Paker yoki salnik – burg‘ilash quduqlarida ochilgan turli qatlamlarni bir-biridan ajratish va quduq devorlarini zichlash uchun quduqqa tushiriladigan qurilma. Paker mustahkamlash quvurlari bilan jixozlangan va jixozlanmagan quduqlarda har turli gorizontlardan keladigan neft, gaz va suv oqimlarni aloxida-alohida sinash imkoniyatini beradi. Shuningdek pakerni ikki gorizontni aloxida –alohida ishlatishda ham qo’llash mumkin. Paker brezent bilan o’ralgan rezinali manjetdan iborat bo‘lib, quduqda undan yuqorida joylashgan quvurlar birikmasining siqilishidan kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |