10.3. Burg‘ilash quvurlari bilan bog‘liq halokatlar
Quduqni burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvurlarida og‘irlashtirilgan quvurlar birikmasida sodir bo‘ladigan halokat turlari: burg‘ilash quvurining tanasi bo‘yicha sinishi; burg‘ilash quvurlarining qalinlashtirilgan joyidan sinishi; burg‘ilash quvurlar rezbasining sinishi; ishchi quvurlarning sinishi va boshqalar. Yuqorida qayd etilgan halokatlardan burg‘ilash quvurlarining qalinlashtirilgan joyidan sinishi eng ko‘p uchraydigan holat. Halokat turlarining ko‘pchilik qismi burg‘ilash quvurlari birikmasining pastki komponovkasi noto‘g‘ri qilinganligidan dalolat beradi. Burg‘ilash quvurlar birikmasi tagiga o‘rnatilgan og‘irlashtirilgan quvurlarning uzunligi yaxshi tanlanishi kerak. Chunki u quvurlarning og‘irligi hisobiga burg‘i maksimal yuk bilan ta’minlanadi.