Gisdrosfera
Reja:
Gidrosferaning tarkibiy qismlari.
Okean suvlari.
Quruqlik suvlari.
Gidrosferaning tarkibiy qismlari. Gidrosfera (yunoncha,suv qobig‘i) geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yerusti va yerosti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘laridan iborat.
Okean suvlari.Yer yuzasining deyarli 71 % ini okean suvlari egallagan. Ular dunyo suv zaxirasining 96,5 % ini tashkil etadi. Okean suvlarining asosiy xususiyati sho‘rligi va haroratidir. Okean suvlarining o‘rtacha sho‘rligi 35‰, ekvator yaqinida 34‰, tropiklarda 36‰, mo‘tadil va qutbiy kengliklarda 33‰. Suvning o‘rtacha harorati +17,5 °C, Òinch okean eng issiq +19,4 °C, eng sovuq okean Shimoliy Muz okeani (–0,75 °C). Suvning 3 — 4 km dan chuqur qismlarida harorat +2 °C dan 0 °C atrofida o‘zgaradi. Okean suvi sho‘r bo‘lganligi uchun – 2 °C da muzlaydi. Okean suvlari mantiyadan ajralib chiqqan degan g‘oyani ko‘pchilik olimlar tan olishadi. Bunga sabab hozirgi paytda mantiyadan suv ajralib chiqayotganligidir. Yer tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarning aksariyati ocean bilan bog‘liq. Okean quyosh energiyasini o‘zida to‘plovchi akkumulator hisoblanadi. Okeanlar materiklarning iqlimiga, tuproqlariga, hayvonot olamiga va inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etadi.
Quruqlik suvlari.Daryo, ko‘l, botqoqlik, muz va yerosti suvlari gidrosferaning quruqlikdagi suvlaridir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3,5 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5 % I chuchuk suvlardir. Daryolarningzichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog‘liq. Yog‘inlar ko‘p yog‘adigan hududlarda Amazonka, Kongo, Missisiði, Xuanxe, Volga kabi daryolar hosil bo‘lgan. Kam yog‘in yog‘adigan cho‘llarda daryolar bo‘lmaydi. Sirdaryo, Amudaryo, Nil kabi tranzit daryolar cho‘llarni kesib o‘tadi. Ko‘llarkattaligi, chuqurligi, oqar yoki oqmasligi, sho‘r yoki chuchukligi va kelib chiqishiga ko‘ra xilma-xildir. Dunyodagi eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li (376 ming kv km) bo‘lib, u va Orolni kattaligi uchun dengiz deb atashgan. Berk havzada joylashgan Kaspiy, Orol, Issiqko‘l va Balxash oqmas ko‘llar hisoblanadi. Dunyodagi eng chuqur ko‘llar Baykal (1 620 m) va Tanganika (1 470 m) oqar ko‘llaridir. Balxash ko‘lining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r. Rudolf ko‘li va O‘lik dengiz (270‰) sho‘r ko‘llardir. Kelib chiqishiga ko‘ra, ko‘llar 23 tektonik (Baykal, Tanganika, Nyasa), muzlik hosil qilgan (Finlandiyadagi ko‘pchilik ko‘llar), tog‘lardagi morena, vulqonli, qayir, sun’iy, karst ko‘llarga bo‘linadi.
Suv omborlari, kanallaryerlarni sug‘orish, elektr energiyasi olish, sel hodisalarining oldini olish, daryo suvlarini tartibga solish, dam olish kabi maqsadlarda quriladi. Muzliklarquruqlikning 11 % maydonini egallaydi. Muzliklarning 99 % i qutbiy o‘lkalarda, qoplama holatida joylashgan (Antarktida, Grenlandiya, Arktika). Òog‘ muzliklari qor chizig‘idan tepada hosil bo‘ladi. Ekvatorda qor chizig‘i 4,5 — 5 km balandlikdan o‘tadi. Kilimanjaro vulqonini 4 500 m balandligidan boshlab qor va muz o‘rab olgan. Qutblarda qor chizig‘I dengiz sathiga baravarlashadi. Yerosti suvlariyog‘inlarning Yer po‘stiga shimilishidan hosil bo‘ladi. Lekin kelib chiqishiga ko‘ra magmatik xususiyatga ega bo‘lgan geyzerlar ham yerosti suvlari qatoriga kiradi. Yerosti suvlarining gidrosferadagi ulushi 1,7 % ni tashkil etadi. Ular suvli qatlam (qum, shag‘al, tosh)larda to‘planadi. Agar suv o‘tkazmaydigan qatlam (gil)lar orasida joylashsa, artezian havzalarini hosil qiladi. Deyarli barcha tekisliklarda va tog‘ oralig‘I botiqlarida yerosti suv havzalari mavjud. Ularning ayrimlari shifobaxsh mineral suvlardir. Ko‘p yillik muzloq yerlartuproq, cho‘kindi jinslar bilan yerosti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan hosil bo‘ladi.Ular Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy qismida kata maydonlarni egallaydi. Ularning qalinligi 0 metrdan 1 500 metrgacha boradi.
Yer kurrasida suvlardan iborat bo’lgan qobiq, gidrosfera deb ataladi. Unga biosferadagi barcha suvlar-okean, dengiz, ko’l, daryo, muzliklar, yer osti suvlari va atmosfera havosi tarkibidagi suv bug’lari kiradi.
Gidrosferaning umumiy suv miqdori taxminan, 1403 mln km3 bo’lib, shundan okean suvlari 1370 mln km3, muzliklar 24 mln km3, yer osti suvlari 8 mln km3, ko’l suvlari 0,23 mln km3, tuproq tarkibidagi suvlar 0,007 mln km3, atmosfera tarkibidagi suv 0,014 mln km3, daryo suvlari 0,002 mln km3 suvni tashkil etadi.
«Biz tiriklikni suvda yaratdik», deyiladi Qur`oni Karimda. Darhaqiqat, suvsiz hayot yo’q! Suv kundalik hayotimizning barcha sohalarida qo’llanilishi bilan boshqa tabiiy resurslaridan tubdan farq qiladi. Ko’mir, neft, gaz va boshqa yoqilg’ilar biri ikkinchisining o’rnini bosishi mumkin, yoki issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, atom energiyasi va quyosh energiyasidan foydalanish mumkin. Ammo kundalik hayotimizda suvning o’rnini bosadigan boshqa tabiiy resurs yo’q.
Suvning kundalik hayotimizdagi ahamiyati quyidagilardan iborat:
1.Suv biosferadagi barcha jarayonlarda va, xususan, fotosintez jarayonlarining kechishiga, modda va energiya almashinishiga faol qatnashadi. Masalan, fotosintez jarayonida yiliga 225 mlrd tonna kislorod ajralib chiqadi, qariyb 300 mlrd tonna organik moddalar vujudga keladi.
2.Yer kurrasidagi barcha suv manbalari (okean, daryo, dengiz, ko’l, muzliklar, suv havzalari va boshqalar) sayyoramizda issiqlik rejimini, ya`ni iqlimni tartibga solib turadi.
Gidrosferadagi suv yozda quyosh energiyasini yutib, qishda atrof-muhitni sovib ketishdan muhofaza qiladi. Atmosfera havosi tarkibidagi suv bug’lari esa, quyosh radiasiyasining filtri hisoblanadi.
3. Suv barcha tirik organizmlar uchun yashash vositasidir. Chunki har qanday tirik organizm to’qimalarida ma`lum miqdorda suv mavjud. Masalan, voyaga etgan kishining tanasida 70 % gacha suv bo’ladi, yosh chaqaloqlarda esa, 97 % suv bo’ladi.
O’simliklar va hayvonot to’qimalarida 50-90 % atrofida, go’sht tarkibida 50 %, sutda esa, 85-90 % atrofida suv bo’ladi.
4. Suvsiz kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar amalga oshmaydi.
5.Suv tirik organizmlar tanasida haroratni boshqaruvchi modda, ya`ni termoregulyator vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun inson atrof-muhit haroratiga va jismoniy mehnat ko’lamiga qarab, bir sutkada 2,4- 6,5 litr suv iste`mol qiladi.
Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo, Surxandaryo, Ohangaron va Chirchiq daryolari respublikamizning asosiy suv manbalari hisoblanadi.
Respublikamizda hammasi bo’lib 10-12 mlrd m3 oqar suv mavjud bo’lib, qolgan 85-90 mlrd m3 suv kishni mamlakatlar (xususan, Tojikiston va Kirgiziston) dan oqib keladi.
Amudaryo suv yigish maydoni va yillik suv hajmi jihatidan boshka daryolardan yuqori turadi. Amudaryoning uzunligi 1900 km, faqatgina tog’larda suv yig’ish maydoni 2770 km2 ga tengdir. Amudaryoning qariyb 83% suvlari Tojikiston xududida, faqatgina 6% suvi O’zbekiston hududida shakllanadi.
Sirdaryoning uzunligi 2140 km bo’lib, suv yig’ish maydoni 150 ming km2 va yillik suv hajmi 37,1 km3 ni tashkil yetadi. Sirdaryoning qariyb 80% suvlari Qirg’iziston hududida, faqatgina 13% suvi respublikamiz xududida shakllanadi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Orol dengizi xavzasining suv resurslarining shakllanishiga Tojikiston Respublikasi alohida o’rin tutadi. Tojikiston hududida daryo suvlarining hajmi 52,7 km3ni tashkil yetadi yoki Orol dengizi havzasiga quyiladigan suvlarning qariyb 44% tashkil yetadi.
Bir kishi o’rtacha bir sutkada shaxsiy gigiena va maishiy kommunal zaruriyatlari uchun 150-450 litr suv ishlatadi. Ammo bu ko’rsatkich xizmat turiga va yaratilgan shart sharoitlarga bog’likdir. Agar suv quvurlari va kanalizatsiya quvurlari mavjud bo’lmasa, unda 30-50 litr suv sarflanadi. Agar suv quvurlari va kanalizatsiya quvurlari mavjud bo’lsa, 180-230 litr suv sarflanadi. Markaziy isitish tizimida esa, bir kishi uchun sutkasida 275- 400 litr suv sarflanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda bir kishi uchun bir sutkada o’rtacha 500-600 litr suv sarflanadi. Ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu ko’rsatkich 2-3 marotaba kichik bo’lib, 200-250 litr suv sarflanadi.
Maishiy xo’jalik ehtiyojlari uchun bir kishiga bir sutkada shaharlarda 150 litr suv (bir yilda 55m3 suv), qishloq joylarida esa, 50 litr suv (bir yilda 18-20m3 suv) sarflanadi.
Hozirgi paytda dunyoda 200 mln gektar yerlarni sug’orish uchun yiliga yer osti manbalaridan va daryolardan 2800 km3 suv olinmoqda. Bu esa daryo suvlarini 7 % ni tashkil yetadi. Sug’orish uchun olingan suvning 80 % yoki 2300 km3 suv ishlatilsa, uning 20 % yoki 470-480 km3 suv daryo va ko’llarga oqava suv sifatida oqizilib yuboriladi.
Bir tonna don etishtirish uchun 3 ming m3 suv, bir tonna sholi yetishtirish uchun 7 ming m3, bir tonna makkajo’xori yetishtirish uchun esa, 1500 m3 suv sarflanadi. 1 kg o’simlik massasi hosil bo’lishi uchun o’simlik turiga qarab 150 m3 dan 1000 m3 gacha suv sarf bo’ladi. Bir gektar g’o’zani sugorish uchun 12000-20000m3 suv sarflanadi.
Respublikamizning yillik suv sarfi 62-65 km3 bo’lib, shuning 25km3 Amudaryodan, 11km3 Sirdaryodan, qolgan qismi daryochalardan va yer osti suv manbalaridan olinadi. Olinadigan umumiy suv miqdoridan 85 % yoki 53-55 km3 ni qishloq xo’jaligi tarmoqlari ehtiyojlarini qondirish uchun, 12-16 km3 suv sanoat tarmoqlariga va atigi 3 % yoki 1,7 km3 suv kommunal xo’jaligi korxonalarning ehtiyojini qondirish uchun sarflanadi.
Biosfera
Reja:
Biosferada hayotning paydo bo'lishi
Biosferaning tirik moddalari
Biosferadagi tirik moddalarning funksiyalari va geoximik sikllari
Tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi, tabiat va uning turli yo'nalishdagi fanlarining kelib chiqishiga olib keldi. Tabiatni o'rganish borasida Aristotel, Al Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Mirzo Ulug'bek, Bobur Mirzo, Leonardo da Vinchi, Galiley, Kopernik, M.V. Lomonosov, J.L. Byuffon, J.B. Lamark, A. Gumbold, Ch. Darvin, V.V. Dokuchayev, V.I. Vernadskiy, vatandoshlarimiz Qori Niyoziy, Habib Abdullayev, Tesha Zohidov, Ahror Muzaffarov, Qodir Zokirov kabilarning xizmati beqiyosdir.
Katta tabiatshunos olim J.B. Lamark (1744-1829) birinchi marta «Biosfera» atamasini fanga kiritib, uning asl ma'nosini hayot tarqalgan joy va Yer yuzasida bo'layotgan jarayonlarga tirik organizmlar ta'siri, deb ifodalaydi. Avstriyalik geolog olim E. Zyuss 1875-yili Lamarkdan keyin «Biosfera» terminini ikkinchi bora fanga kiritadi va Yerda tarqalgan maxsus qobiq deb izoh beradi. Yer yuzida tirik organizmlar ko'p, ular xilma-xil va turli hududlarda tarqalgan. Yer yuzasining hayot tarqalgan qismi biosfera bo'lib, unga tirik organizmlar ta'sir qiladi. Biosfera sayyoraning eng katta ekosistemasi sifatida ham qaraladi.
Biosfera, odatda, uch qatlamdan, ya'ni ustki qatlam -litosfera, yuqori qatlam - atmosfera, suv qobig'i - gidrosferadan iborat. Shunday qilib, biosfera Yer shari (atmosfera, litosfera, gidrosfera)ning organizmlar tarqalgan qismi bo'lib, tarkibi, tuzilishi o'zgarib turish xususiyatiga egadir. Yerda hayotning paydo bo'lishi bilan biosfera hosil bo'lgan va sayyorada tiriklikning umumiy rivojlanishi boshlangan. Yerda hayotning paydo bo'lishi bundan 3-4 mlrd. yil awal deb ta'riflanadi.
Biosferaning quruqlik va suv qismlarida tirik organizmlar tarqalgan, havoda esa faqat sista, sporalargina uzoq vaqtgacha turishi mumkin, lekin ular ham biror-bir substrat ustida, ozuqa bor joydagina rivojlanadi (tuproq yoki suv muhiti). Biosferaning ustki qatlami atmosferadan azon qatlamigacha 25-35 km qalinlik, balandlikni egallaydi, shu qatlamning 10-15 km balandligida bakteriyalar, sporalar, zamburug', sodda tuzilgan boshqa organizmlar, ularning qismlari bo'lishi mumkin. Biosferaning bu qatlami azon qatlami bilan tutashadi; azon qatlami o'ziga xos ekran bo'lib, tirik organizmlarni ultrafiolet va boshqa kosmik nurlardan saqlaydi. Bu qatlamlar dengiz sathidan 20-50 km yuqoridadir.
Yer usti muhitida uchraydigan organizmlarning ko'pchiligi havoga, Yer ustidan 50-100 m balandlikka ko'tarilishi mumkin. Ayrim qushlar 1000-3000 m balandlikda uchsa, sayyoraning yuqori tog', tog' yonbag'irlarida ko'pchilik o'simlik va hayvonlar 4-6,5 km balandlikda yashashga moslashgan. Ular shunday balandlikda past bosim, kislorod va havoda namlikning kamligi, suyuq suvning yo'qligiga adaptatsiya qilgan. Tog' qo'ylar (Ovis ammon)\ va quyonlar (Lepus tibetanus)ning ayrim turlari 5-5,5 km balandlikda, yuqori tog' alp zog'chalar (Pyrrhocorax pyrrhocorax) hattoki 8,2 km balandlikdagi qoyalarda uchraydi.
Biosferaning pastki chegarasi litosfera bo'lib, unda tiriklik 2-3 km chuqurlikkacha tarqalgan: neft topilgan shunday chuqurliklarda turli mikroorganizmlar borligi aniqlangan. Litosferada asosiy hayot qatlami 1-3 m chuqurlikkacha boradi, daraxtlarning ildizlari 8-10 m, yantoq o'simligi ildizi 15-18 m, ayrim o'simliklarning ildizlari 52 m chuqurlikkacha boradi. Yer kavlovchi hayvonlarning ini (sug'urlar, bo'rsiqlar) 6-7 m, hasharotlardan termitlar 6 m chuqurlikkacha yetadi. Litosfera ustidagi organizmlarning asosiy massasi tuproqning I m qalinligida joylashgan. Gidrosferada organizmlar maksimal tarqalgan. Ayrim mikroorganizmlar, sodda tuzilgan umurtqasizlar va ko'r baliqlar 10-11 km chuqurlikda ham uchraydi (Tinch okeanning Tuskaror chuqurligida), dengiz o'simliklari va o'simlikxo'r hayvonlar 300-500 m chuqurlikkacha tarqalgan.
Biosferada uchraydigan suv havzalaridan ayrimlari haddan ortiq sho'r bo'lganligi tufayli ularda hayvonlar uchramaydi. Bunday suv muhitlaridan O'lik dengiz (suvining sho'rligi 23%o), Armanistondagi tuz ko'li (sho'rligi 32%o), okeanlarning 10-
II km chuqur tublari yoki Turkiston hududidagi ayrim sho'r, nomakob ko'llarda (suvning sho'rligi 230-280 g/1) ham hayot kam. Umurtqali hayvonlar mutloq uchramaydi. Xlor konsentratsiyasining ko'pligi tufayli mutloq tiriklik yo'q suv havzalari sayyorada 1-2 tani tashkil qiladi, xolos.
Suv muhitining katta chuqurliklarida geterotrof organizmlar uchrab, ular organik moddalar bilan oziqlanadi. Masalan, 6000 m va undan chuqur (8-11 km)da pogonoforalar (Pogonofora) va ba'zi chuvalchanglar (Annelides), poliplar (Umbelliludne), ayrim ko'r baliqlar uchraydi.
Shunday qilib, biosfera atmosferaning pastki qismi, litosferaning ustki qismi va to'la gidrosferadan iboratdir
Biosferada hayotning paydo bo'lishi. Biosferada evolutsion rivojlanish uzoq jarayon bo'lib, ikki omil ta'sirida yuzaga kelgan, ya'ni:
1. allogen/tashqi/kuchlar - geologik va klimatik o'zgarishlar natijasida;
2.autogen/ichki/jarayonlar - ekosistemalar komponent-larining aktiv faoliyati ta'sirida yuzaga kelgan va uzoq geologik davrlarda organizmlar evolutsiyasi murakkab va bar xil sistemalar tuzish yo'li bilan o'tadi. Bunda evolutsion o'zgarish va tabiiy tanlanish rol o'ynaydi, ayniqsa:
1) Koevolutsiya, ya'ni biri-biriga qaram avtotrof va geterotrof organizmlar tanlovi; 2) Guruhlik tanlovi yoki sistemalar tanlovi (guruh) uchun foydali belgilarning saqlanib qolishida ahamiyati katta bo'ladi.
Bundan 3.5-4 mlrd. yil avval Yerda hayot paydo bo'lganida atmosfera tarkibida azot, ammiak, vodorod, uglerod oksidi, metan va suv bug'lari bo'lgan, kislorod bo'lmagan. Ko'rsatilgan gazlardan tashqari atmosferada tirik organizmlar uchun zaharli gazlar ham bo'lgan. Atmosferada kislorodning yo'qligi tufayli azon qatlami ham bo'lmagan va ultrafiolet nurlar Yer hamda okeanlar yuzasiga yetib kelgan. Ular kimyoviy evolutsiyani yuzaga keltirib, murakkab organik molekula (aminokislotalar)ning kelib chiqishiga sabab bo'lgan, o'z navbatida juda sodda tirik sistemalarning paydo bo'lishiga olib kelgan. Abiotik jarayonlarda hosil bo'lgan oz miqdordagi kislorod, ultrabinafsha nurlar ta'sirida yetarli darajadagi azon qatlamini paydo qilib, birlamchi organizmlarni ultrabinafsha nurlarning salbiy ta'siridan saqlagan. Yer yuzidagi birinchi tirik organizmlar achitqi zamburug'-larga o'xshagan anaeroblar bo'lib, nafas olish uchun energiyani ochish jarayonidan olgan. Birlamchi sodda organizmlar bir hujayralik holatdan yuqoriga evolutsiya qila olmagan. Ular (prokariotlar)da yadro bo'lmagan, oziqlanishi ham chegaralan-gan. Suv havzalari tagiga asta-sekin cho'kkan organik moddalar hisobiga oziqlangan. Shu vaqtdagi organizmlar suv yuzasiga ko'tarilmagan, sababi, suv yuzasi kuchli radiatsiya ta'sirida bo'lgan. Hayot shu tarzda noqulay sharoitda million-million yillar davom etgan.
Organizmlar faoliyati natijasida suv muhitida erigan kislorod miqdorining asta-sekin ko'payishi, bundan 2 mlrd. yil oldin uning atmosferaga diffuziya bo'lishi Yer tabiatida misli ko'rilmagan o'zgarishlarni yuzaga keltiradi, hayotning keng tarqalishiga va eukariot (yadroli) organizmlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ulardan o'z navbatida ancha katta va murakkab sistemalar paydo bo'ladi. Suvdan ko'p minerallar (masalan, temir) cho'kmaga tushib, geologik formatsiyalarni hosil qiladi. Atmosferadagi azon qatlami qalinlashib, ultrabinafsha nurlardan tirik organizmlar saqlanishiga katta imkon tug'iladi va hayot dengizlarning yuza qismida ham tarqala boshlaydi (Cloud, 1978) va suv yuzasida «yashil quruqlik»-hayot hosil bo'ladi. Aerob yo'l bilan nafas olish ko'p hujayrali organizmlarning rivojlanishiga olib keladi. Ma'lumotlarga ko'ra, atmosferada kislorodning miqdori 3-4% (yoki atmosferaning 0,6% qismi) bo'lganda, bundan 1 mlrd. yillar avval yadroli hujayralar paydo bo'lgan (hozir atmosferada kislorod 20%). Ayrim olimlarning fikricha, mustaqil mikroblarning bir-biri bilan mutalizm yo'li bilan birlashishidan eukariot hujayralar kelib chiqqan (Margulis, 1982).
Taxminan bundan 700 mln. yillar avval kislorodning miqdori 8% ga yetganda birinchi ko'p hujayrali organizmlar rivojlangan. Kembriy davrida evolutsion portlash bo'lib, hayotning yangi formalari rivojlanadi. Suvda bulutlar, korallar, chuvalchanglar, molluskalar, dengiz suvo'tlari, hozirgi urug'li o'simlik, hayvonlarning oldingi ajdodlari paydo bo'ladi va rivojlanadi. Mayda yashil o'simliklar hosil qilgan kislorod Yer yuzini qisqa vaqtda tirik organizmlar bilan o'rab olinishiga sabab bo'ladi. Paleozoy erasining turli davrlarida hayot hamma dengizlarni egallabgina qolmasdan quruqlikka ham chiqadi. Yer ustida yashil o'simliklarning rivojlanishi muhitda kislorod va ozuqaning ko'payishiga, keyinchalik katta hayvonlar (dinozavrlar, sutemizuvchilar), oxirida insonning evolutsiya qilishiga olib keladi. Ammo atmosferadagi kislorodning hozirgi miqdori (20%) paleoziya o'rtalarida, taxminan bundan 400 mln. yillar oldin yuzaga kelib, uning hosil bo'lishi o'zlashtirish jarayoni bilan tenglashadi.
Paleozoy oxirida atmosferada kislorodning miqdori kamayib, CO, ortadi, natijada iqlim keskin o'zgaradi, avtotrtiflar qoldig'idan katta Yer usti qazilmalar (ko'mir) hosil bo'ladi. Keyinchalik atmosferada O, miqdori keskin o'zgaradi, CO2 pasayadi, ular o'rtasida notekislik kelib chiqadi.
Shunday qilib, hayot o'zining birinchi davrida muhitga, undagi radiatsiyaning fizikaviy-kimyoviy o'zgarishlariga moslashishdan boshlangan. Evolutsion rivojlanishning eng yuqori bosqichi tur paydo bo'lishi va ular asosida katta-kichik biologik sistemalarning yuzaga kelishi bo'lgan.
Tur - bu tabiiy biologik birlik bo'lib, uning hamma a'zolari umumiy genofondning tashkil bo'lishida qatnashadi. Evolutsiya genlar chastotasi o'zgarishidan iborat bo'lib, u atrof-muhit va turlararo munosabatlardan kelib chiqadigan tanlanish, genetik tuzilishning o'zgarishi natijasidir.
Turlar hosil qiladigan biologik sistemalar va ularning evolutsiyasi koevolutsiya deb aytiladi. ya'ni sistema ichidagi organizmlarning bir-birlari bilan munosabatlari evolutsiyasida guruhlar o'rtasida genetik informatsiya almashinib turadi.
Atmasfera
Rеjа:
Аtmоsfеrаning tuzilishi vа tаrkibi.
Аtmоsfеrаni iflоslаntiruvchi mаnbаlаr.
Аtmоsfеrа sifаtini mе’yorlаshning ilmiy аsоslаri.
Аtmоsfеrа sifаti mе’yorlаri.
Аtmоsfеrаning iflоslаnishi glоbаl, rеgiоnаl, lоkаl bo’lishi mumkin.
Bu iflоslаnishlаrni аniq аyribоshlаsh qiyin mаsаlа chunki, аtmоsfеrа hаvоsi chеgаrа bilmаsdir. Iflоslаnish mаsshtаbi chiqindi chiqаrilish ko’chigа hаvо оqimini хаrаktеrigа bоg’liqdir.
Tаbiаtni iflоslаnishi tаbiiy оmillаrgа bоg’liq: ya’ni chаngli bo’rоnlаr, vulqоnlаrni оtilishi, tuprоqlаrni ko’chishi shаmоl bilаn, o’rmоnlаrni yonishidаn sоdir bo’lаdi.
Аtmоsfеrаni аntrоpоgеn iflоslаnish mаnbаlаri qo’yidаgichа bo’lingаn:
- ishlаb chiqаrish kоrхоnаlаri
- trаnspоrt
- хоnаdоn vа mаishiy ho’jаliklаr
Mаsаlаn, Rоssiyadа iflоslаnish mаnbаlаri ulushlаri quyidаgichаdir: umumiy chiqindilаrni chiqаrish hisоbidаn issiqlik elеktrstаntciyalаri 27%ni, qоrа mеtаllurgiya 24%, rаngli mеtаllurgiya 10%, nеft qаzib оlish vа nеft kimyo 15%, аvtоtrаnspоrt 13%, qurilish industriyasi kоrхоnаlаri 8%, kimyo ishlаb chiqаrish 1%ni tаshkil etаdi.
Enеrgеtik kоrхоnаlаrning hаvо bаssеynigа tа’siri yoqilаyotgаn yonilg’isigа qаrаb аniqlаnаdi. Ko’mirdа ishlаydigаn elеktrоstаntciyalаr 1 yildа 139 mln. kg оltingugurt оksidlаrini, 21 mln kg аzоt оksidlаrini, 5 mln kg qаttiq mоddаlаrni chiqаrаdi.
Hаvоni zахаrlаnishidаn dаrахtlаr sаrg’аyib to’kilmоqdа, bоg’lаrdаgi dаrахtlаrning хоsili nоbud bo’lmоqdа. Yo’l bo’yidаgi dаrахtlаr, shох-shаbbаlаr, ko’kаtlаr ko’plаb miqdоrdа оg’ir mеtаllаrni o’zlаridа to’plаydilаr, shuning uchun hаm yo’l bo’yidаn tаbоbаt o’simliklаrini yig’ish, pichаn tаyyorlаsh ruхsаt etilmаydi. Bundаy o’tlаrdаn оziqlаngаn хаyvоnlаrdа qo’rg’оshin bo’lib insоn hаyoti uchun хаvflidir. Аvtоmаgistаllаrdаgi hаvоdа qo’rg’оshin kоntcеntrаtciyasi mаksimumgа egа jоylаrdа, оlimlаr quyidаgilаrni аniqlаdilаr:
- o’simliklаrdа fоtоsintеz kаmаygаn;
- еrdа o’sаdigаn sаbzаvоtlаrni vа ko’kаtlаr mаssаsi kаmаygаn;
- bаrglаrni vа butun bir o’simliklаrni qаrish jаrаyoni tеzlаshgаn;
- qo’rg’оshin miqdоri ko’pаygаn zоnаlаr kеngаygаn;
Ishlаb chiqаrishdаn chiqаyotgаn chiqindilаr, аsоsаn оg’ir mеtаll mаssаlаri tuprоqqа o’tirаdi, shu bilаn birgа tuprоqlаrning chuqurrоqlаridа hаm оg’ir mеtаll miqdоri оshishi kuzаtilgаn. Buni quyidаgichа tushunish mumkin: o’tа nаm tuprоqdа оrgаnik kislоtаlаrni хоsil bo’lishi tеzlаshаdi, оg’ir mеtаllаr esа ulаr bilаn kоmplеks birlаshmаlаr хоsil qilаdi. Ulаr esа o’z nаvbаtidа tuprоqdаgi bаktеriyalаrning yashаsh shаrоitigа vа оhiridа hоsildоrlikni sifаt vа sоnigа tа’sir ko’rsаtаdi. Аtmоsfеrаning iflоslаnishi qishlоq хo’jаligigа kаttа zаrаr еtkаzаdi. «Kislоtаli yomg’ir» o’rmоn vа qishlоq хo’jаligigа, bаliq rеsurslаrigа kаttа zаrаr еtkаzаdi.
Zаhаrli mоdаlаrning hаvоdаgi kоntcеntrаtciyasi bilаn mеtаll vа binоlаrning kоrrоziyasi оrаsidаgi bоg’liqlik аniqlаngаn. Fаqаtginа yangi inshооtlаrginа emаs хаttо 100 yillаb turgаn tаriхiy binоlаr hаm buzilmоqdа. Dunyo jаmiyatini Аntаrktidа ustidа аniqlаngаn «оzоn (tеshigi) tuynug» kаttа hаvоtirgа sоlmоqdа. Uning kеngаyishi еrdаgi butun jоnzоtni quyoshning ultrаbinаfshа nuridаn хаlоk bo’lishigа оlib kеlishi mumkin.
Еr аhоlisining ko’pchiligini аtmоsfеrаdаgi o’zgаrishlаr hаvоtirgа sоlmоqdа. Sаbаbi hаvоning iflоslаnish fоnini o’zgаrishini o’lchаsh bo’lmоqdа. SО2 gаzini аtmоsfеrаdа 2 bаrоbаr ko’pаyishi, еr shаrini hаrоrаtini o’rtаchа hisоbdа 1,5-4,5°S ko’tаrilishigа оlib kеlmоkdа.
Аtrоf muhitning sifаt mе’yorlаri
Аtrоf muhitni sifаt mе’yori
Sаnitаr-gigiеnа
Ekоlоgik
Yordаmchi
RIM tа’sirchаn
kimyoviy mоddаlаr
Chiqаrish vа tаshlаmаlаr mе’yori
Tехnоlоgiyalаr mе’yori
Zаrаrli fizik tа’sirlаrni RCHM
Shоvqin vа tit-rаshlаrni mе’yori
Biоlоgik iflоs-lаnish mе’yorlаri
Zаrаrli biоlоgik tа’sirlаrni RCHM
Rаdiаtciya mе’yori
Rаdiаtciyaning RCH
Хujаlikdа ishlаti-lаdigаn kimеviy mоddаlаr mе’yori
Оziq-оvqаtdаgi
kimyoviy
mоddаlаrning RCH
Qurilish, shахаr qurilish mе’yorlаri
Sаnitаr vа himоya zоnаlаrining mе’yori
Аtrоf tаbiiy muhit sifаtini mе’yorlаsh mехаnizmini tаkоmillаshtirish butun biоsfеrа uchun ekоlоgik shаrоitni tаshkil qilishdir.
Аtmоsfеrа sifаti kоnkrеt rеgiоn, vilоyat vа хаttо shаhаr iqtisоdiy хususiyatigа bоg’liqdir. Аtrоf tаbiiy muhit sifаt mеyorini bоshqаrish uchun:
CHREK – zаrаrli mоdаlаrning ruхsаt etilgаn chеgаrаviy kоntcеntrаtciya;
CHRET – chеgаrаviy ruхsаt etilgаn tаshlаnmа.
Ekоlоgik – хuquqiy chоrаlаr yordаmidа аtmоsfеrа hаvоsini hаr хil zахаrli mоddаlаr bilаn zаrаrlаnishini оldini оlishgа хаrаkаt qilinmоqdа.
Аvtоtrаnspоrtdа ekоlоgik zаrаrsiz yoqilg’ilаrdаn fоydаlаnish hisоbigа chiqindi chiqаrishni kаmаytirish bo’yichа lоyihаlаr ko’rib chiqilmоqdа. Trаnspоrt vоsitаlаrini ekоlоgik tехnik nаzоrаti kuchаytirilmоqdа. Аtоtrаnspоrt vоsitаlаridаn SО vа SN chiqindilаrini chiqаrish mеyoridаn оshib kеtsа qаttiq qo’l shtrаflаr, chiqindilаrni chiqishini mе’yoriy yo’nаltirishgа mаjbur qilаdi.
CHREK bilаn mе’yorlаsh аhоlini sаnitаr epidеmiоlоgik hоlаtini yaхshilаsh tаshkil etishni аsоsi hisоblаnаdi. Muhitni sаnitаr mе’yorlаsh bоsh mаsаlаsi, insоn оrgаnizmigа tа’sir qiluvchi оmillаrni ruхsаt etilgаn chеgаrаsini аniqlаb, хаmmаgа bir хil sаnitаr mеyorini o’rnаtishdir.
Zаrаrli mоddаlаrning kоntcеntrаtciyalаrining CHREK mе’yori аtrоf tаbiiy muhitning sоtciаl, gigiеnik vа ekоlоgik хоlаtini bаhоlаshi mumkin хоlоs, аmmо ulаrning zаrаrli tа’sir mаnbаlаri vа qаy yo’sindа o’zgаrishini ko’rsаtа оlmаydi. Bu funktciyani zаrаrli mоddаlаrni CHREK bаjаrаdi. CHRET kоrхоnаlаr, bоshqаrmаlаr, tаshkilоtlаr uchun emаs, ulаrning chiqаrish mаnbаlаrigа o’rnаtilаdi. CHunki ishlаb chiqаrishdа bir nеchа chiqindi chiqаrish mаnbаi bo’lishi mumkin.
O’zbеkistоndа аvtоtrаnspоrtdаn chiqаrilgаn chiqindilаrning kiritilgаn. Misоl tаriqаsidа аvtоtrаnspоrtdа CHRET, yuritkichlаrning turi vа ulаrning yonish kаmеrаsi хаjmigа bоg’liqdir. VАZ аvtоmоbilining yuritkich хаjmi 1100-1200 sm3 аtmоsfеrаgа CHRET SО bo’yichа 3 %, SN bo’yichа 1,5% tаshkil qilishi kеrаk. АKSHdа shundаy yuritkichlаrgа mеyorlаr 1,5 bаrаvаr kаm. Stаtistikа ko’rsаtkichlаri ko’rsаtаdiki, ko’pchilik shахаrlаrdа аvtоmоbil trаnspоrtigа tеgishli iflоslаnishlаr 50-90 %ni tаshkil qilаdi.
SHu kunlаrdа dоlzаrb muаmmоlаrdаn biri аtmоsfеrаni rаdiаtciyasi iflоslаnishidir. Rаdiаtciоn tа’sir – bu iоn nurlаnish, rаdiоаktiv mоddаlrning аtоm yadrоsidаn pаrchаlаnish hisоbigа hоsil bo’lаdigаn kiyoviy elеmеntlаrning аktiv nurlаnishi hisоbigа bo’lаdi. Insоning tirik tаnаlаrdаn o’tаyotib rаdiаtciоn nurlаnish kаtаklаrdа enеrgiyani yutib оlаdi, biоlоgik jаrаyon buzilаdi bu nаrsа оrgаnizmdа fizik, kimyoviy, fiziоlоgik vа охiridа pаtоlоgik o’zgаrishlаrgа sаbаb bo’lаdi. SHuning uchun hаm ekоlоgiya bo’yichа ilm Fаn tаrаqqiyotigа vа ulаrni tаdbiq etishgа, mоliya аjrаtilishi kuchаytirilishi vа yangi sоliq bo’yichа kоnkrеt qоnunlаr ishlаb chiqish zаrur. Nеgаki sаnktciyalаr vа jаrimаlаr bilаn аtrоf tаbiаt muhitini yaхshilаb bo’lmаydi.
O’simliklar bilan umumiy tanishish
Reja:
O’simliklar organlarining tuzilishi.
Tuban o’simliklar vakillarining turli-tumanligi.
Yuksak ochiq urug’li o’simliklarning tuzilishi va tarqalishi.
Yuksak yopiq urug’li o’simliklarning tuzilishi va tarqalishi.
O’simliklarning inson hayotidagi va tabiatdagi aham iyati.
O’simliklar vegetativ organlari: ildiz, poya, bargning morfologik tuzilishi. Vegetativ (lotincha vegetation so’zidan olingan bo’lib, o’sish, rivojlanish degan ma‘noni bildiradi) organlarga ildiz, poya va barg kiradi. Bu organlar bir – biri bilan bog’langan holda juda muhim vazifalarni bajaradi.
Ildizning morfologik tuzilishi. Ildiz o’simlikni tuproqqa biriktirib, tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalarni yer ustki qismlariga yetkazadigan, bargsiz va kurtaksiz yer ostki qismidir. Ba‘zi ildizlarda zapas holdagi oziq moddalar ko’p miqdorda to’planadi (sholg’om, turp, georgina). Ildiz vegetativ ko’payish uchun xizmat qiladi. Ayrim o’simliklarda ildiz mikroorganizmlar bilan simbioz holda yashaydi.
Ildizlar kelib chiqishiga ko’ra asosiy, yon va qo’shimcha ildizlarga bo’linadi.
Asosiy ildiz gulli o’simliklarda murtakdagi boshlang’ich ildizning o’sishidan hosil bo’ladi. Tuproqning yuza qatlamida namgarchilik kamayishi tufayli ildiz tuproq orasiga kirib boradi ya‘ni yon ildiz shoxlanib 1 – tartib ildizni, bu ildiz esa o’z navbatida 2 – tartib ildizni hosil qiladi va hokazo.
Qo’shimcha ildiz poyaning tuproq bilan birikib turgan joyida, nam tuproqqa tegib turgan novda (tok) yoki bargda (begoniya, binafsha) hosil bo’ladi.
Ayrim ko’p yillik o’simliklar yon ildizlaridan qo’shimcha kurtaklar hosil qilib, keyinroq bu kurtaklardan o’sib chiqqan poyalar ildiz bachkilar deyiladi. Ildiz bachki hosil qiluvchi o’simliklarga terak, gilos, olma, akatsiya, qizilmiya, pechak, kakra va buta o’simliklar misol bo’ladi.
Shakli o’zgargan (metamorfoz) ildizlar bir necha xil bo’ladi:
Ildizmevalar. Asosiy ildizning shakli o’zgarib unda ko’p miqdorda zapas oziq moddalar to’planishi natijasida hosil bo’ladi (petrushka, lavlagi, sabzi, sholg’om).
Ildiz tuganak. Yon va qo’shimcha ildizlarda zapas oziq moddalarning ko’p miqdorda to’planishidan hosil bo’ladi. Ular vegetativ ko’payishga xizmat qiladi (kartoshkagul, batat, tuganakli ayiqtovon).
Tayanch ildizlar. Poyadan chiqqan qo’shimcha ildizlar ko’pincha poyani tik tutib turishga xizmat qiladi (makkajo’xori, oqjo’xori).
So’rg’ich ildizlar o’zida xlorofill donachalari bo’lmaganligi sababli boshqa o’simliklardagi oziq moddalar hisobiga yashaydigan tekinxo’r o’simliklarda (zarpechak, shumg’iya, plyush) rivojlangan.
Poya va novdaning tuzilishi. Yuksak o’simliklarning yer ustki asosiy vegetativ organi poya hisoblanadi. Poya o’simlikning bargsiz, kurtaksiz qismidir. Poya ildiz va bargni morfologik va funktsional jihatdan bog’laydi. Poya orqali ildizdan shimilgan suv va unda erigan mineral moddalar barg tomon, bargda hosil bo’lgan organik moddalar ildiz tomon harakatlanadi. Ba‘zi o’simliklar poyasida zapas holda oziq moddalar ham to’planadi.
Turli o’simlik poyalari eniga, bo’yiga va shakliga ko’ra turlicha bo’ladi. Poyalar tik o’suvchi (kungaboqar, makkajo’xori, g’o’za, archa), o’rmalab o’sadigan (qulupnay, ajriq), palak otib (qovun, tarvuz), boshqa narsalarga ilashib (tok, qozonsochiq), chirmashib (karnaygul, qo’ypechak) o’sishi mumkin. Poyalar shoxlangan va shoxlanmagan bo’lishi mumkin.
Bargli, kurtakli poya novda deyiladi. Daraxt va butalarning bir yillik shoxi hamda daraxt va butalarning urug’dan unib chiqqan niholi novda deyiladi. Novdaning uchki qismida doimo kurtak bo’lib, u novdaning yuqoriga qarab o’sishiga xizmat qiladi. Uchki kurtakning ostida va barg qo’ltig’ida kurtaklar joylashib, ular yon kurtaklar deyiladi. Yon kurtaklar barg, gul va yon novda hosil qiluvchi kurtakka bo’linadi. Novda bo’g’im va bo’g’im oralig’idan iborat. Har bir bo’g’imda barg joylashgan. Barg qo’ltig’ida esa kurtak joylashgan. Novdada yashirin va qo’shimcha kurtaklar ham bo’ladi. Bu kurtaklar zarur hollardagina (m-n, uchki kurtak chilpib tashlansa) ko’karadi. .
Bargning tuzilishi. Barg o’simlikning eng muhim vegetativ organi bo’lib, unda fotosintez, transpiratsiya va gazlar almashinuvi kabi zarur fiziologik jarayonlar sodir bo’ladi.
Barg ikkita asosiy qismdan ya‘ni barg plastinkasi va barg bandidan iboratdir. Barg plastinkasi bandi orqali novdaga birikkan bo’ladi. Barg bandi egiluvchan (elastik) bo’lib, u bargni quyoshga qarab burilishini va har xil mexanik ta‘sirlarga nisbatan chidamliligini ta‘minlaydi. Barg bandi o’simlik turiga qarab uzun, qisqa yoki umuman bo’lmasligi mumkin. Agar barg bandsiz bo’lsa, bunday barg o’troq barg deyiladi. (masalan, bug’doy, lola, makkajo’xori)
Yuksak o’simliklarning bargi tuzilishiga qarab oddiy va murakkab barglarga bo’linadi. Agar barg bandida bitta barg plastinkasi joylashgan bo’lsa, oddiy barg deyiladi. Bunga misol qilib olma, tok, tut, yantoq, ravoch kabilarni keltirish mumkin. Bitta barg bandida bir nechta bargchalar joylashgan bo’lsa, murakkab barg deyiladi. Loviya, qulupnay, yeryong’oq, no’xat, akatsiya kabi o’simliklarning bargi murakkab barg hisoblanadi.
Barg plastinkalari yumaloq, oval, rombsimon, nashtarsimon, yuraksimon, buyraksimon, qalami, nashtarsimon, uchburchaksimon va boshqa shaklda bo’ladi. Bundan tashqari barg plastinkasining cheti tekis, qirqilgan, o’yilgan bo’lishi mumkin.
Bir o’simlikning o’zida ham barglar har xil bo’lishi mumkin (geterofiliya). Tut daraxtining vegetativ novdasidagi barglar qirqilgan, hosil shoxlaridagi barglar esa yaxlit bo’lishi mumkin.
Barglar tomirlanishiga qarab ikkiga ajratiladi: to’rsimon va parallel tomirlangan barglar. Ikki pallali o’simliklarning barglari to’rsimon tomirlangan bo’ladi (yalpiz, na‘matak, g’o’za, olma, kartoshka). Bir pallali o’simliklarning bargi esa parallel toirlangan bo’ladi (bug’doy, sholi, makkajo’xori, g’umay).
Barglar novdada navbat bilan, qarama – qarshi yoki halqa hosil qilib joylashishi mumkin.
Ko’pchilik o’simliklarning bargi o’zlari yashaydigan sharoitga moslashgan holda asl qiyofalarini o’zgartirishgan. Masalan, qurg’oqchil sharoitda o’sadigan ayrim o’simliklarning bargi tikanga aylangan. Kaktus, zirk, sparja kabi o’simliklarning bargi mutlaqo tikanga aylangan.
Suvda yoki botqoqlikda o’sadigan ayrim o’simliklarning barglari hasharotlarni tutib olishga va uni hazm qilishga moslashgan. Masalan, Braziliyada o’sadigan hashorotxo’r o’simlik Nepentisning barg bandi ko’zachaga, plastinkasi esa qopqoqchaga aylangan. Hashorot ko’zachaga tushishi bilan qopqoq yopiladi va ichkarida hashorot hazm bo’ladi.
Gulning morfologik tuzilishi. To’pgul va uning tiplari. Generativ organlar o’simlikning ko’payishi uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham ular reproduktiv organlar ham deyiladi.
Gul shakli o’zgargan novda bo’lib, uning qismlari metamorfozga uchragan. To’liq gul gul bandi, gul o’rni, gulqo’rg’on ya‘ni gulkosa va gultoji, changchi va urug’chidan iboratdir. Gul bandi gulni novdaga biriktirib turadi. Gul bandining yuqori qismi kengaygan bo’lib, gul o’rni deyiladi. Gulning hamma qismlari gul o’rniga birikib turadi. Gulning eng tashqi qismida gulkosa yoki kosachabarglar joylashgan bo’lib, ular gulning nozik ichki qismlarini noqulay sharoitdan saqlaydi. Kosachabarglar asosan yashil rangdagi bargchalardan iborat bo’lib, ularning soni o’simlik xiliga qarab turlicha bo’ladi.
Gultojibarglar kosachabarglardan keyin joylashgan bo’lib, xilma-xil tiniq ranglarda bo’lganidan hasharotlarni jalb qiladi. Bu gultojning birinchi vazifasi bo’lsa, ikkinchidan u changchi va urug’chini noqulay sharoitdan saqlaydi. Gulkosa va gultoji o’zaro qo’shilib o’sgan yoki erkin bo’lishi mumkin. Gulkosa va gultoji birgalikda gulqo’rg’onni hosil qiladi.
Gulning asosiy qismi changchi va urug’chi hisoblanadi. Changchi chang ipi va changdondan iborat. Changdon ichida changlar (mikrosporafillar) yetiladi. Guldagi changchilar to’plami androtsey deb ataladi.
Urug’chi ko’pincha gulning markaziy qismida joylashadi. U uch qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Tumshuqcha changlanish vaqtida changni ushlash, ustuncha tuguncha va tumshuqchani birlashtirib turish vazifasini bajaradi. Tugunchada esa urug’kurtak rivojlanadi. Urug’chilar to’plami ginetsey deyiladi. Agar gulda androtsey hamda ginetsey bo’lsa, bu gul ikki jinsli gul, faqat androtsey yoki ginetsey bo’lsa, bunday gul bir jinsli gul deyiladi.
Hayvonot olamining xilma-xilligi.
Reja:
Sodda hayvonlar tipi vakillarining tuzilishi va hayoti.
Umurtqasiz hayvonlar vakillarining xilma-xilligi.
Umurtqali hayvonlar vakillarining xilma-xilligi va yashash muhitiga moslanishi.
Hayvonot olamining tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.
Hayvonot olamini muhofaza qilish.
Yer yuzida hayvonot olami ham o`simliklar singari tarqalgan. Ularning shimoliy muz qutblaridan tortib janubiy kengliklargacha, shuningdek, cho`l, dasht, tog` zonalarida ham uchratish mumkin.
Hayvonot olami juda ham xilma-xildir. Hozirgi paytda yer yuzida 1500 mingdan ortiq hayvon turlari ma`lum. Hayvonlarning xilma-xillig, tuzilishi, xulq-atvori, ko`payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiatda va inson hayotidagi rolini o`rganadigan fan zoologiya deb ataladi.
Hayvonlar bilan osimliklar murrakkab tuzilishga ega bolib ularning umumiy oxshashlik tomonlari xam bor. Masalan: ularning xar ikkalasi xam xujayralardan tuzilgan ikkalasi xam oziqlanadi osadi rivojlanadi kopgina xayotiy jarayonlari xam juda oxshash ketadi. Bularning xammasi hayvonlar bilan osimliklar birbiriga qarindosh ekanligini, ular bir negizdan tarqalganligini ko`rsatadi. Lekin shu bilan birga ular o`rtasida katta farqlar xam bor. Masalan: hayvonlar - geterotrof, o`simliklar esa avtotrof organizmlardir. Xayvonlar yuradi, xarakat qiladi, noqulay sharoitdan qulay sharoitga o`tadi. O`simliklar esa bir xil sharoitda ekiladimi o`sha er sharoitga moslashsa o`sadi, moslasha olmasa nobud bo`ladi. Shuning uchun xam hayvonlar soni o`simliklarga nisbatan 3 barobar ortiqdir.
Sodda hayvonlar tipi. Mazkur tipning vakillari eng sodda tuzilishga ega bo`lgan bir hujayrali hayvonlardan iborat. Ularni sodda hayvonlar deyilishiga sabab ham tanasining bitta hujayradan tashkil topganligidandir.
Eng sodda hayvonlarning ko`pchiligi mikroskop ostida ko`rinadigan juda mayda organizmlardir. Ularning kattaligi 50-100 mm dan 1-2 mm gacha bo`ladi. Sodda hayvonlar yer yuzida keng tarqalgan. Ular hamma yerda: chuchuk va sho`r suvda, ham tuproqlarda, hovuz, ariq, ko`lmak suvlarda, dengiz va okeanlarda, ba`zi vakillarini hatto hayvon va odam organiznida ham uchratish mumkin.
Bir hujayrali yoki sodda hayvonlarning tanasi tashkil etadigan xujayralarni ko`p xujayralardan farqi shundaki, U bitta xujayradan iborat bo`lsa xamki murakkab tuzilishga ega bo`lib, murakabligi xujayra ayrim qisimlarining deferinsiallanganligi ularning har xil funksiyalari bajarishga layoqatlanganligidandir. Xujayraning ba`zi qismlari xarakatlantirish vazifasini bajarsa, ba`zilari ovqat qabul qilish yoki ovqat hazm qilishga, boshqalari esa ortiqcha suvni va dissimilyasiya mahsulotlarini hujayradan chiqarib yuborishga moslashgan. Hujayraning ixtisoslashgan bu qismlari organella yoki organoidlar deb ataladi. Buni uning tipik vakili bo`lgan infuzoriya hujayrasida ko`rish mumkin. Hujayra tarkibida bir yoki bir nechta yadro, protoplazma, vakuollar bo`ladi.
Jinssiz ko`payganda infizoriya hujasrasidagi yadro ikkiga bo`linadi. Undan ikkita yangi organizm hosil bo`ladi.
Eng sodda hayvonlar jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Lekin ularda jinsiy ko`payishga nisbatan jinssiz ko`ayish ko`p uchraydi. Buning yana bir isboti shuki ko`p xujayrali xayvonning xujayrali diferensialangan bo`lib muayyan vazifani bajarishga moslashgan. Ular ma`lum bir tomonga har xil darajada ixtisoslashgan. Bitta xujayradan tashkil topgan sodda xayvonlarning hujayrasi esa ana shularning xammasini bir xujayra ichida joylashtirib, barcha xayotiy vazifalarni bajaradi va mustaqil yashashga qodir bo`ladi. Sodda xayvonlar olami nixoyatda katta va xilma-xildir. Hozirgi vaaqtda ularning turi 15000 tadan ortadi. Bulardan tashqari tabiatda ularning xili aniqlanmagan, ayni paytda parazitlik qilib yashaydigan juda ko`p turlari ham bor .Sodda hayvonlarga amyoba, infuzoriya-tufelka, evglena, volvoks va boshqalar kiradi.
Amyoba iflos suvli havzalar tagida yashovchi, kattaligi 0,2-0,5 mm keladigan mayda organizmdir. «Amyoba» o`zgaruvchi degan manoni bildirib, u hamisha o`z shaklini o`zgartirib turadi.
Amyobaning hujayrasida yadro, protoplazma va ovqat hazm qilish vakuolasi bor. Tana tuzilishi sodda, yolg`on oyoqlar chiqarib bir joydan ikkinchi joyga harakat qiladi.Bu vaqtda ular oziqni o`rab olib, ovqat hazm qilish vakuoli hosil bo`ladi ba uning vositasida oziqlanadi. Amyoba butun tanasining yuzasi bilan nafas olib, suvda erigan kislorod protoplazmaga sizib o`tadi.
Umurtqasiz hayvonlar tipi vakillarining tuzilishi.
Kovakichlilar tipi. Kovakichlilar tuban darajada tuzilgan ko`p hujayralilarning eng xarakterli tiplaridan biridir. Kovakichlilarning o`ziga xos belgilari quyidagilar:
Kovakichlilar radial-nursimon simmetriyali tuzilishga ega. Masalan, uning vakili gidra tanasidan tik o`q o`tkazilsa, uning paypasligichlari bu o`q atrofida xuddi har tomonga taralgan yorug`lik nuri singari joylashadi. Buni nursiomn simmetriya dub ataladi.
Kovakichlilar tipi vakillarining tanasi ikki qavatli tuzilishga ega.
Kovakichlilarning tipik vakili - gidra. Gidra chuchuk suvlarda yashaydi. Uning tanasi ikki qavatdan: tashqi ektoderma, ichki entodermadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |