Burg’ilash quduqning yo‘nalishi – uning qiyalik burchagi, zenit burchagi va azimuti bilan aniqlanadi.
Qiyalik burchagi – bu quduq o‘qi bilan gorizontal yuzasi orasidagi burchak. Zenit burchagi – bu quduq o‘qi bilan vertikal orasidagi burchak.
Quduq azimuti – burg’ilash qudug‘i orqali o‘tadigan soat strelkasi bilan o‘lchanadigan ma’lum yo‘nalish orasidagi burchak. Burg’ilash quduq azimuti haqiqiy, magnitli va burchakli bo‘ladi. Bu jarayon burg’ilash jarayonida asosiy parametr hisoblanadi, masalan, loyihada ko‘rsatilgan yo‘nalishdan quduq azimuti 10 ga og‘sa 1000 m da 17,5 m ni tashkil qiladi. Shuning uchun burg’ilash jarayonida quduqning azimutal yo‘nalishi har 50-100 m da, murakkab sharoitlarda esa 20-25 metrda geofizik uskuna inklometr yordamida nazorat qilinib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |