Mustahkamlovchi quvurlar. Rossiya va Ukraina zavodlarida chiqariladigan mustahkamlovchi quvurlar va ularning muftalari A va B toifali bo‘lib, D, K, YE, L, M, R, T markali po‘latlardan yasaladi.
A toifadagi quvurlarning sifati va o‘lchovlarini aniqligi yuqori bo‘ladi. Mustahkamlovchi quvurlar 2.1 jadvalda ko‘rsatilgan Mexanik xususiyatlarga ega bo‘ladi.
A va B toifadagi mustahkamlovchi quvurlarning uzunligi 9,5 – 12 m, ba’zan 8-9,5 m va 5-8 m bo‘lishi mumkin. Quvurlarning egriligi – 0,1 m, uzunligi – 0,13 m dan oshmasligi kerak.
6.1 -jadval
Ko‘rsatkichlar
|
D
|
К
|
Е
|
L
|
M
|
R
|
T
|
Uzilishga vaqtinchalik qarshiligi, MPa
|
655
|
686
|
685
|
758
|
862
|
999
|
1103
|
Oquvchanlik chegarasi, MPa
|
379
|
490
|
557
|
655
|
758
|
931
|
1034
|
Nisbiy cho‘zilishi, %
|
14
|
12
|
13
|
12
|
10
|
9,5
|
8,5
|
Quduqlarning yuqori qismini mustahkamlash uchun 0,530, 0,560, 0,630, 0,720 va 0,820 m diametrli quvurlar ishlatiladi. Ularning devor qalinligi 0,9, 0,10, 0,11, 0,12, 0,14 m bo‘lib, st4, st5, 20, 35 va 45 markali po‘latlardan tayyorlanadi. Bunday quvurlarga rezba ochilmaydi, bir-biriga payvandlab biriktiriladi. Rossiya va Ukrainadan tashqari xorijiy mamlakatlarda quduqlarni mustahkamlovchi quvurlar ARI standartiga binoan yasaladi. Bundan tashqari 5AXARI bo‘yicha diametri 0,114 dan 0,273 m gacha va oquvchanlik chegarasi 750 MPa bo‘lgan R-110 po‘latlardan yasalgan quvurlar ishlab chiqariladi. Oltingugurtli agressiyaga chidamli quvurlar neft va gaz quduqlarini mustahkamlash uchun gost standartlariga muvofiq tayyorlanadi. Bunday quvurlarning oquvchanlik chegarasi 515-655 MPa bo‘lgan S-75, L-80, C-95 markali po‘latlardan tayyorlanadi.
6.2-jadval
Po‘lat markasi
|
Oquvchanlik chegarasi, MPa
|
Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi (v, MPa)
|
H-40
|
276
|
552
|
414
|
J-55
|
379
|
552
|
517
|
K-55
|
379
|
552
|
655
|
N-80
|
552
|
758
|
689
|
C-75
|
517
|
620
|
655
|
L-80
|
522
|
655
|
655
|
C-95
|
655
|
758
|
724
|
P-110
|
655
|
965
|
862
|
V-150
|
1054
|
1241
|
1103
|
O‘ta chuqur quduqlarni mustahkamlash uchun ARI standartidan tashqari yuqori bosim va kuchlarga hamda oltingugurt birikmalariga chidamli V-140, V-150, V-155 markali po‘latlardan yasalgan quvurlar ishlatiladi.
Chet el firmalarining mustahkamlovchi quvurlarni tayyorlash uchun ishlatadigan po‘latlarning Mexanik xossalari 2.2-jadvalda keltirilgan.
Mustahkamlovchi quvurlarni bir-biriga rezbali bog‘lashda nippeli, nippelsiz, muftali va boshqa usullar qo‘llaniladi.
Nippelli ulanadigan quvurlar – quduqlarni burg‘ilashda ularning devoralarini mustahkamlashga mo‘ljallangan. Bu quvurlar mustahkamlik guruhi S va D bo‘lgan po‘latlardan tayyorlanadi. Diametri 0,34-0,89 m gacha, uzunligi 1,5 metr bo‘lgan mustahkamlovchi quvurlarning qiyshayishi 0,1 m ni, diametri 0,108-0,146 m, uzunligi esa 1 m bo‘lgan quvurlarning qiyshayishi 0,1 m tashkil etadi. Ular asosan kolonkali burg‘ilashda qo‘llaniladi. Bunda har bir quvurning uchida qadami 0,4 m bo‘lgan ichki o‘ng rezbasi bo‘ladi. Quvurlarning uzunligi 2,5-4,5 metrga teng. Bu quvurlarning uchida tashqi rezbasi bo‘lgan nippell va patruboklar bilan ulanadi.
Nippelsiz ulanadigan quvurlar – kichik diametrli quduqlarni burg‘ilashda uning devoralarini mustahkamlashga mo‘ljallangan. Bu quvurlardan tashkil topgan birikmaning tashqi va ichki diametri butun quvur uzunligi bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Shuningdek, quvurlarni bir-biriga bog‘lash uchun ularning boshidan tashqi va oxiridan ichki rezbalar ochiladi.
Muftali ulanadigan quvurlar. Neft va gaz quduqlarini zarbali va aylanma usulda burg‘ilashda qalin devorli mufta bilan ulanadigan quvurlar keng qo‘llaniladi.
Mustahkamlovchi quvurlarning uchidan o‘ng konussimon tashqi rezba ochiladi. Kichik diametrli rezbaning konuslilik miqdori (0,114-0,168 m) 1:32 ga, katta o‘lchamli rezbaniqi esa 1:16 ga teng. (9.3-jadval).
Odatda, muftali quvurlarning uzunligi 6 metrdan 13 metrgacha yetadi. Bu mustahkamlovchi quvurlarni korroziyadan saqlash uchun quvur va muftalarning tashqi yuzasi bo‘yaladi hamda mufta rezbasi yuzasi esa ruxlanadi. Hozir ON41-1-68 normalidagi mustahkamlovchi quvurlar keng ishlatilmoqda. Bu normalda mustahkamlovchi quvurlarning uch xil turi ajratilgan (9.3-jadval).
6.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |