3. Tashkilot foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari 3.1. Tashkilot xodimlari – “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘ining axborot resursiga kirish imkoniga ega kompyuter foydalanuvchilari:
- “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulangan kompyuterlar bilan ishlashda ushbu yo‘riqnomani va axborot xavfsizligi bo‘yicha boshqa hujjatlarni bilish va ularga rioya qilish;
- kompyuterida o‘rnatilgan apparat va dasturlardan to‘g‘ri foydalanishi hamda ularga o‘rnatilgan axborot xavfsizligi vositalari bilan ishlash qoidalariga qat’iy rioya qilishi;
- parol (parollar)ni maxfiy tutish;
- unga biriktirilgan kompyuterning apparat va dasturiy ta’minot konfiguratsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ishlarda qatnashishi;
- shaxsiy parollarni boshqa shaxs tomonidan ishlatilayotganligini sezsa yoki ularni yo‘qotsa, shuningdek tekshirish bo‘yicha shubhalar mavjud bo‘lsa, zudlik bilan axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimni ogohlantirishi kerak:
a) muhrlarning buzilganligi, kompyuterning apparatida stikerlarni o‘zgarganligini aniqlasa yoki uning yo‘qligida sodir etilgan boshqa hodisalar kompyuterga ruxsatsiz kirishga urinish sifatida baholasa;
b) ruxsatsiz (belgilangan tartibni buzgan holda) dasturiy ta’minot yoki kompyuter texnikasi konfiguratsiyasi o‘zgarganida;
v) tizimning to‘g‘ri ishlashi va kompyuterda ishlashni qiyinlashtiruvchi dasturiy ta’minotlardan shikoyatlar bo‘lgan xolatlarda.
3.2. Foydalanuvchilarning:
- tashkilotda axborot xavfsizligi choralarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni berish;
- faoliyatida zarur texnik va metodik yordam ko‘rsatish uchun axborot xavfsizligi mas’ul xodimiga murojaat qilishga huquqlari bor.
3.3. Foydalanuvchilarga:
- faoliyatiga oid bo‘lmagan maqsadlarda kompyuter apparat va dasturiy ta’minot komponentlarini ishlatish;
- kompyuterning apparat va dasturiy ta’minot konfiguratsiyasiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar kiritish yoki kompyuterning shakllari bilan ta’minlanmagan qo‘shimcha dasturiy ta’minot yoki apparatlarni o‘rnatish;
- hisobga olinmagan axborot tashuvchi (USB disklar va hokazo)larga maxfiy ma’lumotni yozish va saqlash;
- ruxsatsiz kirishdan himoyalanish vositalarini (ekran va klaviaturani vaqtincha qulflash) faollashtirmasdan shaxsiy kompyuterni qarovsiz yoqilgan holatda qoldirish;
- ish kompyuterida yoki maxfiy ma’lumotni o‘z ichiga olgan ma’lumot tashuvchilarni shaxsiy nazoratsiz qoldirish;
- kirishga huquqi bo‘lmagan axborot resurslariga ruxsatsiz kirishga urinish, ma’lumotni qasddan o‘zgartirish, yo‘q qilish, o‘qish yoki ma’lumotni ruxsat etilmagan tarzda amalga oshirish;
- dasturiy ta’minotda inqiroz holatining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin xatolardan qasddan foydalanish taqiqlanadi.
4. Javobgarlik 4.1. Tashkilotda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun axborot xavfsizligi ma’sul xodimi shaxsan javobgardir.
4.2. Axborot xavfsizligi mas’ul xodimi “ET” MTda ushbu yo‘riqnomaning talablariga mos keladigan kompyuterlardan foydalanishda axborot muhofazasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishni tashkil qilish va sifatini ta’minlash uchun shaxsan javobgardir.
4.3 “ET” MTning axborot resurslaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot foydalanuvchilari o‘zlari foydalangan axborot manbalarida axborot xavfsizligini ta’minlashlari, shuningdek ushbu yo‘riqnomaning talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun shaxsan javobgardirlar.