Muqimiy nomidagi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.12.2019
Hajmi0,55 Mb.
#31121
1   2   3   4
Bog'liq
xalq topishmoqlarining kognitiv strukturasi-1


 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  jahonning  bir  qancha 

tilshunosligida  formal  tilshunoslik  keng  ommalashgan  edi.  O’zbek  tilshunosligi 

tarixiga  nazar  soladigan  bo’lsak,  XX  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib  ommaviy 

savodxonlikni  ta’minlash,  zamonaviy  adabiy  til  meьyorlarini  ishlab  chikish  va 

ularni  xalq  orasida  ommalashtirishni  hamda  o’z  davri  uchun  zarur  masalalar 

echimini  topishni  maqsad  qilib  qo’ygan,  tilshunosligimizni  fan  bo’lib 

shakllanishida  tamal  toshlarini  qo’yib  bergan  formal  tilshunoslik  shakllandi. 

«Jamiyat  oldida  ommaviy  savodxonlikni  ta’minlash,  shevalararo  farqlarni 

yo’qotish,  adabiy  tilni  ommaviylashtirish,  til  va  xalqning  tarixiy  yodgorliklarini 

nashr  etish  va  yoyish,  ta’limni  zamonaviy  usullarda  yo’lga  qo’yish  kabi  amaliy 

vazifalar turgan paytda eng samarali va eng qulay tasnif hamda ta’lim yo’li mana 

shu formal usul»

1

 edi. 



Albatta, bu tilshunoslik o’z maqsadiga erisha oldi. Davrlar silsilasi almashar 

ekan, kechagi kun ertangi kunga o’z o’rnini bo’shatib berishi tabiiy holdir. O’zbek 

formal  tilshunosligi  ham  o’z  davrining  qator  dolzarb  masalalarini  echib  berib, 

yangi  tilshunoslikka  tagzamin  yaratdi,  ya’ni  formal  tilshunoslik  yutuqlaridan 

foydalanilgan,  dialektik  tamoyillar  bilan  ish  ko’radigan,  til  va  tafakkur 

aloqadorligini kuzatib, lisoniy va nutqiy hodisalar bayoni bilan qiziqadigan, ularni 

funksional-struktural  tahlil  usullari  bilan  talqin  etish  maqsadini  qo’ygan  o’zbek 

substansial  tilshunosligiga  o’rin  berdi.  Bu  tilshunoslik  vakillari  til  va  nutq 

munosabatini, til-tafakkur aloqadorligi, tilning ichki imkoniyatlari va ularning til-

nutq farqlanishi nazaridan voqelanish usullarini o’rganish hamda tatbiq etish bilan 

shug’ullandilar.  Bunda  dialektik  tamoyillar  asosida  (umumiylik,  mohiyat, 

imkoniyat,  sabab  –  til  va  uning  birliklarida;  alohidalik,  hodisa,  voqelik,  oqibat  – 

nutq va nutqiy birliklarda) ish ko’rildi. 

                                           

1

 Sayfullaeva R. ,  Mengliev B. ,  Boqieva G. ,  Qurbonova M. ,  YUnusova Z. ,  Abuzalova M.  Hozirgi o’zbek 



adabiy tili.  –T.: Fan va texnologiya,  2009.  -B.  3.  

 

25 


 

XX  asrning  ikkinchi  yarmida  fan-texnikadagi  inqilob,  kompьyuter 

savodxonligi  bilan  bog’liq  «sun’iy  intellekt»  nazariyasiga  oid  qator 

o’zgarishlar  barcha  sohalarda  bo’lgani  kabi  tilshunoslikka  ham  o’z  ta’sirini 

o’tkazmay  qo’ymadi.  G’arb  tilshunosligi  allaqachon  (XX  asr  boshlarida)  «na 

tilshunoslik,  na  boshqa  fanlar  ob’ekti  bo’la  oladigan  talay  hodisalarni  o’rganish 

uchun  majmuaviy  fanlar  yo’lga  qo’yilishi  kerak»  degan  xulosaga  kelib  ulgurgan 

edi va bu borada jadallik bilan rivojlanib, bir qancha yangiliklar joriy eta boshladi. 

Tilning psixologik, psixofizik tabiatini o’rganuvchi psixolingvistika, til va jamiyat 

aloqadorliklarini  sosiolingvistika,  etnolingvistika  kabi  qator  fanlarga  ehtiyoj 

paydo  bo’lganligi  xalqaro  tilshunoslik  yig’ilish  va  anjumanlarida  e’tirof  etila 

boshladi.  Albatta,  bunday  yo’nalishlar  lisonning  amaliy  voqelanishi,  ya’ni  lison-

nutq tamoyili asosida o’z muammolarini hal etardi. Bu davrda o’zbek tilshunosligi 

hali-hamon  adabiy  til  me’yorlarini  yaratish  va  ommalashtirsh  hamda 

tilshunoslikni  rus  tili  va  evropa  tillari  andozasida  o’rganish  bilan  ish  ko’rardi. 

Jahon  tilshunosligidagi  qator  o’zgarish-evrilishlar  o’zbek  tilshunosligiga  ham 

ta’sirini  o’tkazdi.  XX  asrning  80-yillaridan  boshlab  tilga  struktural  yondashuv 

lozimligi,  sohaning  barcha  hodisalarida  dialektik  metodologiyani  qo’llab  ish 

ko’rish  samarador  bo’lishi  anglab  etilgan  edi.  Zero,  SH.Rahmatullaev 

ta’kidlanganidek,  bu  davrda  o’zbek  tilshunosligi  “asosan  rus  tilshunosligiga 

suyangan holda  shakllandi,  taraqqiy  etdi, lekin  buni  nuqson deb  baholash  to’g’ri 

emas,  faqat  noo’rin  taqlidchilikka  berilib  ketish,  ayrim  fikrlarni  ko’r-ko’rona 

qabul  qilish  kabi  salbiy  holatlarni  qoralash  lozim”(  SH.Rahmatullaev.  Sistem 

tilshunoslik  asoslari.  T.  Universitet.  2007.)  Bu  davrda  tilshunoslik  turg’unlik 

holatini  boshdan  kechirmoqda  edi.  SHu  boisdan  butun  sobiq  sho’ro  davlati 

hududida  olib  borilayotgan  oshkoralik  va  qayta  qurish  siyosati  o’zbek 

tilshunosligi fanini ham chetlab o’tmadi. O’zbek tilshunosligining yangi avlodlari 

H.Ne’matov,  E.Begmatov,  N.Mahmudov,  A.Nurmonov,  R.Sayfullaeva  kabi 



 

26 


 

olimlar qayta qurish sharoitida o’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari 

bo’yicha respublika va ittifoq matbuotida chiqish qildilar»

1



Mustaqillik  sharofati  bilan  tilimizga  o’z  ichki  mohiyatidan  kelib  chiqib 

yondashish  lozimligi,  uni  rus  tili  ta’siridan  xoli  o’rganish  o’zbek  tilining  sof 

tabiatiga  zidligini  ko’rsatib  beruvchi  qator  yangilik  va  talqinlar  paydo  bo’la 

boshlaganligi  quvonarli  holdir.  Qisqa  muddatda  ildiz  otib,  tez  sur’atlar  bilan 

rivojlanib  borayotgan  bunday  «xayrli  ishlar»  (H.Ne’matov,  N.Mahmudov, 

A.Nurmonov, 

R.Sayfullaeva, 

B.Mengliev, 

M.Qurbonova, 

O.Bozorov, 

SH.SHahobiddinovalarning 

yangicha 

talqinlari) 

bugungi 


kunga 

kelib 


tilshunosligimiz  taraqqiysi  uchun  yana  bir  talay  yangiliklar  paydo  bo’lishiga 

zamin  hozirladi.  Bunday  «xayrli  ishlar»da  tilshunoslik  hodisalariga  «lison-nutq» 

tamoyili  asosida  ish ko’rishga kirishilgan edi.  Ularning  to’plagan dalil-ashyolari, 

yutuqlaridan  foydalanilgan  holda  lisonning  amaliy  voqelanishi,  undan  amaliy 

foydalanish  masalalari  bilan  shug’ullanuvchi  qator  zamonaviy  yo’nalishlar  – 

sosiolingvistika, 

psixolingvistika, 

lingvokognitologiya, 

pragmalingvistika, 

kompьyuter 

lingvistikasi, 

lingvokulьturologiya, 

neyrolingvistika, 

korpus 


lingvistikasi kabilar paydo bo’la boshladi. 

Tilshunosligimizda  paydo  bo’lgan  ana  shunday  yangi  yo’nalishlardan  biri 

tilimizni  kognitiv  tatqiq  etishdir.  «Til  qo’llanishining  kognitiv  nazariyasi  boshqa 

kognitiv  fanlar  kabi  sun’iy  intellektni  yaratish  yo’lidagi  izlanishlarning  natijasi 

o’laroq  yuzaga  kelgan  bo’lib,  tushunchani  struktur  tiplari  va  ularning  til  bilan 

mosligi,  til  va  ongning  fiziologik  asoslari,  tildagi  metaforik  va  metonimik 

munosabat  kabilarni  tekshirish  bilan  shug’ullanadi»

2

.  Tilshunoslik  va 



gnoseologiya, tilshunoslik va falsafa kabi fanlar doirasidagi masalalarni o’zbek tili 

tabiatidan  kelib  chiqib  ish  ko’radigan  ushbu  soha  hali  yangi  yo’nalish  bo’lgani 

uchun bu borada qilingan ishlar sanog’i unchalik ko’p emas. 

                                           

Sayfullaeva  R. ,  Mengliev B. ,  Boqieva G. ,  Qurbonova M. ,  YUnusova  Z. ,  Abuzalova M.  Hozirgi o’zbek 

adabiy tili.  –T.: Fan va tnxnologiya,  2009.  –B.  23.  

2

Azimova  I.    O’zbek  tilidagi  gazeta  matnlari  mazmuniy  persellyasisining  psixolingvistik  tadqiqi:    Filol.    fanlari  



nomzodi. . .  diss.  –T., 2008.  

 

27 


 

Kognitiv tilshunoslikning asosiy birligi sifatida konsept qaralishi nuqtai 

nazaridan o’zbek tilini kognitiv sferada o’rganish yuzasidan olib borilayotgan 

qator  tadqiqotlarning  markaziy  nuqtasida  ham  konseptlar  birinchi  planda  turadi. 

O’zbek  tilshunosligining  yangi  shakllanayotgan  paradigma  (yo’nalish, 

oqim)larida  konsept  termini  bot-bot  qo’llaniladigan  bo’ldi.  SHu  bois  biz  uning 

maьnosini  «O’zbek  tilining  izohli  lug’ati»dan  qidirdik.  2  tomli  lug’atda  bu  so’z 

berilmagan.  Haqiqatdan  ham,  lug’at  yaratilgan  davrda  konsept  na  ilmiy,  na 

falsafiy maьnoda qo’llanar edi. Biroq uning talqini yangi –5 tomli izohli lug’atda 

ham  uchramadi.  SHuningdek,  «Lingvistik  terminlarning  izohli  lug’ati» 

(A.Hojiev)da  ham  berilmagan.  Demak,  atama  o’zbek  ilmida  hali  mustahkam 

o’rnashmagan yoki terminologik neologizm sifatida mavjud. 

YUqorida ko’rib o’tilganidek, jahon va rus tilshunosligida konsept quyidagi 

maьnolarda qo’llanganligi maьlum bo’ldi: 

1. Bilimlar majmuini tashuvchi lisoniy birlik. 

2. Milliy-madaniy semasi asosida baholanuvchi lisoniy birlik. 

3. Pragmatik sistema. 

Til  bilim  manbai  ekan,  demak,  xar  bir  leksik  birlikda  shu  til  jamiyat 

tomonidan  xosil  qilingan  bilim  majmui  mavjud.  Ana  shu  bilim  majmui  nuqtai 

nazaridan  baholangan  lisoniy  birlik  kognitiv  konsept  maqomida  bo’ladi.  Quyida 

ana shu konsept xususida so’z yuritiladi. 

Har  qanday  bilim  bosqichma-bosqich  hosil  qilinadi.  Xususan,  ona 

tilimizning  kognitiv  taьlimi  dasturida  bilim  hosil  qilishning  quydagi  bosqichlari 

qayd etilgan: 

1) 

obьektni kuzatish; 



2) 

izlanish (obьekt qatorini boyitish); 

3) 

siradagi har bir hodisani sharhlash; 



4) 

qiyoslash; 

5) 

umumiylikni aniqlash; 



6) 

farqlarni topish; 



 

28 


 

7) 


tasniflash; 

8) 


aloqadorliklarni aniqlash; 

9) 


hukm chiqarish; 

10) 


xulosani amaliyotga tadbiq etish. 

Demak,  kognitiv  konsept  zamiridagi  bilim  mazkur  ssenariy  asosida 

shakllanadi va uni idrok qilish ham shu asosda kechadi. Bosqichlardagi kuzatish, 

qiyoslash,  tasniflash  va  hukm  pog’onalari  –  bilim  hosil  qilishning  asosiy  va 

muhim bosqichlari hisoblanadi. 

Har qanday bilim kuzatish, qiyoslash, tasniflash asosida hosil qilingani kabi 

bilim  majmui  sifatidagi  konsept  ham  ana  shu  asosida  tiklanadi  va  idrok  etiladi. 

Konseptuallashtirish  hodisasi  borliqning  til  lisoniy  kartinasidagi  o’rnini 

aniqlashdan 

iborat. 


SHu 

ma’noda 


o’zbek 

xalq 


topishmoqlarining 

konseptuallashtirish  ham  o’zining  dolzarbligini  namoyon    qiladi.  Xalq 

topishmoqlarining  kognitiv  aspektdagi  tadqiq  uchun  yuqorida  keltirilgan  fikrlar 

muhim  metodologiya  vazifasini  bajaradi.  O’zbek  tilshunosligi  nuqtai  nazaridan 

sathlararo  tadqiq  obьekti  sifatida  topishmoqlar  masalasidagi  tahlillar  tadqiqot 

ishining navbatdagi bobida ko’rib o’tiladi. 

 

 

 



Bob bo’yicha  

1.  Har  bir  davr  o’z  fani  oldiga  ijtimoiy  taraqqiyot  talablaridan  kelib 

chiqqan holda muayyan talablarni qo’yadi va tadqiq ob’ektini diqqat qilish lozim 

bo’lgan jihatlariga urg’u berib, tadqiq metodologiyasi va metodlarini tayinlaydi. 

2.Bugungi  kunda  tilshunosligimiz  lisoniy  birliklar  tadqiqidan  nutq 

birliklarini  o’rganishga,  lisoniy  imkoniyatlarning  voqelanishini  kuzatish 



 

29 


 

bosqichiga  qadam  qo’ydi.  Lingvokognitilogiya  ana  shunday  yo’nalishlardan 

biridir. 

3.Lingvokognitologiya  til  birliklarining  zamiridagi  bilim  zahirasining 

strukturasini  tadqiq  qiladi.  Bilimni  sistema  sifatida  o’rganib,  uning  sistem 

xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi.  

 4.Konsept  lingvokognitologiyaning  tayanch  tushunchasi.  Kognitiv 

konsept  boshqa  konseptlardan  farq  qiladi.  Lisoniy  birlik  o’zi  aks  ettirayotgan 

bilim sistemasi bilan yaxlitlikda olinganda, kognitiv konsept maqomida bo’ladi. 

 5.Konsept  tushunchaga,  tushuncha  esa  lug’aviy  ma’noga  o’z 

“qaymog’”ini  beradi.  SHu  asosda  nutqiy  hodisalardan  biri(  jumladan 

topishmoqlar) ilmiy-nazariy tahlil uchun tortiladi. 



 

30 


 

Ikkinchi bob 

 

O’ZBEK XALQ TOPISHMOQLARI KOGNITIV STRUKTURA 

SIFATIDA. 

 

1-§. O’zbek xalq topishmoqlari – bilim manbai 

 

Hayotni  o’ziga  xos  badiiy  idrok  etish  shakli  bo’lgan    topishmoq  o’zbek 

folьklorining  ommaviy  janrlaridan  biridir.  Inson  va  uni  o’rab  turgan  olam, 

topishmoqlarda  ko’chimlar,  o’xshatishlar,  taqqoslashlar.  Qiyoslar,  solishtirishlar, 

savollar vositasida o’ziga xos poetik shaklda aks etadi. Bu jixati bilan u insoniyat 

badiiy tafakkuri  taraqqiyo 

tida  favqulodda  hodisa  bo’lib,  unda  obrazli  zuhur 

etgan  hayot  pvrchasi    topishmoqning  javoblavri  orqali    reallashadi.  Janrning 

poetik  tabiatiga  xos  bo’lgan  bunday  umumiy  xususiyat  barcha  xalqlar 

topishmoqlariga  xos xususiyatdir.  Demak,  u  -  xalqaro  janr.   SHu  bilan  birga  har 

bir  xalqning  topishmog’i  o’sha  xalq  hayot  tarzining  ifodaasi  sifatida  o’ziga  xos, 

original, jozibali va benazirdir. 

SHakli,  vazifasi,  ish-harakati  va  holati  jihatidan    bir-biriga  o’xshash  ikki 

predmet, narsa va hodisadan jumboqlanib, ikkinchisiga o’xshash belgilar asosida 

uni  topishga  mo’ljallab  she’riy  yoki  nasriy  tuzilishda  berilgan  savol  yoki 

topshiriqlar topishmoq deb yuritiladi. 

“Topishmoq” termini  “top” buyruq fe’liga –“ish” yasovchi qo’shimchasini 

qo’shish orqali yasalgan va “-moq” formasi orqali og’zaki ijodning janr atamasi 

yuzaga kelgan. 

Topishmoqlar  respublikamizning  turli  rayonlarida  o’sha  joylarning  lokal 

xususiyatlari  va  shevasiga  ko’ra,  jumboq,  jummoq,  jumoq,  topmacha,  topar 

cho’pchak,  top-top,  top-top  cho’pchak,  matal,  masala,  ushuk  kabi  xilma-xil 

so’zlar bilan ham ifodalanadi. Ammo hozirgi paytda “topishmoq” yagona ilmiy-


 

31 


 

adabiy termin sifatida to’la o’zlashdi, qolganlari esa, tor doiralarda va ayrim 

keksa kishilar nutqida ishlatiladigan bo’lib qoldi. 

Topishmoq  aytishishning  ham  qat’iy  an’analari,  o’ziga  xos  tartib-qoidalari 

bo’lgan. Folklorshunos Z. Husainovaning yozishicha, “o’zbek xalqi orasida ham 

juda  qadimda  biror  muayyan  vaqtda,  biror  marosimda  topishmoq  aytishish  rasm 

bo’lgan  bo’lishi  mumkin.  Lekin  hozirgi  vaqtda  bunday  aytishishlarning  izlari 

saqlanmagan.  Ammo  ota-bobolarimiz  kundalik  mehnatdan  bo’shagandan  keyin, 

ko’pincha  kechasi topishmoq  aytishar  ekan.  Samarqand oblast Gulbuloq qishloq 

Sovetida  yashovchi  Roziya  momo  shunday  deydi:  “Qishning  kechasi  uzun 

bo’ladi,  ayollar  yig’ilib  urchuq  yigiradi,  olacha  to’qiydi,  shu  vaqtlarda  yoki 

kechasi  yotgandan  keyin  topishmoq  aytishish”  odati  bo’lgan.  Samarqand 

oblastining shimoliy rayonlaridagi o’zbeklar yashagan qishloqlarda to’yga boshqa 

qishloqlardan  kelgan  odamlarni  qo’ni-qo’shnilarnikiga  qo’ndirganlar.  Yig’ilgan 

mehmonlar  o’rtasida  chaldirmoq,  jumboq  aytishish  ham  bo’lgan”.  Demak, 

topishmoqni  asosan  qish  kechalari  aytish  o’tmishda  uning  ijrosida  muayyan 

taqiqlar bo’lganligini ko’rsatadi. 

Topishmoq  ijrosi  uchun  kamida  ikki  kishi,  ikki  guruh  yoki  topishmoq 

aytuvchi  va  uni  yechuvchilar,  javobini  topuvchilar  bo’lishi  kerak.  Topishmoq 

aytilishi  bilan  uning  javobi  topilgach,  ketma-ket  navbatdagilari  aytila  beradi. 

SHuning  uchun  ham  topishmoq  aytish  hozirgi  paytda  aql-zakovat,  ziyraklik 

musobaqasi, o’yin-kulgi, ko’ngil ochish vositasiga aylangan. 

Xalq  o’rtasida  “O’zi  g’ir  mitti,  urdi  yiqitdi”  (uyqu),  “Otdan  baland,  itdan 

past”  (egar),  “Ko’k  ko’ylakka  g’o’za  yoydim”  (osmon  va  yulduzlar),  “Qoziq 

ustida  qor  turmas”  (tuxum)  kabi  juda  keng  tarqalgan  topishmoqlar  borki,  ular 

aytilishi  bilan  darhol  javobi  topiladi.  Ammo  topishmoqlarning  shundaylari  ham 

borki, javobini topish ancha qiyin, hatto katta turmush tajribasi bor kishilarni ham 

o’ylantirib  qo’yadi.  Bunday  hollarda  javobni  topishni  engillashtiruvchi 

qo’shimcha ma’lumotlar beriladi, ya’ni javobni topuvchilar aytuvchidan  “jonlimi, 

jonsiz?  “  deb  so’raydilar.  SHunda  ham  javob  topish  qiyinlashsa,  “qattiqmi, 



 

32 


 

yumshoq?  “,  “achiqmi,  shirin?”,  “o’zi  qanday?”,  “  qayerda  bo’ladi?”  kabi 

qo’shimcha  so’roqlar  o’rtaga  tushadi.  Javob  topilmagach,  “shahar”  beriladi. 

“SHahar  olish”  topishmoqni  topa  olmagan  kishini  uyaltirish,  izza  qilish  va  shu 

bilan  davraga  xushchaqchaqlik  kiritish  vositasidir.  Aytuvchi  topishmoq  javobini 

toplmagan  kishini  quyidagicha  uyaltirib,  so’ng  o’zi  javobini  aytib  beradi: 

“SHahar, unda boru munda kel, kelib mening qoshimga yiqil. Ikkalamiz ketaylik. 

Sen ham keta berib, tap etip bir xaloga tushding. Men ham keta berib, jarang etib 

bir tillaxonaga tushdim. Bir devona : - Hey, do’st”, -deb keldi. Men bir olovkurak 

tilla  chiqarib  berdim,  meni  tol  ko’chada  alqab-alqab  ketdi.  Sen  bordingu,  bir 

olovkurak  go’ng  chiqarib  berding,  seni  tol  ko’chada  qarg’ab-qarg’ab  ketdi.  Men 

ham  bir  otga  mindim,  sen  bir  yag’ir  eshakka  minding.  Kunjaradan  non  qilib, 

eshakning  yag’iriga  kunjarani  tekizib,  yalab-yalab  ketding.  Men  bordim,  shinni 

bilan  murobboga  nonni  tegizib,  yalab-  yalab  ketdim.  Hay,  sen  topmasang,  men 

topay, og’zingga katta bir tappini yopay. Uning o’zi…” 

Ayrim  joylarda  javob  topilmagach  ,  topuvchi  bilan  aytuvchi  o’rtasida  

“Sotdim- oldim” dialogi bo’lib o’tadi. Bunga ko’ra, aytuvchi topuvchining barcha 

tana a’zolarini “Sotib olish” orqali uni izza qiladi:  

Sotdim. 


Oldim. 


Nimasini? 

Qo’lini 


Nima qilasan? 

O’choqqa kosov qilaman. 



          SHu  tariqa  javob  topolmagan  shaxsning  ko’zi  xalojoyga  shamchirog’, 

qulog’i tezakka supra, oyog’i tezak tepkilagich, boshi o’choqqa tosh, og’zi o’ra, 

burni hushtak qilish uchun “sotib olinadi” . Oxirida o’zi “sotiladi”: 

   -         YAna sotdim. 

   -         Oldim.  

   -         Nimasini? 



 

33 


 

   -         O’zini. 

   -         Nima qilasan? 

              -        Tog’dan yumalatib o’tin qilaman. 

SHundan  keyingina  aytuvchining  o’zi  topishmoqning  javobini  aytgan. 

Javobini  bilmay  turib,  topishmoq  aytish  qattiq  qoralangan.  Masxara 

bo’lishdan uyalish, tahqirlanishdan qochish istagi topishmoq aytish o’yiniga 

qatnashuvchilarni    ko’p  bilishga,  fikriy  qobiliyatlarini  doim  o’stirib 

borishga  undagan.  “SHahar  bergandagi”  tahqiromuz  gaplar  undagi 

ishtirokchilarnisira ham ranjitmagan. Aksincha, davrada ruhiy ko’tarinkilik 

,  hushchaqchaqlik  paydo  qilgan,  ularning  qiy-chuvi  xursandchilikka  sabab 

bo’lgan va hokazo. 

Demak  topishmoqlar  bir  vaqtlar  muayyan  magik  funksiyalarni  ado  etgan 

zamonlaridan  boshlab,  aql-zakovat,  ziyraklik  musobaqasi,  ko’gngil  ochish,  o’yin 

–kulgi vositasiga aylangunga qadar murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. 

Inson yaralibdiki, o’zini qurshab turgan atrof muhit, tashqi olam, voqelikni 

bilishga,  idrok  etishga  harakat  qilib keladi.  Bilish  voqelikni inson  ongida in’ikos 

etishi  va  shu  asosda  ob’ektlarning  xossalari,  belgi  va  mohiyatini  ifoda  etadigan 

tushunchalar,  g’oyalarni  ishlab  chiqarish  jarayonidir.  Bilish  inson  faoliyati 

ko’rinishlaridan biri bo’lib, bu faoliyat natijasida esa bilimlar hosil qilinadi. 

Inson  turli  manbalar,  ma’lumotlar  asosida  o’z  bilim  doirasini,  tafakkurini 

kengaytirib,  intellektual  salohiyatini  boyitib  boradi.  Ana  shunday  intellektual 

salohiyatning  boyib  borishida  «so’z  obrazining  kaliti»

1

  hisoblanmish  topishmoq, 



jumboqlarning  roli  beqiyosdir.  Ma’lumki,  topishmoqning  tub  mohiyati 

predmetlararo  yashiringan  savol  bo’lib,  uning  javobi  obrazlar  orqali 

jumboqlangan ob’ekt-narsa, yoki tabiat hodisalari, biror voqelikning nomini aytib 

berishdan  iboratdir.  Topishmoq  xalq  og’zaki  ijodining  qadimiy  va  ommaviy 

janrlaridan  biridir.  Unda  xalqning  orzu-istaklari,  o’y-fikrlari  va  tafakkur  dunyosi 

namoyish  bo’ladi.  Uning  boshqa  folьklor  janrlaridan  ajralib  turadigan  xususiyati 

                                           

1

 Husainova Z.  O’zbek topishmoqlari.  –Toshkent: 1966.  –B.  3.  



 

34 


 

badiiy  obrazlilik  orqali  insonni  o’ylashga,  fikrlashga  majbur  qiladigan 

savolga  javob  talab  etishidadir.  Xalq  topishmoq  qilib  yaratadigan  hodisa  va 

narsalar  insonning  tarixiy  yashash  sharoitida  bo’lmagan,  uning  ongidan  uzoq 

bo’lgan  xayoliy  uydirmalar  bilan  emas,  balki  real  hayotda  inson  o’z  ko’zi  bilan 

ko’rgan, hayotida ishlatgan, duch kelgan, hatto o’zi ishlagan, etishtirgan narsalar –

mahsulotlar,  o’zi  sezgan,  eshitgan  hodisalardan  iboratdir.  Demak,  «Topishmoq 

borliqni  real  tasvirlovchi  adabiy  janrdir»

1

.  Topishmoq  turli  xalqlarda  mazmun-



mohiyatiga  ko’ra  bir  bo’lsa-da,  u  atama  sifatida  turlichadir.  Masalan,  tojik,  fors, 

afg’on,  urdu  va,  shuningdek,  boshqa  eroniy  tillarda  so’zlashuvchi  xalqlarda  «u 

nima»  ma’nosidagi  «chiston»,  arablarda  «lug’z»  (yashirin,  maxfiy  ma’nosida), 

rus,  ukrain  kabi  qardosh  xalqlarda  esa  «zagadki»  atamasi  bilan  qo’llaniladi. 

O’zbeklarda bu atama bir necha ko’rinishga ega, ya’ni topishmoq, topishmachoq, 

cho’pchak,  topar  cho’pchak,  top-top  cho’pchak,  jumboq  kabi.  Topishmoqlar 

yaratilishi  juda  uzoq  tarixga  borib  taqaladi,  shuning  uchun  bizgacha  etib  kelgan 

topishmoqlarda  turli  davrlarga  oid  material  va  ma’lumotlar  mavjud.  Ko’rinadiki, 

jumboqlar javobini topish uchun ham xalqing tarixiy o’tmishidan, shu bilan birga 

qishloq xo’jaligi,  dehqonchilik,  chorvachilik, xalqning  turmushiga  oid  buyumlar, 

qurol-asboblar,  tabiat  hodisalari,  o’simlik,  hayvonlar,  hashorotlar  va  hokazolar 

haqida  ma’lum  bir  ma’lumotga  ega  bo’lishi  lozim.  Demak,  topishmoq  topuvchi 

biror xalqning og’zaki ijodi namunalaridan bo’lmish topishmoqlari bilan qiziqsa, 

shu xalqning milliy madaniy turmush tarzi mentalitetidan boxabar bo’ladi, yoinki, 

o’sha  xalq  mentalitetidan,  milliy  qadriyatlari-yu,  dunyoqarashidan  xabardor 

bo’lsagina, topishmoqlariga osonlik bilan javob topa oladi. Zero, «Xalq folьklori 

mentalitet  o’rganishning  muhim  manbai  sanaladi».

2

  Folьklor  san’ati  va  ulardagi 



tabiiylikning  gavdalanishi  o’sha  millatga  xos  mentalitetga  baho  berishga  imkon 

yaratadi.  YUqorida  topishmoqlar  xalqning  o’tmish  tarixiga  oid  ma’lumotlar 

beradi  deb  keltirgandik.  SHunga  ko’ra,  ular  tarixiy  manbalar  sirasidan  joy  oladi. 

                                           

1

Husainova Z.  O’zbek xalq topishmoqlarining asosiy xususiyatlari va zamini:  Filol.  fanlari  nomzodi. . .  diss.  –



Toshkent: 1967.  

2

G’oziev E.  Umumiy psixologiya.



  

–Toshkent: 2002.  



 

35 


 

«Tarixiy manbalar, xalq dostonlari u yoki bu millatning mentaliteti to’g’risida 

to’la  ma’lumot  berish  imkoniyatiga  ega  bo’lgan  asosiy  manbalar  qatoriga 

kiradi»


1

Topishmoqqa javob qidirar ekansiz, agar uni uni ilgari eshitib, yaxshi bilib 



olmagan  bo’lsangiz,  javob  ustida  ancha  bosh  qotirishga  to’g’ri  keladi.  Ba’zan 

obraz jihatidan shunday original yaratilgan topishmoqlarga duch kelamizki, ularni 

echish  ancha  mushkul.  Quyida  shunday  topishmoq-ssenariylardan  ayrimlarini 

ko’rib o’tamiz. 



2317. Piyoladek keladi, 

Katta va kichikligi. 

Olcha suviga o’xshar, 

Nordon va chuchukligi. 

Birini sanab ko’ring, 

YUzga yaqin doni bor. 

2

 

SHakliy o’xshashlik, maza-ta’m asosida bir predmet ikkinchi bir predmetga 



qiyoslanilgan  ushbu  topishmoqning  javobini  «anor»  deb  osonlik  bilan  topish 

mumkin,  lekin  yana  xuddi  shu  topishmoqqa  o’xshash  boshqa  bir  topishmoqning 

javobi anor emasligi o’quvchini chalg’itadi: 

2410. Qizil uyda yuz aka-uka yashar, 



Ular juda bir-biriga o’xshar

3



(tarvuz urug’lari) 

YOki  piyoz  haqida  yaratilgan  Pak-pakana  bo’yi  bor,  Etti  qavat  to’ni  bor 

topishmog’ining  javobi  xalq  orasida  juda  mashhur.  Bu  topishmoq-ssenariydan 

xabardor  odam  «Qavat-qavat  ko’ylagi  bor,  tugmasi  yo’q»

4

  topishmog’ining 



javobini  ham  osonlik  bilan  piyoz  deya  oladi,  lekin  javob  (o’sha  manbada) 

                                           

1

 G’oziev E.  Umumiy psixologiya.  –Toshkent: 2002.  



2

 O’zbek xalq ijodi.  Topishmoqlar.  –Toshkent: 1981.  -B.  291.  

3

 O’sha manba.  -B.  303.  



4

 O’sha manba.  -B.  306.  



 

36 


 

«karam»  deb  berilishi  topishmoq-ssenariylar  ba’zan  juda  kichik  detallariga 

ko’ra bo’lsa-da, bir-biridan alohidalikka ega ekanligi ko’rinadi. 

Topishmoq-ssenariylarning  tarixiy  va  bugungi  kundagi  holatiga  nazar 

soladigan  bo’lsak,  toki  topishmoq  javobi  ochilmaguncha,  topilmaguncha  javob 

aytilmaydi  yoki  javobni  bilmagan  kishini  ko’pchilik  orasida  uyaltirilib,  shahar 

berdiriladi.  Uyalish,  tahqirlanishdan  qochish  ko’p  narsani  bilishga,  jumboqli 

savollarga javob topishga, fikriy qobiliyatni o’stirish va hozirjavoblikka undaydi. 



Tepamda ko’k dasturxon, 

Dasturxonda shirmoy non. 

SHirmoy non bir donadir, 

Sindirilmas hech qachon. 

Kishi  bilishda  avvalo,  sezgi  a’zolariga  tayanib,  jonli  mushohada  yuritadi. 

Ushbu  topishmoq-ssenariyning  birinchi  satrida  tepamda  so’zi  yuqoriga  nazar 

tashlashga  undasa,  ko’k  dasturxon  deyilganda  esa  osmon  anglashiladi. 

Topishmoq-ssenariyning ikkinchi satridagi shirmoy non jumlasidanoq, oy nazarda 

tutilayotganligi  haqidagi  bilimlar  xotirlanib,  topishmoq-ssenariyning  javobi 



osmon va oy ekanligiga to’la ishonch hosil qilinadi. 

Topishmoq,  jumboqlar,  ularning  paydo  bo’lishi,  yaratilishi,  javobga  olib 

boruvchi  unsurlarni  tahlil  qilish  natijasi  shuni  ko’rsatadiki:  «Alohida-alohida 

predmet  yoki  hodisalar  o’rtasidagi  o’zaro  aloqalarni  kuzatish  natijasi  sifatida 

dastavval topishmoq-ssenariy yuzaga kelgan. Bunday o’zaro aloqa topishmoqning 

javob va savol qismlarida ochib beriladi

1

». 


Topishmoq-ssenariylar  kompozision  qurilishi,  tuzilishi  va  o’zining 

mazmuni  bilan  xilma-xillik  kasb  etadi.  Unda  o’ylab  topilishi  kerak  bo’lgan 

voqelik,  predmet,  hodisa  yoki  konsept  o’zidan  uzoq  ikkinchi  bir  narsaga 

taqqoslanadi.  Topishmoq-ssenariyda  savol  qismi  bo’lib  kelgan  yashirin  birinchi 

narsani topish uchun taqqoslanayotgan ikkinchi narsa qaysi jihatidan (bajaradigan 

vazifasi yoki shakliy o’xshashligi) qiyoslanayotganligiga e’tibor qaratish joiz. 

                                           

1

 Husainova Z.  O’zbek topishmoqlari.  –Toshkent: 1966.  -B.  44.  



 

37 


 

YUqorida  tahlil  qilingan  osmon  va  osmon  jismlari  bilan  bog’liq 

jumboqlar  odatda  ham  shaklan  o’xshashligi,  ham  vazifaviy  qiymatini 

e’tiborga olib tuzilgan topishmoq-ssenariylar hisoblanadi. 

1.  Bir parcha patir, olamga tatir. (Oy) 

2.  Ko’k ko’ylakka g’o’za yoydim. (Osmon, yulduzlar) 

kabi  topishmoq-ssenariylar  shular  jumlasidan.  Ushbu  birinchi  obrazli  jumlada, 

«patir» yarim oy shakliga qiyos qilinsa, uning butun olamni yoritishi esa vazifaviy 

jihatdan e’tiborga olinadi. SHuningdek, xalqlar qadim zamonlarda osmon sirlarini 

kuzatish yo’li bilan tasavvur etganlar. Erda yashovchi kishiga osmon kunduz kuni 

ko’k  rang  bilan  qoplangan  olam  shaklida  ko’ringan.  SHuning  uchun  ko’pgina 

xalqlarda  fazoni  ko’k  deb  atashgan.  SHunga  ko’ra,  ikkinchi  topishmoq-

ssenariydagi  «ko’k»  osmon  konseptiga  muvofiq  keladi.  Bu  «ko’k»ka  yozilgan 

g’o’za va uning yaproqlari bag’rida ochilib turgan chanoqlar esa tashqi ko’rinish, 

miqdor jihatdan keng osmon bag’rida charaqlab turgan yulduzlarga o’xshatilgan. 



Buvimning tomi boshida 

kulcha non turar osilib, 

It qancha vovullasa, 

ololmas uni ilib. 

Ushbu  topishmoq-ssenariydagi  birinchi  misrada  javob  ancha  yiroqroq 

bo’lsa,  ikkinchi  misra-«kulcha  non  osilib  turishi»  shakliy  o’xshashlik  bilan  oy 

nazarda  tutilayotganligiga  ishora  beradi.  Keyingi  satrlar  esa  hayotiy  tajriba 

asosida  xotiradagi  mavjud  bilimlarga  (itlarning  yoki  bo’rilarning  tunlari  oyga 

qarab hurishi, uvillashi) tayanilgan holda javobni ochib beradi. 

Topishmoq-ssenariylarda  ba’zan  bilimga,  javobga  «ochqich»  so’z  berilsa, 

ba’zida esa javobni topish ancha mushkul kechadi. 



1)To’ntarilgan ko’k qozonda oltin tanga qaynaydi. 

2)To’ntarilgan qozon, boq, qulog’i yo’q beqopqoq, 

Qaynab yotar ichida behisob tilla bodroq. 

 

38 


 

Birinchi  topishmoq-ssenariyda  «ko’k»  so’zi  javob  uchun  ochqich  kalit-

«osmon»  konseptining  yadrosi  sanaladi  (yuqorida  ta’kidlaganimizdek, 

ko’pgina  xalqlarda  ko’k  osmonni  anglatadi).  Ikkinchi  topishmoq-ssenariyda  esa 

topishmoq  topuvchi  diqqatini  ko’plab  predmetlar  tomon  buradi,  ya’ni  «qozon- 

qopqoqsiz,  qulog’i  yo’q,  to’ntarilgan,  ichida  esa  tilla  rangdagi  behisob  sariq 

jismlar».  Bu  tahlil  harchand  harakat  qilinmasin,  javobga  olib  bormaydi. 

Topishmoq  topuvchi  keyingi  tahlil  «qaynab  yotgan  behisob  tilla  bodroq»  ga 

e’tibor qaratadi.  «Tilla»  predmeti  bilan bog’liq xotiradagi  avvalgi bilimlar  ishga 

solinadi: «tilla-qimmatbaho, sariq, oq-sariq rangdagi yaltiroq metall. To’ntarilgan 

qozon  dumaloq  shaklda,  uning  ichida  behisob  miqdorda  yaltiroq  bodroq  bor». 

Topishmoqning  javobiga  ozroq  bo’lsa-da,  yaqinlashtiruvchi  predmet  «yaltiroq 

bodroqdir». CHunki, bodroq shakli yulduzlarga nisbat qilingani sezilib turibdi. 

Topishmoq-ssenariy  javobiga  eltuvchi  yo’l  murakkab  bo’lsa,  uning 

sifatlarini aniqlashtiruvchi an’anaviy savollar so’raladi: 

- jonlimi, jonsizmi? 

- yumshoqmi, qattiqmi? 

- eyishlimi, yo’qmi? 

- ushlab bo’ladimi, yo’qmi? 

kabi  qator  savollar  yashiringan  predmetni  aniqlashda  yordam  beradi.  Topishmoq 

topuvchi  shu  savollarga  javob  olgach,  ham  javobni  topolmasa,  bu  uning  bilim 

doirasi tor, fikrlash qobiliyati pastligini ko’rsatadi. 

Faqat insonga xos bo’lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyat bu shubhasiz 

bilimdir. Bilim esa olamni inson ongida in’ikos etish jarayoni – bilishning mahsuli 

sanaladi. 

Voqelikni  bilish,  uni  idrok  etish  yo’lidagi  faoliyat  ancha  murakkab.  Inson 

voqelikni  idrok  etishi  uchun  dastlab  uni  ko’rishi,  his  etishi  lozim.  Tasavvur 

etilayotgan «nimadir» sezgi a’zolari orqali idrok etilmaydigan voqea yoki hodisa 

bo’lsa,  u  holda  ko’rish  va  sezish  a’zolarining  roli  ham  yo’qoladi.  Bu  o’rinda 

sub’ekt  o’rganayotgan  va  o’zlashtirayotgan  ob’ektni  faqatgina  xayolot  dunyosi, 



 

39 


 

tasavvuri  orqali  idrok  etishi  mumkin.  SHunga  ko’ra,  kognitiv  (bilishga  oid) 

tahlilning  ob’ekti  bo’lgan  til  tizimida  «so’z  obrazining  kaliti»  deb 

ta’riflanilmish topishmoq-ssenariylarning kognitiv jihatidan ikki xil tasnifni berish 

mumkin: 

1)  fiziologik jarayonlarda idrok etiladigan topishmoq-ssenariylar; 

2)  aqliy jarayonlarda idrok etiladigan topishmoq-ssenariylar. 

1.  Topishmoq-ssenariylarning  fiziologik  jarayonlarda  idrok  etilishi 

deyilganda,  sezgi  a’zolari  yordamida  narsaning  tashqi  zohiriy  xossalariga  ko’ra 

obrazlanilganligini  aniqlash  tushuniladi.  Kishilar  bir  predmetning  tashqi 

xususiyati  va  bajaradigan  vazifasi,  shakliy  o’xshashligini  ikkinchi  bir  predmetga 

qiyoslab, nomini yashirgan holda jumboqlaydi – konseptuallashtiradi. 



Zil gilam, zil-zil gilam 

Ko’taray desam, og’ir gilam. 

(Er) 

Topishmoq-ssenariylar  tuzilishini  tekshirish  shuni  ko’rsatadiki,  ularda 

xalqning shu predmetga nisbatan munosabati, voqelik haqidagi dunyoqarashi aks 

ettiriladi. Er to’g’risidagi bu topishmoq-ssenariy ham fikrimizga dalildir. Qadimda 

erni aylana shaklda emas, balki yassi shaklda deb tasavvur qilishgan. Unga ko’ra 

er  tuzilishini  baliq,  baliqning  ustida  ho’kiz  (ba’zi  afsonalarda  bahaybat  fil) 

shoxida  erni  ko’tarib  turadi.  Ho’kiz  shoxini  silkitganida  er  u  yoqdan  bu  yoqqa 

qalqib,  zilzilalar  hosil  bo’ladi  deb  hisoblaydilar.  YAssilik  insonda  uzoq  o’tmish 

davr  tushunchalari  asosida  erni  ifodalagan.  Topishmoq-ssenariyda  er  mana  shu 

konsept asosida «gilam»ga o’xshatilgan. Natijada yashiringan narsaning yassiligi 

majoziy  ravishda  uqtirilgan.  Xuddi  shuningdek,  ikkinchi  misrada  shu  og’ir 

«gilam» ni inson jismoniy kuchi bilan ko’tarish juda mushkul, aniqrog’i, umuman 

ko’tara olmasligi hisobiga «zil» so’zi bilan ifodalangan. Bunda «zil»ning lug’aviy 

ma’nosi «juda og’ir» ligidan kelib chiqqanligi ham hisobga olingan. 



Zuv-zuv borag’ay, tomdan qarag’ay, 

CHo’p, loy cho’qig’ay, savat to’qig’ay. 

 

40 


 

(Qaldirg’och) 

Topishmoq-ssenariyning  birinchi  satrida  «zuv-zuv»  ta’biri  aslida 

asalariga nisbat sifatida beriladi, lekin qaldirg’och konseptining chekka qismlarida 

bu  qushga  xos  serharakatchanlik,  tomda  in  qo’yib  bolalashi,  ini  loy  va  turli  xas-

cho’plar qorishmasidan barpo bo’lishi, ayniqsa, uning shakliy o’xshashligi savatni 

eslatishi kabi sahnalar javob shubhasiz, qaldirg’och ekanligini tasdiqlaydi. 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish