4. “Elektron ta’lim” Milliy tarmog‘i foydalanuvchilarining majburiyatlari
4.1 “ET” MT foydalanuvchilari majburiyatlari:
- funksional majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda tarmoqdan va global tarmoqlardan foydalanmaslik;
- tarmoqning axborot va texnik resurslaridan tijorat maqsadlarida foydalanmaslik;
- tarmoqning texnik va axborot resursiga zarar yetkazish ehtimoli (harakat yoki harakatsizligi)ni istisno qilish;
- boshqa manbalardan olingan fayllarni ishlatish yoki ochishdan oldin, zararli dasturlardan fayllarni skanerlash shart.
4.2 “ET” MT foydalanuvchilariga:
- AX bo‘yicha mas’ul shaxs yoki tizim administratoriga yozma ravishda ogohlantirmasdan, bunday harakatlar zarurligini tushuntirib bermasdan, tarmoqni tekshiradigan dasturlar (turli xil snifferlar, port skanerlari va shunga o‘xshash xolatlar)dan foydalanish;
- qo‘shimcha tarmoq protokollarini o‘rnatish, tarmoq protokoli sozlamalari konfiguratsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish;
- funksional majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq holatlardan tashqari, video va rasm fayllaridan foydalanish;
- funksional majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq holatlardan tashqari, elektron pochta orqali ommaviy (musiqa, video, foto) fayllar jo‘natish;
- testdan o‘tkazilmagan manbalardan, shuningdek, portativ media orqali olib borilgan dasturlarni va fayllarni ochish, qattiq diskka antivirus dasturida tekshirmasdan joylashtirish;
- tarmoqdagi funksional majburiyatlar bajarilishiga (o‘yinlar, rasmlar, videolar, virtual CDlar va h.k) kerak bo‘lmagan umumiy tarmoq drayverlarga fayllarni saqlash;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan saytlarga ulanish va ko‘rish;
- “ET” MTda faoliyat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan musiqa va video-foto materiallarini yuklab olish va tarqatish TAQIQLANADI.
5. “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i foydalanuvchilarining javobgarligi:
5.1 Foydalanuvchi o‘ziga biriktirilgan ish joyini ushbu tartib talablariga muvofiqligini ta’minlashga javobgardir.
5.2 Agar tarmoq foydalanuvchisi ushbu tartib talablariga muvofiqligini ta’minlash imkoniga ega bo‘lmasa, AX bo‘yicha mas’ul xodim yoki tizim administratoriga (yozma shaklda, telefon orqali yoki shaxsan) zudlik bilan ma’lumot berishga majburdir.
5.3 xodimlar tomonidan ushbu tartib buzilgan barcha holatlarda AX bo‘yicha mas’ul xodim O’z-FIPI rahbariyatiga yozma ravishda xabar berishi kerak.
5.4 Agar ushbu tartib talablarini muntazam buzilganligi kuzatilsa, mazkur “ET” MT foydalanuvchisining ro‘yxatidan o‘tgan ish stansiyasi o‘chiriladi.
5.5 Tarmoq foydalanuvchisi tomonidan mulkka zarar yetgan yoki shikastlangan hollarda, zararning o‘rnini qoplash foydalanuvchining zimmasidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |