Qatlam neft (gaz) uyumi – yuqori va pastki tomonidan suv o‘tkazmaydigan qatlam bilan chegaralangan neft (gaz) uyumi.
Qatlam bosimi – neft uyumidagi suyuqlik va gaz bosimi. Qatlam bosimi tabiiy sharoitdagi qatlam energiyasining hajmini bildiradi. Uning qiymati neft konlarini ishlatish jarayonida aniqlanadi. Boshlang‘ich qatlam bosimi neft qatlamining qanchalik chuqurlikda yotishiga bog‘liq va odatdagi gidrostatik bosimga yaqin. Qatlam energiyasi sarflanishiga ko’ra qatlam bosimi kamayadi. Qatlam bosimini saqlash uchun neft qatlamining atrofiga bosimli suvlar bilan ishlaydigan darajada suv haydaladi yoki neft qatlamining gaz kapkogiga dam berib gaz kalpogi tartibida ishlaydigan darajada gaz yuboriladi. Qatlam bosimi statik va dinamik turlarga bo‘linadi.