Muqimiy nomidagi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.12.2019
Hajmi0,55 Mb.
#31121
1   2   3   4
Bog'liq
xalq topishmoqlarining kognitiv strukturasi-1


Ipak  qurti.  Ushbu  topishmoq-ssenariy-ssenariyda  jumboqlaniluvchi 

predmet vazifasiga ko’ra obrazli tarzda keltiriladi: 



Tutdan bizga ko’ylak to’qir

Ipak  qurti  tut  daraxti  bargi  bilan  boqilishi,  egan  ozuqasi  evaziga  ipakka 

aylanib, kiyim (ko’ylak) xomashyo bo’lish vazifasini bajarishiga urg’u beriladi. 

Xalqning  atrof-muhitga,  kundalik  hayotidagi  kichkina  detallarga  ham 

alohida  e’tibor  bilan  qaraganligini  kechayotgan  har  bir  voqelikka  munosabat 

bildirib,  jarayonga  badiiy  ifoda  berishga  harakat  qilganligida  ko’ramiz.  Ayniqsa, 

kichkina hashoratlar haqidagi obrazli tasvirlar fikrimizga isbot. 

Kana. Bu konseptda hasharotning qon so’rish, is bilish, chaqish xususiyati 

(vazifasi) va shakliy jihatdan bitdan kattaroq ekanligi ta’riflanadi: 



Is biladi, it emas, 

O’zi kichik bit emas. 

Odamni ko’p talaydi, 

Qon ichib u to’ymas. 

O’rgimchak.  Hasharotlar  ichida  to’quvchiga  qiyos  beriladigani  bu 

shubhasiz  o’rgimchakdir.  Uning  uyasi  mohirona  shaklda  to’qilgan  to’rlardan 

iboratligi diqqatni tortadi va ayni shuning uchun to’r bilan bog’liq, to’quvchilikka 

xos  biror  tushuncha  eslatilganida  xotirada  avvaldan  mavjud  ko’nikmaviy, 

tajribaviy bilimlar ketma-ketligi tezda faollashib esga tushadi: 

1)U yoqqa boradi, 

bu yoqqa boradi, 

 bo’z to’qiydi. 


 

41 


 

2)To’r bilan o’rab olgan, 

  pashshaga zanjir solgan. 

3)To’r ustida yashaydi, 

pashshani o’rab tashlaydi. 

Ikkinchi  va  uchinchi  topishmoq-ssenariylardagi  birinchi  misrada  berilgan 

«to’r» va ikkinchi misralardagi «pashsha» so’zlari jumboq javobiga olib boruvchi 

ochqich  kalit  so’z  sifatida  keltirilib,  javob  o’rgimchak  ekanligi  hamda  bu 

hashoratning  xususiyati  (pashsha  bilan  oziqlanishi)  bilan  shakliy  tomoni 

topishmoq-ssenariyning qurilishiga asos bo’lganligini kuzatamiz. 

2. Aqliy jarayonlarda idrok etiladigan topishmoq-ssenariylar. 

Aqliy  jarayonlarda  idrok  etiladigan  topishmoq-ssenariylarning  belgi-

xususiyatlari  fahmlash,  tasavvur  qilish,  chuqurroq  mulohaza  qilish  orqali 

yoritiladi. Bunday topishmoqlar javobini izlashda sezgi a’zolari vazifalariga (ko’z 

bilan  ko’rish,  qo’l  bilan  ushlab  ko’rish,  hid  sezish  va  ovozlarni  eshitish,  ta’m 

bilish)  tayanib  ish  ko’rish  samara  bermaydi.  Kishi  endi  tasavvur  va  hayolot 

dunyosini ishga soladi. 

U yoqdan, bu yoqdan karvon o’tdi, ko’rdingmi? 

CHumolilar  to’dasi  haqida  aytilgan  bu  topishmoq-ssenariyning  javobini 

topish  ilk  bora  tinglab  turgan  kishi  uchun  ancha  mushkul  kechadi.  Kundalik 

hayotda eshitib, shu javobga odatlangan tinglovchi (topishmoq topuvchi) esa uni 

chumolilar  ekanligini  darrov  topa  oladi.  Savolga  javobin  shunchaki  esda  saqlab 

qolib, uni nega aynan shundayligiga mulohaza, mushohada yuritilmay egallangan 

bilim  yuzaki  bilim  sanaladi.  YUqorida  bilim  insonning  bilish  faoliyatining 

mahsuli  deb  qayd  etgan  edik.  SHunga  ko’ra,  ushbu  faoliyat  aqliy  intellekt  oshib 

borishiga  erishish  maqsadiga  yo’naltirilgan  bo’lishi  shart.  Aqliy  jarayonlarda 

idrok etiladigan topishmoqlarda egallangan bilimni maqsadli faoliyat natijasi deb 

hisoblash  mumkin.  CHunki  bunday  topishmoqlarda  yashiringan  javobni  topish 

uchun  ba’zan  soatlab  fikr  yuritishga  majbur  bo’linadi.  YUqorida  tahlilga 

tortilayotgan  chumolilar  to’dasi  haqidagi  topishmoqning  qay  yo’sinda 


 

42 


 

ochilganligiga  e’tibor  qaratamiz.  Tasavvurga  birinchi  bo’lib,  «u  yoqdan  bu 

yoqqa  harakatlanayotgan  karvon»  keltiriladi.  Xotirada  mavjud  tajriba  va 

bilimlarga  asoslanib,  karvon  talaygina  tuya  va  otlar  (odatda,  faqat  tuyalar)  ni 

birin-ketin  joylashtirilgan  tizma  ekanligi  haqida  bilamiz.  Bu  tizma  tarkibida 

taxminan  kamida  20-30  dan  ortiq  tuyalar  bo’ladi,  ularning  u  yoqdan  bu  yoqqa 

o’tishini ko’rmaslik aqlga sig’maydi. Ayni shu keyingi mulohaza javob uchun bir 

oz bo’lsada, ochuvchi yo’l deyish o’rinli. SHunga asoslanib yashirish so’z (javob) 

ko’z ilg’amas kichik hajmli harakatlanuvchi jonivorlar harakatiga asoslanilganligi 

taxmin  qilinadi.  Farazga  endi  turnaqator  tuyalar  karvoni  emas,  ko’z  ilg’amas, 

kichik  jussali  u  yoqdan  bu  yoqqa  haakatlanayotgan  jonivorlar  tizmasi  tortiladi. 

Tasavvur  jarayonida  birin-ketin  karvondek  (tizma  shaklida)  harakatlanuvchi 

kichik jonivorlar chumolilar ekanligi ma’lum bo’ladi. 

Bilish  jarayonida  inson  kuzatadi,  qiyosladi,  tasniflaydi  va  hukm  (xulosa) 

chiqaradi.  Borliqdagi  narsa-hodisa,  voqeliklarning  hali  bilib  ulgurmagan 

qirralarini  ochishda  va  ularni  diqqat  bilan  kuzatib.  taqqoslab,  o’xshatish  orqali 

mohiyatlarini  ko’proq  aniqlashda,  ular  haqida  chuqurroq  bilim  hosil  qilishda 

topishmoqlarning  o’rni  beqiyos.  Zero,  topishmoqlar  aqlni  charxlashga,  idrokni 

o’stirishga yordam beradi. 

 

2-§. Topishmoqlarda bilish ssenariysi shakli 



 

   Qadimiyatnng  ulkan  olimi  Aristotelь,topishmoqlarningmetaforalardan  tashkil 

topganligini  alohida  ta’kidlaydi:  “Amalda  topishmoqning  mohiyati  haqiqatan 

mavjud  bo’lgannarsa  to’g’risida  so’zlash,  shu  bilan  birga,  butunlay  mumkin 

bo’lmagan narsalarni birlashtirishdir. Bunga ko’p qo’llanadigan so’zlar vositasida 

erishib  bo’lmasa,metaforalar  orqali  mumkin”.  CHindan  ham  metafora  narsa  va 

hodisalar,  predmetlarning  u  yoki  bu  belgisi  o’xshashligiga    asoslangan  poetik 

ko’chim bo’lib, an’anaviy topishmoqlarning mohiyatini belgilaydi. 



 

43 


 

 

O’zbek  xalq  topishmoqlarining  yana  bir  turi  savol-topishmoqlar 



hisoblanadi.  Bunday  topishmoqlarda    predmetlarning  o’xshash  belgilari  bir-

birlari  bilan  solishtirilmaydi,  balki  topuvchi  oldiga  ma’lum  so’roqlar,  muayyan 

vazifalar  qo’yiladi.  Metaforik  topishmoqlarda  javob  yashiringan    predmetning 

nomidangina iborat bo’lsa, bu xil topishmoqlarda  javob yashiringan predmetning 

nomidangina iborat bo’lsa, bu xil topishmoqlarda javob keng izohlanadi. Masalan: 

“Dunyoda  to’rt  narsa  yo’q”  topishmog’ining  javobi  shunday:  Osmonning  ustuni 



yo’q, 

                                                        Hovuzning qopqog’i yo’q, 

                                                       Ko’rpaning engi yo’q,  

                                                      Oshpichoqning qini yo’q. 

Bunday  topishmoqlarning  juda  murakkab  ko’rinishlari  ham  mavjud.  Bu  xildagi 

topishmoqlarning yuzaga kelishida  yozma adabiyot namunalarining, qissalarning 

muayyan  ta’siri  ham  bo’lgan.  SHuning uchun bunday  namunalar  “Oshiq oydin”, 

“Oshiq Alvand”, Xirmondali kabi kitobiy dostonlarda yaqin asrlarda, Maxtumquli 

va  Durdi  Qilich    kabilarning  aytishuvlarida  ham  uchraydi.  Topishmoq  janrining 

badiiy  asarlarga  yaqinligi  ularning    o’ziga  xos  tasvir  elementlari,  o’ziga  xos 

syujeti  va  kompozision  qurilishiga  egaligini  ko’rsatadi.  Topishmoqlar  xalq 

og’zaki ijodi janrlariga kiradi. Biroq bu keyingi davrlarda badiiy adabiyotda ham 

yaratilib kelinmoqda va ular vlohida tadqiqotni talab etadi.                             

Insonlarning til prizmalari turlicha ekan, til orqali insonlar dunyoni turlicha 

ko’radilar,  dunyo  haqida  farqli  tasavvurga  ega  bo’ladilar.  Dunyoning  til  tasviri 

birinchi  o’rinda  til  doirasida  bo’lmagan  reallikka  munosabatning  aks  etishi  bilan 

bog’iq, qolaversa, so’zlovchi tomonidan dunyoni o’zlashtirish natijasida aks etadi. 

Kishilar  dunyoni  o’zlashtirar  ekanlar,  bu  jarayonda  tilga  obrazli  xususiyat  berib 

idrok  etishlari  ayniqsa,  ahamiyatli.  Tilning  obrazli  qurilishi  deganda,  milliy-

madaniy,  tarixiy  rivojlangan  obrazlar  tizimida  shakllangan  leksik-frazeologik 

darajadagi  birliklar  semantikasida  metaforik  reallashgan  hodisalarning  til 

tashuvchilari  tomonidan  dunyo  til  tasvirini  shakllantirib  berishi  tushuniladi.  Til 


 

44 


 

obrazli  qurilishining  ma’noviy  borliqdagi  birliklari  sifatida  ma’lum  bir  til 

madaniyatiga  xos  bo’lgan  obrazli  tasavvurni,  ya’ni  «ikkita  manzaraning 

birlashmasidan  iborat  ikkilamchi  mental  obrazlar»  ni  ko’rsatish  mumkin  (ikkita 

manzaraning  birlashmasidan  iborat  ikkilamchi  mental  obrazlar  deyilganda  esa, 

belgilangan  obrazli  konsept  va  uning  birlamchi  tarzda  qabul  qilinishi  nazarda 

tutiladi). Masalan, «tosh», «toshdek», «qattiq» so’zlari birlamchi ma’noda bo’lsa, 

«toshbag’ir», «boshi toshdek», «diydasi qattiq» tarzda qabul qilinib, inson yuragi, 

boshi, insoniylik xususiyati xaqidagi obrazli konseptga ega bo’ladi. 

«Boshing  toshdan  bo’lsin  bolam.»  «Toshbag’ir,  hissiz  bo’lma.»  «Bu 

odamning diydasi qattiq». Bu misollar insonning yuragi, chidamliligi, odamiyligi, 

xususan,  mehribonligi  xaqida  turli  tasavurlar  uyg’otadi,  yaьni  kimgadir 

achinmaydigan,  shafqatsizlik  hislariga  egalilik;  bo’layotgan  voqeaga  nisbatan 

bemehrlarcha  yondashish  va  hokazo  –  qattiq  jismlar,  ayniqsa,  og’ir  va  sinmas 

jismlar  etaloni  bo’lmish  toshni  his  qilganda  yuzaga  keladi.  Tadqiqotchilardan 

Losev o’z tadqiqotlarida tilda obrazlilik haqida to’xtalar ekan, simvolik obraz va 

metafora  orasida  parallel  o’tkazib:  «Har  qanday  metafora  o’z-o’zicha  ma’no 

anglatadi.  Agar  u  biror  narsaga  ishora  qilsa,  u  ham  o’ziga-o’zi  ishora  qilishi 

hisoblanadi. U o’zidan tashqari bo’lgan, o’zi undan tashqarida bo’lmagan hech bir 

narsaga ishora qilmaydi»

1

, degan fikrni ilgari suradi. 



Tilning  obrazli  qurilishida  obrazlanilgan  so’zlar  bilan  beriladigan 

topishmoq-ssenariylarning 

o’rni  o’ziga  xosdir.  Ma’lumki  topishmoq-

ssenariylarning tub mohiyati predmetlararo yashiringan savol bo’lib, uning javobi 

obrazlar  orqali  jumboqlangan  ob’ekt-narsa  yoki  tabiat  hodisalari,  biror 

voqelikning nomini aytib berish hisoblanadi. «Topishmoq biror narsa yoki tabiat 

hodisasini  obrazli  ifodalar  vositasi  bilan  ikkinchi  narsa  yoki  tabiat  hodisasiga 

taqqoslangan  metaforik  mazmunni  echib  berishdan  iborat»

2

.  Umumiy  obrazli 



                                           

1

Qarang:  Djusupov  N.  M.    Ligvokognitivnыe  aspekt  issledovaniya  simvola  v  xudojestvennom  tekste.    Avtoref.  



diss… kand.  filol.  nauk.  

2

Husainova  Z.  O’zbek xalq topishmoqlarining asosiy xususiyatlari va zamini.  Filol.  fan.  nomz. . .  diss.   –T.: 



1967.  

 

45 


 

tasavvurni  yuzaga  keltiruvchi  tilning  leksik  frazeologik  darajadagi  birliklar 

uyg’unligi  obrazli  leksik-semantik  maydonni  yuzaga  keltiradi.  Buni 

topishmoqlar  xususiyatiga  xos  obrazlanish  –  metaforik  maydon  va  assosiativ 

obrazli maydon birliklari kompleksi tarzida qabul qilish mumkin. 

Bizning  ishimizda  (topishmoqlar  qurilishida  bilish  ssenariysi)  metaforik 

maydon  doirasida  tahlillar  olib  borish  ahamiyatlidir.  Metaforik  obrazli  ma’no 

strukturasining uch turini ajratib ko’rsatish mumkin: 

1) 

obraz etalon maydon; 



2) 

obrazli predikativ tasavvur maydoni; 

3) 

metaforik modellashgan konseptual borliq maydoni; 



1.Predmetli  etalon  obrazlar  integral  belgilarning  prototip  tashuvchilari 

hisoblanadi.  Masalan,  asal,  asalli,  shirin  so’zlari;  shirinso’z,  o’ta  mayin, 

yoqimtoy bo’ladigan nutq, ovoz, so’z, tabassum, yuz tuzilishi; insonning murojaat 

usullari (ko’z ifodasi, yuz ifodasi va so’z ifodasiga xos xususiyatlari) haqida turli 

tasavvurlarni  uyg’otadi:  o’ynoqi  ohang,  yumshoq  ovoz,  ifodali  qarashlar  va 

hokazolar  shirin  mahsulotlar,  ayniqsa,  shirinliklar  etaloni  asalni  his  qilganda 

yuzaga keladi. 

2) predikativ xarakterdagi obrazli tasavvurlar o’z o’rnida ikkiga bo’linadi: 

a)  atributli  (masalan  «qattiq,  baquvvat-chidamli  predmet»  organizm,  asab, 

xarakter,  irodaga  nisbatan  olinib,  jismoniy  va  baquvvat,  chidamli,  ishonchli, 

sog’lom  insonni;  «yumshoq,  mo’rt-egiluvchan  predmet»  jismoniy  va  ma’naviy 

ojiz, ishochsiz odamni belgilashi mumkin) 

b)  prosessual  obrazli  tasavvur.  Masalan,  qattiq  prdemetlarning  tashqi 

ta’sirlarga  qarshilik  qilish  xususiyati  kuch,  sog’lik  bilan  ifodalansa,  borliqdagi 

ko’rinishi, shakli, o’lchami, ishonchlilik hamda doimiylik bilan o’xshatiladi. 

3.  Tilda  obrazli  xarakterlanuvchi  konseptual  borliqlar:  ruh,  hissiyot,  fikr, 

iroda, tovushlar. 


 

46 


 

Topishmoq-ssenariylarda  bilim  shakli  borasidagi  tahlilga  qaytar 

ekanmiz,  topishmoq-ssenariyda  (uning  javobi  tariqasidagi  konseptda)  tilning 

belgili  xususiyati,  ya’ni,  metaforik  obrazli  ma’no  odatda  obraz  etaloni  orqali 

ko’rsatiladi. 

Ko’pgina topishmoq-ssenariylarda asosan tosh obrazi keltiriladi. 



1)  Osh ichida tosh 

Tosh ichida osh. 

2)  Usti tosh 

Ichi osh. 

O’rik  va  yong’oq  mevalari  haqida  yaratilgan  ushbu  topishmoq-ssenariy 

ham  shaklan,  ham  xususiyati  (osh  asosan  ozuqalik  xususiyatiga  egadir,  shunga 

ko’ra topishmoq-ssenariy topuvchida yashirin so’z albatta ozuqa-egulikligi haqida 

bilim shakllanadi) jihatidan obrazlanilgandir. Bilish etapida diqqat endi «tosh» ga 

tomon  yo’naltiriladi.  Ma’lumki,  tosh,  suyak,  metall  obrazlari  tilda  qattiqlik, 

chidamlilik,  sabot  etaloni  hisoblanadi.  Topishmoq  bilim  ssenariysida  «egulik-

ozuqa ichida  «qattiq,  chidamli  nimadir»  bor  va  ayni  shu  yana  qattiq nimadir» ni 

ichida  yana  egulik  bor»  degan  taxminlar  ierarxiyasi  o’rin  oladi.  Tasavvur 

natijasida  javob  o’rik  ekanligi  oydinlashadi.  YOng’oq  haqidagi  topishmoq-

ssenariyda  ham  javobni  bilish  jarayoni  yuqoridagi  ko’rsatilgani  kabi  tahlilga 

egadir,  ya’ni  «qattiq  bir  narsa  (shu  o’rinda  toshga  shaklan  e’tibor  berish  ham 

lozim) yumaloq shaklda, uning ichida ozuqalik qiymatiga ega nimadir bor» degan 

fikrlar ketma-ketligi javobga eltuvchi yo’l hisoblanadi. 



1. Qator-qator tosh qo’ydim, 

Jiyranchani bo’sh qo’ydim. 

2 Olti tegirmon toshi, 

Oltin egarning qoshi, 

Uni topgan kishining 

YUz yigirmada yoshi.  (Tish) 

 

47 


 

Tish  haqida  berilayotgan  har  ikkala  topishmoq-ssenariyda  ham 

xalqning  badiiy  tasvirga  ustaligi,  metaforik  obrazlashga  mahorat  bilan 

yondashganligi yaqqol namoyon bo’ladi. 

Birinchi  topishmoq-ssenariy  qurilishiga  ahamiyat  bersak,  «chiroyli  tishlar 

eslanganda»  ongimizdagi  «qator-qator  tizilgan  marvariddek»  o’xshatishi  o’z-

o’zidan  faollashadi.  «Tosh»  predmeti  yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  chidamlilik, 

qattiq  baquvvat  jism  etaloniligi  bu  erda  tildagi  obrazlilikni  vujudga  kelishiga 

sabab  bo’ladi.  Tishning  oq  bo’lishi,  uning  milklar  orasida  ipga  tizilgan 

marvariddek  qatorlashib  turishi  jar  yoqasida  qatorlashib  turgan  oq  toshlarga 

taqqoslansa,  til  rangining  qizilligiga  qiyosan  hamda  uning  to’xtovsiz  harakati 

jarlikka bo’sh qo’yib yuborilgan jiyron otning yurishiga o’xshatiladi. 

Tish  haqida  keltirilgan  ikkinchi  topishmoq-ssenariyda  ham  tish konseptida 

mujassamlashgan  «baquvvatlilik,  qattiqlilik»  uzvlari  tosh  obraz-predmeti  orqali 

ko’rsatiladi.  Tish  bosimiga  e’tibor  beradigan  bo’lsak,  sog’lom  tish  juda  qattiq, 

ko’p  narsani  maydalash  kuchiga  ega  bo’ladi.  «Maydalash,  yancha  olish 

xusuiyatiga ko’ra tish organizm uchun zaruriy ozuqani maydalab berish vazifasini 

bajarsa,  tegirmon  toshi  ham  egulik  uchun  don  mahsulotlarini  maydalab  ozuqaga 

tayyorlaydi». «Tilning kognitiv aspekti xalqning, millatning umumiy qadriyatlari, 

urf-odatlari  bilan  chambarchas  bog’liq»

1

.  SHu  jihatdan  topishmoq  topuvchi 



jumboqning lisoniy xususiyatlarini tahlil qilishda milliy mentalitetni ham hisobga 

olishi  lozim.  Oltin  egarning  qoshi  misrasidagi  mohiyatni  ochish  uchun  esa, 

«oltindan bo’lgan egar qoshi» haqidagi bilimlar faollashishi kerak. Inson ongidagi 

freym  strukturasida  avvaldan  jamlangan  «xalq  og’zaki  ijodida  ideal 

qahramonlarda  egarning  qoshi  oltindan  bo’ladi,  bu  ularning  har  tomondan 

orastaligini  ko’rsatishga  xizmat  qiladi»  degan  bilim-ma’lumotlar  bo’lsa, 

tishlarning  orasta-pok,  oqligiga  ishora  sifatida  bu  o’xshatish  kerakligini  darrov 

fahmlaydi. Zero, «folьklor asarlarda ideal qahramonning har tomondan orastaligi 

                                           

1

Azimova  I.    O’zbek  tilidagi  gazeta  matnlari  mazmuniy  persepsiyasining  psixolingvistik  tadqiqi:    Filol.    fanlari  



nomzodi. . .  diss.  –T., 2008.  

 

48 


 

tasvirlanganda  egarning  qoshi  oltin  deb  qayd  etilishi»

1

  manbalarda 



ko’rsatilgan, qolaversa, insonning biror bilimni egallashida xotirasida mavjud 

avvalgi bilimlar ishga tushib, faollashishi kerak. Tishlarni sog’lom saqlagan inson 

uzoq umr ko’rishi keyingi slotlardan o’rin oladi. 

Ko’rib o’tgan topishmoq-ssenariylarimizda konseptning topilish jarayonida 

tildagi  obrazli  (belgili)  xususiyatni  namoyon  qiluvchi  «tosh»  obrazidagi 

«qattiqlik, baquvvatlilik, chidamlilik» etaloni bo’lish imkoni «tish» konseptining 

yadrosini  ochib  berishga  xizmat  qilgan  bo’lsa,  shakliy  jihatdan  toshdagi 

yumaloqlilik,  silliqlilik  kabi  ma’nolar  to’liq  bo’lmasa-da,  konseptning  chekka 

uzvlaridan o’rin oladi deyish mumkin. 

SHuni ham e’tirof etish kerakki, leksik semantik maydonda til va ma’noviy 

(kognitiv)  birliklar  murakkab  tizimga,  ierarxiyaga  ega  bo’ladi.  Tahlilga  tortgan 

topishmoq-ssenariylarimizdagi tosh obrazi tilda boshqa obraz vositalari – parcha, 

granit, cho’qqi, chaqmoq tosh kabilarga ega bo’lishi mumkin. Bu obraz predikativ 

yoki prosessual xarakterdagi bir nechta obrazlarga ham ega bo’la oladi. Masalan, 

xalq  so’zlashuv  uslubida  keng  qo’llaniladigan  bag’ritosh,  befarq,  beparvo,  tosh 

bo’lib qolmoq kabi birliklarida «tosh» konsepti atributli (belgi, alomatli) – qattiq 

yoki  og’ir  hamda  tashqi  ta’sirlarga  berilmaydigan  (prsessual)  holatda  uchrasa, 

boshqa  ob’ektga  ta’sir  vositasi  bo’lishi  mumkinligi  jihatidan  (toshni  qo’yinda 

ushlash,  toshni  yuk  sifatida  ishlatish  jihatidan)  yuragida  toshi-(«armoni»)  bor; 



elkadan tosh/tog’ ag’darilmoq kabi birikmalarni yasaydi. Nihoyat, bu obraz bilan 

bog’liq boshqa obraz va obrazlar qatori turli til doirasidan tashqaridagi voqelikni 

ifodalashi ham mumkin: 

- predmetlarning jismoniy xususiyatlari: tosh qotmoq (o’simlik, oziq-ovqat 

mahsulotlari haqida) - muzlash yoki qattiq bo’lib qolishi; 

-insonning fiziologik xususiyatlari: oyoq, qo’llar tosh qotmoq (kasallik yoki 

sovuq oqibatida harakatsiz bo’lib qolishi); 

                                           

1

Husainova Z.  O’zbek xalq topishmoqlarining asosiy xususiyatlari va zamini:  Filol.  fanlari  nomzodi. . .  diss.  –



T., 1967.  

 

49 


 

-insonning  psixik  yoki  emosional  doirasi-tosh  yurak  (bag’ritosh,  qahri 

qattiq, mehrsiz inson haqida). 

Tilning  belgililik  xususiyati  ayniqsa,  xalq  yaratgan  topishmoq-

ssenariylarida  aks  etar  ekan,  topishmoq-ssenariy  yaratishda  tanlangan  ob’ektga 

nisbatan  xalqning  milliy-madaniy  munosabati  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  SHu 

ob’ekt  (konsept)ni  tasarruf  etishda  o’zining  mental  olamidagi  qonuniyatlariga 

tayanib  ish  ko’radi.  Zero,  konsept  (bu  o’rinda  topishmoq  javobi)  madanit 

kontekstida  qaralar  ekan,  YU.S.Stepanovning  «Konsept  inson  mental  olamidagi 

madaniyatning  asosiy  yacheykasi.  U  bamisoli  madaniyatning  inson  ongidagi 

«quyqa»si,  shu  asosda  madaniyat  inson  mental  olamiga  kiradi»

1

  degan 



konsepsiyasini keltirib o’tish joiz. 

Topishmoq-ssenariylar misolida fikrimizni davom ettiramiz: 



1. 

Qoravoy akam yiqildi, 

           Bola-chaqasi yig’ildi. 

2. 

Qoravoy otdan tushdi, 

                Bolalari yugurishdi. 

   (Qozon, idish-tovoqlar) 

Har ikkala topishmoq-ssenariy javobi ham ro’zg’or buyumlari hisoblanmish 

qozon  va  idish-tovoqlar  haqida.  O’zbek  millatiga  xos  kishi  uchun  yoki  bu 

topishmoq-ssenariyni ilgaridan eshitib yurgan odamga javob qozon-tovoq ekanligi 

ayon. Biz topishmoq-ssenariy qurilishida «qozon-tovoq (idishlar)» konseptiga xos 

komponentlar  mavjudligi  uchun  emas,  balki  shu  javobni  ilgaridan  eshitib 

yurganimiz  uchun  oson  topa  olamiz.  Aslida  topishmoqning  bilish  ssenariysida 

konsept  (javob)  yadrolari  qay  darajada  aks  ettirilgan?  E’tibor  bersak,  mazkur 

topishmoq-ssenariylarda «qozon» konsepti uchun obrazli xususiyat tarzida «qora» 

so’zi  tanlangan.  Ro’zg’ordagi  hamma  qozonlar  ham  qora  bo’lavermaydi, 

«qoralik»  belgisi  «qozon»  konseptining  chekka  qismlaridangina  o’rin  olishi 

mumkin.  Konseptning  ovqat  tayyorlashda  asosiy  buyum  sifatida  foydalanish 

                                           

1

Stepanov YU. S.  Konstantы : slovarь russkoy kulьturы.  Opыtь issledovaniya.  –M.: 1997.  –S.  824.  



 

50 


 

ma’nolari  emas,  aksincha  ba’zan  uchrab  turadigan  (qaysidir  qozon  yuvib 

tozalanmasa, qora qozon bo’lishi mumkin) chet uzvlar topishmoq ssenariysini 

shakllantirishda  asosiy  planga  ko’tarilgan.  Bilish  jarayonida  xalqning,  millatning 

tarixiy  o’tmishi,  turmush  tarzi,  milliy-madaniy  qarashlarini  ham  e’tibordan  soqit 

qilmaslik  kerak.  Tarixga  nazar  soladigan  bo’lsak,  bugungidek  zamonaviy 

gazlashtirilgan  qulayliklar-sharoitlar  mavjud  emas  edi,  o’choqlarga  qozon  osilib, 

turli  o’tin-olov  yordamida  ovqat  pishirilgan.  O’tin-olov  yoqilishi  natijasida  har 

qanday  holatda  qozon  qora  kukun  bilan  qoplanib,  qora  qozonga  aylanishi  tabiiy 

hol.  Bunday  asos  topishmoq-ssenariy  qurilishida  tashqi  o’xshashlik  (qora 

ranglilik) xususiyati aks ettirilgan deyishga sabab bo’la oladi. Lekin, bizningcha, 

xalq  yaratgan  topishmog’ida  tashqi  o’xshashlikdan  ham  ko’ra  ko’proq  ma’noviy 

belgi  birinchi  o’ringa  chiqarilgan.  YA’ni,  qozon  ro’zg’or  buyumi.  Ba’zan  bu 

konseptning  tilda ushbu komponenti  (ro’zg’or  buyumi  ekanligi)  bo’lakdan butun 

(ro’zg’or-turmush-kun-umr) tarzida (sinekdoxa) namoyon bo’lishi ham kuzatiladi. 

YA’ni, «qora qozonimiz qaynab turibdi; qozon-tovoqqa o’ralashib qolmoq» kabi 

misollarda  «ro’zg’orimiz,  kunimiz  o’tib  turibdi»,  «ro’zg’or-turmush  ishlari  bilan 

band bo’lib qolmoq» ma’nolari anglashib turganligi fikrimiz isbotidir. Bu o’rinda 

qozonning  qora  bo’lishi  kambag’allik,  o’rtamiyona,  faqirona  hayot  tarzi  (kun 

o’tkazib turilganligi)ga ishoradir. Bundan ma’lum bo’ladiki, o’zbek tilida «qora» 

so’zi  tarkibiy  qismlarida  «tashvish-dilxiralik-dard-zulmat-motam»  kabi  salbiy 

bo’yoqdorlik  -    yashirin  ma’nolari  ham  mavjuddir.  Bu  ma’nolar  tilning  obrazli 

qurilishga  egaligini  ko’rsatishi  kontekstda  oydinlashadi.  Topishmoq  bilish 

ssenariysida «qozon» konseptining tashqi o’xshashligi jihatidan qora rangdaligiga 

e’tibor berilgan bo’lsa-da, aslida bu konseptning chekka, yondosh komponentlari 

hisoblanib,  yuqorida  keltirib  o’tilgan  yashirin  ma’nolarni  aks  ettirishga  xizmat 

qilgan. 

«Qo’lsiz  oyoqsiz  eshik  ochar»  topishmog’ining  kognitiv  strukturasi. 

Topishmoqning javobi shamol ekanligi ayon. Biz uni qo’lsiz ekanligi uchun emas, 

balki eshitganlarimiz, bu javobga odatlanganimiz uchun bilamiz. Zero, qo’lsiz va 



 

51 


 

oyoqsiz boshqa narsalar ham eshikni ochib yuborishi mumkin. Masalan, suv 

bosganda  eshik  uning  zarbidan  ochilib  ketishi  mumkin.  Odam  qo’l  va 

oyoqlari  band  bo’lganda  boshi  bilan,  shuningdek  qushlar  tumshug’i  bilan, 

hayvonlar esa kallasi, shoxi bilan eshikni ochishi mumkin. Bunday holatlarni yana 

ko’plab  sanasa  bo’ladi.  Ko’rinadiki,  javobni  izlashdagi  dastlabki  qiyoslashlar 

kognitiv natija bermasligi tayin. 

SHamol  konseptining  idrok  etilishida  ushbu  topishmoq-ssenariy  qurilishi 

qanchalik ahamiyatga ega. 

Topishmoq javobi haqidagi bilim majmui bir necha tarkibiy qismdan iborat 

bo’lishi mumkin. Javobning mohiyati, mag’zi aks etgan tarkibiy qismni – javob, 

ya’ni konseptning yadrosi desak bo’ladi. Masalan, «shabadadan kuchli, dovuldan 

kuchsiz»  tarkibiy  qismi  shamol  konseptining  yadrosi  hisoblanadi.  «Tabiat 

hodisasi  ekanligi»,  «el-yog’in  tushunchasi  tarkibiga  kirishi»,  «esish»  kabi  qator 

tarkibiy  qismlar  konseptning  yadrosini  o’rab  turgan  markaz  komponentlar 

hisoblanadi.  SHu  ma’noda  ushbu  tarkibiy  qismlar  konseptning  mag’zi  bo’lib, 

tushunchaga  muvofiq  keladi.  Biroq  konsept  va  tushuncha  umumiylik  bilan  birga 

farqli  jihatlarga  ham  ega  bo’lib,  bu  farq  tushunchaning  doimo  barqaror, 

konseptning  esa  barqaror  va  beqaror  tarkibiy  qismlardan  iborat  bo’lishidir. 

Tushuncha  tarkibida  mohiyatga  aloqador  bo’lmagan,  o’tkinchi,  ahamiyatsiz 

(irrelevant) belgilar aks etmaydi. Masalan, shamolning narsa va hodisalarga foyda 

yoki  ziyon  keltirishi,  narsa  va  hodisalar  holatini  o’zgartirishi  kabilar  shamol 

tushunchasi  tarkibiga  kirmaydi.  Biroq,  shamol  konseptining  chekka  qismidan 

o’rin  oladi.  SHuningdek,  shamol  konsepti  turli  hududlarda,  turli  jug’rofiy 

hududlarda  turlicha  aks  etadi.  Ayrim  hududlarda  shamol  doimiy  bo’ladi.  Ba’zi 

hududlarda  shamol  kuchsiz  ahamitga  ega.  SHuning  uchun  turli  xalqlar  turmush 

tarzida  shamol  o’ziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi.  Demak,  konseptning  tarkibiy 

qismlari  maqomi  va  darajasi  hamda  qiymati  ham  hududiy,  milliy  kognitiv 

strukturaga  ega  bo’ladi.  Misol  tariqasida  Amudaryoning  salqin  havosi  cho’lning 

issiq  havosi  to’qnashuvidan  hosil  bo’lgan  shamol  Surxondaryoda  «afg’on 



 

52 


 

shamoli»  deb  atalishini  ko’rsatish  mumkin.  Afg’onlar  esa  uni  «sho’ravi» 

(sho’ro  davlati  tomonidan  esganligi  uchun)  deb  nomlashgan.  Bu  shamol 

keyingi  XX  asrda  ekologik  holatning  o’zgarishi  sababli  hosil  bo’lgan  bo’lsa 

kerakki,  uning  nomi  unchalik  ham  o’tmish  qa’riga  ildiz  otmagan.  Ko’rinadiki, 

turli  xalqlar  uchun  oddiy  shamol  konsepti  turlicha  qiymat  va  konseptual 

xarakterga  ega.  Biroq  shamol  kognitiv  konseptining  geshtalьti  ana  shu  uch  tur 

komponentning yaxlitligidir. 

Demak,  mazkur  topishmoq-ssenariyda  shamol  konseptining  yadro  yoki 

markaz komponentlari emas, balki chekka uzvi yuzaga chiqarilgan. Buni mutlaqo 

bilmaydigan bolaga taqdim etish uni chekka uzvlar emas, balki  markaz va yadro 

komponentlar asosida fikr yuritishga undashi mumkin. 

SHuningdek, topishmoq-ssenariy tarkibidagi qo’lsiz, oyoqsiz komponentlari 

bilishga  undovchi  komponentlar  bo’lib  xizmat  qilishini  nazardan  soqit  qilmaslik 

lozim. Bilish ssenariysining asosiy ibtidosi shunda. Demak, topishmoq-ssenariyga 

shamol geshtalьtining faqat soya qismi – chekka manzarasi chiqarilgan. Ssenariy 

rivoji  konsept  yadrosi  sari  harakatni  mana  shundan  boshlamog’i  lozim  bo’ladi. 

Zero,  bunda  eshikni  ochuvchi  sub’ektning  qanday  tabiatga  egaligi  ma’lum 

darajada  ko’zga  tashlanib  turibdi.  Boshqacha  aytganda,  qo’lsiz,  oyoqsizlik  narsa 

odam yoki hayvon emasligi aniq. Bilish ssenariysida eshik bilan doimiy bog’liqlik 

belgisi  ham  bor.  Bunda  eshik  odamlar  istiqomat  qiladigan  uy-joy  bilan 

bog’langanligi  ayon. Ilon, parranda kabilar  oyoqsiz  eshik ocha  oladi.  Lekin ular 

birinchidan,  eshik  bilan  doimiy  bog’liqlikka  ega  emas.  Ikkinchidan,  qattiq 

berkitilgan  eshikni  ochish  imkoniyatiga  ega  emas.  SHamol  eshikni  ichki 

tomonidan  ham,  tashqi  tomonidan  ham  esadi.  Tajribaviy  asosdagi  bu  bilim 

(freym)  geshtalьtni  idrok  etish  ssenariysidagi  kulьminasiyani  tashkil  etadi. 

CHunki esuvchi va esmaydigan (harakatlanadigan) jismlar orasidagi farq eshikni 

qay tomondan ochishida ko’zga tashlanadi. 

Ammo,  shamaol  konsepti  «el-shabada-shamol-bo’ron-to’fon,  -dovul» 

darajalanish  qatoridan o’rin  oladi.  Topishmoqqa  javob izlovchi bu  konseptlardan 


 

53 


 

faqat  bittasini  tanlaydi.  CHunki  inson  ongida  mavjud  stereotipik  qatordagi 

bitta  birlik  (bizning  qatordagi  shamol)da  boshqa  birliklarning  mohiyati 

mujassamlashgan bo’ladi. SHu boisdan u markaziy konsept hisoblanadi, markaziy 

konsept  esa  tilda  darajalanish  qatoridagi  musbat  va  manfiy  qutblar  markazidagi 

o’rinni egallaydi. 

Topishmoq-ssenariydagi yashirin konseptni idrok etish situativ omil asosida 

ham  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  aytilayotgan  topishmoq-ssenariylar  mavzuviy 

ham  bo’ladi.  Boshqacha  aytganda,  topishmoq-ssenariylar  ma’lum  tanlangan 

mavzu asosida qurilishi ehtimoliga egadir. Bunda konseptni idrok etish ssenariysi 

tabiat  hodisalarini  guruxlash,  tasniflash,  alohidaliklarini  ajratish,  umumlashtirish 

kabi mantiqiy kognitiv operasiyalar asosida kechadi. 

SHuni  alohida  ta’kidlash  mumkinki,  ohang,  talaffuz,  matnning  o’ziga 

xosligi  ham  yashirin  konseptni  aniqlashga  ahamiyatga  ega  bo’lishi  mumkin. 

YUqorida  biz  tahlil  qilgan  topishmoq-ssenariy  (qo’lsiz,  oyoqsiz  eshik  ochar)  da 

oyoqsiz so’zidan keyin vergul qo’yilishi topishmoq-ssenariyning javobini izlashni 

ma’lum  darajada  engillashtiradi.  YA’ni,  qo’li  ham,  oyog’i  ham  yo’q  bo’lsa-da, 

eshikni  ocha  oladi  ma’nosida.  Asl  variantda  qo’l  va  oyog’i  bor-yo’qligi  noaniq 

bo’lsa, taklif etilayotgan variantda qo’l va oyog’i yo’qligi aniq va ravshan. 

Umuman olganda, «Qo’lsiz, oyoqsiz eshik ochar» topishmog’i ikki kognitiv 

ssenariy  asosida  echiladi:  konsept  geshtalьtining  chekka  qismidan  markaziy 

unsuri  orqali  yadro  komponentiga  etish  ssenariysi  vositasida,  ikkinchisi  situativ 

ssenariy  asosida.  Har  ikkala  kognitiv  ssenariy  ham  konseptning  kognitiv 

strukturasiga asoslanadi. 

1. Sochi yoziq qul kampir, 

beli bog’liq shum kampir. 

2. Eshik orqasida beli bog’liq qul yotar. 

(Supurgi) 

Xalq  turmush  tarzida  asqotadigan,  ayniqsa  ro’zg’or  buyumi  sifatida 

foydalaniladigan  anjom-supurgi  haqida  yaratilgan  ushbu  topishmoq-ssenariylar 


 

54 


 

bilish  ssenariysi  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  topishmoq-ssenariyda  ushbu 

buyumga  xos  xususiyatlar  ancha  aniq  aks  ettirilgan.  Topishmoq-ssenariy 

qurilishida berilgan «qul» tavsifi orqali ushbu buyumning asosiy vazifasi «tinmay 

xizmat  qilish,  mehnat  bilan  band  bo’lish,  tozalash»  kabilar  ekanligi  ko’rsatib 

beriladi. Buni «qo’li kosov, sochi supurgi bo’lib xizmat qilmoq» ta’biri bilan ham 

izohlash  mumkin.  Birinchi  jumboqdagi  «shum»  so’zi  vositasida  uy-joylardagi 

chang-to’zonlar,  kir-chir,  chiqindilarni  tozalaganligi  sababli  ushbu  buyumga 

nisbatan  jirkanish  mavjudligi  ko’rinadi.  SHu  bilan  birga  topishmoq-ssenariylar 

shakliy o’xshashlik asosida ham bunyod etilganligi «beli bog’liqlik» tavsifi orqali 

aks ettirilgan. 

Demak,  javob  topuvchi  kishi  topishmoq-ssenariylar  bilish  ssenariysida 

berilgan  «beli  bog’liqlik»,  «qul»,  «shum»  kabi  kichik  ma’noviy  slotlar  asosida 

o’zining  mental  olamida  mavjud  bilimlari  to’plami-«freym»larini  ishga  solgan 

holda javobni osonlik bilan supurgi ekanini aniqlay oladi. 

Suv ichar ko’ldan, 

Ko’zlari nurdan, 

Terisi puldan. 

(Baliq) 

Bunda  baliqning  o’zi,  yashash  sharoiti  va  tashqi  sifati  jumboqlangan. 

«Baliqning tirikligi suv bilan» degan xalq maqoliga asosan birinchi satrdagi «suv 

ichmoq»  qiyosi  berilgan.  Baliqlar  suvda  ham,  suvdan  tashqarida  ham  ko’zlarini 

yummaydilar,  bu  esa  ularni  doimiy  ravishda  nurdek  porlab  turishiga  sabab 

bo’ladi. 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish