Tabiiy signallarni bir xillashtirilgan signallarga aylantirish uchun maxsus me’yorlovchi o’zgartkichlar ko’zda tutilgan. Diskret chiqish signalli o’lchash o’zgartkichlari (releli o’zgartkichlar) chiqishda o’lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatga erishganda o’z holatini o’lchovchi kontaktga ega. Ular asosan texnologik signalizatsiya uchun qo’llanadi. O’lchov qurilmalarida axborotni uzatish vositasi energiya yoki modda oqimlari hisoblanadi. O’lchov o’zgartkichining yoki asbobning kirishiga energiya kirmasa (o’lchash ob’ektidan yoki oldingi o’zgartkichdan), o’lchash axborotini uzatish mumkin bo’lmaydi. Buni xisobga olib, barcha birlamchi o’zgartkichlar ikki guruhga bo’linadi: generatorli va parametrik o’zgartkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |