— qatlamlari turlicha bo’lgan harorat kengayish koeffitsientiga ega bo’lgan bimetall plastinkalarning siljishi; uchinchi holda — harorat o’lchanadigan muhit bilan bevosita aloqada bo’lgan sezgir element bilan bog’liq asbob ko’rsatkichining (strelkasining) siljishi. SHunday qilib, o’lchash o’zgartirishining ko’rsatmasi nimani va nimaga aylantirish kerak, degan savolgagina javob beradi, aniq o’lchash o’zgartkichlarining ko’rsatishi esa buni tabiatan qanday bajarish mumkin, degan savolga javob beradi. Aslida o’lchash o’zgartkichi bir xususiy o’lchash o’zgartirishini baja-ruvchi ma’lum amal printsipida yasalgan texnik qurilmani ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |