“ Tovarlarni Sinflash va Sertifikatlashtirish” kafedrasi
Tovarlarni sinflash sertifikatlash
va Bojxona ekspertizasi fani
6 mavzu: Bojxona Ekspertining huquq va majburiyatlari. Bojxona ekspertizasini o’tkazish tartibi. Bojxona ekspertiza o’tkazish usullari
Mavzu: Bojxona ekspertizasi
Reja :
1. Bojxona ekspertizasi maqsadi
2. Bojxona ekspertining huquq va majburiyatlari
3. Bojxona ekspertizasining huquqiy asoslari
4. Bojxona ekspertizasining usullari
5.Ekspert xulosasi
Bojxona ekspertizalari
Bojxona labaratoriyalarida
Ayrim hollarda markaziy bojxona labaratoriyalarida o’tkaziladi (BQB holatlari)
Ekspertiza jarayonida ekspertlardan tashqari soha mutaxasislari ham qatnashishi mumkin
Zarurat tug’ilganda ekspert tadqiqot ishlari ilmiy tadqiqot muassasalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarda o’tkazilishi mumkin.
Qo’shimcha va qayta ekspertizalar yangi ekspertiza sifatida tayinlanadi
Ekspert majburiyatlari:
Ekspertiza natijalarini obyektiv baholashdan kelib chiqib, o’z oldiga qo’yilgan savollar bo’yicha asoslangan holda xulosa beradi.
Agar taqdim etilgan ma’lumotlar ekspert oldiga qo’yilgan vazifaning faqat bir qismigina hal etish imkonini bersa ekspertizaga taqdim etilgan materiallar ustida tadqiqotlar o’tkazadi.
Ekspertga labaratoriyaning imkoniyat doirasida bo’lmagan vazifalarni hal etish topshirilgan bo’lsa u holda buning sabablarini asoslab yozma javob beradi.
BQB holatlari yuzasidan rasmiylashtirilgan ishlarni yuritayotgan mansabdor shaxsning chaqiruviga asosan o’zining xulosasi yuzasidan tushuntirishlar va qo’shimcha ma’lumotlar beradi.
Ekspertizani tayinlagan surishtiruv o’tkazayotgan organning ruxsatisiz BQB holatlari yuzasidan rasmiylashtirilgan ishlarni yuritish bo’yicha o’tkazilgan ekspertiza xulosalarini va surishtiruv natijalarini oshkor qilmaydi.
Ekspertizani tayinlagan surishtiruv o’tkazayotgan organning ruxsatisiz BQB holatlari yuzasidan rasmiylashtirilgan ishlarni yuritish bo’yicha o’tkazilgan ekspertiza xulosalarini va surishtiruv natijalarini oshkor qilmaydi.
Ekspertiza o’tkazish joyida xavfsizlik texnikasiga rioya qiladi.
Labaratoriya boshlig’ining yozma ravishda topshirig’isiz ekspertiza o’tkazmaydi.
O’ziga topshirilgan ekspertizani amalga oshirish jarayonida Labaratoriya boshlig’ining ruxsatisiz soha mutaxasislarini jalb etmaydi.
Ekspert vakolati doirasidan chiqadigan masalalarni hal etmaydi.