Mundarija kirish texnika xavfsizligi Asosiy qism Operatsion sistema tushunchasi Windows operatsion tizimida fayl tizimlari Linux operatsion tizimi dasturlash tillari: C++ va Java Xulosa foydalanilgan adbiyotlat kirish


Asosiy qism 2.1 Operatsion tizimlar va ularning rivoji



Download 122,81 Kb.
bet4/14
Sana31.12.2021
Hajmi122,81 Kb.
#275636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Hisobot 1

Asosiy qism

2.1 Operatsion tizimlar va ularning rivoji.

Operatsion sistema tushunchasi.

“Operatsion sistema" tushunchasiga aniq ta`rif berish qiyin. Chunki "sistema" so'zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi; "operatsion" so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada "amal" degan ma`noni anglatsada, uning tub mohiyatini bu birgina so'z bilan aniq tavsiflab bo'lmaydi.

Xo'sh, unda "Operatsion sistema"ni qanday tushunish kerak?

Avval uning foydalanuvchisi to'g'risida fikrlashaylik.

"Operatsion sistemaning foydalanuvchisi" tushunchasi ham ancha keng tushuncha bo'lib, oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi-mazkur sistemada ishlashi mumkin bo'lgan shaxs.



Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqatni ta`minlaydi va bu muloqat operatsion sistema deb yuritiladi.

Operatsion sistemani disk operatsion sistemasi yoki qisqacha DOS deb ham yuritiladi.

EHM operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim harakatlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, elektr chirog'ini yoqmoqchi bo'lsangiz, ulagichdagi tugmani bosishingiz, suv tarmog'idan suv olmoqchi bo'lsangiz, jo'mrakni burashingiz etarli. Keng ko'lamdagi xizmat ko'rsatish qurilmalari va tarmoqlari majmuisiz, bu resurslar (misolimizda suv va elektr toki) ni olish uchun ko'pdan-ko'p ishlarni bajarish lozim bo'lar edi. Masalan, katta orolda yolg'iz qolgan kishi suv olishi uchun o'zi quduq qazishi; o'tin yoki qurilish uchun lozim bo'lgan yog'och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo'nishi; oziq-ovqat uchun o'zi bug'doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo'ladi.

EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni bajarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma`lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslarni bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko'rsatilishi kerak edida). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko'p ishlarni engillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo'l kelmoqda.

Xo'sh, mazkur "yordamchi" dasturlar majmui bo'lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo'lar edi?

Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang'ich ma`lumotlar va natijaviy axborotlar qaerda joylashishini ko'rsatishi talab qilinadi.

Agar siz EHMning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, diskyurituvchi va boshqalar)ni qo'llamoqchi bo'lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak. Shuningdek qurilmalar ishlashi bilan bog'liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo'lar edi. Demak, "yordamchi" dasturlarning xizmati beqiyos ekan.

EHM "dasturli ta`minoti", "texnik ta`minoti" va " operatsion sistema" o'rtasidagi uzviy bog'lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.


Dasturli ta`minot o'z vazifalarini bajarishda tashqi qurilmalarni apparatli ("vositaviy") asos sifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturli ta`minot amallarini dasturli asos sifatida ishlatadi.

Bajaradigan vazifalaridan qat`iy nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo'ladi:

1. Ishonchlilik. Sistema o'zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo'lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo'lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga etkaziladigan zararnin goldiniolishikerak.
2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o'z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ha-laqit qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma`lumotlarini o'zgalar xatolari ta`siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
3. Samaradorlik. Odatda operatsion sistemaning o'zi EHMning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o'zi ancha ix-cham bo'lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim.

4. Qulaylik. Operatsion sistemada ko'p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.



Download 122,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish