Oralik o’lchash o’zgartkichi — o’lchash zanjirida birlamchi o’zgartkichdan keyingi o’rinni egallagan o’lchash o’zgartkich bo’lib o’lchanayotgan fizik kattalikni unifikatsiya (bir xil) signalga o’zgartirishga mo’ljallangan o’zgartkichdir. Uzatuvchi o’lchash o’zgartkichi — o’lchash axboroti signallarini masofadan turib uzatish uchun mo’ljallangan o’zgartkichdir. Masshtabli o’lchash o’zgartkichi — kattalikni berilgan marta o’lchash uchun mo’ljallangan o’zgartkich. Istagan vazifani bajaruvchi o’lchash o’zgartkichi o’lchash asbobi bilan konstruktiv birlashtirilgan bo’lishi yoki o’zi alohida qurilmani tashkil etishi mumkin. O’lchash ob’ektiga o’Phatilgan va o’lchamlari, massasi hamda ta’sir ko’rsatuvchi omillarga mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o’lchov o’zgartkichlarining bir qator konstruktiv to’plamini datchik deb atash qabul qilingan. CHiqish signalining turiga qarab bir xillashtirilgan, tabiiy yoki diskret (kontaktli) signallar farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |