Jinslar o‘tkazuvchanligi – bosimlar kamayganda tog‘ jinslarining o’zidan suyuqlik va gaz o‘tkazish qobiliyati. Tabiatda odatdagi gidrostatik bosimda suv va boshqa suyuqliklarni o‘tkazadigan tog‘ jinslari o‘tkazuvchan hisoblanadi. O‘tkazuvchanlik o’lchovi tog‘ jinslarining galvirakligi, shuningdek suyuqlik yoki gazdagi bosimga bog‘liq. O‘tkazuvchanlik darajasiga ko’ra jinslar o‘tkazuvchan (shag’al, kum, gravit), yarim o‘tkazuvchan (mayda zarrali qum, torf, lyoss) va o‘tkazuvchan emas (gil, zich cho’kindi va kristalli jinslar) ga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |