Muqimiy nomidagi



Download 49,96 Kb.
bet3/8
Sana13.07.2022
Hajmi49,96 Kb.
#791592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Professor A. Nurmonovning fonologik qarashlari 3

Kurs ishining predmeti. Professor A.Nurmonovning Hozirgi o’zbek adabiy tilshunosligiga qo’shgan ulkan hissalarini o’ziga xos jihatlarini yoritishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi: Professor A.Nurmonovning o‘zbek tilshunosligining fonetik va fonologik qurilishi borasidagi nazariya va ilmiy xulosalarini tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:

  • serqirra va zabardast olim faoliyatini yoritish;

  • professor A.Nurmonovning ilmiy-metodik faoliyatini yoritib berish;

- professor A.Nurmonovningfonologik qarashlarini tahlil qilish
- o‘zbek tili unli fonemalarining A.Nurmonov talqinidagi tasnifini tadqiq etish
- o‘zbek tili undosh fonemalarining A.Nurmonov talqinidagi tasnifini tadqiq etish.
Ishning tuzilishi va hajmi. Ushbu kurs ishi tuzilishi jihatdan kirish, ikki asosiy bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib, umumiy hajmi 28 betdan iborat.
I bob. O‘zbek tilshunosligining yangi davriga asos solgan olim.
1.1. Serqirra va zabardast olim
O‘zbek sistemaviy tilshunosligining shakllanish va rivojlanishi prof.A.Nurmonov nomi bilan bog‘liqdir. U an’anaviy tilshunoslik erishgan yutuqlarni yuksak baholagan va uning materiallaridan foydalangan holda, o‘zbek sistemaviy tilshunosligini shakllantirdi.
AbdulhamidNurmonov o‘zining qariyb 50 yillik ilmiy faoliyati davomida tilshunoslikning aytarli barcha bo‘limlari bo‘yicha sistemaviylik tamoyili asosida qalam tebratdi. Olim XX asr oxiri XXI asr boshlarida o‘zbek tilshunosligi xaqida to‘xtalib:
«Ayyub G`ulom asos solgan o‘zbek ilmiy tilshunosligi yutuqlarini e’tirof etgan va unga tayangan holda, o‘zbek tilining ichki struktur belgilarini yoritishga yordam beradigan yangi tadqiqot metodlarini qo‘llashga intilish kuchaydi», - deb aytadi va bu tadqiqot metodlarini o‘zi nazariy jihatdan asoslab amaliyotda isbot qiladi.
Uning o‘zbek tilshunosligi tadqiqi asosidagi ilmiy-nazariy xulosalari turkiyshunoslik va umumiy tilshunoslikka muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
A.Nurmonov o‘zbek tilshunosligining fonetika va fonologiya, semantika va semiotika, morfologiya va sintaksis, til va tilshunoslik tarixi, tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi: paralingvistika va lingvopoetika, shuningdek, tilshunoslikning umumnazariy masalalari bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon etgan ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Enge’tiborlisi, olimning barcha tadqiqotlari markazida tilga sistem-struktur yondashuv turadi. An’anaviy tilshunoslik erishgan yutuqlar A.Nurmonov tadqiqotlari uchun amaliy bosqich sifatida yangi nazariy xulosalar chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. An’anaviy va struktur tilshunoslik xususida olim o‘z asarida o‘rinli o‘xshatishni qo‘llab: “Bu ikki yo‘nalish, Mahmud Qoshg‘ariy ta’biri bilan aytganda, ikki uloqchi otdek o‘zbek tilshunosligi aravasini barobar tortib ketmoqda. Bu ikki yo‘nalish bir-birini mutlaqo inkor etmaydi. Aksincha, ularning biri ikkinchisiga tayanadi va biri ikkinchisidan oziqlanadi”, - deb yozadi. Bu bilan A.Nurmonov tilga sistem-struktur yondashuv asosida tilning barcha sathlarida amalga oshirilayotgan islohotlar shu vaqtga qadar amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning nazariy bosqichi ekanini, tabiat va jamiyatdagi tabiiy rivojlanishning til ilmidagi ko‘rinishi ekanini ta’kidlaydi.
“Lingvistik belgi nazariyasi” (2008), “Tilshunoslik nazariyasi” (2008), “Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari” (2009) kabi asarlari umumiy tilshunoslikning nazariy asoslari zaminida yaratilgan bo‘lib, ularda jahon tilshunosligiga taalluqli bo‘lgan nazariy qarashlar o‘zbek tilshunosligiga bevosita tatbiq etilgan. Boshqacha aytganda, xususiy tilshunoslikka oid muammolar yuqoridan – umumiy tilshunoslikning nazariy til qonuniyatlariga tayangan holda hal qilingan. F.deSossyur,Boduen de Kurtene, V. fon Gumboltd, , V.Matezius, V.Skalichka, N.Trubetskoy, A.Shleyxer, A.Meyye, Ch.Pirsva boshqa nazariyotchi tilshunoslarning asoslari A.Nurmonov tomonidan chuqur tahlildan o‘tkazildi va ularning ratsional tomonlari o‘zbek tili materiallari asosida rivojlantirildi.
AbdulhamidNurmonov tilning belgilar sistemasi ekanligi barcha tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo‘lsa-da, o‘zbek tilshunosligida belgi nazariyasi haqidagi qarashlar jamlangan yaxlit asar yo‘qligi va shunga ko‘ra ayrim tilshunoslar belgi haqidagi ta’limotni noto‘g‘ri talqin etayotganliklarini e’tiborga olgan holda, lingvistik belgi va uning turlari, o‘ziga xos xususiyatlari: belgining erkinligi va ketma-ketligi, diskretlik xususiyati; o‘zgarmaslik va o‘zgaruvchanlik jihatlari xususida, shuningdek, uning strukturasi va besh tomoni haqidagi nazariy qarashlarini o‘zbek tili materiallari asosida yoritib beradi va bu qarashlar tilshunosligimizdagi ko‘p tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
F.deSossyurning “substantsiya va shakl” atamalari ostida sezgi a’zolarimizga ta’sir qiluvchi moddiy vositalar va bu moddiy vositalar zamirida yotgan munosabatlarni tushunishi, “til shakldir” deganda, tilning munosabatlar sistemasi ekanligiga urg‘u berishi va tilning moddiy tomoni, ya’ni tovush tomoni substantsiya sifatida ikkinchi planga surilishi haqidagi tezislari professor A.Nurmonov tadqiqotining asosini tashkil qiladi. Struktur tilshunoslikning vujudga kelishida Boduen de Kurtene va F.deSossyur qarashlari asos bo‘lgani, N.V.Krushevskiyning fonema haqidagi qarashlari hozirgi struktur tilshunoslikdagi fonologik nazariya uchun omil bo‘lib xizmat qilgani va, umuman, struktur tilshunoslikning shakllanishi va taraqqiy etishida “Yosh grammatikachilar maktabi”, Pragastrukturalizmi, Amerika strukturalizmi va boshqa maktablar, yo‘nalishlar va oqimlarning qarashlari A.Nurmonov asarlarida tahlilga tortilgan.
A.Nurmonov tadqiqotida fonologik birliklar, ularning o‘zaro munosabati, til sistemasida yashash qonuniyatlari, asos (invariant) va uning ko‘rinishlari (variant), o‘zaro bir-birini tortish va itarish qonuniyatlari, Pragalingvistik maktabi qarashlari umumlashtirildi va o‘zbek tilshunosligida yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, S.N.Trubetskoyningfonologik birliklarning o‘zaro oppozitsiyasi, ularning qonuniyatlari rivojlantirildi. O‘zbek tilida fonetik iqtisod tamoyiliga asos solindi. O‘zbek tili fonologik birliklari distributsiya metodi asosida belgilab berildi. Boduen de Kurtenyening fonemaga qo‘ygan tamal toshi o‘zbek tilining fonologik sistemasini belgilashda asos rolini o‘ynaydi.
O‘tgan asrning 70-yillari tilshunoslikda “semantik shturm” davri deb talqin qilina boshladi. Bu davrda asosiy e’tibor lingvistik birliklar semantikasini o‘rganishga qaratildi. Buning natijasida fonosemantika, leksik semantika, morfosemantika, sintaktik semantika yo‘nalishlari maydonga keldi. Til tadqiqidagisemantik yo‘nalishga birinchilardan bo‘lib chex olimi S.Kartsevskiy asos solgan edi. Uning lingvistik birliklar faqat shakliytuzilishgagina emas, balki mazmuniy tuzilishga ham ega ekani haqidagi qarashi har qanday lisoniy birlik mazmun planida ham tadqiq etilishi kerakligini, shakl va mazmun munosabati tilshunoslikning asosiy masalalaridan ekanini taqozo etdi.
Lisoniy birliklarning shakl va mazmun tuzilishi o‘rtasidagi munosabatni sintaktik sath materiallari asosida o‘rgangan AbdulhamidNurmonov o‘zbek tilshunosligida shu kungacha ilmiy munozaralarga sabab bo‘layotgan ajratilgan bo‘lak masalasi gapning shakliy tuzilishi uchun emas, balki mazmuniy tuzilishining ustuvorligi asosida hal etilishi kerakligini, gapning mazmuniy va grammatik markazi kesim ekanini, shunga ko‘ra gap bo‘laklarini aniqlash, tasniflash, tahlil qilishda mazmun ustuvor ekanini isbot qildi. Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat ekan, sintaktik tadqiqotlarda asosan gapning shakliytomonigagina e’tibor qaratilishini, faqat ayrim o‘rinlardagina (gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini belgilashda, ikkinchi darajali bo‘laklarning ichki tasnifida) mazmun e’tiborga olinishini ta’kidlab o‘tgan olim mazmuniy sintaksisning maqomini belgilashni va shu asosda sintaktik sathni tadqiq etishni asosiy vazifa deb bildi. Natijada professor A.Nurmonovning “Gap haqidagi sintaktik nazariyalar” (1988), “O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi” (1991) (hammualliflikda), “O‘zbek tilining nazariy grammatikasi (sintaksis)” (2001) (hammualliflikda) asarlari yuzaga keldi.
A.Nurmonov o‘zbek tilining nazariy grammatikasini yaratish bilan grammatik kategoriya unsurlari, ularning o‘zaro munosabati, zidlanish qonuniyatlari, asos shakl va ifoda shakl, grammatik kategoriya unsurlarining bir-birini taqozo va inkor qilish tamoyili, grammatik kategoriya va grammatik ma’no haqidagi nazariy bilim o‘zida o‘zaro cheklanma hodisa ekanligi, oxir-oqibat, grammatikaning asosi grammatik kategoriya ekanini talqin qildi.
Buning natijasida gap bo‘laklari, sodda va qo‘shma gap maqomlari semantik tamoyil asosida ko‘rib chiqildi. Natijada gap bo‘laklari tipologiyasi, gap bo‘laklariga ajratish tamoyillari, an’anaviy tilshunoslikdan sistem-struktur tilshunoslikka o‘tish jarayonlari, akademik A.Shaxmatovning qarashlari umumlashtirildi va o‘zbek tilshunosligida o‘zining yuqori nuqtasiga ko‘tarildi.
Professor A.Nurmonov gap semantikasi ob’yektiv va sub’yektiv ma’nolar munosabatidan tashkil topgan nisbiy butunlik ekanini e’tirof etgan holda, gapning ob’yektiv mazmuni inson ongida aks etgan ob’yektiv voqelik ekanini ta’kidlab, gap semantikasi tahlilida ushbu holat e’tiborga olinishini aytib o‘tadi. Olim murakkablashgan gaplar xususida to‘xtalib, murakkablashuvni ikki guruhga a) ham shakliy, ham mazmuniymurakkablashuvga va b) mazmuniymurakkablashuvga ajratishni tavsiya etadi va buning natijasida murakkablashgan gaplardagi murakkablashtiruvchi unsurlar maqomini belgilab beradi. Bu esa o‘zbek tilshunosligida shu paytgacha ushbu sintaktik hodisaga bo‘lgan munosabatga oydinlik kiritib beradi.
Sifatdosh, ravishdosh o‘ramli va harakat nomili tizimlar bilan murakkablashish holatini sintaktik jihatdan sodda yoki qo‘shma gapga kiritish haqidagi qarashlarga A.Nurmonovning“bunday tizimlarda ega-kesimlik belgilarining yo‘qligi ularning gap sifatida qaralishiga imkon bermaydi va ular murakkablashgan gap sirasiga kiradi” degan nazariyasi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Undalma va kirishlar ishtirok etgan gaplarda ikki tomonlama murakkablashuv kuzatilishini: grammatik aloqaning turi ikki xil bo‘lishi bilan birga, mazmun ham murakkablashganini, bu kabi gaplarda ifodalangan ob’yektiv mazmunga so‘zlovchining sub’yektiv munosabati va tinglovchi sub’yekti ham qo‘shilishini aytib o‘tadi.
So‘zlovchi va tinglovchi o‘zi qurshab turgan olam haqidagi universal bilimlari va til haqidagi ko‘nikmalari asosida o‘zaro aloqaga kirishadi va fikr almashadi. Muloqot jarayonida kommunikantlarning umumiy bilish manbaiga ega bo‘lishi bevosita ifodalangan axborotning so‘zlovchilar uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu hodisa professor A.Nurmonov tomonidan tagbilim (presuppozitsiya) nomi bilan talqin etilgan va nazariy va ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Pragmatikaning o‘rganish sohalaridan hisoblangan ushbu hodisa sodda gaplarni mazmunan murakkablashtiruvchi vosita sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Olim presuppozitsiyaning jahon va rus tilshunosligida o‘rganilishi, uning ta’rifi, maqomi, tasnifi xususida, shuningdek, o‘zbek tilshunosligida ushbu yo‘nalishning tadqiqi haqida o‘z qarashlarini bayon etadi.
Sossyurning lingvistikani ikki turga ajratgani – til lingvistikasi va nutq lingvistikasiga bo‘lib, amalda, asosan, til lingvistikasiga e’tiborni qaratgani haqida to‘xtalib o‘tgan A.Nurmonov tashqi lingvistika haqidagi qarashlarini bayon etib, paralingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika, poetik lingvistika, matematik lingvistika kabi til amaliyotida va taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etuvchi unsurlar haqida bahs yuritadi. Nutqiy faoliyat: a) sotsial va b) ekspressiv vazifa bajarishini, ularni dialektik tarzda tadqiq etish, tahlil etish va qabul qilish kerakligini ta’kidlaydi.
Tashqi tilshunoslik tadqiqi uni tekshiruv makonining yanada kengayishiga, fanlar tizimida tilshunoslikning ham bir unsur ekanini va u boshqa fanlar bilan aloqadorlikda, bog‘liqliqda rivojlanishini bildiradi. Bu esa tilshunoslikning ijtimoiy-gumanitar, aniq, tabiiy fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganishni, natijada ushbu fanning haqiqiy mohiyati ochib berilishini, tadqiqotning real bo‘lishini ta’minlaydi.
Tilshunoslik fan sifatida fanlar sistemasida shu sistema tarkibidagi boshqa fanlar bilan uzviy aloqada – munosabatda bo‘ladi. Bu aloqalarsiz tilshunoslikning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish mumkin emas. O‘zbek tilshunosligida tilshunoslikning fanlar tizimidagi o‘rni, fanlar sistemasi, ularning tasniflanishi, boshqa fanlar bilan munosabati kabi masalalar o‘rganilmagan edi. Bu muammoning yoritilishi natijasida, birinchidan, tilshunoslikning rivojida boshqa fanlarning o‘rni aniqlansa, ikkinchidan, tilshunoslikning fanlar tizimidagi mavqei belgilangan bo‘lar edi. Shularni e’tiborga olgan holda professor A.Nurmonov “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” (2002) asarini yaratib, tilshunoslikning tabiiy fanlar bilangina emas, balki aniq, ijtimoiy, gumanitar fanlar bilan munosabatini ochib berdi.
Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o‘rnini belgilash, uning boshqa fanlar bilan munosabatini yoritish bu fanning fanlar sistemasidagi qimmatini belgilashda, tilshunoslikning bir qator tushunchalarining kelib chiqish ildizlarini yoritishda, umuman, tilshunoslikning ko‘pgina nazariy muammolariga oydinlik kiritishda muhim ahamiyati bor” ekanligi olim tomonidan aytib o‘tiladi.
Tilshunoslikda nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, tovushlarning sifat o‘zgarishlari kabi hodisalarning asosi fizikadagi akustika bilan bog‘liqligi, “har qanday tovush tebranish mahsuli” degan fizikaning oltin qoidasi nutq tovushlariga ham taalluqli ekani, nutq tovushlarining eksperimental tadqiq usullari bevosita fizikadagi intonografik, rentgenografik usullar orqali amalga oshishi mumkinligi, tilshunoslikdagi maydon nazariyasining prototipi fizikadagi “biror fizik hodisa ro‘y beradigan yoki uning ta’siri seziladigan fazo” degan tezisga mos kelishini va bugunda semantik maydon nazariyasi til sathlarini semantik aspektda tekshirishda asosiy tamoyil bo‘lib qolganini keltirib o‘tadi va har bir fanning “avtonom” holdagi tadqiqi uning gurkirab rivojlanishini ta’minlab bermasligini, har bir fan bilan shug‘ullanuvchi olim shu fan qoidalari qobig‘idan chiqmasa, boshqa fanlar bilan aloqadorlikda tadqiq etmasa, muayyan muammoni to‘laqonli hal eta olmasligini misollar bilan isbot qiladi. Shuning uchun ham ilm va madaniyatimiz tarixidagi Farobiy, Beruniy, ibn Sino va boshqa mutafakkir olimlar qomusiy bilim egalari bo‘lganlar. Birgina ibn Sinoning ilmiy merosini o‘rganish uning tilshunoslikka oid, xususan, fonetikaga oid nihoyatda qimmatli fikrlar bildirganini; nutq tovushlarining paydo bo‘lish sabablari, bo‘g‘iz va til anatomiyasi, ayrim arab tovushlarining paydo bo‘lishida o‘ziga xos jihatlar kabi anatomo-lingvistik qarashlarni bayon qilganini kuzatishimiz mumkin. Olimning muayyan fan yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqot olib borishida u bilan aloqador bo‘lgan boshqa fanlarni ham o‘rganish, mohiyatan biri ikkinchisini taqozo etadigan fanlar tadqiqiy aloqadorligini yo‘lga qo‘yish zarurligi haqidagi qarashlari har bir olim uchun qomusiylikka yo‘naltiruvchi da’vatday, tadqiqotchida keng mushohada va dunyoqarashni shakllantirishga asosday tuyuladi. Shuningdek, olimning tilshunoslikning biologiya, kimyo, matematika, geografiya va boshqa fanlar bilan aloqadorligi misollar bilan isbot qilingan.
Bugungi o‘zbek tilshunosligi erishayotgan yutuqlarning asosi uzoq yillarga borib taqaladi. Ajdodlarimiz bundan bir necha yillar oldin o‘zlarining yozuvlariga ega bo‘lganlar. Jahon ilm-fani va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan qanchadan-qancha olimlarimiz ushbu tabarruk zamindan yetishib chiqqan. VIII-IX asrlardayoq yurtimizda fanlar akademiyasi “Baytul hikmat”, keyinchalik 1010 yilda Ma’mun akademiyasi tashkil bo‘lgan. Ushbu ilm va fan go‘shalaridan dunyo olimlarining e’tiborini qozongan mashhur, turli fanlar bo‘yicha olamshumul kashfiyotlar qilgan al-Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Farg‘oniy, ZayniddinJurjoniy kabi yuzlab olimlar yetishib chiqqanlar. Jahon madaniyati, ilm-fani taraqqiyotiga poydevor qo‘ygan qomusiy bilim egalari tomonidan qo‘yilgan ilmiy poydevor keyingi ajdodlarimiz tomonidan davom ettirib kelinmoqda.
Professor AbdulhamidNurmonov bugungi o‘zbek tilshunosligi erishayotgan yutuqlarning zaminini moziydan izlash maqsadida o‘zbek tilshunosligi tarixini yaratishga kirishdi. Olim e’tirof etib aytganidek, “ota-bobolarimiz qoldirgan yozma yodgorliklarni sinchiklab o‘rgansak, bu asarlarda tilshunoslikning bir qancha masalalarini Ovro‘po olimlaridan ancha oldin bayon qilinganining guvohi bo‘lamiz”. Shu maqsadda olim ajdodlarimiz qoldirgan lingvistik merosni o‘rganish, ularni jahon tilshunosligi doirasida baholash, o‘zbek tilshunoslarining jahon tilshunosligiga qo‘shgan hissasini aniqlash maqsadida o‘zbek lingvistikasi tarixini xronologik tarzda yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Farobiy, Beruniy, ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Mahmud Zamahshariy, Navoiy, Bobur, Abdulg‘oziBahodirxon, Behbudiy, Avloniy, AshuraliZohiriy, Fitrat kabi olim, ma’rifatparvar, ijodkorlarning til bo‘yicha ilmiy meroslarini, shuningdek, sho‘rolar davridagi o‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan tilshunos olimlarning ilmiy qarashlarini tahlil qilish orqali o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot yo‘lini ko‘rsatib berdi. Ayniqsa, mustaqillik davri o‘zbek tilshunosligi tarixi olim tomonidan keng tahlil etilgan bo‘lib, tilshunoslikning barcha bo‘limlaridagi asosiy ilmiy qarashlarning mohiyati, yutuq va kamchiliklar ro‘y-rost ochib berilgan, bugungi o‘zbek tilshunosligining rivojlanish yo‘li, tadrijiy taraqqiyot bosqichlari va bu yo‘lda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar sanab o‘tilgan.
Tilning aloqa-aralashuv vositasi ekani, uning birlamchi vazifa deb e’tirof etilgani Pragalingvistik to‘garagi a’zolari tomonidan 1929 yildayoq aytilgan bo‘lib, nutqiy faoliyat tadqiqiga katta e’tibor qaratilgan. Shuning uchun ham Pragalingvistik maktabi ekani ta’kidlanadi. Ularning qarashicha, har qanday til vakuum holda yashamasdan ma’lum jamoada faoliyat ob’yektiga aylanadi. Bu esa Ferdinand de Sossyurningnutqiy faoliyat til va nutq munosabati birligidan iborat ekani haqidagi, til ichki va tashqi lingvistikaga bo‘linishi haqidagi nazariy qarashlarining namoyon bo‘lishi edi. AbdulhamidNurmonov tilning kommunikativ vazifasidan kelib chiqqan holda fikr ifodalashda tilga yondosh bo‘lgan, funktsional jihatdan uni kompensatsiya qiluvchi yoki kuzatib boruvchi paralingvistik vositalar haqida to‘xtalib, aloqa-aralashuvda ahamiyatli bo‘lgan ovozning sifatiy, miqdoriy xususiyatlari, shuningdek, imo-ishoralar tilshunoslikning o‘rganish ob’yekti bo‘lishi darkorligini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, har qanday tilning markazida inson turar ekan va aloqa-aralashuv adresant va adresat o‘rtasidagi munosabatlardan tarkib topar ekan, til uni ro‘yobga chiqarayotgan inson bilan birga o‘rganilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har qanday ilmiy tadqiqot muayyan metodologiya va metodlarga tayangan holda amalga oshirilgandagina uning natijasi samarali, jamiyat va uning taraqqiyoti uchun foydali bo‘ladi. Shunga ko‘ra tadqiqot olib borishga qo‘l urgan tadqiqotchi, eng avvalo, umumiy fan metodologiyasi va xususiy metodlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va uni qo‘llay bilishi zarur. Professor AbdulhamidNurmonov faoliyati davomida qator ilmiy asarlarni mutolaa qilishi, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan tanishishi natijasida “tadqiqotning umumiy tavsifi”da, qolaversa, ilmiy tadqiqot bilan tanishuvda ayrim mualliflarning metodologiya va metodlardan bexabar ekanliklari kabi holatlardan kelib chiqqan holda, lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari xususidagi fikrlarni jamlagan o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratadiki, bu qo‘llanma, shubhasiz, yosh tadqiqotchilar uchun ilmga yo‘llanma hamdir. Darhaqiqat, juda ko‘p nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining tadqiqot metodologiyasi, metodlari haqidagi ma’lumotda metodologiyani umumiy tarzda ko‘rsatish, lingvistik metodlarni chalkashtirib yuborish, tadqiq usullarini ko‘rsata olmaslik kabi qusurlarni uchratish mumkin. Olim tilning gnoseologik va ontologik tabiati haqida, bilimlarning turlari xususida to‘xtalib, lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari – umumiy va xususiy metodlar, ilmiy tadqiqot tamoyillari va aspektlarini birma-bir sanab ko‘rsatgan. Enge’tiborlisi, tilni o‘rganishda tavsifiy, qiyosiy; tarixiy-genetik, glottoxronologik, kvantitativ, struktur, distributiv tahlil, bevosita ishtirokchilar, transformatsiya, oppozitiv kabi tahlil metodlari haqida ma’lumotlar berilgan. Har bir metodning o‘ziga xos xususiyatlari, tadqiq usullari, tahlil yo‘llari nazariy jihatdan asoslangan. Shuningdek, olim keltirib o‘tilgan turli ilmiy tadqiqot metodlarining bir-biridan ajralgan holda emas, balki o‘zaro hamkorlikda funktsionllashishini, jumladan, struktur metodning tarmoqlaridan bo‘lgan distributiv metod oppozitiv metod bilan uzviy aloqada bo‘lishini ta’kidlaydi va falsafiy metodlar xususiy ilmiy metodlar bilan dialektik bog‘liq holda yashashini aytib o‘tadi. Umuman olganda, AbdulhamidNurmonovninglingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari haqidagi qarashlari har qanday izlanuvchiga ilmiy tadqiqot olib borishda yo‘l-yo‘riq va usul bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.



Download 49,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish