5-Maruza darsi: Quduqlarni burg’ilash eritmalari
5.1. Burg’ilash eritmalarining vazifalari va ularning
hossalari
Murakkab geologik sharoitlarda quduqlarni burg‘ilash uchun talab etiladigan yuvish eritmalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Quduq tubini yemirilgan tog‘ jinslaridan to‘liq tozalash va ularni yer yuzasiga chiqarish;
2. Quduq devorining o‘pirilishiga qarshi bosimda mustahkam va zich gilli qatlam tashkil etish;
3. Yuvish jarayoni to‘xtatilgandan keyin yemirilgan tog‘ jinsi zarrachalarini quduq tubiga cho‘ktirmasdan muallaq holatda saqlab turish;
4. Burg’u, quduq tubi dvigatellari (turbobur, elektrobur), burg‘ilash quvurlari birikmasini hamda ularning qismlarini sovutish va moylash;
5. Quduq devorlaridagi tog‘ jinslarining kamroq yuvilishini ta’minlash;
6. Qatlamdan neft, gaz va suvlarning quduqqa kirib ketmasligini ta’minlash;
7. Quduq tubi oldi zonasidagi mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xossalarini saqlash;
8. Yer usti manbalaridan quduq tubiga energiya uzatish;
9. Burg‘ilash jarayonida yuzaga keladigan yuqori haroratlarni sovutish;
Yuqoridagi vazifalarning qoniqarli bajarilishi uchun faqat murakkab tarkibli eritmalardan foydalaniladi. Bu eritmalar quyidagi hossalarga ega bo‘lishi kerak: a) tiksotropik xossaga ega bo‘lishi: quduqlarni yuvish jarayonida yengil harakatlanishi, gelsimon holatga tez o‘tishi;
b) tog‘ jinslariga nisbatan inertli bo‘lishi: jinslarni eritib yubormasligi, tog‘ jinsi zarrachalarining peptizatsiyalanishiga imkon bermasligi, quduq devori mustahkamligini o‘zgartirmasligi;
v) eritma zichligini keng miqyosda tartibga solinishini ta’minlashi;
g) quduq devorlaridagi darzliklar va g‘ovaklarni berkitishi va eritma o‘tmaydigan yupqa parda hosil qilishi;
d) yemirilgan tog‘ jinslari va qatlam suyuqligi ta’siriga kam sezgirligi.
y) yaxshi moylanish qobiliyatiga va issiq-fizik xossalarga ega bo‘lishi;
j) haroratning o‘zgarishi bilan eritmaning barqarorlik xossalarini keng miqiyosda saqlab turishi;
z) quvurlarning zanglashiga ta’sir qiluvchi yemirilgan tog‘ jinslari va qatlam suyuqliklari komponentlarini neytral holatga keltirishi;
i) quduqlarda geofizik tekshirishlar o‘tkazishga imkon berishi;
k) yuvish eritmalarini tayyorlashda arzon va qulay materiallarning qo‘llanishi.
Quduqlarni burg‘ilash jarayonida yuvish eritmalari gidravlik berk konturda muntazam ravishda aylanib turadi. Quduqda yuvish eritmalarining bunday aylanishi uchta sxema bo‘yicha asoslanadi (9.1 rasm).
1. Quduqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuvish – bunda yuvish eritmasi nasos yordamida burg‘ilash snaryadi orqali quduq tubiga uzatiladi. Keyin yuvish eritmasi burg‘ilash snaryadi va quduq devorlari orasidagi halqasimon muhit bo‘yicha yer yuzasiga chiqadi (11.1, a-rasm).
2. Quduqlarni teskari yuvish – bunda quduqqa yuvish eritmasi burg‘ilash snaryadi va quduq devori oralig‘idagi halqasimon muhit orqali uzatiladi. Keyin yuvish eritmalari burg‘ilash quvurlari birikmasining ichki muhiti bo‘yicha tashqariga chiqariladi. Burg’u quduq tubiga yetganda yuvish qorishmani haydash uchun burg’ilash nasosi ishga tushiriladi. Keyin burg’ilash jarayoni boshlanadi. Tozalangan qorishmani tindirgichlardan nasosdan yuvish qorishmasi har bir nasosga o‘rnatilgan kompensatorga uzatiladi. Quvurlar orqali minora oyog‘iga o‘rnatilgan tik quvurga, undan burg’ilash shlangi orqali vertlyugga, kvadratli shtangaga, burg’ilash quvuri orqali quduq tubiga va u burg’uning teshiklari orqali quvur orti xalqsi orqali yerning yuzasidagi tozalash sistemasiga chiqariladi (9.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |