8.18. Burg’ilash rejimi va uning ko‘rsatkichlari
Burg’ilash rejimi - burg’ilash ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi parametrlarning ma’lum bir birikmasi. Bunday parametrlarga burg’u turlari, burg’uga beriladigan o‘q bo‘yicha yuklanish, burg’uning aylanish chastotasi, yuvish eritmasining sarfi, uning sifati (zichligi, qovushqoqligi, suv berishi, siljishning statik kuchlanishi), burg’uning quduq tubida ishlagan vaqti va boshqalar kiradi.
Burg’ilash rejimining ratsional, optimal va maxsus turlari ma’lum.
а) Ratsional burg’ilash rejimi - rejim ko‘rsatkichlariga rioya qilib, yuqori sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga erishish jarayoni.
b) Optimal burg’ilash rejimi - quduqning geologik kesimida mavjud zamonaviy texnik vositalardan foydalanib 1 m burg’ilashning minimal tannarxini pasaytirish evaziga yuqori miqdor va sifat ko‘rsatkichlarga erishish jarayoni.
v) Maxsus burg’ilash rejimi - murakkab (o‘pirilish, yuqori qatlam bosimi, yutilish) sharoitlarda quduqning yo‘nalishini o‘zgartirish va kern olishga mo‘ljallangan jarayon.
Burg’uning samarali ishlashi ikki ko‘rsatkich bilan baholanadi:
a) burg’ilashning Mexanik tezligi, m/s;
b) bitta burg’uni qazib o‘tish oralig‘i, m.
Amalda burg’ilash rejimining biror parametrini o‘zgarishi bilan burg’ilashning Mexanik tezligi va burg’uning ish unumdorligi oshmaydi. Chunki, har bir tog‘ jinsi uchun burg’uga tushadigan yuk, uning aylanish chastotasi va yuvish eritmasining sarfi har xil bo‘ladi.
Turbinali usul bilan burg’ilashda parmalab o‘tish rejimining biror parametrini o‘zgarishi boshqa parametrlarning avtomatik o‘zgarishiga olib keladi.
Odatda, burg’uga tushadigan yuk va turbobur vali (burg’u)ning aylanish chastotasi o‘zgarmasa, yuvish eritmasi sarfi to‘g‘ri proporsional ravishda oshadi. Agar burg’uga tushadigan yuk ko‘paytirilsa, yuvish eritmasi doimiy bo‘ladi, turbobur valining aylanishi esa kamayadi.
Quduqlarni burg’ilash tajribasiga ko‘ra, yuvish eritmasi sarfi turboburning ishlash sharoitlarini qulayligiga va tashqariga chiqariladigan yemirilgan tog‘ jinslari miqdoriga qarab aniqlanadi.
Quduqning chuqurlashishi va diametrining kichiklashishi natijasida yuvish eritmasining sarfi kamaya boradi. Yuvish eritmasi sarfi doimiy bo‘lgan oraliqlarni burg’ilash rejimining uchta parametridan faqat bittasi, ya’ni aylanish chastotasini asta-sekin tartibga solib, burg’uga tushadigan yukni o‘zgartirish mumkin.
Burg’uga yuk berilganda turbobur vali (burg’u)ning aylanish chastotasi pasayadi, aylanish momenti esa oshadi. Turboburning samarali ishlashi uchun burg’uga shunday yuk berilishi kerakki, natijada turbobur validagi kuch (quvvat) maksimal qiymatga ega bo‘lishi kerak. Bunda turbobur valining aylanish chastotasi burg’uni yuksiz aylanish chastotasining yarmini, aylanuvchi moment esa momentning yarmini tashkil etadi. Burg’uga beriladigan yuk qaziladigan tog‘ jinslarining qattiqligiga bog‘liq.
Qattiq tog‘ jinslarini burg’ilashda burg’uning ish unumdorligini oshirish uchun unga beriladigan o‘qli yuklanish oshiriladi, yumshoq tog‘ jinslarini burg’ilashda esa kamaytiriladi. Shu vaqtning o‘zida burg’uning aylanish chastotasi birinchi holatda kamayadi, ikkinchi holatda esa oshadi.
Turboburni yuqorida qayd etilgan sharoitlarda ishlashi uchun burg’u ishining eng yaxshi ko‘rsatkichlari ta’minlanadi. Chunki, burg’uning aylanish chastotasini kamayishi va ortishi turbobur ish tartibining beqarorlashishiga olib keladi.
Rotorli burg’ilashda rejimi parametrlari o‘rtasida turbinali burg’ilashdagidek yaqin bog‘liqlik bo‘lmaydi. Shuning uchun burg’ilash rejimi parametrlarining har qanday kombinatsiyalarini aniqlash va nazorat qilish talab etiladi. Yuvish eritmasining sarfi quduq tubini sifatli tozalanishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Burg’uga tushadigan yuk va uning aylanish chastotasi parmalanayotgan tog‘ jinsi qattiqligini hisobga olgan holda har bir geologik gorizontlar uchun alohida-alohida aniqlanadi.
Burg’ilash quvurlari birikmasini uzatish chig‘ir to‘xtatgichining kuchsizlanishi natijasida yetakchi quvurni ma’lum bir miqdorda rotorga tushirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Burg’uning quduq tubidagi bosimi burg’ilash quvurlari birikmasi og‘irligi hisobiga paydo bo‘ladi. Lekin bosimning kuchli oshib ketishi quvurlar birikmasining buzilishi (sinishi) va quduqning egrilanishi hisobiga namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitlarda burg’ilash quvurlari birikmasiga og‘irlashtirilgan ostki qism o‘rnatiladi. Og‘irlashtirilgan qism bilan ishlaganda ular og‘irligining faqat 75 foizidan foydalaniladi.
Xulosa
Burg‘ilash rejimini asoslash va parametrlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, burg‘ilash rejimi parametrlarini tanlashda nimalarga etibor berish kerakligi, burg‘ining tagida yanchilgan tog‘ jinslarini о‘z vaqtida yuqoriga olib chiqilmasligini ish samaradorligiga ta’sir etish holatlari, turboburli va rotorli burg‘ilashda burg‘ilash rejimi parametrlarining о‘zgarishi bayon qilingan.
Burg‘ilash rejimini asoslash va parametrlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, burg‘ilash rejimi parametrlarini tanlashda nimalarga etibor berish kerakligi, burg‘ining tagida yanchilgan tog‘ jinslarini о‘z vaqtida yuqoriga olib chiqilmasligini ish samaradorligiga ta’sir etish holatlari, turboburli va rotorli burg‘ilashda burg‘ilash rejimi parametrlarining о‘zgarishi, optimal burg‘ilash rejimini aniqlash va rotorli burg‘ilashni ratsional qо‘llanilish sohalari bо‘yicha ma’lumotlar bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |