Mavzu: suniy yo'ldoshli aloqa tizimi antennalari. Reja



Download 22,12 Kb.
bet1/3
Sana12.03.2022
Hajmi22,12 Kb.
#492292
  1   2   3
Bog'liq
SUNIY YO\'LDOSH VA RADIORELELI ALOQA TIZIMLARI



MAVZU: SUNIY YO'LDOSHLI ALOQA TIZIMI ANTENNALARI.
REJA :


  1. SUNIY YO'LDOSH VA RADIORELELI ALOQA TIZIMLARI

  2. SUN'IY YO'LDOSHLAR

  3. TURLI XIL SHO'BALARNING RADIO UZATISH MARKAZLARI

O‘tgan yillar davomida respublika aholisining 0,9 foizini O‘zTV-1 “O‘zbekiston” davlat teledasturi bilan, 0,2 foizini O‘zRE-1 “O‘zbekiston” davlat radioeshittirish dasturlari bilan to‘la ta’minlash masalasi o‘z yechimini topa olmadi. Bular uzoq tog‘li aholi turar joylari bo‘lib, geografik nuqtai nazardan o‘ta murakkab va respublikamizning borish qiyin bo‘lgan hududlaridir.


Birinchi davlat teleradiodasturlarini bu uzoq tog‘li aholi turar joylarigacha yetkazib borishning texnik tomondan ikki yechim variantlari mavjud edi:

  1. Davlat teleradiodasturlarini har bir uzoq va tog‘li aholi turar joylariga uzatish va o‘sha yerda kam quvvatli televizion uzatkichlar orqali efirga sifatli uzatish yer usti strukturasini tashkil etish.

  2. Davlat teleradiodasturlarini sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ushbu aholi turar joylariga uzatishni tashkil etish.

O‘tkazilgan tahlil natijalariga muvofiq, davlat teleradiodasturlarini uzoq va tog‘li aholi turar joylariga uzatish masalasini hal etish uchun texnik tomondan aniqlangan ikkinchi variant, ya’ni sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali davlat teleradiodasturlarini efirga uzatish varianti tanlab olindi va shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining uzoq va tog‘li hududlariga 322 dona xizmat ko‘rsatilmaydigan kam quvvatli radiotelevizion uzatgichlar o‘rnatildi.
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi 2006 yilning sentyabr oyidan Rossiya Federasiyasining “Express AM1” (40E) sun’iy yo‘ldosh apparatini ijaraga olgan. Biroq “Express AM1” sun’iy yo‘ldosh apparatida yuzaga kelgan nosozliklar natijasida FDUK “Kosmicheskaya svyaz” va XKAT “Intersputnik” mutaxassislari bilan kelishilgan holda 2010 yil 23 iyun kuni yer usti qabul-uzatish stansiyasini “Express AM22” (53E) sun’iy yo‘ldoshiga o‘tkazildi.
“Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparatining parametrlari
“Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparati ko‘p turdagi (raqamli teleradioeshittirishlar, telefoniya, videokonferens aloqa, ma’lumotlarni uzatish, Internet tarmog‘idan foydalanish huquqi) xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, VSAT texnologiyasi asosida aloqa tarmoqlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. “Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparati Ku diapazonida bir maromdagi qamrov hududlarida yuqori sifatli aloqani tashkil etuvchi eng zamonaviy antenna tizimlari bilan ta’minlangan.
SUN'IY YO'LDOSHLAR. 1957–yilning 4–oktabr sanasida hozirgi Qozog`izston hududida joylashgan "Boyqo`ng`ir" (Байконур) kosmodromidan Yerning eng birinchi sun'iy yo`ldoshi Yer orbitasiga chiqarildi. Mana shundan deyarli 60 yil o'tibdiki, Yer atrofiga 600 dan ortiq tyurdagi, turli maqsad va vazifalarga mo`ljallangan sun'iy yo`ldoshlar chiqarilgan. Yerning sun'iy yo`ldoshlari yordamida fazoning yer atrofidagi qismi o`rganiladi va o`zlashtiriladi. Boshqariladigan kosmik apparatlar esa odamni (astronavtlarni) turli xil ilmiy, texnik izlanishlarni amalga oshirishi uchun xizmat qiladi. Yerning ilk sun'iy yo`ldoshi 83,6 kg massaga ega bo`lib, u Yer atrofida jami 92 sutka bo`lib, uning atrofini tahminan 1400 marta aylangan. Ilk parvoz yordamida atmosferaning yuqori qatlamlarining zichligini aniqlash, ionosfera orqali elektromagnit to`lqinlarning o`tishiga oid izlanishlar olib borilgan. Sun'iy yo`ldoshlar haqida umumiy ma'lumotlar. Xalqao kelishuvga ko`ra, agar kosmik apparat Yer atrofida kamida bir marta aylangan bo`lsa, uni "Suin'iy yo`ldosh" deyishga kelishib olingan. Aks holda u ballistik trayektoriya bo`ylab harakatlangan "raketa zondi" deb yuritiladi. Foydalanish maqsadiga ko`ra sun'iy yo`ldoshlar ilmiy–tekshirish va xizmat ko`rsatuvchi sun'iy yo`ldoshlariga bo`linadi. Agar sun'iy y`oldoshga radiouzatgichlar, yoki biror o`lchov qurilmasi, yoki yorug`lik signalini uzatuvchi impulsli lampalar (yoki diod) o`rnatilgan bo`lsa, bunday sun'iy yo'ldoshlar "aktiv" hisoblanadi. 1) Geofizik sun'iy yo`ldoshlar. Bunday sun'iy yo`ldoshlar Yer atmosferasining zichligini, Yer magnit maydonining kuchlanganlik darajasini va shu kabilarni o`lchab boradi. 2) Geodezik sun'iy yo`ldoshlar. Bunday sun'iy yo`ldoshlar yordamida Yer sathidagi nuqtalar orasidagi masofalar, shuningdek, Yerdagi nuqtadan sun'iy yo`ldoishgacha bo`lgan masofalar o`lchanadi. 3) Aloqa sun'iy yo`ldoshlari. Bunday sun'iy yo`ldoshlar Yerning bir nuqtasidan yuborilgan elektromagnit signalni to`g`ridan-to`g`ri aloqa o`rnatib bo`lmaydigan yoki aloqa bunday qilish mumkin bo`lmagan Yerning ikkinchi nuqtasiga uzatib berish vazifasini bajaradi, ya'ni retranslyator. Bunday retranslyatorlar aktiv va passiv bo`ladi. Aktiv retranslyator – Yerdan kelgan signalni qabul qilib, uni kuchaytirib, lozim bo`lganida chastotasini, kerak bo`lsa modulyatsiya shaklini o`zgartirib, Yerdagi boshqa nuqtalarga qayta uzatib, yo`naltirib beradi. Bunday vazifalarni bajarish uchun aktiv retranslyator elektr quvvatini quyosh batareyalaridan oladi. Passiv retranslyator – u biror radio-elektron qurilma bilan jihozlanmagan, tuzilishi jihatdan qaytaruvchi kuzguli antennadan iborat bo`lgan qurilma. Uning vazifasi Yerdan kelgan radio signalni qaytarish qurilmasi (ko`zguli antenna) yordamida boshqa tarafga akslantirib beradi. Shuning uchun ularga elektr manbai, mos ravishda quyosh batareyalari ham kerak bo`lmaydi. 4) Meteorologik sun'iy yo`ldoshlar. Ular ob–havoning qanday bo`lishini bilish maqsadida Yerning turli nuqtalaridagi bulutlar oqimining haratini va Yerning issiqlik (infraqizil) nurlatish darajasini o`lchab borishadi. Bunday o`lchash va kuzatishlar infraqizil datchiklar bilan jihozlangan kunduzgi va tungi videokameralar yordamida amalaga oshiriladi. 5) Geostatsionar sun'iy yo`ldoshlar. Bunday sun'iy yo`ldoshlar Yer sirtidan 35860 km balandlikdagi orbita bo`ylab, Yerning o`z o`qi atrofida aylanish yo`nalishi bilan mos yo`nalishda aylanib, harakatlanadi. Aynan o`shanday balandlikda sun'iy yo`ldosh Yerdagi kuzativchiga nisbatan qo`zg`almas bo`lib ko`rinadi. Bunday sun'iy yo`ldoshlardan hozirda raqamli TV kanallarini uzatishda ham foydalaniladi. 6) Navigatsion sun'iy yo`ldoshlar. Suv osti va suv usti kemalar, samolyotlar va alohida transport va boshqa harakat vositalarining, shuningdek, maxsus qabul qurilmasiga ega bo`lgan odamlarning qayerda, qanday tezlikda harakatlanayotganini aniqlash uchun navigatsion sun'iy yo`ldoshlardan foydalaniladi. Obyektning 1 ta sun'iy yo`ldosh yordamida aniqlangan koordinatasi (manzili, joylashgan joyi) 55 metrgacha hatolikka ega bo`lishi mumkin. Aniqlash hatoligini kamaytirish uchun obyektning koordinatasi bir vaqtning o`zida 3 ta navigatsion sun'iy yo`ldosh yordamida aniqlanadi. Quyidagi navigatsion tizimlar mavjud: • GPS – global positioning system (AQSh) – 24 ta navigatsion sun'iy yo`ldoshga ega. • ГЛОНАСС – глобальная навигационная спутниковая система (Rossiya Federatsiyasi) – 24 ta navigatsion sun'iy yo`ldoshga ega. • BeiDou – Beidou daoxan situn (Xitoy) – 16 ta navigatsion sun'iy yo`ldoshga ega. • DORIS – Doppler Orbitography and Radio-positioning Integrated by Satellite (Fransiya) • Galileo (Yevropa ittifoqi) – 27 ta navigatsion sun'iy yo`ldoshga ega. • IRNSS – Indian Regional Navigation Satellite System (Hindiston) – 7 ta navigatsion sun'iy yo`ldoshga ega. • QZSS – Quasi-Zenith Satellite System (Yaponiya) – 3 ta navigatsion sun'iy yo`ldoshga ega. Bulardan tashqari, ekvator tekisligi yaqinida joylashgan ekvatorial orbita bo`ylab harakatlanuvchi sun'iy yo`ldoshlar, qutbiy orbita bo`ylab harakatlanuvchi sun'iy yo`ldoshlar ham mavjud. ORBITALAR. Sun'iy yo`ldoshlarning orbitalari orbita tekisligining Yer ekvatorial tekisligidan qanday burchakka og`ib joylashganligiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: 1) 0<α<90 – og`ma orbita (rasmga qarang) 2) α=0 – ekvatorial orbita (rasmga qarang) 3) α=90 – qutbiy orbita (rasmga qarang) 4) Quyoshga (yorug`likka) moslashgan orbita, burchak o`zgaruvchan. Bunday orbita bo`ylab harakatlanuvchi sun'iy yo`ldoshlar Yerning har doim yorug` qismida bo`lib, Yer sirtini foto suratga oluvchi yoki video kuzatuvlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Geometrik shakliga ko`ra sun'iy yo`ldoshlar quyidagi orbitalar bo`lyab harakatlanadi: 1) Aylana shaklidagi yoki eksentrisiteti juda kichik bo`lgan ellipsli orbitalar. 2) Ellips shaklidagi orbitalar eksentrisiteti yetarlicha katta. Eslatma: eksentrisitet qanchalik nolga yaqin bo`lsa, shakl aylanaga yaqin bo`ladi, eksentrisitet kattalashgani sari aylanamiz siqilib, ellipsga o`xshab boradi. BALANDLIK. • Quyi (past) orbitada harakatlanuvchi ko`pgina sun;iy yo`ldoshlar elliptik orbita bo`ylab harakatlangani uchun ularning Yerdan balandligi davriy ravishda o`zgarib turadi. Perigeyda (yerga eng yaqin holatda) 193 km, apogeyda (yerdan eng uzoq holatda) 220 km balandlikda bo`ladi. • XKS – xalqaro kosmik stansiya Yer sirtidan 415 km balandlikda harakatlanadi. • Geostatsionar orbitada harakatlanuvchi sun'iy yo`ldoshlar 35860 km balandlikda bo`ladi. NEGA SUN'IY YO`LDOSHLAR YERGA TUSHIB KETMAYDI? Tasavvur qilin, siz baland binoning tomiga chiqib, qo`lingizdagi buyumni bor kuchingiz bilan gorizontga (to`g`riga) uloqtirdingiz. Xo'sh, nima bo`ladi bunda? Albatta u tushib ketadi. To`g`rirog`i, uni Yer tortib oladi. Agar siz o`sha buyumga gorizontal yo`nalishda birinchi kosmik tezlikni, yani 7900 m/s (7,9 km/s) tezlik bera olsangiz, u Yer sirti atrofida unga tushib ketmay aylanma harakat qilib qoladi. Nega deysizmi? Chunki, buyumni Yer doimo tortadi, lekin buyum Yer sirtida aylanma harakat qilgani tufayli unga markazdan qochma kuch ham ta'sir qiladi. Natijada, 7,9 km/s tezlik sababli markazdan qochma kuch Yerning tortish kuchiga tenglashadi va jism Yer sirtiga tushib ketmaydi. Faqat bu tajribani Yerdan yetarlicha balandda, atmosfera deyarli yo`q joyda qolish kerak. Aks holda jismning harakatiga havo qarshilik ko`rsatib, uning tezligining kamayishiga sabab bo`ladi va u Yerga tushib ketadi. Bunday tezlikka qanday erishish mumkin? Kuchli reaktiv dvigatellar avval raketani vertikal yo`nalishda biroz og`ibroq bo`lsa katta tezlikka erishisha ko`maklashadi. Raketa ko`tarilgani sari tezlik ham ortib boraveradi. Kerakli balandlikka chiqilgach, birin–ketin raketa tashuvchining qismlari orqaga uzlib ketaveradi. Oxirida esa foydali yuk kerakli balandlikka, kerakli tezlikka ega bo`ladi. Albatta, yuqorida yozilganlar sun'iy yo'ldoshlar haqidagi bilimlarning 1% i ham chiqmaydi. Imkon qadar umumiy ma'lumotlar berishga harakat qildik. Qiziqtirga savollar bo'lsa, kommentlarda muhokama qilsak yaxshi bo'ladi. Bilganlar ham javob berib tursa, nur ustiga a'lo nur bo'lardi.

Download 22,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish