Burg‘ilash quvurlari bilan bog‘liq halokatlarning oldini olish. Burg‘ilash quvurlarining ishlashini va hisobga olinishini tashkil qilishda instruksiya ko‘rsatmalariga amal qilish:
Quvur va qulflarni texnik jihatdan to‘g‘ri yig‘ish;
Quduq burg‘ilash tugagandan keyin hamma quvurlarni profilaktik nazoratdan o‘tkazishni tashkil qilish;
Burg‘ilash quvurlar birikmasini uzaytirish va tushirishda hamma qulflarning ulanish joylarini mashina kaliti bilan mustahkamlash;
Qulf rezbasiga buraladigan saqlagich qopqoq yoki halqadan foydalanish;
Burg‘ilash ishlarini uzluksiz maxsus moylash materiallari bilan ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |