Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali tashkiloti Axborot xavfsizligi siyosatiga Ilova №2.
“ELEKTRON TA’LIM” MILLIY TARMOG‘IDAN FOYDALANISH HUQUQIGA EGA AXBOROT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA MA’SUL XODIM VA TASHKILOT XODIMLARINING JAVOBGARLIGI BO‘YIChA KO‘RSATMALARI
1.1 Ushbu ko‘rsatmada axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodim va Tashkilot xodimlari (“Elektron ta’lim” milliy tarmog‘ining axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bo‘lgan kompyuter foydalanuvchilari)ning asosiy vazifalari va majburiyatlari belgilangan.
1.2 Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadi tashkilot axborot tizimida axborotni noqonuniy o‘chirish, nusxalash, bloklash va shu kabilarni oldini olishdan iborat.
1.3 Axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodim tashkilot rahbariyatining buyrug‘i bilan axborot texnologiyalari sohasidagi eng malakali xodimlar orasidan tayinlanadi va tashkilot vazir o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
1.4 Agar axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimning o‘z vazifalarini bajarishini iloji bo‘lmasa ( ta’til, davolanish, ish safari va hokazo), uning vazifalari vaqtinchalik tashkilot rahbariyati tomonidan tayinlangan mutaxassis xodimga yuklatiladi.
1.5 Ushbu talabning bajarilishini nazorat qilish tashkilot rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.
2. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimining huquq va majburiyatlari 2.1 Tashkilotning axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimi tomonidan axborot xavfsizligining ta’minlanishi:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va milliy standartlariga, shuningdek yo‘riqnomaga muvofiq tashkilot AX masalalarini tashkil etish va nazorat qilish;
- axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ushbu yo‘riqnoma va boshqa hujjatlarning talablarini bilish va ularga rioya etish, shuningdek xodimlar tomonidan kompyuterdan foydalanishda doimiy monitoringni olib borish;
- ruxsat etilmagan axborotni olish uchun olib borilgan urinishlar haqida tashkilot rahbariyatiga darhol xabar qilish va ularni oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rish;
- tashkilotdagi kompyuterlar ro‘yxatini va ularni ishlatish bilan hal qilinadigan vazifalar ro‘yxatini bilish;
- tashkilotda kompyuterlarning apparat va dasturiy konfiguratsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish ishlarida qatnashish (ishtirok etish);
- kompyuterlarni ta’mirlash ishlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarga muvofiqligini ta’minlash;
- tashkilot xodimlarini apparat va dasturiy ta’minot bilan ishlashda zarur ko‘rsatmalar berish;
- foydalanuvchilarning parol bilan ishlashi, ularni o‘zgartirish va saqlash tartibiga rioya qilishini ta’minlash va ular ustidan muntazam nazoratni o‘rnatishi shart.
2.2. AX bo‘yicha mas’ul xodim:
- tashkilot xodimlaridan (foydalanuvichlaridan) axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda belgilangan axborot texnologiyalariga rioya qilishlarini talab qilish;
- axborot xavfsizligini ta’minlashda ruxsatsiz kirish, axborot va texnik vositalarga ziyon yetkazish yoki yo‘qotish xolatlari bo‘lganda rasmiy tergov o‘tkazilishini tashkillashtirish;
- rahbariyatga AX tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borishi kerak.