O’lchash o’zgartkichining asosiy xarakteristikalaridan biri o’zgartirish koeffitsienti bo’lib, u o’lchanayotgan kattalikni akslantiruvchi o’zgartkichning chiqishidagi signalning o’zgartkich kirishidagi signalga nisbatini ifodalaydi. Funktsional vazifasiga ko’ra o’lchash o’zgartkichlarini quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: birlamchi, oralik, masshtabli, uzatuvchi va boshqalar. Birlamchi o’lchash o’zgartkichi — o’lchash o’zgartkichi birinchi bosqichi bo’lib, unga o’lchanayotgan fizik kattalik qiymatini boshqa fizik kattalik qiymatiga o’zgartiradi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi. Birlamchi o’lchash o’zgartkichi yordamida o’lchanadigan kattalik yoki o’zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o’zgartkichga yoki o’lchash asbobiga uzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |