Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish


-rasm. Qiya quduqlar proffili 9.2. Qiya quduqlarni burg‘ilash usullari va ularda qo‘llaniladigan qiyshaytirgich moslamalar



Download 21,56 Mb.
bet142/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

9.1-rasm. Qiya quduqlar proffili

9.2. Qiya quduqlarni burg‘ilash usullari va ularda qo‘llaniladigan qiyshaytirgich moslamalar

Qiya quduqlarni burg‘ilashning ikki usuli mavjud:

1) Rotorli – quduqlarning qiyshayish jarayoni uzlukli holatda sodir bo‘ladi;

2) Turbinali – quduqlarning qiyshayish jarayoni uzluksiz ravishda amalga oshiriladi.

Burg‘ilash usullarining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar (rotorli va quduq tubi dvigateli) qiya quduq burg‘ilashning texnologiyasi quduqni qiyshayishiga ta’sir qiluvchi geologik sharoitlardan hamda maxsus qiyshaytirgich moslamalardan foydalanishga asoslangan.

Turbinali usullar bilan quduqlar burg‘ilashda qo‘llaniladigan qiyshaytirgich moslamalar. Turboburli burg‘ilashda ham quduq tanasining vertikalga nisbatan qiyshayishi har xil konstruksiyadagi qiyshaytirgichlar yordamida amalga oshiriladi.

Odatda qo‘llaniladigan jamlamalarning turlaridan qat’iy nazar qiyshaytiruvchi moslamaning egilgan joyida elastik kuch sodir bo‘ladi.

Quduq qiyshayishining sur’ati qiyshaytiruvchi moslamaning konstruksiyasiga, uning o‘rnatilgan joyiga, tog‘ jinslarining fizik-Mexanik xossalariga va ularning yotish sharoitlariga, burg’u, turbobur turlari bilan bog‘liq bo‘lgan burg‘ilash rejimiga va elastik kuchlarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Quduqning qiyshayishi sur’ati uning zenit burchagiga ham bog‘liq. Chunki, elastik kuch qancha kichik bo‘lsa quduqning qiyshayish burchagi vertikalga nisbatan shuncha katta bo‘ladi.

Odatda, qiyshaytirgichlar turbobur bilan og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvurlari oralig‘iga o‘rnatiladi. Qiyshaytirgichlar quduq tanasini 900 gradusgacha qiyshaytirishi mumkin.

Turbobur va egri o‘tkazgich detallaridan tashkil topgan qiyshaytirgich – egri o‘tkazgich osti burg‘ilash quvurlari o‘rnatilgandan keyin qo‘llaniladi.

Egri quvur - oxiri egilgan (kamida 1,5 m) burg‘ilash quvuri yoki patrubok. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektroburga ulanishga mo‘ljallangan (9.3-rasm).

Egri quvurning asosiy ishchi o‘lchami egiklik burchagi deb ataluvchi burchak hisoblanadi. Bu burchakni egri quvurning A va B nuqtasi oralig‘ida yotgan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha uzunligi 1,5-3,0 metr bo‘lgan kanop ipni tortib o‘lchashga asoslangan. Diametri 0,168 m bo‘lgan egri quvurning ratsional egiklik buchagi 2,0-5,00 gradusni tashkil etadi. Egri quvur yordamida 20-250 gacha bo‘lgan qiyalikka erishish mumkin. Egri quvurlarning egiklik burchagi miqdori kern tekisligida namoyon bo‘ladi.

Egri o‘tkazgich - bog‘lovchi rezba o‘qini kesib o‘tuvchi qalin devorli patrubok. Egri o‘tkazgich bilan ulash rezbasi orasidagi burchak egiklik burchagi hisoblanadi (11.4-rasm). Bu burchak 0,5 dan 70 gacha bo‘lishi mumkin. Egri o‘tkazgich qisqa turbobur bilan birga qo‘llaniladi.

Metall plankali qiyshaytirgich - metall planka korpusidagi egri o‘tkazgich va bir-biri bilan birikkan turbobur (11.5-rasm). Odatda metall planka balandligi burg’u o‘lchamiga teng bo‘ladi.

Bir seksiyali turboburlarni ishlatishda metall plankali qiyshaytirgichlar qiya quduqlarning katta burchakka egilishini ta’minlaydi. Bu qiyshaytirgichlar egri o‘tkazgich ustiga mustahkamligi kichik quvurlarni o‘rnatish talab qilinganda qo‘llaniladi.

Qiyshaytiruvchi moslamalar asosan seksiyali turboburlardan foydalanishda qo‘llaniladi (9.6-rasm).

Seksiyali turboburlar bilan quduqlarni burg‘ilashda turbobur seksiyalarining pastki va yuqorigi vallari hamda korpuslari 1,5-20 bo‘lgan burchaklarda ulanadi. Turboburning korpusi egri o‘tkazgich, vallari esa ulovchi mufta yordamida mustahkamlanadi.

OT va OTS turdagi qiyshaytirgichlar - turbobur nippeli va korpusi oralig‘iga o‘rnatiladigan egri o‘tkazgichlardan tashkil topgan. Uning ТО-240, ТО-195, TO-172, TO-2sh-172, TO-2sh-127, TR2SH-195TO kabi turlari mavjud. Yuqorida qayd etilgan konstruksiyalardan faqat reduktorli qiyshaytirgichlarning TR2SH-195TO turi hozirgi kun talabiga javob beradi (8.7-rasm). U quvurli 1 va shpindelli 2 seksiyadan tashkil topgan. Bu seksiyalarning korpusi egri o‘tkazgich 7, vali esa mufta 8 bilan ulangan. Quvurli seksiyada ko‘p qatorli planetar-fraksion reduktor joylashgan. Har qaysi qator stator 3, rotor 4, uchta shar 5 va valdan 6 tashkil topgan. Quvur seksiyasi vali mustaqil ilmoqqa ega 2. Shpindel seksiyasi o‘q tayanchiga joylashgan. U asosan ko‘p qatorli radial-tayanch podshipnikdan 10 va ko‘p qatorli rezina-metalli salnikdan 9 tashkil topgan.

Ekssentrik nippel turidagi qiyshaytirgich metall tayanch ko‘rinishida yasalgan bo‘lib, turbobur nippeliga payvandlangan.

U burg‘ilash quvurlari birikmasining tutilish xavfi bo‘lmagan tog‘ jinslarini burg‘ilashda qo‘llaniladi. Quduq tubi dvigatellari bilan qiya quduqlarni burg‘ilashda dvigatel ustiga o‘rnatiladigan qiyshaytirgichlardan ham foydalaniladi.











Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish