Ta'lim tizimidagi dolzarb vazifalar. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ta'limni sohasidagi bir qator vazifalar belgilab berilgan:
Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish. Eksperiment natijasiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim sohasida davlatxususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish (maqsad: davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etishning mexanizmlarini belgilash; maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish hamda bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish nazarda tutiladi);
Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarining maksimal darajada shaffofligini ta'minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, test natijalarini tezkor e'lon qilishning zamonaviy mexanizmlari amalda ijro etilishini ta'minlash (maqsad: oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini bir necha kun davomida o‘tkazishga; test sinovi natijalarini test o‘tkazilgan kunning ertasiga e'lon qilishga; jamoatchilik, jumladan abiturientlar ota-onalarining kirish test sinovlarini onlayn rejimida kuzatib borish imkoniyatini yaratishga oid tadbirlar nazarda tutiladi);
Oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini 2018-2019 o‘quv yilida 2017-2018 o‘quv yiliga nisbatan kamida 20 foizga oshirish (maqsad: fuqarolarning oliy ta'lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish; oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasini olgan abiturientlar hamda haqiqiy harbiy xizmatni o‘tagan va tegishli sertifikatni olgan yigitlarni ushbu muassasalarga alohida kvotalar bo‘yicha qabul qilish nazarda tutiladi)
Ta'lim sohasidagi yangi islohotlarning mazmuni, ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ish beruvchilar va buyurtmachilar ishtirokida kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish (maqsad: loyihada kasb-hunar ta'limi tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan yangi tahrirdagi kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash, uni tajribasinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish belgilanadi);
“Ta'lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish (maqsad: ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari; nodavlat ta'lim xizmatlarini tashkil etish va faoliyatni litsenziyalash; ta'lim tizimida davlatxususiy sherikchilikning asosiy qoidalari va yo‘nalishlari; ta'lim tizimida ma'naviyma'rifiy ishlar tizimini takomillashtirish; ta'lim jarayonini zamonaviylashtirishga oid boshqa qoidalar belgilanadi);
Yoshlarni kasbga tayyorlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish (maqsad: umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga beriladigan kasblar bo‘yicha zamonaviy malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash; o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan 489 ta sinflarni jihozlash nazarda tutiladi
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari rahbar va o‘qituvchilarining ish vaqti me'yorlarini qayta ko‘rib chiqish asosida ortiqcha hisobotlarni kamaytirish, ta'limni boshqarish organlari va rahbarlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilmagan hisobotlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qilishga barham berish (maqsad: o‘qituvchilar ish vaqti me'yorlarini belgilashga oid amaldagi hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish asosida ortiqcha qog‘ozbozlik va hisobotbozlikka chek qo‘yish; o‘qituvchilarning o‘z ustida ijodiy ishlashi hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish uchun shart-sharoit nazarda tutiladi);
Respublikadagi 335 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabining moddiytexnika bazasini mustahkamlash hamda maktablarni mebel, o‘quvlaboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta'minlash (maqsad: loyiha bilan manzilli dastur tasdiqlanib, qurilish, ta'mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi).
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida tegishli me'yoriy-huquqiy asoslar yaratiladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, xozirgi kunda zamonaviy ta'lim muassasa rahbari bu o‘zgarishlar va islohotlar bilan xamnafas bo‘lishi, yangiliklardan tezkor habardor va bu islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoadagilarni o‘z vaqtida habardor qilishi talab etiladi.