1.2.1-jadval. Relyatsion omborga misol
Kompyuterda aksariyat hollarda matnli fayllar (tajribasi olib borgan sari u matnli fayllar o‘rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Turli xat, referat, she’r va x.k) ni yaratishda foydalaniladi foydalanuvchiningtajribasi olib borgan sari u matinli fayllar o‘rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli belgili ma’lumotlarni kiritish orqali jadvali, kartotekali varakalari ,tel.nomerlari va b. ma’lumotlarini jamlovchi ombor sifatida foydalanish mumkin. Bunday omborlar axborotni tasvirlash va joylashtirishni foydalanuvchining o‘zi belgilaydi.
Matnli fayllarda axborotni joylashtirishning bir variantini aniq misol tariqasida ko‘rib chiqaylik. Masalan, O‘zbekistonda tug‘ilgan va fundamental fanlar (fizika , matematika , biologiya kimyo va x. k.) soxasida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik mutaxasislarning “Fanlar ekspertlari ombori“ deb nomlanadigan kartatekasini (matnli fayllarda) yaratish mumkin. Bunday kartatekadan foydalanish ancha qulay.
Har bir olim (ombor atamasida - ekspert) 30 ta banddan iborat maxsus anketani to‘ldiradi. Har bir bandga shartli ravishda ikkilik kodi beriladi. Masalan: NA-ekspertining famiyasi, ismi, sharifi, DA-uy manzili, ED -ma’lumoti, FT - chet elga xizmat safariga borganligi va boshqa kodlashga ma’lum ma’lumotlarni bildirsin. Operator har bir anketani matnli faylga kiritadi .
Masalan:
NA-Soxibov Anvar Tuychievich
DA- 700019, Toshkent shaxar G‘.G‘ulom kuchasi 34 uy
ED-oliy
FT -1998 yilda Angliyaga borgan.
Eng asosiysi shundaki Ma’lumotlar omborini yaratishdan maqsad xosil qilingan ma’lumotlardan foydalanish qulayligidir.Birinchidan, turli alomatlariga ko‘ra axborotlarni tartiblash, 2-chidan, ixtiyoriy belgilariga ko‘ra ajratib olish oson. Matnli fayllar esa ma’lumotlarni ma’lumotlarni bunday tashkillashtirishni amalga oshira olmaydi.
Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlar qulay xisoblanadi.Komputerning dasturiy ta’minotiga kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni “tanitdi”.Kompyuter xotirasida jadval sifatida saqlanadigan fayllar, asosan kengaytmasi dbf (Data Base File) bo‘lgan fayllardir.
Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi (MOBT).
Ma’lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |