Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish


-rasm. Markazlashtirgichlar. 6 .7-rasm



Download 21,56 Mb.
bet99/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

6 .6-rasm. Markazlashtirgichlar.

6 .7-rasm. Mustahkamlovchi quvurlar.


Agar gaz uyumlari yer yuzasiga yaqin joylashgan bo’lsa, gaz qatlamlarining joylashish chuqurligi, mahsuldor qatlam qalinligi va o’tkazuvchanligi kam, quduq sarfi 50-60 ming m3/sutkagacha, quduq tubiga suyuqlik yig’ilib, uni faqat gaz oqimining yuqori tezligi bilan yer yuzasiga chiqariladigan bo’lsa, bunday hollarda kichik diametrli quduqlar qazish mumkin.

Qatlamdan quduqqa neft va gaz oqimining kirib kelishiga qulay sharoitlarni yuzaga keltirishda quduq tubi uskunalari konstruktsiyasini to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Quduq tubi konstruktsiyasi mahsuldor qatlamning geologik-fizik xususiyatlariga va ularning uyum chegarasiga nisbatan joylashishiga bog’liq holda tanlanadi.

Eng oddiy, tuzilishiga ko’ra ko’p qo’llaniladigan quduq konstruktsiyasi og’zidan tubigacha bir xil diametrli burg’u bilan qazilgan quduq hisoblanadi, bunda quduq tubigacha bir diametrdagi mustahkamlash quvurlari birikmasi tushirilib, boshidan oxirigacha sementlanadi. Bunday usul bilan quvur ortidagi hamma gorizontlar bir-biridan to’liq ajratiladi. Quduqni qatlam bilan aloqasi quvurlarni perforatsiyalash orqali bog’lanadi. Razvedka quduqlarini burg’ilashda bu usul keng qo’llaniladi. Ishlatish quduqlarini qazishda bu usuldan mahsuldor qatlam mustahkam jinslardan tuzilgan bo’lgandagina foydalanish mumkin. Bo’sh, mustahkamligi sust jinslardan tuzilgan gorizontlar teshilganda qum chiqishi va quduqda tiqin hosil bo’lishi mumkin.

Agar sement qorishmasi qatlam ichiga kirsa yoki qatlam mustahkamligi past jinslardan tarkib topgan bo’lsa va natijada quduq unumdorligi keskin pasaysa, u vaqtda ishlatish gorizonti ustidan boshlab mustahkamlash quvurlari birikmasi sementlanadi. Bunday usul geologik jihatdan yaxshi o’rganilgan konlarda ishlatish qudug’ini burg’ilashda qo’llaniladi. Quduqni burg’ilash mahsuldor qatlam ustki qismigacha 1-3 m qolganda to’xtatiladi. So’ngra mustahkamlash quvurlari birikmasi tushiriladi va sementlanadi. Undan keyin diametri avvalgisidan kichikroq burg’u tushirilib, burg’ilash davom ettiriladi va qatlam ochiladi.

Agar qatlam zich va qattiq jinslardan tashkil topgan bo’lsa, quduq tanasini quvurlar bilan mustahkamlamasdan ― ochiq qoldirish mumkin; agar u bo’sh, etarlicha qattiq bo’lmagan jinslardan iborat bo’lsa, u holda quduq tubiga xvostovikka o’rnatilgan maxsus filtr tushiriladi, filtrning yuqori qismi mustahkamlash quvurlari birikmasi ichiga kiradi. Quduqqa qum o’tmasligi uchun xvostovik bilan quvurlar birikmasi oralig’idagi bo’shliq sementlanadi.

Filtr teshiklari shakli va o’lchami har xil bo’ladi. Ular diametri va orasidagi masofa mahsuldor gorizontdagi qumning zarralari diametriga va shakliga qarab tanlanadi, gorizont ishlanganda undagi qum filtr orqali quduq ichiga kirmasligi lozim. Ba’zan mayda shag’alli filtrlardan ham foydalaniladi.

Ishlatilayotgan gorizont geologik jihatdan yaxshi o’rganilgan va turg’un jinslardan tarkib topgan bo’lsa, manjetli sementlash qo’llaniladi. Bunda quduq loyihada ko’rsatilgan chuqurlikkacha qaziladi, so’ngra pastki uchiga filtr o’rnatilgan quvurlar birikmasi tushiriladi. Filtr bilan quvurlar ulangan joyga tirgovich halqa o’rnatiladi. Sement qorishmasi quvur orti bo’shlig’iga tirgovich halqaning yuqorirog’idan teshilgan joydan o’tadi va uni qotiradi.


Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish