Muqimiy nomidagi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.12.2019
Hajmi0,55 Mb.
#31121
  1   2   3   4
Bog'liq
xalq topishmoqlarining kognitiv strukturasi-1


ASHURALIYEV ELYOR 

 

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

MUQIMIY NOMIDAGI 

QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

qo’lyozma huquqida 

UDK: 

 

 

 

 



 

XALQ TOPISHMOQLARINING KOGNITIV STRUKTURASI 

 

 

 

5A 140101 – o’zbek tili 

 

magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan 

 

DISSERTASIYA 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ilmiy rahbar: 

filologiya fanlari nomzodi, dosent 



SH.T.AKRAMOV 

 

 

 

 

 

Qo’qon 

 

 



 

 

 

 

 

MUNDARIJA 

 

KIRISH …………………………………………………………… 3 

 

I bob. TILSHUNOSLIKDA KOGNITIVLIK  VA O’ZBEK   TILINI 



KOGNITIV O’RGANISH OMILLARI 

1-§.  Kognitiv yo’nalishning obьekti va maqsadi,  

asosiy tushunchalari.........................................................................8 

2-§.  O’zbek tilini kognitiv o’rganish omillari,  

vazifalari va ahamiyati................................. ……….....................23 

 Bob bo’yicha xulosa...........................................................................30 



II bob. O’ZBEK XALQ TOPISHMOQLARI KOGNITIV STRUKTURA 

SIFATIDA. 

1-§.  O’zbek xalq topishmoqlari – bilim manbai ……................31 

2-§.  Topishmoqlarda bilish ssenariysi shakli ........ ................44 

Bob bo’yicha xulosa.............................................................................58 



XULOSA ………………………………..………………................59 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………..……................  63 

 

 



KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Xalqimizning  bebaho  boyligi,  ajdodlardan 

avlodlarga qoldirib kelayotgan ko’p asrlik turmush tarzi, hayoti aks ettirilgan xalq 

og’zaki  ijodi  namunalari  orasida  topishmoqlar,  jumboqlar  alohida  o’rin  tutadi. 

Topishmoqlarda  xalqning  orzu-umidlari,  narsa-hodisa,  voqelikka  bo’lgan 

munosabati,  tasavvur  dunyosi,  eng  muhimi,  voqelik  tahliliga  bag’ishlangan 

mushohada  va  mulohazasi  yotadi.  Topishmoqlar,  albatta,  xalqning  tarixiy 

madaniyati va ma’naviyatini ko’rsatib beradigan ma’naviy merosdir. 

Xalq og’zaki ijodida nomi sir saqlangan holda obrazli ifodalar bilan berilib 

turli  topishmoqlar,  jumboqlar  yaratiladi.  Topishmoqlar  javobini  topish,  aniqlash 

esa  insonni  kengroq  fikrlashga,  aqliy  mehnatga  undaydi.  Inson  turli  manbalar, 

ma’lumotlar  asosida  o’z  bilim  doirasini,  tafakkurini  kengaytirib,  intellektual 

salohiyatini  boyitib  boradi.  Intellektual  salohiyat  oz-ozdan  orttirilgan,  to’plangan 

bilimlar kompleksi tarzida rivojlanadi. 

Bilim  –  inson  faoliyati  ko’rinishlaridan  biri  hisoblanmish  bilish 

jarayonining  mahsuli.  Bilish  esa  voqelikning  inson  ongida  in’ikos  etishi,  shu 

asosda  ob’ektlarning  xossalari,  belgi  va  mohiyatini  ifoda  etadigan  tushunchalar, 

g’oyalarni ishlab  chiqarish jarayonidir. Aqliy salohiyat boyib borishida til tizimi 

obrazli  qurilishida  so’z  obrazining  kaliti  deb  e’tirof  etilayotgan  topishmoq, 

jumboqlarning  roli  beqiyosdir.  Topishmoq-ssenariy  yaratilish  jarayonida  avval 

ob’ekt  tanlanadi,  shu  ob’ektga  mos  metaforik  qiyoslar  natijasida  topishmoq 

tuziladi,  yaratiladi.  Topishmoq  topuvchidan  metaforik  jumboqlangan  ob’ekt-

narsa, tabiat hodisalari, biror voqelikni nomini aytib berish so’raladi. 

Dissertasiya  mavzusining  dolzarbligi  shundaki,  unda  insonlar  topishmoq-

jumboqlar  yaratishda,  ularning  javobini  izlashda  bilishning  qator  bosqichlarini 

bosib  o’tishi,  yashiringan  savoldagi  ob’ekt,  voqea-hodisalarning  belgi  va 

xossalarini  qay  tarzda  ifoda  etishi,  munosabat  bildirishi,  shuningdek, 



 

 



bildirayotgan  munosabatida  milliy  madaniyati,  milliy  koloritidan,  turmush 

tarzidan  kelib  chiqib  yondashuvi  kabi  qator  masalalar  tadqiq  etilmoqda 

hamda bu jihati bilan mavzu dolzarblik kasb etadi. 

Mavzuning  o’rganilish  darajasi.  Tadqiqotga  manba  sifatida  tortilgan 

mavzu  bugungi  kunga  qadar  alohida  o’rganilmagan.  Qator  ilmiy  manbalarda 

kognitiv tilshunoslik, uning o’rganilish jihatlari haqida batafsil ma’lumot berilgan 

bo’lsa-da,  o’zbek  tili  sathida  kognitiv  yo’nalish  borasida  bajarilgan  ishlar  esa 

sanoqlidir.  SHuningdek,  tadqiq  qilinayotgan  topishmoqlarning  umumiy 

xususiyatlari  haqida  etarlicha  ma’lumotlar  ham  bor.  SHu  jihatdan  dissertasiya 

mavzusining ayrim jihatlarini aks ettirgan ilmiy adabiyotlarni mazmuniy guruhiga 

ko’ra uchga bo’lib ko’rsatish mumkin: 

1. 

Kognitiv  tilshunoslik  borasida  olib  borilgan  tadqiqotlar  (jahon 



tilshunosligi). 

2. 


O’zbek  xalq  topishmoqlari  tarixi,  qurilishini  o’rganish  yuzasidagi 

ishlar. 


3. 

Kognitiv tilshunoslikning o’zbek tilidagi tadqiqlari. 



Birinchi  guruh  adabiyotlari  jahon  tilshunosligida  XX  asrning  birinchi 

yarmida  paydo  bo’la  boshlagan  majmuaviy  soha  –  kognitiv  tilshunoslikning 

o’rganish ob’ekti, predmeti va uning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot 

beradi. 


A.Vejbiskayaning  tadqiqotlaridagi  ma’lumotlarni  boshqa  manbalar  bilan 

solishtirgan  holda  ob’ektiv  o’rganish  ko’rilayotgan  mavzuni  yoritishda  muhim 

ahamiyatga ega bo’ldi.

1

 



Kognitiv  terminlarning  tilshunoslikda  anglatgan  lingvistik  ma’nolari,  qisqacha 

izohlari haqida hammmualliflar jamligida yaratilgan «Kognitiv terminlar qisqacha 

lug’ati»

2

dan ayniqsa bir qo’shimcha manba maqsadida foydalanildi. 



                                           

1

 Vejbiskaya A. YAzыk. Kultura.  Poznanie. –M.: Russkie slovari,  1997. 



2

Kratkiy  slovarь kognitivnыx terminov / E.S.Kubryakova,  V.Z.Demьyankov,   YU.G.Pankras,  L.G.Luzina.  –M.: 

1966.  


 

 



Bu sohada til va tafakkurning o’zaro aloqasi bilan bog’liq ma’lumotlar 

aks  ettirilgan  ilmiy  adabiyotlar  mavzuning  asosiy  qismini  yoritish  uchun 

ishlab  chiqildi.  SHu  jumladan  I.  N.  Gorelovning  psixolingvistik  nazariyalari,

1

 



axborotni jo’natish, qabul qilish va lisoniy qurilmada qayta ishlash mexanizmlari, 

prinsiplari  bilan  bog’liq  qarashlariga  ega  Van  Deyk  tadqiqotlari  g’oyat 

ahamiyatlidir.

2

 



SHuningdek, internet saytlarida e’lon qilingan dunyo til tasviriga oid qator 

ilmiy  maqolalar  va  shu  asosda  o’tkazilgan  tajriba  materiallaridan  ham  mavzuni 

yoritishda keng foydalanilganini ta’kidlash zarur.

3

 



Ikkinchi  guruh  ilmiy  adabiyotlari  sirasidan  xalq  og’zaki  ijodida 

topishmoqlar  yaratilish  tarixi,  strukturasi,  xalqning  turmush  tarzida  ularning 

tutgan o’rni va ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi o’zbek xalq topishmoqlari va 

qoraqalpoq xalq topishmoqlari yuzasidan qilingan nomzodlik ishlari, nashr etilgan 

ilmiy manbalar o’rin oladi. Z.Husainovaning o’zbek xalq topishmoqlari bo’yicha 

olib  borgan  tadqiqotlari  ishimizda  alohida  ahamiyatga  ega  bo’lganligini 

ta’kidlamasliknig  iloji  yo’q.

4

  SHu  bilan  bir  qatorda  qoraqalpoq  xalqi 



jumboqlaridan ham topishmoqlar tahlili uchun atroflicha foydalanildi.

5

 



Uchinchi  guruh  adabiyotlari.  O’zbek  tilshunosligida  kognitiv  yo’nalish 

yangi yo’nalish sifatida endi shakllanayotganligi sababli bu boradi qilingan ishlar 

sanoqli.  Asosiy  manba  sifatida  SH.  Safarovning  tadqiqotlarini  tanladik

6



Tadqiqotda  lingvokognitologiyaning  jahon  tilshunosligida  o’rganilishi  hamda 

kognitiv  birliklarning  mazmun-mohiyati  to’laligicha  bayon  etilgan.  SHuningdek, 

lisoniy  hodisalarning  kognitiv  tahlili  borasidagi  ilmiy  qarashlar  ham  dissertasiya 

mavzusini yoritishda asos bo’lib xizmat qildi. 

                                           

1

Gorelov I. N.  Osnovы psixolingvistiki.  –M.: 1997.  -S.  224.  



2

Deyk  van  T.  A.  YAzыk.  Poznanie.  Kommunikasiya.    -  Blagoveщensk:  BGK  im.    I.  A.  Boduena  de  Kurtene,  

2008.  -S.  308.  

3

M.V.Piminova.  Konsept  kak  osnovnaya  edinisa  mentalьnosti.  august@vtsnet.  ru.    M.  I.  Soln’shkina.  



Konseptualizasiya mira v okrujenii yaz’kovogo znaka.  -mesoln@mail333/com 

4

Husainova Z.  O’zbek xalq topishmoqlarining asosiy xususiyatlari va zamini:  Filol.  fanlari  nomzodi. . .  diss.  –



T., 1967; O’zbek topishmoqlari.  - T.: 1966.  

5

Elimov E.  Qoraqalpoq xalq jumboqlari:  Filol.  fanlari  nomzodi. . .  diss.  –T., 1969.  



6

Safarov SH.  Kognitiv tilshunoslik.  –Jizzax: Sangzor,  2006.  



 

 



Bu  borada  amalga  oshirilgan  nomzodlik  dissertasiyalaridan  ham 

foydalanildi. Jumladan, N.M.Djusupov

1

, I.Azimova



2

ning ilmiy tadqiqotlarida 

majmuaviy  fan  sifatida  yuzaga  kelgan  lingvokognitologiya,  lingvokulьturologiya 

va  psixolingvistikaning  bugungi  kundagi  ahamiyati,  bilish  jarayonida  til 

tizimining o’rni, dunyo til manzarasi haqidagi tahlillar bayon etilgan. 

Xulosa  qilib  aytganda,  mazkur  tadqiqotlarda  topishmoqlar  xususiyati 

kognitiv  talqinda  to’liq  o’rganilmagan.  Xususan,  kognitiv  tilshunoslik  borasida 

olib  borilgan  tadqiqotlarda  bu  tilshunoslikning  predmeti,  vazifalari,  ahamiyati, 

mazmuni va mundarijasi har bir til tabiatidan kelib chiqib umumiy tadqiq etilgan 

bo’lsa, topishmoqlar yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy manbalarda esa faqatgina 

topishmoqlarning  struktur  qurilishi-yu  tarixiy  kelib  chiqishiga  oid  ma’lumotlar 

aks  ettiriladi,  topishmoqlar  qurilishi  kognitiv  jihatdan  tahlil  etilmay  kelingan. 

Tadqiqotda  biz  ushbu  holatlarni  nazarda  tutib  mazkur  mavzuni  to’laligicha 

yoritish maqsadida ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida tanlashga jazm qildik. 



Tadqiqotning  maqsad  va  vazifalari.  Tadqiqotning  maqsadi  o’zbek  xalq 

topishmoqlarining  kognitiv  strukturasini  aniqlashdan  iborat.  Buning  uchun 

quyidagi vazifalarni bajarish zarur: 

     -  tilshunoslikda kognitiv yo’nalishning predmeti va maqsadini tavsiflash; 

- o’zbek tilini kognitiv o’rganish omillari, vazifalari va ahamiyatini bayon 

qilish; 


-    jarayonida  xalq  og’zaki  mahsullari  milliy  mentalitet  doirasidan  kelib 

chiqib baholash; 

-     topishmoqlar yaratilishining kognitiv tahlillarini berish; 

-     topishmoq  javoblari  idrok  etilishida  fiziologik  va  aqliy  jarayonlar 

borasidagi tasnifni amalga oshirish; 

-     o’zbek xalq topishmoqlariga bilim manbai sifatida yondashish; 

                                           

1

Djusupov N. M



.  

Ligvokognitivnыe aspekt issledovaniya simvola v xudojestvennom tekste: Avtoref.  diss… kand.  

filol.  nauk.  

2

Azimova  I.    O’zbek  tilidagi  gazeta  matnlari  mazmuniy  persepsiyasining  psixolingvistik  tadqiqi:    Filol.    fanlari  



nomzodi. . .  diss.  –T., 2008.      

 

 



-     topishmoqlarda bilish ssenariysi shakllarini aniqlash; 

Tadqiqotning  ilmiy-metodologik  asoslari.  Tadqiqot  lingvistik 

manbalar va adabiyotlar asosida ob’ektivlik, ilmiylik, zamonaviylik tamoyillariga 

rioya  qilgan  holda  amalga  oshirildi.  Masalani  yoritishda  SH.Rahmatullaev, 

H.Ne’matov, SH.Safarov, R.Sayfullaeva kabi olimlarning ilmiy xulosalari nazariy 

asos  qilib  olindi.  SHuningdek,  tadqiqotni  amalga  oshirishda  qiyosiy  tahlil, 

mantiqiy, semantik va pragmatik tahlil usullaridan foydalanildi. 



Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi.  Topishmoqlar  va  ularni  bilish  jarayonida 

chuqur  o’rganilganligi,  tadqiq  etilgan  barcha  muammolar  jamlanmasi,  ilgari 

surilgan  nazariy  umumlashma  va  xulosalarning  ijtimoiy  fanlarda  rivojlangan 

yangicha  yondashuvlar  hamda  birlamchi  manbalarga  asoslanganligida  ko’rinadi. 

Ishning ilmiy yangiligi quyidagilar:  

- jarayonida  xalq  og’zaki  mahsullari  milliy  mentalitet  doirasidan  kelib 

chiqib baholandi; 

- topishmoqlar yaratilishining kognitiv asosdagi tahlillari berildi; 

-  topishmoq  javoblari  idrok  etilishida  fiziologik  va  aqliy  jarayonlar  borasidagi 

tasnif amalga oshirildi; 

       -   o’zbek xalq topishmoqlariga bilim manbai sifatida yondashish; 

       -   topishmoqlarda bilish ssenariysi shaklllarini aniqlash; 



Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Dissertasiyadagi faktik material va ilmiy 

xulosalardan  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi 

tasarrufidagi  o’quv  yurtlari,  akademik  liseylar,  kasb-hunar  kollejlari,  maktablar 

o’quv jarayonida, shuningdek, o’zbek tili kognitiv yo’nalishida yaratilajak ilmiy-

uslubiy ishlarda foydalanish mumkin. 

Natijalarning  e’lon  qilinganligi.  Tadqiqotlarning  asosiy  mazmuni  va 

xulosalari dissertant tomonidan e’lon qilingan 2 ta maqolada o’z aksini topgan. 



Dissertasiyaning  tuzilishi:  Dissertasiya  kirish,  ikki  bob,  xulosa, 

foydalanilgan  manba  va  adabiyotlar  ro’yxatidan  iborat  bo’lib,  umumiy  hajmi  68 

sahifani tashkil qiladi. 


 

 



 

 

 

 

 

 



 

 Birinchi bob 

TILSHUNOSLIKDA KOGNITIVLIK  VA O’ZBEK   TILINI KOGNITIV 

O’RGANISH OMILLARI 

 

1-§. Kognitiv yo’nalishning obьekti va maqsadi, asosiy tushunchalari 

 

Kognitologiya  turli  fan  sohalari  chorrahasida  yuzaga  kelgan  fan  bo’lib, 

uning  tadqiqot  sohasi  «bilimni  to’plash  va  qo’llash  usullarini  tadqiq  qilish» 

sifatida  belgilanadi.  Kognitologiya  (cognitive  scaince)  tafakkur  haqidagi  fan 

bo’lib,  uning  tayanch  nuqtasi  tilshunoslikdir.  So’zsiz,  lingvistik  tahlil  kognitiv 

tahlilning  bir  turi,  uning  ma’lum  bir  ko’rinishda  namoyon  bo’lishidir.  Kognitiv 

tilshunoslik fani XX asrning ikkinchi yarmida axborot texnologiyalari taraqqiyoti 

oqibatida  yuzaga  kelgan  «sun’iy  intellekt»  tizimi  vositalariga  oid  mushohada, 

savollarga  javob  izlovchi  fan  sifatida  paydo  bo’ldi.  Bu  fan  ham  insonning  bilish 

faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  fanlar  tarkibiga  kiradi.  Tilni  madaniy  hodisa 

sifatida  o’rganadigan,  insonning  bilim  va  tajriba  qurilishini  tekshiradigan  fan  bu 

kognitiv  tilshunoslikdir.  Kognisiya,  ya’ni  bilish  faoliyati  axborot  (ma’lumot)ni 

qabul  qilish,  taqdim  etish  va  yaratish  faoliyatini  qamrab  olar  ekan,  bu harakatlar 

lisoniy  zahiradan  foydalanishi  shubhasiz,  bilvosita  yoki  bevosita  lison  bilan 

aloqada  bo’ladi.  SHu  jihatdan  bilish  qobiliyati  insonning  lisoniy  qobiliyati  bilan 

hamohang. Kognitologiyada bilish faoliyati natijasida yuzaga kelgan bilim (inson 

xotirasida  saqlangan,  tizimlashtirilgan  ma’lumotlar),  ularni  to’plash  va  qo’llash 

usullari  tadqiqi  o’rganilsa,  bilim  olish  va  saqlash,  uni  amalda  qo’llash  hamda 

uzatish manbai va nihoyat uni shakllantiruvchi vosita bo’lgan til tizimi – kognitiv 

tahlil  ob’ekti  hisoblanadi.  SHunga  ko’ra  bilim  va  bilishning  tabiati  hamda 

mohiyati bu fan asosini tashkil etsa, o’rganish predmeti sifatida esa tilning bilim 

hosil qilish, undan foydalanish, saqlash, uzatish va uni qayta ishlashning umumiy 

mexanizmi  tarzidagi  xossalarini  ko’rsatish  mumkin.  Barcha  yo’nalishdagi 


 

10 


 

lingvistik  tadqiqotlarni  o’rganish  ob’ekti  til  tizimi,  ya’ni  lisoniy  faoliyat  va 

uning mahsuli. 

Tilshunoslik,  psixologiya,  falsafa,  sun’iy  intellekt,  antropologiya, 

nevrologiya  fanlaridagi  tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki,  til  tizimi  va  lisoniy 

faoliyatni  har  tomonlama  tadqiq  qiladigan,  ularga  xos  hodisalarning  belgi-

xususiyatlarini  batafsil  yoritishga  xizmat  qiladigan,  tilshunoslikning  turli 

sohalarini  o’zida  biriktirib,  barchasi  uchun  umumlashma  tahlil  tizimini  yaratib 

bera oladigan fan, shubhasiz, kognitologiya degan xulosaga kelindi. Tilshunoslik, 

madaniyatshunoslik,  sosiologiya,  psixologiya  kabi  fanlar  hamkorligini  kognitiv 

faoliyat  o’zida  birlashtirib  turadi.  (cognition-bilish,  cognize-tushunmoq,  bilmoq 

cognitive-bilishga oid, cognitation-aql, tafakkur). 

Insonnig  dunyoni,  voqelikni  bilishi,  uni  idrok  etishida  uning  maqsadli 

faoliyati natijasi hisoblangan tafakkurning o’rnini alohida ta’kidlash kerak. 

Til  va  tafakkur  munosabati  bir-biriga  o’zaro  bog’liq  masaladir.  Lekin,  bu 

ikki  hodisa  boshqa-boshqa  hodisa  hisoblanadi.  Tafakkursiz  til,  tilsiz  tafakkur 

mavjud  bo’la  olmaydi.  Til  va  tafakkur  aloqadorligi  haqida  o’z  davrida  Vilgel’m 

fon Gumbolьdt (1767-1835), Eduard Sepir (1884-1967) kabi mashhur tilshunoslar 

qarashlari  bugungi  kunda  ham  o’z  ahamiyatini  yo’qotgani  yo’q.  Gumbolьdtdan 

bir  nechta  iqtibos  keltirsak:  «Zamon  va  xalqlarning  o’ziga  xos  xususiyatlari  til 

bilan  shunday  chambarchas  bog’liqki,  til  o’zi  hohlamagan  tarzda  o’zida  saqlab 

qolgan  xususiyatlarni  nohaq  unga  taqashadi».  Muallif  inson  mehnati  samarasi 

yutuqlari  tilda  o’zlari  hohlamagan  tarzda  aks  etishi,  til  yordamida  muayyan  fikr 

qayd  etilishini  yozgan.  «Ma’naviy-ruhiy  chegaralar  qo’yish  mumkin  bo’lgan 

qonunlar, asl haqiqatni aniqlash tilga bog’liq hodisa emas». «Til tafakkurimiz va 

hissiyotlarimizni  predmetlar  sifatida  ifoda  etadi,  biroq  u  hissiyot  va  fikrlarimiz 

harakatiga ergashadi. Inson tili faqatgina vosita ekanligini va tildan tashqarida biz 

bilmagan  dunyo  bo’lib,  biz  uni  til  yordamida  o’zlashtirishga  harakat 



 

11 


 

qilayotganligimizni  tushunib  turadi»

1

.  Olim  bu  o’rinda  til  tafakkur 



shakllanishida xizmat qiluvchi vosita ekanligiga urg’u beradi. 

E.Sepir  ishlarida  ham  bu  ikki  hodisaning  mohiyati  haqida  salmoqli  fikr 

ko’rinadi. «Til o’z mohiyatiga ko’ra tafakkurgacha bo’lgan holatdir. U tafakkurni 

kuzatib  boradi  va  bunda  shakl  va  struktura  yashirin  bo’ladi…  Til  tayyor  fikrga 

keltirib  o’rnatiladigan  yorliq  emas…  til  insonga  dunyoni  qanday  ko’rishni 

o’rgatadi»

2

. Olim tilning tafakkurga bo’ysunishini ta’kidlaydi. Agar ikkita hodisa 



yoki  jarayonning  bir-birlari  orasidagi  o’zaro  uzilmas  aloqa  borligi  to’g’risida 

qat’iy fikr ketayotgan bo’lsa, buni ikkala ajralmas qismni bir-biridan navbati bilan 

olib  tashlab,  ikkinchisi  mavjudlikda  davom  etayotgan-etmayotganligi  orqali 

tekshirib ko’rish mumkin. Agar biri ikkinchisisiz kuzatilmasa, faqatgina bir-birini 

taqoza etgandagina mavjud bo’lsa, demak ular bir-biri bilan o’zaro bog’liqdir. 

Tafakkur voqelik haqidagi axborotni qabul qilish, to’plash, qayta ishlash va 

tartibga solish usuli bo’lsa, til voqelikni idrok etish va bilish quroli hisoblanadi

3



Nutqiy  birliklarning  hosil  bo’lishi  va  ularning  tushunilishi  ong  bilan  bog’liqdir, 

ya’ni  aqliy  faoliyat  natijasi  hisoblanadi.  Aqliy  faoliyat  esa  lisoniy  bilimlarsiz 

maqsadli  jarayon  bo’la  olmaydi.  SHu  jihatdan  kognitiv  tilshunoslikka  lisoniy 

qobiliyatning tarkib topishini tushuntiruvchi fan deb qaraydilar. 

Kognitiv  tilshunoslikning  boshqa  qator  yo’nalishlardan  o’ziga  xos  belgi-

xususiyatiga ko’ra farqli jihatlari mavjud: 

1)  tilshunoslikning  bu  sohasi  birinchi  navbatda  ob’ektni  sharhlashda  tilga 

insonning  kognitiv  qobiliyati  sifatida  qaraydi  (jumladan,  SH.  Safarov,  S.  D. 

Kasnelьson,  E.  Sepir,  Xoyjer,  M.  Minskiy,  Budagov,  V.  Z.  Domьyankov,  A. 

Vejbiskaya); 

2)  bu  soha  konseptualizasiya  va  kategorizasiya  jarayonlarini  oladigan,  til 

birliklari  semantikasi  tahliliga  ko’p  qirrali  yondashuvni  namoyon  qiladigan 

tadqiqot metodlariga ega. 

                                           

1

 Gorelov I. N. Osnovы psixolingvistiki.  –M.: 1997.



 

 -S.  9.  

2

O’sha manba.  



3

Qarang: Safarov SH.  Kognitiv tilshunoslik.  –Jizzax: Sangzor,  2006.  -B.  14.  



 

12 


 

Kognitiv  tilshunoslikning  tadqiq  ob’ekti  bilimlar  haqidagi  tasavvurlar 

strukturasi  va  ularning  turli  kognitiv  jarayonlar  (tushunish,  tahlil,  til 

axborotining  qurilishi)da  til  imkoniyatlarini  sharhlash,  shu  bilan  birga  ularning 

paydo  bo’lishini  o’rganish  kabilarni  o’z  ichiga  oladi.  Til  imkoniyatlarini  (til 

bilimlarini)  ichki  kognitiv  struktura,  axborotni  qayta  ishlash  tizimida 

kommunikativ  dinamika  jarayoni  sifatida  qarash  kabi  dolzarb  muammolarni 

o’rganadi. 

Lingvistika(semantika)ga  kognitiv  yondashuvda  inson  ongidagi  struktur 

bilimlarning  ma’lum  turlarini  qo’llash  masalasi  asosiy  o’rinda  turadi.  Kognitiv 

ilmda bilimlar strukturasi turlicha tushunchalar: freym, ssenariy, skrept, geshtal’t 

kabilar bilan ifodalanadi. «Xotirada egallangan bilimning aks etishini ifodalovchi 

tuzilmalar  qatorida  «skrept»,  «ssenariy»,  «kognitiv  model»,  «mental  model», 

«situasiya  modeli»  kabilar  borligini  olimlar  e’tirof  etadilar.  Ayrim  tadqiqot 

ishlarida  esa  semantika  va  gnoseologiya  o’rtasidagi  oraliq  bosqichida  obraz, 

geshtalьt,  freym,  propozisiya,  formula  kabi  namunaviy  biriliklar  yuzaga  keladi 

deb  ko’rsatilgan»

1

.  Atamalardagi  bunday  turli-tumanlik  shu  bilan  izohlanadiki, 



ular butun mohiyati bilan bilimlarning turli xillarini anglatadi, qolaversa, yuqorida 

keltirilganidek,  har  bir  olim  bilimlarning  u  yoki  bu  strukturani  ifodalashida  o’z 

atamasini (yangiligini) qo’llashga harakat qiladi. 

Kognitiv  tahlilda  olamni  bilish  jarayonida  yuzaga  keladigan  mantiqiy 

(mental)  strukturalarning  lisoniy  ifodasini  ochib  beruvchi  mexanizmlar 

qurshovidagi  uslub  va  vositalar  tadqiqi  asosiy  o’ringa  chiqadi.  Ma’lumki,  inson 

narsa  va  predmet,  hodisalarni  bilishda,  idrok  qilishda  qator  mantiqiy-ruhiy 

harakatlarga  ega  bo’lgan  faoliyatni  amalga  oshiradi.  «….avvalo,  narsa  jonli 

mushohada,  bevosita  kuzatish  vositasida  o’rganilib,  uning  xususiyati,  qirrasi, 

tomoni  aniqlanadi,  natijada  bu  xususiyat,  dalil,  hodisa  to’planadi,  saralanadi; 

…aqliy dialektik tahlil usuliga o’tish ehtiyoji paydo bo’ladi»

2

. Ana shu aqliy tahlil 



                                           

1

Qarang: Safarov SH.  Kognitiv tilshunoslik.  –Jizzax: Sangzor,  2006.  -B.  28.  



2

 Zamonaviy o’zbek tili.  Morfologiya.  –T.: Mumtoz so’z,  2008.  -B.  59.   



 

13 


 

(mantiqiy-ruhiy  harakatlardagi  faoliyat)  ni  amalga  oshirishning  bir  necha 

bosqichlari  qator  manbalarda  sanab  o’tilgan.

1

  Ularda  berilishicha  aqliy 



tahlilga  qaratilgan  faoliyatda  dastlab  ma’lum  bir  ob’ekt  boshqa  ob’ektlar 

qatoridan  ajratib  olinadi.  Bunda,  albatta,  uning  farqlovchi  belgilari  e’tiborga 

olinadi. Farqlovchi belgilar asosida boshqa ob’ekt bilan qiyoslash harakati amalga 

oshirilib,  xotirada  shu  ob’ektga  oid  hissiy  ramz  shakllantiriladi.  Bu  ramzning 

lisoniy xotiradagi boshqa ramzlar bilan o’xshash tomonlari qidiriladi. Eng so’nggi 

bosqichda  esa  voqelikning  bilishning  muhim  bosqichi-umumlashtirish  amalga 

oshiriladi.  Bu  faoliyatlarning  barchasi  ob’ekt  haqida  tushuncha  shakllanishiga 

xizmat qiladi. Mantiqiy faoliyat natijasi bo’lgan tushuncha obraz va lisoniy ma’no 

bilan  umumlashib  kognitiv  lingvistika  tarmoqlarida  asosiy  figura  sifatida 

o’rganilayotgan konseptning yuzaga kelishini ta’minlaydi. 



Konsept  atamasi  tilshunoslik  tadqiqotlarida  XX  asrning  birinchi  yarmidan 

paydo bo’la boshladi. Bu atama ingliz tiliga oid so’z bo’lib, (conssept), rus tilida 

ponyatie  (tushuncha)  atamasi  bilan  tarjima  qilinadi.  Keyinchalik  bu  atama 

tushuncha  atamasi  bilan  aralashtirib  yuborila boshlangach,  uning  tom  ma’nodagi 

mazmunini  aniq  shakllantirishga  qaratilgan  ishlar  tadqiq  qilina  boshlandi. 

Lingvistik  ensiklopedik  lug’atda  konsept  atamasiga  quyidagicha  ta’rif  beriladi: 

«konsept  bu  -  «so’z  ma’nosi»  kabi  tushuncha  bo’lib,  faqat  bog’lanishlar  tizimi 

nuqtai  nazaridan  farqlanadi;  ma’no-til  tizimida;  tushuncha  ham  mantiqda,  ham 

tilshunoslikda  tadqiq  etiladigan  mantiqiy  munosabatlar  va  formalar  tizimida 

bo’ladi»


2



Konsept  va  tushuncha  atamalari  orasidagi  farq  til,  madaniyat  va  tafakkur 

orasidagi munosabatlarni aniqlash bilan belgilanadi. Konseptlar dunyo konseptual 

manzarasining  birliklari  sifatida  namoyon  bo’ladi  va  tilning  konseptual  tizimini 

hosil  qiladi.  Terminlarning  turliligi  ong  va  tafakkurning  turli  tomonlarini  aks 

                                           

1

 Tulenov J. ,  G’ofurov Z.  Falsafa.  –Toshkent,  1997; Andreev I. D.  Dialekticheskaya logika.   –Moskv,  



1985; Panfilov V. Z.  Filosofskie problemы yazыkoznaniya.  Gnoseologicheskie aspektы.  –M.: Nauka,  1977.  

2

Linvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovarь.  –M.: SE,  1990.   



 

14 


 

ettirish  bilan  belgilanadi.  YUqorida  kognitiv  tilshunoslikda  konsept  asosiy 

figura sifatida qaraladi, deb keltirdik. Buni quyidagi holatlar bilan tasdiqlash 

mumkin: 


1) kognitiv sohada inson ongining mental resurs birliklarini, inson bilimi va 

tajribasini  aks  ettiruvchi  informasiya  strukturasini  ifodalovchi  mental  birlik 

sifatida konsept qaraladi; 

2) kognitiv tilshunoslikning asosiy bo’limlaridan biri «kognitiv semantika» 

konseptning tabiati va strukturasini o’rganadi; 

3)  kognitiv  tilshunoslikda  asosan  konsept  va  so’z  ma’nolari  orasidagi 

munosabat tahlil etiladi. 

«Kognitiv  atamalar  qisqacha  lug’ati»

1

da  konsept  inson  ongida  aks  etgan 



dunyo manzarasi, mental leksikon, konseptual tizim va tilning, xotiraning tarkibiy 

operativ  birligi  deb  beriladi.  Lingvistik  tushuncha  sifatida  konseptga  ilk  ta’rifni  

A. Vejbiskaya bergan edi

2

. Unga ko’ra, «o’z nomiga ega va insonning «haqiqat» 



dunyosi  haqidagi  ma’lum  madaniy  shartlangan  tasavvurlari  «o’ziga  xos» 

dunyosining ob’ektidir» deb ta’rif beriladi. 

Lingvokulьturologiyada  bu  atama  madaniy  mental  til  ko’rinishi,  «inson 

ongidagi  madaniyatning  quyulib  qolgan  qismi;  madaniyat,  insonning  mental 

borlig’iga  kiradigan,  so’z  bilan  ifodalanadigan  tushuncha,  tasavvur,  bilimlar 

to’plami» sifatida qaraladi. 

Ayrim  tadqiqotchilar  konseptlar  turlarini  ajratishga  harakat  qiladilar

3

 



(Frunkina): «Til tizimida ikkita turli konsept bor. Birinchi tur konseptlar universal 

ma’noli  (uxlash,  emoq,  boshlamoq,  o’qimoq,  emoq)  konseptlar  bo’lsa,  ikkinchi 

tur  konseptlar  o’z  ichiga  madaniy-milliy  qimmatga  ega  bo’lgan  (non,  mehmon, 

ota-ona,  to’y,  do’st,  vatan)  konseptlarni  qamrab  oladi».  Olima  ikkinchi  tur 

konseptlarni  ham  o’z  navbatida  ikkiga  ajratadi:  a)  lingvomadaniyat  spesifikasi 

                                           

1

Demyankov V. Z.  Kognitivnaya semantiya.  Kratkiy slovar kognitivnыx terminov.  –M.:  1996.  



2

Vejbiskaya A.  YAzыk.  Kulьtura.  Poznanie.  –M.  Russkie slovari,  1996.  

3

Qarang:  Djusupov  N.  M.    Ligvokognitivnыe  aspekt  issledovaniya  simvola  v  xudojestvennom  tekste:    Avtoref.  



diss… kand.  filol.  nauk.  

 

15 


 

bilan  izohlanadigan;  b)  milliy  mentalitetni  anglashga  xizmat  qiladigan  kalit 

(maraziy)  elementli».  S.  G.  Vorkachyov  esa  lingvomadaniy  konseptlar 

tarkibida  butun  va  qism,  universal  va  spesifik  ikki  xil  semantik  alomatlarni 

ajratish  mumkinligini  e’tirof  etadi:  1)  tilning  barcha  ko’rinishi  uchun  umumiy 

bo’lgan  semalar,  ular  semantik  paradigmani  mustahkamlaydi  va  uning 

tushunchaviy yoki prototip asosini hosil qiladi. Ikkinchi tur konseptning tarkibida 

uning  namoyon  bo’lishi  uchun  hech  bo’lmaganda  qisman  xizmat  qiladigan 

semantik belgilar bo’ladi. Bu belgilar lingvokulьtura, etnosemantik spesifika bilan 

ajratiladi  va  til  tashuvchisining  mentalligi  yoki  shaxsning  til  mentaliteti  bilan 

bog’liq bo’ladi. Tadqiqotda butun va qism, universal va spesifik sistem bo’linish 

asosiy  shart  qilib  belgilangan.  Bunday  tasnif  konseptlar  tabiatining  aniq  va 

mufassal bayonini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Darhaqiqat,  yuqoridagi  ta’riflarning  barchasida  konseptga  milliy-madaniy 

mentallik birligi sifatida baho berilganini kuzatamiz. Mentallik intellektual, ruhiy 

va  iroda  xususiyatlarini  milliy  xarakterda  tipik  namoyon  bo’lish  jarayonini 

birlashtiradigan  milliy  til  formasi  va  kategoriyasi  doirasidagi  dunyoqarashni  aks 

ettiradi.  Mentallikning  milliy-madaniy  xususiyatlarini  ochib  ko’rsatish  ko’pgina 

sohalar 

(kognitiv 

tilshunoslik, 

lingvokulьturologiya, 

etnolingvistika, 

til 


antropologiyasi, 

genderologiya)ning 

asosiy 

masalasi 



bo’lib  kelmoqda. 

Ko’rsatilgan  sohalarning  barchasida  mentallikning  asosiy  birligi  deb  konsept 

belgilangan.  Bunga  bir  qancha  sabablar  ko’rsatiladi.  Lingvokognitologiyada  ish 

olib  borayotgan  tadqiqotchilardan  biri  M.V.Piminova  o’z  maqolasida  shunday 

keltiradi

1

: «Birinchidan, konsept (conseptus-fikrlash, tushuncha, predmet haqidagi 



tasavvur)  klassik  sensualistik  sxemaning  bir  qismi  sifatida  qaraladi:  «predmet-

sezish-idrok  etish-tasavvur-tushuncha»  va  u  inson  fikrlash  qobiliyatinig  hissiy-

amaliy (mushohada) va mantiqiy (abstrakt) kabi faoliyatli bosqichlarni ko’rsatadi: 

a)  konsept  -  bu  tasavvur  («umumiy  tasavvur»)  (S.A.Askol’dov);  b)  konsept  -  bu 

tushuncha;  v)  konsept  -  bu  fikrlashning  sinkretik  birligi  («borliq  haqidagi 

                                           

1

 M. V. . Piminova. Konsept kak osnovnaya edinisa mentalьnosti.  august@vtsnet. ru 



 

16 


 

faktlarning  umumiy  tarmoqlanmagan  holda  tasavvur  beradigan  tafakkur 

birligi»)  (P.V.CHesnokov).  Ikkinchidan,  konsept  ma’noli  qism  sifatida 

«semantik  uchburchak-trapesiya»  modeli  tarkibida  o’rganiladi:  a)  konsept-bu 

ma’no  («ma’noning  algebraik  ifodalanishi»)  (D.S.Lixachev);  («milliy  ruhdagi 

qo’sh 


ma’no») 

(V.V.Kolesov); 

(«leksema 

ma’nosining 

invarianti») 

(E.V.Raxilina);  b)  konsept  -  bu  mazmun  (tushuncha  tarkibi,  konsept  termini 

ma’no  atamasiga  sinonim  bo’lib  qolmoqda»)  (YU.S.Stepanov).  Uchinchidan, 

konsept  ma’noli  qismning  sintezi  sifatida  tahlil  qilinadi  (ma’no  va  tushuncha), 

ma’no  anglatadigan  qism  (til  belgisi)  va  ma’no  belgilaydigan  qism  (denotat  va 

referent):  a)  konsept-bu  so’z  etimoni  (conceptum  -  urug’,  don»  so’z  semantik 

butunligining boshlanma nuqtasi»); b) konsept – so’z - konseptlar («kalit so’zlar») 

(A.Vejbiskaya)». 

YUqoridagi  qarashlarni  kuzatish  oqibatida  shunday  xulosaga  kelish 

mumkinki, konseptni u yoki bu atama bilan bir deb baholanadigan nuqtai-nazarlar 

(tushuncha,  tasavvur,  ma’no,  mazmun  va  hokazo)  berilgan  fenomenni  til 

tizimidagi  o’rnini  belgilamaydi.  SHuning  uchun  konsept  tushunchasi  haqida 

M.V.Piminova  bergan  umumiy  ta’rif  qoniqarli  baholanilgan  deb  hisoblab  uni 

taqdim  etish  mumkin:  «konsept  bu  emik  darajadagi  til  birligi  bo’lib,  fonema, 

leksema,  morfema  va  boshqalar  bilan  solishtiriladi  hamda  etik  bosqichda 

signifikat  (tushunchaning  tarkibi  va  sig’imi)  leksik  ma’no  va  so’zning  ichki 

tarkibi yordamida namoyon bo’ladi»

1



Konseptni  aniqlash  tadqiqotchilar  tomonidan  turli  usullar  yordamida 

amalga oshiriladi: 

1.  So’z  etimonini  aniqlash  yordamida.  Bunda  konseptning  yozuvgacha 

bo’lgan tarixini aniqlash yo’li tutiladi. 

2. Asos guruhlarni o’rganish, ya’ni berilgan etimondan hosil bo’lgan so’zlar 

guruhini o’rganish. 

                                           

1

M.V. Piminova.  Konsept kak osnovnaya edinisa mentalьnosti.  august@vtsnet. ru 



 

17 


 

3.  Diaxroniyada  yasama  so’zlarni  qo’llashni  o’rganish  orqali,  ya’ni 

epedigmatik bog’lanishlarni o’rganish. 

4.  Berilgan  so’zlardan  asosiy  qo’llanilayotganlarini  sinxron  darajada 

o’rganish. Bunda sintagmatik bog’lanishlar o’rganiladi. 

5.  Tahlil  qilinayotgan  so’z  –  konseptning  paradigmatik  bog’liqliklarini 

o’rganish. 

6.  Berilgan  so’zni  boshqa  tildagi  aynan  (yoki  shunga  yaqin)  so’z  konsept 

bilan taqqoslash. 

Sanab  o’tilgan  usullar,  shuningdek,  olingan  material  va  ekstrolingvistik 

omillarni sintezlash orqali tahlil qilinayotgan so’zning milliy-madaniy spesifikasi 

hamda  shu bilan bog’liq holda tahlilga tortilayotgan konseptning  milliy-madaniy 

spesifikasini aniqlash mumkin. 

Konsept  tizimda  mavjud  bo’ladi,  u  boshqa  konseptlardan  kelib  chiqadi, 

sistemadan  alohida  ajratib  olinsa,  u  tadqiq  etilayotgan  ob’ekt  to’g’risida  noto’liq 

tasavvurlar  beradi.  Konsept  tahlilini  konseptosfera  doirasida  tadqiq  qilish, 

dominanta  va  chekka  (yondosh)  konseptlarni  izlash  maqsadga  muvofiqdir. 

Konseptosfera atamasi mental reallikni ifodalashga xizmat qiladi. Konseptlarning 

madaniyat,  kasbiy  etika  ishlarini  yuritishdagi  o’rni  beqiyosdir.  Umumiy 

konseptlar  individual  konseptlardan,  etnomadaniylari  etnososiomadaniylaridan 

farqlanadi. 

Til – bu dunyo haqidagi bilimlarimizni aks ettirish manbai va shu bilimlarni 

tadqiq  etish  vositasi.  SHunga  asosan,  insonlar  o’z  til  prizmalari  orqali  dunyoni 

turlicha  ko’ra  olishlari  mumkin.  Bu  borada  qilingan  tadqiqotlar  fikrimizni 

tasdiqlaydi. 

Izlanishlar 

lisoniy 


belgining 

muhiti 


va 

etnokonsept, 

etnososiokonseptlarning  farqli  tomonlarini  o’zida  aks  ettiruvchi  tajribalar  bilan 

asoslangan.  Til  tashuvchilarning  qiyosiy  tajribasi  bo’lgan  konsept  yadrosini 

chiqarish uchun ikkita ijtimoiy tajriba o’tkaziladi

1

. Maqsad lisoniy belgi va uning 



muhiti  ekstrolingvistik  reallik  konseptualizasiyasini,  shuningdek,  etnokonsept  va 

                                           

1

Qarang: M.I.Soln’shkina.  Konseptualizasiya mira v okrujenii yaz’kovogo znaka.  -mesoln@mail333/com 



 

18 


 

etnososiokonseptlarni rus dengiz konseptosferasidagi «kema» konsepti orqali 

solishtirishdir.  SHu maqsadda  dengizchi bo’lmagan  (23  ta)  va  dengizchi  (20 

ta)  til  tashuvchilari  ishtirok  etadi.  Har  ikkala  leksik  qatlam  bir-biridan  farqli 

ta’riflarni  beradilar  «kema»  so’ziga  dengizchi  bo’lmaganlar  «quvonch, 

xotirjamlik,  yorug’lik,  dam  olish,  iliqlik,  to’lqinlarning  urilishi,  zavq»  kabi 

tushunchalarni  keltirishadi.  Dengizchilar  esa  «sovuq,  ishlayotgan  dvigatel  ovozi, 

og’ir ish; qamoq; urush va harbiy aslahalarga boy harakatdagi kulrang kema» deb 

javob  beradilar.  Rus  tilida  kema  konseptining  qurilishi  quyidagi  tushunchalarni 

o’z  ichiga  oladi  «xavfli  vaziyat,  tashkil  qilingan  nimadir,  chiroyli  va 

hayratlanarli».  Kema  konsepti  nafaqat  rus  tilida,  umuman,  dengiz  tilida 

yaxlitligicha  interpretasion  maydoni  jihatidan  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  kema 

beqarorlik, sergaklik va qo’rquvni chaqiradigan bir narsa. Leksemalarni o’rganish 

qator  metaforik  va  to’g’ridan-to’g’ri  etnomadaniy  muhim  jihatlarni  ochish 

imkonini  beradi.  Maxsus  yaratilmagan  kontekst  «kema»  konseptining  yanada 

ko’proq  voqelanishiga  zamin  yaratadi.  Dengizchilarga  tegishli  bo’lmagan 

kontekstdagi  nutqiy  namunalarda  ob’ekt  atamasi  ichki  kechinmalarini  kemaga 

bog’lovchi  metaforalardan  iborat.  Misol  tariqasida  Rabg’uziyning  «Qissai 

Rabg’uziy»  asarida  dunyoni  suv  bosishi  bilan  bog’liq  holatda  Nuh  payg’ambar 

kemasini, CHingiz Aytmatov asarida orzudagi «Oq kema»ni esga olish mumkin. 

Ekvivalent  elementlarga  ega  til  birliklari  konnotasiyasidagi  barcha  o’ziga  xoslik 

va  farqlarga  qaramasdan  konsept  tarkibi  ichki  bog’langan,  kodlangan 

strukturalardan iborat. 

Etnososiomadaniy konseptlarni o’rganish ham dolzarb sanaladi va ular turli 

til  darajalari  birliklari  tarkibida  bir  mavzu  yoki  ijtimoiy  (kasbiy)  til  tarkibida 

bo’ladi.  SHuningdek,  bunday  konseptlar  bir  kasb  doirasidagi  inson  xulqini  aks 

ettiruvchi  konseptlar,  ya’ni  axborotni  o’ziga  xos  shaklda  saqlaydigan  unsurlar 

tarkibida bo’ladi. 

Kognitiv tilshunoslikda konseptning yuzaga kelishi va lisoniy voqelanishga 

tayyorgarlik  jarayoni  (konseptual  bosqich)da  bir  qator  konseptual  tizim  birliklari 



 

19 


 

(ssenariy, skrept, freym, geshtalьt) ishtirok etadi. Bu birliklar YU.N.Karaulov 

ta’rificha intellektual faoliyat va uning lisoniy voqelanishi jarayonida yuzaga 

keladi hamda  «tovushli,  tashqi nutq  va  miyaning o’ziga  xos  tili  oralig’idan  o’rin 

oladi»

1

. Quyida oraliq bosqich birliklari haqida qisqacha ta’riflar keltiramiz. 



Ssenariy  –  ma’lum  voqelik  bo’lagiga  oid  harakatlar,  holatlar  uzviy 

munosabatlaridan  iborat  (masalan,  o’quv  jarayoni,  restoranda  tushlik,  kirish 

qo’ng’irog’i, kino tomoshasi va hokazo). Sun’iy intellekt bo’yicha mutaxassislar 

R.SHenk  va  R.Abelьsonlar  ssenariy  (scnarios)  tushunchasini  kognitologiyaga 

birinchilardan  bo’lib  kiritishgan  edi.  Ularning  fikricha,  ssenariy  voqealar  ketma-

ketligini, ularning o’zaro bog’lanishini ko’rsatish uchun zarur. Bir tipik hodisaga 

xos o’zaro bog’liq faktlarning uzviyligini aks ettiradigan ushbu birlik tarkibida har 

biri  kichik  mazmundagi  qismlar  uchun  slotlar  ajratiladi.  Bu  slotlar  ushbu  voqea-

hodisa  ishtirokchilarining  maqsadi,  roli  kabilarni  ajratishga  xizmat  qiladi. 

Fikrimiz isboti uchun «restoranda tushlik» ssenariysini keltiramiz. 

Ssenariy: tushlik. 

Rollar:  xo’randa  (buyurtmachi),  ofisiant  (restoran  xizmatchisi,  buyurtma 

qabul qiluvchi). 

Maqsad: organizmning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish. 

Birinchi sahna: restoranga kirish. 

Joy buyurtma qildirish. 

Menyu bilan tanishish. 

Birinchi va ikkinchi ovqatlar uchun buyurtma berish. 

Ikkinchi  sahna:  tushlik  uchun  buyurtma  qilingan  mahsulotlarni  iste’mol 

qilish. 


Uchinchi sahna: Restoran xizmatchisidan hisob-kitob varaqasini so’rash. 

Hisob varaqasini ko’zdan kechirish. 

Pulni to’lash. 

CHekni olish. 

                                           

1

Cafarov SH. Kognitiv tilshunoslik.  -Jizzax.: Sangzor,  2006.  -B.  28.  



 

20 


 

 Restorandan chiqib ketish. 

  Misoldan  ko’rinadiki,  har  bir  sahnada  kichik  slotlardagi  har  bir 

harakat bir-biri bilan sababiy bog’lanishga ega, ya’ni oldingi harakat keyingisiga 

shart-sharoit  yaratadi.  Inson  hissiyoti  va  aql-idroki  imkoniyat  talabiga  ko’ra  bir 

paytning  o’zida  bir  qancha  axborotni  qabul  qila  olmaydi,  ya’ni  axborotning 

miqdori  chegaralangan  bo’lishi  kerak.  SHundagina  diqqat  alohida  bir  ob’ektga 

yo’naltirilgan  bo’ladi.  Aplohida-alohida  bir  ob’ektga  diqqat  qilinib  to’plangan 

axborot  idroki  faoliyati  esa  samarali  kechadi.  Misolda  ko’rib  o’tkanimizdek, 

alohida  diqqat  vaqtida  yuzaga  keladigan  obraz  kechayotgan  voqelikning  ma’lum 

bir sahnasi uchun asos bo’ladi. Ajratilayotgan har bir sahna («restoranga kirish», 

«egulik  buyurish»,  «hisob-kitob»)  kabilar  umumlashgan  kognitiv  strurkturalar 

uchun (ssenariy, skrept, konsept kabilar) xom ashyo bazasi vazifasini o’taydi. 

Skript  inglizcha  so’z  bo’lib,  uning  tub  ma’nosi  «qo’lyozma,  yozuv» 

kabilarni  ifodalaydi.  Konseptual  tuzilmalarning  bir  turi  hisoblangan  skript  inson 

tafakkurida aks etayotgan borliqdagi voqea-hodisalarning me’yoriy ketma-ketligi 

sifatida talqin etiladi. Skriptning semantik xususiyatlarini prototip bilan qiyoslash 

mumkin.  Bunday  holda  axborotning  sub’ekt  ongida  tarkib  topishi  farqlovchi  va 

umumlashtiruvchi  belgilar  kichik  to’plamchalarining  o’zaro  munosabatga 

kirishuvidan  iborat  ekanligi  aniqlanadi.  Skript  tarkibiy  tuzilishi  jihatidan 

ssenariyga  juda  yaqin  turadi,  ba’zan  ssenariyni  aynan  to’lig’icha  takrorlashi 

mumkin.  Skript  o’zida  tarkiblashgan  voqealarning  sabab-oqibat  munosabatlari 

bilan  tizimiy  bog’lanishi  asosida  hamda  ushbu  voqealarning  sterotip 

takrorlanuvchanlik  xususiyatiga  ko’ra  alohidalik  kasb  etadi.  Skript  «xotira» 

atamalari  qatoridan  ham  o’rin  olgan  birlik  bo’lib,  uzoq  muddatli  xotirada 

saqlanayotgan  bilim  hamda  oldindan  jamlangan  bilim  yordamida  biror  hodisani 

tushunish,  anglashni  ta’minlovchi  bilish  quroli  sifatida  talqin  etiladi.  «Inson 

voqelikdagi  predmet-hodisalarni  idrok  etish  jarayonida  o’z  shaxsiy  konseptual 


 

21 


 

tuzilmalarini  idrok  etilayotgan  predmet  va  munosabatlarga  ko’chirishga 

harakat qiladi»

1



Skriptlar  tuzilishi  va  tarkibiga  mikro  va  makroskriptlarga  bo’linadi. 

Masalan davlat makroskripti «hududga egalik, ma’lum miqdordagi aholi, ma’lum 

tilga egalik; jamiyat, oila» kabi mikroskriptlarni o’z ichiga oladi. 

Freym  atamasi  dastlab  sun’iy  tafakkur  masalalarini  echishga  qaratilgan 

bo’lsa,  keyinchalik  tilshunoslikda  qo’llanila  boshladi.  Bu  tushunchani 

tilshunoslikka birinchilardan bo’lib Filmorr tatbiq etgan

2



Ma’lumki, har bir inson xotirasida ma’lum miqdordagi bilimlar strukturasi 

zahirasi  saqlanadi  va  aynan  shu  zahira  axborotni  qabul  qilib  idrok  etish  rolini 

o’taydi.  Inson  borliq  yoki  u-bu  holatlarni  anglashda  o’z  bilimlarini,  ya’ni 

xotirasidagi  freymlarni  qo’llaydi.  Turlicha  qarashlar  umumlashmasi  bo’yicha 

freym tushunchasini quyidagicha izohlash mumkin: 

1) 


freym bu kognitiv til hodisasi; 

2) 


u ob’ekt tafsilotlari haqidagi bilimlar; 

3) 


ob’ekt va sub’ekt munosabati haqidagi bilimlar; 

4) 


sosial o’zaro harakat (interaksiya haqidagi bilimlar) majmui. 

M.Minskiy  ta’rificha,  freym  mundarijasi  majburiy  (ishtirok  talab 

qilinadigan) 

va 


nomajburiy 

(ishtiroki 

majbur 

emas) 


xususiyatlar 

umumlashmasidan  tashkil  topgan.  Freym  majburiy  xususiyatlar  lisoniy 

voqelanishi  jarayonida  til  birligi  semantik  tuzilishining  uzviy  qismlari  sifatida 

namoyon  bo’ladi.  Ixtiyoriy  xususiyatlar  esa  freym  tarkibida  aniqlashtirish 

vazifasini  bajaradi.  Ikkala  turdagi  xususiyatlar  ham  freym  tarkibida  ma’lum 

«katakchalar»  (slotlar)  hosil  qilishadi  va  voqelikdagi  ob’ektni  idrok  etish 

jarayonida  ushbu  katakchalar  mos  keladigan  misol  va  ma’lumotlar  bilan 

to’ldirilishi lozim bo’ladi. 

                                           

1

 Qarang: Safarov SH.  Kognitiv tilshunoslik.  -Jizzax.: Sangzor,  2006.  -B.  38.  



2

 Cafarov SH.  Kognitiv tilshunoslik.  -Jizzax.: Sangzor,  2006.  -B.  41.  



 

22 


 

Olimning  fikricha,  bu  hodisa  berilgan  ma’lumot  strukturasini  inson 

xotirasida  umumlashgan  obraz  sifatida  saqlab,  ko’plab  boshqa  hodisa  va 

jarayonlarni tushunish uchun qo’llaniladi.

1

 

Geshtalьt  nemischa  «gestalt»  (obraz,  struktura,  yaxlit  shakl)  so’zidan 



olingan  bo’lib,  ushbu  tushuncha  ruhiy  tuzilmalar  obrazlarini  o’ziga  xos 

yaxlitligini  ta’minlovchi  belgi  va  xususiyatlar  umumlashmasini  anglatadi. 

Borliqni yaxlit holda qabul qilishda «geshtalьt qonuniyatlari» amalda bo’ladi. Bu 

tamoyillar geshtalьt psixologiyasining ham asosini tashkil etadi: 

-  «yaqinlik  tamoyili»:  bir-biriga  yaqin  joylashgan  unsurlar  o’zaro  bog’liq 

holda idrok etiladi; 

- «o’xshashlik tamoyili»: bir-biriga monand unsurlar yagona bir yoki qism 

sifatida idrok etiladi; 

-  «yopiqlik  tamoyili»:  idrok  harakati  berk  (tugallangan)  shaklga 

yo’naltiriladi; 

- «davomiylik tamoyili»: alohida unsurlar o’rtasida uzilish kam bo’lsa, ular 

yaxlitlik sifatida idrok etiladi. 

SHu  tamoyillar  asosida  voqea-hodisalar,  narsa-predmetlar  yaxlitlikda 

xolistik  idrok  etiladi.  Masalan,  bir  nechta  turli  rusumdagi  mashinalar  suratini 

solishtirsak,  ularni  bir  ko’rgandayoq  inson  ongi  yaxlit  «mashina»  tarzida  qabul 

qiladi;  alohida-alohida  bo’lak  qismlarga  ajratib  idrok  etmaydi.  Ularning 

barchasida  mashinalar  uchun  xos  bo’lgan  umumiy  (integral)  unsurlar  mavjud 

(eshik,  mashina  g’ildiraklari,  deraza,  tormoz,  o’rindiqlar)  mashinaning  barcha 

qismlari bir-biriga yaqin, bog’liq (yaqinlik tamoyili); mashina unsurlari bir-birini 

davom  ettiradi,  o’zaro  aloqada  (davomiylik  tamoyili)  mashina  eshiklari  bir  xil 

(o’xshashlik tamoyili). 

Geshtalьtning  tilshunoslikda  eng  ahamiyatli  jihati  matn  nazariyasi  uchun 

zarur  qarashlar  berishidadir.  Sintaksisda  matnga  uning  tuzilishi  jixatiga  ko’ra 

qismlardan  iborat  butun  deb  qarab  gap  mavqei  beriladi.  Geshtalьt  tamoyillariga 

                                           

1

 Minskiy M.  Freymы dlya predstavleniya znaniy /Per.  s angl.  –M.: Energiya,  1979.  -S. 7.   



 

23 


 

ko’ra  esa  matnga  yagona  bir  mavzu  g’oya  umumlashmasi  deya  baho  berila 

boshlandi.  G’oyaning  yagonaligi  qismlarning  mavzu  doirasida  birikishini, 

yaxlitlikni talab qiladi. 

YUqorida  sanab  o’tilgan  kognitiv  strukturalarning  barchasi  bitta  vazifani 

bajaradi, yaьni xotirada jamlangan axborotni maqsadli namoyon qilish vazifasini 

o’taydi. 

 


 

24 


 

 2-§. O’zbek tilini kognitiv o’rganish omillari, vazifalari va ahamiyati 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish