188
Me‘da osti bezining atsinar qismi bir kechayu kunduzda 1,5—2,0 1 shira ishlab
chiqaradi. Bu shira tiniq, rangsiz suyuqlik. Bikarbonatlar ko
‘
p bolganidan muhiti
ishqoriy, pH 7,8—8,‘, Me‘da osti bezi shirasidagi bikarbonatlar me‘dadan o
‘
n ikki
barmoq ichakka himus tarkibida o
‘
tgan xlorid kislotani neyfallab, bu yerda gidroliz
jarayonlari ro
‘
yobga chiqishi uchun zarur bo`lgan ishqoriy muhitni ta‘minlashda asosiy
rol o
‘
ynaydi.
Pankreatik shirada asosiy oziq moddalarning hammasiga ta‘sir qiladigan fermentlar
bar. Bu fermentlarning ko'p qismi noaktiv proferment shaklida sintezianib, shira
tarkibida
ajraladi va o
‘
n ikki barmoq ichakda faol shakiga o'tadi.
Tripsinogen va ximotripsinogen oqsillarni parchalaydigan asosiy profermentlardir. 0
‘
n
ikki barmoq ichakning shilliq pardasi tripsinogemii faolla$'digan maxsus ferment
enterokinaza ishlab chiqaradi. Enterokinaza tripsinogenga ta‘sir qilib, uni faol ferment —
tripsinga aylantiradi.
Ximotrmsinogenning faoilanishi tripsinga bog'liq. Tripsin va ximotripsm oqsillarni va
pepsinlar ta‘sirida oqsiilardan hosil bo'lgan yirik peptidlarni aminokislotalarga va mayda
peptidlarga (oligopeptidlarga) parchalaydi.
Bu fermentlarning oqsil molekulasidagi bog'lanishlarni parchalashida farq bor: tripsin
oqsil molekulasida arginin va lizinlarning karboksil guruhlari hosil qilgan peptid, amid
va efir bogianishlarni yaxshi parchalasa, ximotripsin aromatik ammokislotalar tirozin,
triptpfm va fenila- laninlarning karboksil guruhlari hosil qilgan bog
‘
lamlarni yaxshi
uzadi.
Hazm jarayonida tripsin va ximotripsinni oqsillar molekulasiga ayni vaqtda ta‘sir
etishi bu moddalarai, chuqur gidrolizga uchrashini ta‘minlaydi.
Tripsin
ximotripsinogen
bilan
bir
qatorda
noaktiv
shaklda
ajraladigan
prokarboksipeptidaza A va В ni proelastaza va profosfolipazani faollay di. Karb
oksipeptidazalar peptidlarni, elastaza oqsillarni parchalashda ishtirok etadi.
Faol shaklda ajraladigan pankreatik lipaza asosan yogiaming parchalanishini
ta‘minlaydi. Fosfolipaza va esterazalar ham yog
‘
va yog‘simon moddalarni
gidrolizlashda qatnashadi.
Pankreatik lipaza ta'sirida neytral yogiaming (uch glitseridlarning) parchalanishi
tugamaydi. Ulardan ikki molekula yog‘ kislota va bir molekula monoglitserid hosil
bo`ladi. Ichak hpazasi monoglitseridlarni parchalab, yog
‘
gidrolizini oxiriga yetkazadi.
Me‘da osti bezi shirasida ko
‘
p miqdorda uchraydigan amilaza ham faol ajraladi. Bu
ferment ta‘sirida ovqatdagi polisaxaridlar (kraxmal va glikogen) asosan oligo va
disaxaridlarga parchalanadi. Hosil bo`ladigan monosaxaridlar- ning miqdori oz.
Ovqat sifatida iste‘mol qilingan o
‘
simlik va hayvon hujayralari vadrosidagi nuklein
kislotalarni nukleazalar parchalaydi.
Demak. ingichka ichakaing yuqori qismida pankreatik fermentlar ta‘sirida asosiy oziq
moddalar — oqsillar, yoglar va polisaxaridlar chuqur gidrolizga uchrab, so
‘
rilishi
mumkin bo`lgan mahsulotlar paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: