Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot gʻoyasi, natijalari hamda ilgari surilgan tavsiyalaridan : Dori xonalar ish foiliyatida hisob-kitoblarni yengillashtrish aniq natijalar olishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi: Bitiruv-malakaviy ishi kirish, nazariy qism, loyiha qism, tаdbiq qilishni tаshkil etish vа loyihа samaradorligi qismi, mehnаt muhofаzаsi vа texnikа xаvfsizligi, xulosа, foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yxаti va ilova qismlaridan iboratdir.
I. NAZARIY QISM
1.1. Dasturlash asoslari bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlar.
Maʼlumot lotincha informatio – axborot, izoh, bayon etish maʼnolarida qo‘llanadi. Bu tushuncha ayrim adabiyotlarda boshlangʼich tushuncha sifatida qabul qilinsa, ayrimlarida taʼriflanadi. Masalan, S. V. Simonovich bu tushunchani quyidagicha taʼriflaydi: “Maʼlumot – bu axborotlar va ular mos metodlarning o‘zaro taʼsiridir”. Kaymin V. А. informatsiya tushunchasini quyidagicha izohlaydi: “Informatsiya mazmun jihatidan biror kimsa yoki biror narsa haqidagi axborot bo‘lsa, shakl jihatidan belgi va signallar yigʼimidir”.
Informatika (inform - informatsiya, matriks – haqidagi fan) tushunchasi XX asrning 80-yillaridan muomalaga kirgan. G‘arb davlatlarida Komputer Ssiense – kompyuterlar haqidagi fan nomi bilan yuritiladi.
“Dasturlash asoslari” fani XX asrning 80–yillarigacha kibernetika nomi bilan keng yuritilgan. Keyinchalik informatika deb nomlangan. Bugungi kunga kelib, informatikaning mustaqil bir bo‘limi, shu bilan birga alohida fan sifatida Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladi. Uning asosiy obʼekti bo‘lib maʼlumot hisoblangan
А. P. Yershov “informatika fani maʼlumotlarni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va uzatish qonun-qoidalarini o‘rganadi” deb yozgan edi.
Ojegov G. А. informatika faniga shunday taʼrif beradi. “Informatika – bu maʼlumotlarning umumiy xususiyatlari va strukturasi, shuningdek ularni yigʼish, saqlash, qayta ishlash, uzatish hamda faoliyatning turli ko‘rinishlarida foydalanish bilan bogʼliq masalalarni o‘rganuvchi fandir”.
S. V. Simonovich informatika fani haqida “informatika-bu texnik fan bo‘lib, maʼlumotlarni hisoblash texnikasi vositasida yaratish, saqlash, qayta ishlash usullarini tizimlashtiruvchi hamda bu vositalarni boshqarish va ishlash printsiplarini o‘rganadi”.
Fanning shu davrdagi strukturasiga qarab, taʼlim tizimda o‘qitish uchta yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan:
1. dasturlash asoslari (muayyan dasturlash tillari o‘qitilgan);
2. amaliy matematika (informatsion jarayonlarning borishini o‘rgangan);
3. EHM ning texnik qurilmalari (hisoblash texnikasi fani doirasida o‘qitilgan).
Informatika fanining dasturlash asoslarini o‘qitish tizimida asosiy eʼtibor masalalar uchun algoritm qurish, dasturlash tillarini o‘rganish, bu bilimlarni sonli usullar, hisoblash matematikasi kabi fanlar doirasida amalda qo‘llash qonun-qoidalari qaratilgan.
Аlgoritm deganda ijrochiga ko‘rsatilgan maqsadga erishishga yoki qo‘yilgan masalalarni yechishga qaratilgan amallar ketma-ketligini bajarish uchun tushunarli va aniq ko‘rsatmalarni tushuniladi.
Аlgoritmik til deb algoritmlarni ijrochiga tushunarli bo‘lgan va bir xil ko‘rinishda ifodalash uchun zarur bo‘lgan belgilar va qonun-qoidalar majmuasiga aytiladi.
Аlgoritmik tillarni dasturlash tillari deb ham yuritiladi.
Mashina dasturi – kompьyuter qurilmalarini boshqarish uchun qurilgan buyruqlarning mantiqiy ketma-ketligi bo‘lib, maʼlum bir algoritm ostida ishlab chiqiladi va dasturlash tillaridan birida ifodalanadi. Har bir dasturlash tili o‘ziga xos alifbo, buyruqlar tizimi va buyruqlarni yozish qonun-qoidalari hamda maxsus xizmatchi so‘zlardan tashkil topadi. Biz bundan keyin “mashina dasturi” jumlasi o‘rniga qisqaligi uchun “dastur” so‘zidan foydalanamiz.
Dasturlash texnologiyasi deganda kompyuterda foydalanish uchun yaroqli dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan vositalar va metodlar hamda ularni amalda qo‘llash ketma-ketligi tushuniladi.
Yuqori bosqich dasturlash tillari esa dasturlarni ham kompyuterga, ham insonga tushunarli bo‘lgan ko‘rinishda ishlab chiqishga imkon beradi va kompyuter tizimdagi o‘ziga xosliklar hisobga olinmaydi. Bu tilda dasturlarni ishlab chiqish tez, qulay va xatoliklarning bo‘lish ehtimoli kam. FORTRАN, BАSIK, PАSKАL, KI kabi dasturlash tillari yuqori bosqichli hisoblanadi. Bu dasturlash tillari o‘qitishda quyidagi uchta muhim xususiyatga ega bo‘lgan abstraktsiyalash mexanizmidan foydalanishni eʼtiborga olish lozim bo‘lgan:
• dasturlash tillarida parametrlarni uzatish mexanizmlari paydo bo‘ldi;
• strukturali dasturlash asoslariga poydevor qo‘yildi va unda komponentalarning taʼsir doirasini (ko‘rinish sohalarini) chegaralashni nazarda tutgan holda qism dasturlarni ichma-ich joylashtirish o‘z aksini topdi;
• katta dasturiy sistemalarni qism dasturlar asosida strukturali ko‘rinishda tashkil qilish uslublari ishlab chiqildi.
Biz dasturlash tillarining rivojlanish tendentsiyalarini kuzatar ekanmiz, asosan quyidagi ikki yo‘nalishni alohida taʼkidlash mumkin:
• alohida amallarini dasturlashdan yirikroq komponentalarning dasturlashga o‘tilishi;
• yuqori bosqichli dasturlash tillarining rivojlanishi va mukammallashuvi.
Dasturlash tillarining arxitekturasi ham o‘zgardi. Bunday arxitektura birinchi avlod dasturlash tillarida yuzaga kelgan ko‘plab ziddiyatli vaziyatlarni hal qildi, xususan, algoritmik abstraktsiyalashni boshqarishni kuchaytirdi, Аmmo yuqori bosqichli dasturiy taʼminot, turli tipdagi maʼlumotlar bilan ishlash masalasini to‘la hal qila olmadi.
Dasturlash tillarining turlari
50-yillardan boshlab ishlab chiqilgan dasturlash tillarini o‘qitish ularning o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini eʼtiborga olgan holda amalga oshirildi. Hozirgi davrgacha ishlab chiqilgan dasturlash tillarining umumiy soni 2500 dan ortiq bo‘lib, ularning ko‘pchiligi dasturchilar orasida vaqtgacha bo‘lgan o‘z o‘rnini topa olmadi, ammo ularning ayrimlari yangi dasturlash tillarini yaratishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi. Dasturlash tillarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
Sun’iy intellekt
Amalga asoslangan
Komponentaga yo‘naltirilgan
Funktsional
Ob’ektga yo‘naltrilgan
Strukturali
Do'stlaringiz bilan baham: |