1.2. Professor A.Nurmonovning ilmiy-metodik faoliyati
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilishi natijasida ta’lim tizimida uzviylik va uzluksizlik tamoyili asosida yangi darslik va o‘quv adabiyotlari yaratish masalasi o‘rtaga tashlandi. Barcha fanlar bo‘yicha yangi, bugungi davr ruhi bilan sug‘orilgan, takomillashgan, mukammal darsliklar yaratish uchun tanlovlar e’lon qilindi. Umumta’lim maktablari uchun e’lon qilingan “Ona tili” darsligi tanlovida professor AbdulhamidNurmonov ham mualliflar guruhi bilan ishtirok etdi va 5-, 6-, 7-, 9-sinflar uchun “Ona tili” darsliklari tanlovida g‘olib chiqdi. Ushbu darsliklar o‘zbek tilshunosligi erishgan ilmiy-nazariy yutuqlarni e’tiborga olgan holda uzviylik, uzluksizlik, soddadan murakkabga tamoyili asosida ta’lim oluvchida mushohada, ijodiylik, fikrlashni tarkib toptirishga mo‘ljallanganligi bilan e’tiborga loyiq.
2005 yildan buyon respublikamizning ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarida qo‘llanib kelinayotgan “Ona tili” darsligining (6-sinf) “Yilning eng yaxshi darsligi” tanlovida 3-o‘rinni egallagani (2010) ushbu asarning mutaxassislar, ona tili o‘qituvchilari tomonidan maqbul topilib, 3 marta qayta nashr etilgani, maktab o‘quvchilarining ona tili bo‘yicha umumnazariy bilimlari va savodxonliklari ortib borayotgani va, eng asosiysi, mamlakatimizda barkamol avlodning shakllanishida o‘z hissasini qo‘shayotgani darslik mualliflarining ilmiy-ijodiy va metodik salohiyati yuqori ekanidan darak beradi. Aytish mumkinki, mamlakatimiz umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan millionlab o‘quvchilar professor AbdulhamidNurmonovni “tanishadi”, domla ona tilimizning jozibasi, har bir kalomning ma’no qirralari, og‘zaki va yozma nutqlarining takomillashuvi bo‘yicha respublikamiz yoshlariga g‘oyibona “saboq” berib kelmoqda.
Professor A.Nurmonov uzluksizlik tamoyilini amalda qo‘llash maqsadida ta’lim tizimining keyingi bo‘g‘ini – akademik litseylar uchun “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi bo‘yicha o‘tkazilgan darsliklar tanlovida ham g‘olib chiqdi va bugunda ijtimoiy gumanitar yo‘nalishdagi akademik litseylarning 1-, 2-, 3-bosqichlari AbdulhamidNurmonov boshchiligidagi mualliflar guruhi tomonidan yaratilgan darslikdan foydalanib kelmoqdalar. Darslik umumta’lim maktablarida “Ona tili”dan olingan saboq poydevoriga qurilgan bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tilining aytarli barcha bo‘limlari bo‘yicha olingan bilimlarni chuqurlashtirish, umumlashtirish, amaliyotga tatbiq qilishni maqsad qilib qo‘ygan. Akademik litsey bitiruvchilari katta qismining test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilinayotganida, universitetlarda, institutlarda ta’lim olayotgan talabalarning lisoniy savodxonligi yuqori bo‘layotganligida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi katta ahamiyat kasb etayotganligiga shubha yo‘q. BejizgaAbdulhamidNurmonov boshchiligidagi mualliflar guruhi tomonidan nashr etilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Eng yaxshi o‘quv adabiyoti va darsliklari” tanlovida 2-o‘ringa sazovor bo‘lmagan.
Professor A.Nurmonov universitet va pedagogika institutlari o‘zbek filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bakalavr va magistr-talabalari uchun 10 dan ortiq o‘quv dasturlari va ular asosida o‘quv qo‘llanmalari yaratdi va ular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasi bilan OTMlarning filologiya fakultetlarida o‘quv qo‘llanmasi sifatida o‘qitib kelinmoqda. “Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari” o‘quv qo‘llanmasi 2010 yilda “Yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti” tanlovida 1-o‘rinni egalladi.
Ona tilimizning fidoyisi, o‘zbek tilining targ‘ibotchisi, hozirgi o‘zbek ilmiy tilshunosligining yaratuvchilaridan bo‘lmish A.Nurmonov Qirg‘iziston hududida 100 ga yaqin ta’lim o‘zbek tilida olib borilayotgan maktablarning 5-11 sinflari uchun “O‘zbek tili” darsligini yaratdi. Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlari o‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari va maktablardagi tajribali o‘qituvchilar bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu darslik qirg‘izistonlik o‘zbek o‘quvchilarining kundalik hamrohiga aylandi.
Iste’dodli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi hodimi, “Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, filologiya fanlari doktori, professor AbdulhamidNurmonov bu yil 70 yoshga to‘ladi. Qariyb 50 yillik ilmiy-ijodiy faoliyati davomida A.Nurmonov 50 ga yaqin darslik, risola, o‘quv qo‘llanmalari, 500 ga yaqin ilmiy va ma’rifiy-ma’naviy maqolalar nashr ettirgan; o‘zbek tilshunosligi, turkiyshunoslik bo‘yicha respublikamizda va xorijda o‘tkazilgan ilmiy anjuman, simpozium, konferentsiyalarda, davra suhbatlari va seminar-treninglarda ishtirok etgan. Olimning ilmiy va uslubiy merosi jamlansa, 200 bosma taboqdan ortib ketadi.
Professor AbdulhamidNurmonov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Andijon davlat universiteti rektori, professor TolibjonMadumarov tahrir hay’ati raisligida tuzilgan hay’at olimning 3 jildlik sara ilmiy asarlari to‘plamini nashrga tayyorlashni rejalashtirdi.
Tanlangan asarlarning birinchi jildi A.Nurmonovning o‘zbek ilmiy tilshunosligi rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan alohida nashrlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ularga “Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari”, “Lingvistik belgi nazariyasi”, “Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati”, “O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi”, “Gap haqida sintaktik nazariyalar” kabi asarlar kiradi.
Ikkinchi jild “Lingvistik ta’limotlar tarixi” deb nomlanib, unga Yevropa, Amerika tilshunosligi tarixi, shuningdek, o‘zbek tilshunosligi tarixiga oid ma’lumotlar kiritilgan.
Professor A.Nurmonovning turli yillarda ilmiy jurnal va to‘plamlarda nashr etilgan o‘zbek tilining eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan sara maqolalari tanlangan ilmiy asarlar to‘plamining 3-jildida jamlangan.
Tanlangan 3 jildlik ilmiy asarlar to‘plami tilshunoslik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar, filologiya fakulteti talabalari va boshqa qiziqqan o‘rtoqlar uchun tavsiya etiladi.
Qadimgi Xitoy mutafakkiri Konfutsiydan“Agar sizga vakolat berib nimani kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifa deb hisoblagan bo‘lar edingiz?” deb so‘ralganda, u “Tilni tartibga keltirish engzaruriy vazifadir” deb javob bergan ekan.
Professor AbdulhamidNurmonov ham mana 50 yildirki, ona tilimizni tartibga keltirishday ezgu ish bilan shug‘ullanib kelmoqdkelmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |