Mundarija: yozma nutq nutq faoliyatining samarali turi sifatida


YOZISH TEXNIKASI VA YOZMA NUTQNI O‘RGATISH



Download 136 Kb.
bet3/6
Sana04.06.2022
Hajmi136 Kb.
#635613
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qulliyeva Nilufar

3. YOZISH TEXNIKASI VA YOZMA NUTQNI O‘RGATISH
O‘rgatish obyekti qilib, tovush-harf munosabati, harflar, imlo singari til hodisalari tanlanadi, ular, ta’kidlab o‘tilganidek, yozuvning texnik jihatidir. Yozish texnikasi (texnikaviy ko‘nikmalar) asosida yozma fikr bayon etiladi — nutqiy malakalar hosil qilinadi. Qisqasi, ,,yozuv“ va ,,yozish“ lingvodidaktik termin-tushunchalari doirasi bir-biridan farq qiladi.0 ‘rgatiladigan G‘arbiy Yevropa tillari va o‘zbek tili ham lotin grafikasidan foydalanadi. Ikkala grafikaning tafovutlari va o‘xshashliklarini hisobga olib, yozish texnikasini o‘rgatishga kirishiladi. Tovush-harf munosabatlaridagi qiyinchilik darajasiga qarab, ularni yozuvda (va o‘qishda) o‘zlashtirish tartiboti belgilanadi. Mas. tovush va harf muvofiq kelsa va ona tili bilan chalkashtirish kuzatilmasa, eshituv-tovush idroki, ko‘ruv tasawuri va yozish amallari orqali grafika nisbatan oson o‘rganiladi (D. N. Bogoyavlenskiy tavsiyasi). Bir tovush bir necha harf orqali ifodalanishi yoki bir harf birdan ortiq tovushni bildirishi mushkul vaziyat hisoblanadi: tovush-harf yoki bo‘g‘in tahlili yordamida o‘rgatishga majbur bo‘lamiz. Tahlil, bu o‘rinda, chuqur nazariy mulohazalar yuritish emas, balki ushbu hodisaga xos xususiyatni sodda tilda aytishdir. Agar transkripsiya (tovushning yozuvdagi belgisi) kiritilgan bo‘Isa, undan me’yorida foydalanish mumkin. 0 ‘qilish qoidasini namoyish etuvchi misollar kifoya qilsa, mavhumot umumlashtiriladi. Harflaming alifbodagi nomi o‘rganilishi so‘zni og‘zaki harflab aytish (ingl. spelling, nem. buchstabieren, fr. epellation)mashqini bajarishga zamin tayyorlaydi.Bosh va kichik harilami chalkashtirmaslik maqsadida ingliz tili bo‘yicha ularni zamon va makonda ajratib o‘rgatish tajribasi o‘zini oqlagan. Yozma va bosma harflar darsda muvoziy tarzda beriladi. Qirqma alifbodan ko‘p foydalanish dastlabki bosqichda samarali natijalar beradi.0 ‘quvchi til tajribasini hisobga olib, chet tilda husnixat o‘rgatiladi. Harflar yozilishi darslikda ko‘rsatilgan yo‘sinda o‘rganiladi. Qiyin o‘zlashtiriladigan harflar sinf doskasi va o‘quvchilar daftarlarida bo‘lib-bo‘lib yozib ko‘rsatiladi. Ko‘rgazmali qurolni namoyish etishning o‘zi kifoya qilmaydi. Chiroyli va to‘g‘ri yozishni muallim amalda yozib ko‘rsatgani ma’qul. Binobarin, yozishni o‘rgatuvchining xattotlik mahorati, hatto san’ati (musulmon dunyosida tarqalgan ijodiy faoliyat) yuksak bo‘lmog‘i kerak.Imloni o‘rganish yanada muhim o‘quv vazifasidir. Og‘zaki nutqda o‘zlashtirilgan so‘zlarning yozilishi orfografik (imlo) minimum(i)ni tashkil etadi. Faqat o‘qish va tinglashdagina uchraydigan leksika imlo minimumiga kirmaydi. Demak, maktabda o‘rganilmish barcha leksik-grammatik hodisalarning orfogrammalari (imlo birliklari 4)ni yozish shart emas, ya’ni imlo minimumiga rioya qilinadi, xolos. Orfografik hodisalarga alohida e’tibor talab etiladi. Qoidalar mohiyatida, xuddi grammatika va o‘qish texnikasida bo‘lganidek, amaliy yo'nalganlik mezoni hukm suradi. Qoidaga tushmaydigan imlo birligi (orfogramma) (mas. ingl. eight, are, you kabilar)ni ideogramma (yaxlit birlik) tarzida yozilishi o'rganiladi.Orfografik birliklarning ona tili va chet tilda muqoyasasi oqibatida o‘quvchi uchun oson/qiyin imlo birliklari aniqlanadi, har qaysi birlikka oz/ko‘p vaqt va kuch sarflanadi hamda mashqlar belgilanadi5.Ingliz tili orfografiyasi juda murakkabdir, chunki u o‘zining uzoq tarixi (VI—XX asrlar) davomida boshqa tillardan ko‘plab so‘zlami o‘zlashtirgatt. Bu so‘zlaming aksariyati o‘z talaffuz va yozuv me’yorini saqlab qolgan, ba’zilari esa ingliz tili talaffuz qoidasiga binoan o‘zgargan. Ingliz tili imlo birliklarini o‘quvchilaming o‘zlashtirish darajalariga ko‘ra uch turga bo'lish mumkin: qiyinchiligi kamroq imlo birliklari; o‘rtacha qiyinchilik tug‘diradigan birliklar; o‘ta qiyin imlo birliklari.Birinchi toifaga ingliz imlosining ko‘p hodisalari, chunonchi, otlarda ko‘plik sonning odatiy yasalishi, hozirgi noaniq zamonda fe’lning 3-shaxs birlik shakli, sifat darajalari va h.k.0 ‘rtacha qiyin imlo birliklari sirasiga quyidagilar kiradi: bir bo‘g‘inli so‘zlar (ingl. pen, desk, map), so‘zlaming bosh harf bilan yozilishi {English, Russian, Uzbek, TV), hafta kunlari va oylar nomlari va ingliz realiylari (Monday, March, O.K.), ko‘cha nomlarining (Usmon Nosir Street, Visol Street) yozilishi.Uchinchi — o‘ta qiyin imlo birliklari qatoriga bir qancha hodisalar jamlanadi, jumladan: omonimlar (ingl. sea—see,meat—meet, week—weak, new—knew), bir fonemaning birdan ortiq, grafemalar yordamida ifodalanishi ([s]—receive, cinema; say, most; [i:]—me, Pete; teacher; street); otlarda ko‘plik sonning qoidadan mustasno hollari (man—men, woman —women; child—children, sheep—sheep); gerundiyning yasalishida undosh harfning geminatsiyasi (ikkilanishi) hodisasi (sit—sitting, begin — beginning); so‘z boshidagi undosh harfning o‘qilmasligi (know; write; hour; who).Birinchi turdagi hodisalar morfologik, ikkinchisi fonetik va uchinchisi esa tarixiy (an’anaviy) yozilish mezoni bo'yicha o‘rgatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Morfologik prinsip bo‘yicha yoziladigan imlo birliklariga, asosan, qoidalar yordam beradi. Fonetik prinsipga binoan yoziladigan orfografik birliklar uchun esa ko‘rish va eshitish mashqlari ko'proq qo‘llaniladi. An’anaviy yoziladigan birliklar uchun eslab qolish va ko‘rish qobiliyati rivojlantirilishi zarur. Yozma nutqni o‘rgatishda yozuv materiali, yozuv ta’lim vositasi ekanligi, yozma ishlar kabi masalalar hal etiladi. 0 ‘quvchilarning o'zlashtirgan til materiali va og‘zaki nutq mavzulari asosida yozma fikr bayon etishlari amalda tatbiq qilingan. Yuqori sinflar til materiali va o'qish mavzularini qo‘llab o‘quvchilar yozma nutq bajarmaydilar. Yozuv til materialini puxta o‘zlashtirish, og‘zaki nutq va o‘qish malakalarini o‘stirish hamda o‘quv materialining o‘zlashtirish darajasini tekshirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Yozma ishlami bajarish oqibatida o‘quvchilar chet mamlakatdagi tengdoshlariga xat yoza olish malakasini egallaydilar.



Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish