi orasidagi takribiy emprik bog’lanishlar bir murdagi materiallar guruxi uchun xaqiqiy xisoblanadi (uglerodli pulat, kulrang chuyan va xokazo). Masalan, bir xil mustaxkamlik chegarasida v=700 mn/m2 (70 kchs/mm2) va bir xil kesish sharoitida Rz kuchi xrom-nikelli pulatlarga ishlov berishda uglerodli pulatlarga ishlov berishdagicha nisbatan 10-12% ga katta buladi.
Pulatlarga ishlov berishda kesish kuchiga ishlov beriladigan materialning qovushqoqligi va plastiklik muxim ta`sir Utkazadi: nisbiy chUzilish  qanchalik katta bUlsa, Rz kuchi shunchalik katta buladi.
Umuman, v va Rv oshishi bilan kesish kuchlari Usadi: Rz - nisbatan sekin, Ry va Rx -ancha tezroq. Rz kuchi mustaxkamlik chegarasiga tugri proportsional bUlmagan ravishda, birmush sekin Usadi. Bu uglerod tarkibini ortishi bilan mustaxkamlik chegarasi ortadi, Lekin qovushqoqlik kamayadi, bundan tashqari qattiq pulat paklepga kam dugor buladi. Kesish kuchiga taxminan normal yUnaltirilgan Rh gorizontal kuch omaliy jixatdan ishlov beriladigan material qovushqoqliga emas, balki uning qatiqligi yoki qisilish qarshiligiga bog’liq buladi.
Normativlarda keltirilgan formulalar va jadvallar buyicha boshqa bir xil sharoitlarda qattiq qotishmalar bilan ishlaganda Rz kuch R18 keskichlar bilan ishlagandagidan 20-25 kichik buladi, minerolokeramik keskichlar bilan ishlaganda esa qattiq qotishmalar bilan ishlagandagidan 10 - 11 / ga kichik buladi.
Tajribalar bilan bu faqatgina TSM 332 keskichlarni munosabatida tasdiqlanadi. Qattiq qotishmalar bilan ishlashda R18 keskichlar bilan solishtirilganda Rz kuchni namoyishiga kelganda, normativlardagi ma`lumotlar tekshirish va aniqlashni talab etadi chunki ular bir qator tajribalar bilan tasdiqlanmaydi.
Rz kuchning amaliy qiymatlari pulatni tezkor yunishda R18 keskichlar bilan yunishdagicha nisbatan 8 – 10% ga kichik buladi.
Kesuvchi asbobning oldingi va orqa yuzasi buyicha ishqalanishning xususiyatlari butun qirindi xosil bulish jarayoniga katta ta`sir Ukazadi. Ishqalanish kuchi boshqa omillar bilan birgalikda kesuvchi asbobning oldingi yuzasida teng ta`sir euvchi kuchlarning yUnalishini aniqlaydi. Uz navbatida bu yUnalishga, siljish yuzasining xolati, qirindi kirishuvi, kesiladigan qatlamning deformatsiyalanish darajasi ta`sir etib, natijada kesish kuchining kattaligiga bog’liq buladi. Kesish uchun sarflangan ish issiqlikka aylanib ishqalanish yuzalaridagi kesuvchi asbobning xaroratini va uning kesuvchi xususiyatlarini saqlash qobiliyatini belgilaydi.
Kesuvchi asbob yuzalaridagi ishqlanish - mashina detallaridagi ishqalanishdan butunlay farq qiladi. U tuqnashuvchi yuzalarda yuqori bosim ostida amalga oshadi. Bu bosim kesuvchi qirrada 1000 mn/m ga erishadi va oldingi yuzadan qirindini tushish joyida nolgacha etadi (mashina deallarining xarakatlanuvchi brikmalarida bu kattalik 10 - 20 mn/m dan yuqori emas).
Ishqalanuvchi yuzalarning xarorati, xona xaroratidan ishlov beriladigan materialning erish xaroratigacha bulgan keng chegarada Uzgarishi mumkin. Bunda ishqalanuvchi jismlardan biri qirindi-plastik deformatsiyalanadi. Masalan, quyidagi Urnatilgan maromda: pulat 50 ni 0,33 m/sek kesish tezligida va 2,38 mm/ayl surish bilan yunishda, keskich bilan tuqnash qirindini yuzasidan 0,025 mm masofadagi nisbiy siljishi 39 ga teng va qirindining asosiy materiali deformatsiyasidan 20 marta ortiqdir.
Faqat muayyan sharoitlarda (ayiqsa kichik kesish tezliklarida) ishqalanuvchi yuzalarning Uzaro metall ta`sirini chiqarib tashlovchi plyonkalar bilan qoplangan bulishi mumkin.
Kesish jarayonida xosil bUluvchi va xamma fizik xodisalarga ta`sir etuvchi, ishqalanish ular bilan uzviy Uzaro bog’liqda buladi. Ishqalanish kuchini kamayishini taominlovchi omillar kesish jarayonini engillashtiradi, kesuvchi asbobning xizmat muddatini oshiradi.
Kesish jarayonida ishqalanish kuchlarini bevosita Ulchash juda murakkab, su`niy Uxshash sharoitlarni tashqil qilish yuli bilan tadqiq qilinadi.
Ishqalanishning Urtacha koeffitsienti ikkita turli fizik maonoga ega bulishi mumkin.
Agarda tashqi ishqalanishdagi kuchlanish qirindi materialini siljishdagi oquvchanlik chegarasidan kichik bUlsa, u xolda oldingi yuza buyicha qirindi qatlamining tashqi siljishi qirindi materialidagi ichki siljishiga nisbatan faolroq buladi. Bu xolda qirindi va kesuvchi asbob ikkita egiluvchan jism sifatida urganiladi va qirindini kuchishi ma`lum chegarada bir xil tezlikka ega buladi. U xolda ishqalanish koeffitsienti bevosita tuqnash yuzalardagi tashqi ishqalanish jarayonini tavsiyalaydi. Bunda ishqalanish kuchlanishini normal kuchlanishga munosabati taxminan doimiy deb qaraladi, ya`ni Urtacha ishqalanish koeffitsienti normal bosimga bog’liq bulmaydi.
Agarda tashqi ishqalanishdagi kuchlanish qirindi materialini siljishidagi oquvchanlik chegarasidan katta bUlsa u xolda qirindi materialida tuqnash yuza bUylab ichki siljish oldingi yuza buyicha qirindini tashqi siljishiga nisbatan faolroq buladi.
Bu xolda kesuvchi asbob Uzini egiluvchan jism sifatida, qirindi esa plastik jism sifatida urganiladi, kesuvchi asbobning oldingi yuzasi bilan bevosita tegib turuvchi qirindi qatlami tUxtaydi va unga yopishib qoladi,qirindi xarakati esa tuqnash yuzaga yaqin turuvchi qatlamlarning Uzaro plastik siljishi yUli bilan yuzaga chiqadi.
Demak, tuqnash yuzida bulakda urinma kuchlanishlar tUxtagan qatlam va yuqorida turuvchi qatlamlarning plastik siljishi bilan birgalikda doimiyligicha qolishadi.
F=S1= const,
U vaqtda

U xolda Urtacha ishqalanish koeffitsienti tuqnash qatlamda kuchlangan mos kursatkichi xisoblanadi. U asosan normal kuchlanishga bog’liq buladi. SHuni nazarda tutish kerakki normal kuchlanish ortishi bilan Urtacha ishqalanish koeffitsienti keskin kamayadi.
Kesuvchi qirradan uzoqlashgani sari, normal kuchlanish tuqnash yuzada asta-sekin kamayib boradi. U oldingi yuzadan qirindini tushish joyida nolga teng buladi. Demak, kesishning xar qanday sharoitlarida oldingi yuza bilan qirindining tuqnashish qismi tashqi siljish bilan xarakterlanadi.
Murakkab kesim sharoitida Urtacha ishqalanish koeffitsienti, tashqi ishqalanish va qirindining quyi qatlami kuchlanganlik xolatining umumiy kursatkichi xisoblanadi.
Ishqalanish jarayoniga boshqa faktorlarning ta`sirini kUrib chiqamiz.
Sovitish-moylashsiz, juda kichik tezlikda ishqalanish yuzasida adsorblangan va oksidli plenkalar xosil buladi. SHu sababli ishqalanishning kuchlari va koeffitsienti nisbatan katta bulmaydi.
Moylashni kullanilishi quyidagiga olib keladi: yuqori bosimga qaramasdan moylovchi modda ishqalanuvchi yuzalar orasiga kiradi va qanchalik jadalroq bUlsa, shunchalik qovushqoqlik past va yuzalarining moylash aktivligi katta buladi. Binobarin, ishqalanish kuchi moylovchi moddalar xususiyatlariga bog’liq buladi. Moylash adgeiziya kuchlari ta`sirini yukotadi va ishqalanish kuchlarini pasaytiradi.
Kesish tezligining oshishi bilan ishqalanish kuchiga moylash natijasida adsorblangan va oksidli plyonkalarning ta`siri pasayadi. CHunki ishqalanish yuzasida adsorblangan va oksidli plyonkalarini xosil bulishi uchun ma`lum vaqt kerak buladi. SHuning uchun kesish tezligining oshishi bilan plyonka qalinligi kamayadi va adgeziya kuchlari ancha Usadi. Agarda moylash darajasi orttirilmasa adgeziya kuchlari qirindi materialida molekulalararo kuchlardan oshib ketishi mumkin va qirindining ostki qatlami kesuvchi asbobning oldingi yuzasida tuxtab qolishi mumkin, bunday jarayonga mikrokontekisliklar xam yordam beradi.
Bunda ishqalanish kuchi kesuvchi asbobning oldingi yuzasi bUylab qirindi materialining siljishga qarshilik qiladi. Bu xodisa katta bUlmagan tezliklar oralig’ida kuzatiladi.
Kesishning muayyan sharoitida tezlikning keyingi ortishi ishqalanish kuchining kamayishiga olib keladi.Biroq tezlik ishqalanish kuchiga xarorat orqali ta`sir Utkazmasdan, balki tezkor faktor sifatida deformatsiya tezligini uzgartiruvchi sifatida xam ta`sir Utqazishi mumkin. Bu asosan engil eruvchan metallarni kesishda muxim xisoblanadi.
Ishqalanish tezligi qirindining mustaxkamligini pasaytirib, xarorat omili sifatida ishqalanish kuchini kamaytiradi.
SHunday qilib ikkala omillarning ta`siri Uzaro bir-birini yukotadi va yuqori kesish tezligida Urtacha ishqalanish koeffitsienti asosan oldingi yuzadagi Urtacha normal kuchlanishga bog’liq buladi.
Sanab Utilgan xolatlar plastik xamda murt metallarga taoluqlidir. Murt metallarning mustaxkamligi past bulgani sababli, ishqalanish kuchi mustaxkamlikning boshlang’ich funktsiyasi xisoblanadi.
Pulatlarni kesishda Urtacha ishqalanish koeffitsenti ishqalanish yuzasida xaroratning oshishi bilan (taxminan 3000grad 0S gacha, V=0,3-0,5 m/sek) Usadi, bunda eng katta Usimta xosil buladi. Adgeziya kuchlari qanchalik bu sharoitda yuqori bUlsa,qirindining va kesuvchi asbobning tuqnashish eni shunchalik past, Urtacha ishqalanish koeffitsenti shunchalik yuqori buladi.
Mаtеriаllаrni оbrаziv аsbоblаr bilаn kеsish jаrаyoni jilvirlаsh dеb аtаlаdi.

Download 65,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish