Mundarija mavzu: umumiy ta‘lim tizimi boshqarishning ilmiy asoslari va strategiyasi reja kirish



Download 323,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.07.2022
Hajmi323,36 Kb.
#830460
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Murotova Maftuna 2

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
II.BOB. TA‘LIM TIZIMINI BOSHQARISH ZAMONAVIY TA‘LIM 
MUASSASASI BOSHQARUV OBEKTI SIFATIDA 
2.1. Umumiy ta‘lim tizimida boshqaruvning strategik hamiyati 
Hayotning ijtimoiy zarurati, ta’limni boshqarishning nazariy va 
metodologik jihatlarini maxsus ilmiy yo`nalish sifatida qabul qilib, o`quv-tarbiya 
jarayonini boshqarishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishni taqozo 
ztadi. Ta`lim boshqaruvining asosiy jihatlarini nazariy va tadqiqot-tajriba nuktai 
nazaridan asoslash rahbarlarni maxsus ilm va malaka bilan qurollantirish uchun 
kerak. Bu ularga boshqaruv jarayonida vujudga keladigan aniq muammolarni 
to`g`ri hal etish, ta’limga oid jumboqlarni holisona yechishga yordam beradi. 
Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuksoni-ta`lim boshqaruviga oid 
tajribalarning deyarli utkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib bulmaydi. 
Chunki, bugungi kundagi eng asosiy muammo - boshqaruv tizimi sifatini tubdan 
o`zgartirishdan iborat. Buning uchun boshqaruv tizimini soddalashtirish, uning 
turdosh to`zilmalarini birlashtirish, oraliqdagi o`rinsiz bo`g`inlarni qisqartirish, 
har bir tizim darajasidagi vazifalar mohiyatidan imkon qadar oqilona foydalanish 
eng asosiy vazifalardandir. 
Ta`lim tizimini ilmiy jihatdan boshqarishninng o`ziga xos xususiyatlari 
quyidagilar xisoblanadi: 
boshqaruv mazmunida o`z aksini topgan davlat va ijtimoiy ta’lim manfaatlarining 
dialektik birligi; 
hozirgi zamon maktabi oldida turgan murakkab vazifalar bilan bog`liq bo`lgan 
boshqaruv qirralarining kengayishi; 
ta`lim boshqaruvi qonuniyatlarining ob`ektiv va sub`ektiv jihatlarini idrok etib 
foydalanish va o`rganish orqali tizim rivojlanishini yangi, sifat jihatidan yanada 
mukammal holatga yetkazish; 


18 
ta`lim boshqaruvi shakl va metodlarini milliy xususiyatlardan kelib chiqqan holda 
doimiy ravishda takomillashtirish; 
zamonaviy elektron-hisoblash mashinalaridan foydalangan holda boshqaruvning 
matematik, statistik hamda iqtisodiy metodlarini joriy etish hamda boshqaruv 
texnikasini rivojlantirish. 
Hozirgi paytda boshqaruv jarayonini belgalashda turli harakterdaga 
yondoshuvlar mavjud. Boshqaruv rahbarlik qarorlarini qabul qilish va uni tadbiq 
etish, yoki ta’lim jarayoni sifatida, boshqa xilda ifodalaganda boshqaruv 
jarayonida ma’lumotlarning doimiy harakati, to`g`ridan-to`g`ri yoki uning aks 
sadosi natijasi sifatida talkin etilmokda. 
Boshqaruv - ma’lum sharoitda har bir xodim, guruh yoki tashkilot 
faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi, imkoni boricha yuqori, yaxshi natijalarga 
erishishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. 
Boshqaruv jarayonining yana bir, nisbatan to`g`ri yo`nalish i - tizimli 
boshqaruv hisoblanadi, chunki uni faqat aniq; tizim orqali boshqarib bo`ladi. 
haqiqatda ham "boshqaruv" atamasi izohining ko`pchiligi boshqaruvga tizim 
shaklida yondoshish orqalidir. 
"Tizim" tushunchasi pedagogik amaliyotda tez-tez uchrab tursada, aslida 
biz tizim mohiyati va o`rnini hamisha ham darrov idrok qilaolmaymiz. Tizim - 
maqsad yagonaligi, mazmun, prinsip, vazifalar, shakl, boshqaruv metodi va yo`li 
bo`lib, ob`ektiv o`rganish va idrok etish hamda uni takomillashtirishga ta’sir etadi. 
Ta`limni boshqarish tizimi tashqi muhit bilan bog`liqligi tufayli ochiq tizim. 
Mazkur tizimning vazifasi bevosita o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish 
maqsadiga buysunadi. Boshqaruv jarayoni aslida barcha murakkab tizimlar 
qatoridan o`rin olganligi bois, bir butun tizim sifatida qarashga asos bo`ladi. Unga 
quyidagi jihatlar xos: 


19 
o`z xususiyatlariga ega bo`lgan ma’lum qismlarning mavjudligi; 
qismlarning o`zaro aloqadaligi va bir-biri bilan bog`liqligi (umumiy birlikka 
egaligi); 
ichki tashkiliylikka egaligi; 
qismlar, elementlarning buysunishi va buysunuvchanligi; 
ma’lum tashqi muhitda mavjud bo`lib, bir birlikni tashkil qilishi hamda o`z 
navbatida tizim faoliyatini davom ettirishga asos bo`lishi; 
faoliyatning maqsadga qaratilganligi, maqsadga erishish uchun intilshi; 
dinamik harakat, rivojlanishi; 
barqaror holatni saklab qolish qobiliyati;
tabiatida qarama-qarshilik mavjudligi; 
pedagogik jamoaning boshqaruv ishiga faol va o`z vaqtida qatnashishi. 
Ta`lim boshqaruvi tizimi - to`g`ri yo’naltiruvchi faoliyat bo`lib, yakka 
boshqaruvchilik va shaxsiy javobgarlikka asoslanadi. Demak, ta`limni boshqarish 
ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-pedagogik jarayon bo`lib, butun o`quv-tarbiyaviy 
ishlarning samaradorligini oshirish, yuqori natijalarga erishish uchun turli metod 
va vositalardan foydalanib ish ko`radi. 
To`la ishonch bilan shuni ta’kidlash mumkinki, ob`ektiv haqiqat 
qonunlarini bilmasdan turib, boshqaruvga tizimli holda yondoshib bo`lmaydi, eng 
muhimlaridan biri maktab boshqaruvining yaxlitlik (butunlik) qonuniyatidir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy tizim birligi - mazkur qonuniyatning eng zarur xususiyatidir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimning birligi xalq ta’limi tizimining bir butunligini 
belgilab beradi. Bu butunlikni qo`llab-quvvatlovchi mexanizm sifatida boshqaruv 
tizimi alohida o`rin tutadi va quyidagi jihatlarda o`z ifodasini topadi: 


20 
ta`lim boshqaruvi jamoa manfaati asosida amalga oshiriladi, bu o`z navbatida 
yagona, ko`p bosqichli boshqaruvga olib keladi
boshqaruv ishining tarkibidagi turli elementlarda buysunish va buysundirish bir 
maqsadga qaratilganligi bilan belgilanadi; 
boshqaruv tizimi ayrim elementlaridagi vaqtinchalik xatoliklar uning bir 
butunlikda faoliyat ko`rsatishiga monelik qilmaydi; 
boshqaruv tizimi tarkibida murakkab munosabatlar zanjiri mavjud. U 
kommunikativ aloqalar bo`lib, eng yuqori darajadan boshlab eng quyi zinagacha 
mavjud va bu zanjir bir-biridan ajralmasdir; 
boshqaruv shakllari xilma-xil bo`lishiga qaramasdan, boshqaruv apparatining 
barcha pog`onalaridagi munosabatlar barqarordir; 
ta`lim boshqaruvi mexanizmi barcha boshqaruv pog`onalarida turli- tuman 
munosabatlarda faoliyat ko`rsatadi. Bu moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-pedagogik, 
tashkiliy-texnik, ijtimoiy-psixologik munosabatlar bo`lib, ularning barchasi 
yagona maqsadga xizmat qiladi; 
jamiyat mulkchiligi qanchalik yagona boshqaruv tizimini talab etsa, yagona 
boshqaruv tizimi ham shunchalik umumjamiyat mulkchiligini hamda mavjud 
ishlab chiqarish munosabatlarini qullab quvvatlaydi; 
jamiyat va ishlab chiqarish taraqqiyotining barcha ob`ektiv qonunlari o`z mohiyati 
bilan boshqaruv tizimi xususiyatini belgilaydi va amal qiladi. 
Ta`lim boshqaruvi tizimining birligi, qonuniylik sifatida aniq birlik, 
umumlashtirish va muvofikdik, teng taqsimlash va ta`limning bir meyorda faoliyat 
ko`rsatishida ko`rinadi, bu o`z navbatida xalq ta’limi tizimining barchasiga ham 
taalluqli. 


21 
Markazlashtirish va markazlashtirishdan voz kechish qonuniyatlarining 
bog`liqligi. 
Markazlashtirish 
inson 
faoliyatining 
barcha 
bug`inlarida 
boshqaruvning eng asosiy xususiyati hisoblanadi. xalq ta’limining markazlashgan 
boshqaruv tizimi shunday boshqaruv tizimi tarkibiga ega va uning barcha 
bug`inlarida doimiy bo`lgan mustaxkam aloqalar mavjud. Bu aloqalar 
buysunuvchi va buysindiruvchini belgilaydi, 
Markazlashgan boshqaruv uning barcha bug`inlarida rahbarlik qarorlarini 
hamjihatlik bilan kelishib olishni nazarda tutadi. Boshqa jihatdan, maqsadga 
qaratilgan boshqaruv xalq ta’limining barcha tizimlarida qattiq reglamentatsiyani 
joriy etadi, deyish xatodir. Uning har bir bug`ini faoliyat ko`rsatishning o`ziga xos 
sharoitiga ega. 
Shuning uchun boshqaruv o`ziga xos muammolarni hal qilishda ma’lum 
mustaqillikni nazarda tutishi kerak. Bu markazlashgirishdan voz kechish bilan 
amalga oshiriladi. Ayniqsa bu ta`lim tizimiga taalluqli. Unda barcha jamoa 
azosining ijodiy xususiyati, eng avvalo maktab boshqaruvi tizimining ichki 
qonuniyatiga buysunadi. Markazlashtirilgan boshqaruvdan voz kechish har bir 
bug`inga, tizim va tizimchalarga mustaqil faoliyat huquqini beradi. 
Boshqaruvchi va boshqariladigan tizim munosabatlari qonuniyati 
boshqaruv mazmunining turli jabhalarida ko`rinadi, zero u siyosiy, iqtisodiy, 
tashkiliy va ijtimoiy omillarga bog`liq. Mazkur tizimlar qaysi bug`inlarda 
bo`lishidan qat’iy nazar, o`zaro ham miqdor, ham sifat jihatidan munosabatdadir. 
Hozirgi paytda boshqaruvchi va boshqariladigan tizimning miqdoriy nisbati 
oxirgisining foydasiga o`zgarmoqda. Mazkur jarayon mavjud qonuniyatning 
bevosita in’ikosidir. Ta`lim boshqaruvining jamoatchilik asosi qanchalik 
rivojlansa, yuqori boshqaruv tizimi organiga zarurat shunchalik kam qoladi
Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarning o`zaro munosabatlarida 
iqtisodiy jihatlar ham muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Mazkur tizimlarda 


22 
o`zgarishlar ular qiymatining ko`payishi yoki kamayishi bilan belgilanadi. Mazkur 
qonuniyat shu qatori ob`ektiv iqtisodiy asosga ham ega. 
Boshqariladigan tizim qiymatining oshishi quyidagi sabablar bilan bog`liq: 
barcha ta`lim tizimi bug`inlaridagi maktablar ishi mazmunining murakkablashuvi; 
maxsus tayyorlangan boshqaruv apparati kadrlariga bo`lgan talab natijasida 
boshqaruv kadrlarni qayta tayyorlash uchun sarflanadigan moddiy harajatlarning 
oshishi; 
boshqaruv tizimi uchun yangi kadrlar (sotsiolog, psiholog, pragrammist va x-k) ga 
extiyoj; 
ancha qimmat turadigan EXM larni sotib olish va boshqalar. 
Boshqaruv apparati qiymatining oshib borishi doimiy tus olmaydi, chunki 
har qanday faoliyat jarayonida ham ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik nazarda 
tutiladi. Shunday qilib, boshqaruvchi va boshqariladigan tizim munosabatlaridagi 
o`zgarishlar tabiiy hol bo`lib, u, ham jamiyat, ham xalq ta’limi rivojlanishida o`z 
aksini topadi. Bu qonuniyat boshqaruvchi tizimdagi o`zgarishlar bevosita 
boshqariladigan tizimda aks etishini nazarga tutishga imkon beradi. 

Download 323,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish