Favvorali armatura – favvorali burg‘ilash quduqlari og‘ziga o`rnatiladigan asbob. Suyuqlik oqimi ko‘tariladigan favvorali quvurlarni tortib turishni va favvorali quvurlar va ishlatish quvurlar ustuni orasidagi bo‘shliqni berkitib qo`yishni ta’minlaydi. F.a.kuchli qarshi bosimni ushlab, hatto favvorali quduqni butunlay berkitib turishi lozim. F.a. uch asosiy kismdan iborat: 1) quvurlar ustuni boshchasi- F.a.ning pastki qismi; 2) quvur boshchasi –F.a.ning o‘rtasida joylashgan; 3) favvora uskunasi – F.a.ning yuqori qismida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |