Muqimiy nomidagi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana19.12.2019
Hajmi0,55 Mb.
#31121
1   2   3   4
Bog'liq
xalq topishmoqlarining kognitiv strukturasi-1


 

 

 

 


 

55 


 

 

 

Bob bo’yicha xulosa 

 

1.Topishmoq-ssenariylar 

mental 

konseptual 



birliklardir. 

Ulardagi 

kishilarning  uzoq  asrlik  hayotiy  tajribalar  asosida  to’plagan  bilimlari  o’z  aksini 

topadi. 


2.Topishmoq-ssenariyda mujassamlashgan bilim o’ziga xosligi bilan ajralib 

turadigan fenomendir. Topishmoqda topishga ishora qilinayotgan ob’ekt haqidagi 

zohiriy va botiniy bilimlarga asoslaniladi.   

3.Topishmoqlar  javobida  topishmoqda  ishora  qilingan  bilim  konseptining 

shakliy  ifodasi  o’z  aksini  topadi.  Topishmoq  javobini  topish  “mazmundan 

shaklga” tamoyili asosida kechadi. 

4.Topishmoq-ssenariylardagi  konseptlarda  xalqning  dunyo  haqidagi 

tasavvurlari,  mental  olami  aksi  mavjud.  Konsept  milliy,  jo’g’rofiy,  material, 

ma’naviy, diniy, axloqiy, estetik kabi qator bilimlardan iborat bo’ladi.  

5.Topishmoqlarda  aks  etgan  bilim  asosida  javobni  qidirish  bosqichma-

bosqich  amalga  oshadigan  kognitiv  va  psixologik  jarayon  bo’lib,  mavjud  bilim 

kognitiv va konseptni aniqlash psixolingvistik omillar bilan xarakterlanadi.   



 

56 


 

UMUMIY XULOSA 

Kognitiv  tilshunoslik  kognitologiya  va  tilshunoslik  fanlari  chegarasida 

paydo bo’lgan fandir. U XX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. 

Til  tizimi  kognitologiya  va  tilshunoslikning  ham  o’rganish  ob’ekti 

hisoblanadi.  Tilda  insonning  dunyo  va  o’zi  haqidagi  bilimlari,  shuningdek, 

ob’ektiv borliqni bilish faoliyati aks etadi. Tilni madaniy hodisa sifatida o’rganish, 

insonning  bilim  va  tajriba  qurilishini  tekshirish  lingvokognitologiyaning  asosiy 

masalasi  sanaladi.  Bilim,  ularni  to’plash  va  saqlash  usullari  hamda  bilimning 

tabiati va mohiyati lingvokognitologiyaning ob’ekti hisoblansa, tilning bilim hosil 

qilishi,  undan  foydalanish,  saqlash,  uzatish,  uni  qayta  ishlashning  umumiy 

mexanizmi sifatidagi xossalari esa sohaning predmeti tarzida qaraladi. 

SHunday  qilib,  kognitiv  tilshunoslik  inson  ongining  qanday  qurilganligi, 

borliqni  bilish  shakli,  til  shakllarida  bilim  strukturasi  voqelanishi,  mental 

muhitning  yaratilishi  kabi  masalalarni  yoritib  beradi.  Mentallikning  milliy-

madaniy xususiyatlarini ochib ko’rsatuvchi lingvokulьturologiya, etnolingvistika, 

genderologiya,  til  antrologiyasi  kabi  ko’pgina  sohalar  singari  kognitiv 

tilshunoslikda ham asosiy figura sifatida konsept o’rganiladi: 

konsept  –  kognitiv  sohada  inson  ongining  mental  resurs  birliklarini, 



inson  bilimi  va  tajribasini  aks  ettiruvchi  informasiya  strukturasini  ifodalovchi 

mental birlik; 

konseptning  tabiati  va  strukturasi  bilan  kognitiv  semantika 



shug’ullanadi; 

konsept  va  so’z  ma’nolari  orasidagi  munosabat  tahlili  kognitiv 



tilshunoslikning markaziy nuqtasidir. 

Demak, konsept mental olamda, avvalo, fonema, morfema, leksemalar bilan 

solishtiriladigan  til  birligi  bo’lib,  u  signifikat  (tushunchaning  tarkibi  va  sig’imi), 

leksik  ma’no  va  so’zning  tildan  tashqaridagi  ma’nolarini  ko’rsatish  usullari 

yordamida namoyon bo’ladi. 


 

57 


 

Jahon  tilshunosligida  bu  sohaga  qiziqish  tez  sur’atlar  bilan  o’sib 

borayotgan  bir  paytda  o’zbek  tilshunosligidagi  tadqiqotlar  hali  etarli  emas. 

Hozirgacha  birorta  lingvistik  yoki  izohli  lug’atlarda  konsept  mohiyatini 

ko’rsatuvchi  dalillar  topmadik.  Lingvokognitologik  va  lingvokulьturologik 

tadqiqlar  doirasidagi  masalalar  o’zbek  tilshunosligida  sanoqli  darajada  ekanligi 

sababli bu sohadagi ishlar o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Mazkur masalani yana 

kengroq  va  batafsilroq  yoritish  o’zbek  tilshunoslig  oldidagi  yangi  dolzarb 

muammolardan biri bo’lib qolmoqda. 

Til  orqali  insonning  dunyo  haqidagi  bilimlari,  borliq  to’g’risidagi 

tasavvurlari  namoyon  bo’ladi.  SHunga  ko’ra,  dunyoda  tillar  har  xil  bo’lganidek, 

bu  tillarda  so’zlashuvchilarning  tasavvur  olamlari  ham  turfa  xil.  Ba’zi 

tushunchalar  idroki  butun  insoniyat  uchun  bir  xil  –  umumiy  ahamiyatga  ega 

bo’lsa, ba’zilarida insonlarning o’ziga xos jihatlari, o’z dunyoqarashlari aks etadi. 

Demak,  insonning  mental  borlig’i  birligi  sifatida  qaraladigan  konseptlar  ham 

universal  (umumiylik)  va  spesifik  (o’ziga  xoslik,  alohidalik)  xususiyatiga  ega 

bo’ladi. Topishmoq janrining badiiy asarlarga yaqinligi ularning  o’ziga xos tasvir 

elementlari,  o’ziga  xos  syujeti  va  kompozision  qurilishiga  egaligini  ko’rsatadi. 

Topishmoqlar  xalq  og’zaki  ijodi  janrlariga  kiradi.  Biroq  bu  keyingi  davrlarda 

badiiy adabiyotda ham yaratilib kelinmoqda va ular vlohida tadqiqotni talab etadi.                             

Insonlarning til prizmalari turlicha ekan, til orqali insonlar dunyoni turlicha 

ko’radilar,  dunyo  haqida  farqli  tasavvurga  ega  bo’ladilar.  Dunyoning  til  tasviri 

birinchi  o’rinda  til  doirasida  bo’lmagan  reallikka  munosabatning  aks  etishi  bilan 

bog’iq, qolaversa, so’zlovchi tomonidan dunyoni o’zlashtirish natijasida aks etadi. 

 Kishilar  dunyoni o’zlashtirar  ekanlar,  bu jarayonda  tilga obrazli xususiyat 

berib idrok etishlari ayniqsa, ahamiyatli. Tilning obrazli qurilishi deganda, milliy-

madaniy,  tarixiy  rivojlangan  obrazlar  tizimida  shakllangan  leksik-frazeologik 

darajadagi  birliklar  semantikasida  metaforik  reallashgan  hodisalarning  til 

tashuvchilari  tomonidan  dunyo  til  tasvirini  shakllantirib  berishi  tushuniladi.  Til 

obrazli  qurilishining  ma’noviy  borliqdagi  birliklari  sifatida  ma’lum  bir  til 



 

58 


 

madaniyatiga  xos  bo’lgan  obrazli  tasavvurni,  ya’ni  «ikkita  manzaraning 

birlashmasidan  iborat  ikkilamchi  mental  obrazlar»  ni  ko’rsatish  mumkin 

(ikkita manzaraning birlashmasidan iborat ikkilamchi mental obrazlar deyilganda 

esa, belgilangan obrazli konsept va uning birlamchi tarzda qabul qilinishi nazarda 

tutiladi). Masalan, «tosh», «toshdek», «qattiq» so’zlari birlamchi ma’noda bo’lsa, 

«toshbag’ir», «boshi toshdek», «diydasi qattiq» tarzda qabul qilinib, inson yuragi, 

boshi, insoniylik xususiyati xaqidagi obrazli konseptga ega bo’ladi 

Tadqiqot  mavzusi  doirasida  o’rganilayotgan  topishmoq-ssenariylardagi 

konseptlar  (ularning  javoblari)  spesifik  xususiyat  bilan  xarakterlanadi.  CHunki 

ularda  o’zbek  xalqining  dunyo  haqidagi  tasavvurlari,  mental  olami  aksi  mavjud. 

Fikrimizni quyidagicha dalillaymiz: 

topishmoq-ssenariylar xalq og’zaki ijodining mahsuli, folьklor asarlar 



esa xalqning mental borlig’ini ko’rsatib beruvchi asosiy manbadir; 

ijod  jarayonida  avval  ob’ekt  tanlanib,  so’ng  unga  ikkinchi  bir 



predmet  metaforik  obraz  asosida  qiyoslanadi.  Bunda  ham  kishilar  o’z  xohish-

irodasi  va  o’ziga  xos  emosiyasiga  ko’ra  yondashib,  narsa-predmetga  baho 

beradilar. 

Topishmoqlar bilim ssenariysida kuzatiladigan javobga eltuvchi unsurlarga 

ahamiyat  beruvchi  kishi,  avvalo,  shu  xalqning  turmush  tarzi  va  borliq  haqidagi 

tasavvur  dunyoqarashidan  boxabar  bo’lishi  kerak.  Idrok  etilayotgan  predmet 

(topishmoq-ssenariy  javobi  –  konsept)da,  albatta,  xalqning  mentaliteti,  tafakkuri, 

bilim  va  tajribalari  aks  ettirilgan  bo’ladi.  Xalq  topishmoqlari  barcha  xalqlar 

topishmoqlarini o’z ichiga olagn bo’lsada, uni tadqiq etish davomida o’zbek xalq 

topishmoqlarini  mavzu,  mazmun  mohiyati  jihatidan  ilg’abolish  qiyin  bo’lmasa 

kerak. Bu albatta bu sohadagi izlanishlari natijasi orqali konkretlashtiriladi.  

 

 



 

 

 

59 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ADABIYOTLAR: 

 

1.Azimova  I.    O’zbek  tilidagi  gazeta  matnlari  mazmuniy  persepsiyasining 

psixolingvistik tadqiqi:  Filol.  fanlari  nomzodi. . .  diss.  –T., 2008.  

2.Aristotelь.Poetika. Toshkent.1980, 45-bet. 

3.  Husainova  Z.    O’zbek  xalq  topishmoqlarining  asosiy  xususiyatlari  va  zamini:  

Filol.  fanlari  nomzodi. . .  diss.  –T., 1967.  

4. Sayfullaeva R. ,  Mengliev B. ,  Boqieva G. ,  Qurbonova M. ,  YUnusova Z. ,  

Abuzalova M.  Hozirgi o’zbek adabiy tili. –T.: Fan va texnologiya,  2009.-B.  3.  

5. Safarov SH.  Kognitiv tilshunoslik.  –Jizzax: Sangzor,  2006.  -B.  28.  


 

60 


 

6.  Stepanov  YU.  S.    Konstantы  :  slovarь  russkoy  kulьturы.    Opыtь 

issledovaniya.  –M.: 1997.  –S.  824.  

7.  Djusupov  N.  M.    Ligvokognitivnыe  aspekt  issledovaniya  simvola  v 

xudojestvennom tekste.  Avtoref.  diss… kand.  filol.  nauk.  

8.  M.V.  Piminova.    Konsept  kak  osnovnaya  edinisa  mentalьnosti.  

august@vtsnet.ru  

9. Linvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovarь.  –M.: SE,  1990.   

10.  Demyankov  V.  Z.    Kognitivnaya  semantiya.    Kratkiy  slovar  kognitivnыx 

terminov.  –M.:  1996.  

11. Vejbiskaya A.  YAzыk.  Kulьtura.  Poznanie.  –M.  Russkie slovari,  1996.  

12. Gorelov I. N. Osnovы psixolingvistiki.  –M.: 1997.

 

 -S.  9.  



Zamonaviy o’zbek tili.  Morfologiya.  –T.: Mumtoz so’z,  2008.  -B.  59.   

13. Tulenov J. ,  G’ofurov Z.  Falsafa.  –Toshkent,  1997;  

14. Andreev I. D.   Dialekticheskaya logika.  –Moskva,  1985;  

15.  Panfilov  V.  Z.    Filosofskie  problemы  yazыkoznaniya.    Gnoseologicheskie 

aspektы.  –M.: Nauka,  1977 

16.K.Imomov 

va 

boshqalar.O’zbek 



xalq 

og’zaki 


poetik 

ijodi. 


Toshkent.O’qituvchi. 1990. 

 17.Mahmudov 

N., 

Nurmonov 



A. 

O’zbek 


tilining 

nazariy 


grammatikasi (Sintaksis). - T, O’qituvchi,   - 1995, - 232 b, 

18.  Mirzaev  M.,  Usmonov      S,,  Rasulov    I.  O’zbek    tili.  -  T.: 

O’qituvchi, - 1978. - 256 b. 

19.Ne’matov  H.  Bozorov  O.  Til      va  nutq.  -  T.:  O’qituvchi,  - 

1993. - 30 b. 

20.Ne’matov  H.  G’,  Qayta  qurish  strategiyasi  va  o’zbek  sinxronik  

tilshunosligining  vazifalari//O’zbek  tili  va  adabiyoti,1987. - № 3, - B. 27-31. 

21. Nurmonov A. va  boshqalar. O’zbek  tilining mazmuniy sintaksisi. - T.: Fan, -   

1992. - 294 b. 


 

61 


 

22. Nurmonov A, Tilni sistemali o’rganish va sintaksisning ayrim munozarali 

masalalari//O’zbek tili va adabiyoti, -1988, - № 6, - B. 22-26. 

23. Rahmatullaev SH. Sistem tilshunoslik asoslari.  T. Universitet. - 2007. - 160 b. 

 

24.  G’oziev E.  Umumiy psixologiya.  –Toshkent: 2002.  



25.Topishmoqlar. Toshkent. G’.G’ulom nashriyoti.  1981 yil. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish