Moritoring natijalarini qayd etish daftari (saqlanish muddati 3 yil) va boshqalar. Maktabga kelayotgan va maktabdan chiqayotgan hujjatlar (kirim-chiqim hujjatlari) hamda maktab faoliyati jarayonida qabul qilingan boshqa qujjatlar maxsus kitoblarda (daftarlarda) qayd etiladi. Maktabning o`quv - tarbiya jarayonida, moliya-xo`jalik foydalanishni, belgilangan vazifalarning bajarilishini, hisobga olishni va boshqa jihatlarni talab etuvchi hujjatlar albatta qayd etilishi lozim.
II-BOB. UMUMTA`LIM MAKTABLARI HUJJATLARINING IJRO INTIZOMI
2.1. Xalq ta`limi tizimida ijro intizomining amaliy mexanizmlari.
Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 28 maydagi 136-sonli buyruglga muvofiq maktablarda ijro intizomiga kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor) mas:ul hisoblanadi. (bu yerda eski tahrirdagi kotiba lavozimi nazarda tutilmoqda)
Mazkur buyruqqa кота kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor) mehnat shartnomasi shartlariga, mehnat va ijro intizomiga: ichki mehnat tartibi talablariga rioya etadi: shuningdek, umumiy bolimdan hamda bevosita direktor nomiga kelgan xatlar va hujjatlarni korib chiqish hamda ijroga qaratish uchun kiritadi va o‘z vaqtida bolimlarga yoki ijrochiga qaytarib topshiradi, yuqori tashkilotlardan, vazirlik va boshqa davlat idoralaridan yuborilgan xabar, faksogramma va telefonogrammalarni qabul qilib oladi va o'z vaqtida direktorga yetkazadi va direktor koTsatmasi bilan tegishli hujjatlarni kompyuterda tayyorlab beradi.
Umumiy ma:noda aytganda kadrlar xizmatida mehnat qonunchiligi talablari asosida ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish; mehnat shartnomasini bekor qilish, ta’tillar berish, moddiy va ma’naviy rag batlantirish: intizomiy jazo choralarini qo‘llash; mehnat daftarchalarini yuritish, ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish, xizmat safarlariga yuborish, xizmat guvohnomalarini berish harakatlarni amalga oshirish ishlari rasmiylashtiriladi.
Kadrlarga oid ish yuritish, o’natilgan ishlash tartibi qoidalariga, kadrlarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash muddatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik kadrlar bo‘yicha menejerga yuklatiladi..
Maktab ichki nazoratini rejalashtirib va tashkil qila turib, maktab rahbarlari nazoratning barcha obyektlari, yo’nalishlari to’g’risida aniq, puxta tasavvurga ega bo’lishlari lozim. Taxminan quyidagicha: o’quv rejasidan ayrim fanlari o’qitish ahvoli; dastur materiallarini o’zlashtirish darajasining davlat talablariga (davlat ta’lim standartlariga) mosligi; pedagogik jamoaning iqtidorli va qobiliyatli o’quvchilar bilan ishlash tizimi; maktabda yuzaga kelgan, asosiy darajadan yuqori ma’lumot olishni ta’minlaydigan tizimning samaradorligi va rasionalligi (ixtiyoriy fanlar fakultativlar, maxsus kurslar va boshqalar); sust o’zlashtiradigan o’quvchilar bilan ishlash tizimi samaradorligi; pedagogik jamoaning majburiy tayanch va umumiy ta’limni ta’minlash bo’yicha ishlari; metodik ishlar; tarbiyaviy ishlar; maktab hujjatlarini yuritish; o’quv-moddiy bazadan foydalanish samaradorligi; kuni uzaytirilgan guruhlarda o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |