Transplantatsiya odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to’qima va organlarning o’rniga sog’lom to’qima va organlarni ko’chirib o’tkazishdir



Download 21,5 Kb.
Sana12.02.2022
Hajmi21,5 Kb.
#444871
Bog'liq
Transplantatsiy


Transplantatsiya odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to’qima va organlarning o’rniga sog’lom to’qima va organlarni ko’chirib o’tkazishdir. Tananing turli a’zolari: teri, muskul, nervlar, ko’zning muguz pardasi, yog’ va suyak to’qimasi, buyrak, jigar, yurak, hamda boshqa organlar ko’chirib o’tkaziladi. Ko’chirib o’tkaziladigan to’qima yoki organ kimdan olinganligiga qarab transplantantlarning bir necha turlari mavjud: autotransplantant – bemorning o’zidan, allotransplantant – odamdan odamga, izotransplantant – genetik xususiyati deyarli bir xil yoki bir tuxumli egizak bo’lgan organizmlararo transplantatsiya, ksenotransplantant – boshqa individdan.

Transplantatsiya tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak dastlabki transplantatsiya operatsiyalari sichqon, kalamush, quyon, it kabi hayvonlar ustida amalga oshirilgan. Amaliyot muvaffaqqiyatli amalga oshirilganidan so’ng, odamlarda ham qo’llanila boshlangan. Birinchi buyrak transplantatsiyasi 1954-yil 23-dekabrda Boston gospitalida o’tkazilgan va operatsiya muvaffaqiyatli kechgan. Bemor operatsiyadan so’ng, 8 yil yashagan. Birinchi jigar transplantatsiyasi doktor Tomas Starlz tomonidan AQSh da 1963-yilda amalga oshirilgan. Afsuski, bemor operatsiyadan bir necha kun o’tib vafot etgan. 4 yildan so’ng yana Starlz tomonidan shunday operatsiya bajarilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli kechgan, bemor bir yildan ortiq yashagan. Yurak transplantatsiyasi juda ham qiyin transplantatsiya operatsiyalaridan bo’lib, birinchi marta 1967-yil muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan, lekin bemor 18 kundan keyin zotiljam kasalligi sababli vafot etgan. Yurakni ko’chirib o’tkazish bilan bog’liq muammolar juda ham ko’p bo’lib, amaliyot o’tkazish hali ham xavfli hisoblanadi. Chunki operatsiya ko’pgina hollarda o’limga olib kelishi mumkin. Odatda, yurak ko’chirib o’tkazilgandan keyin 5-7 yil xizmat qilib bera oladi. Lekin, bu borada ham navbat kutayotganlar kamayayotgani yo’q. Chunki hamma ham bir nafas bo’lsa-da ko’proq yashashni xohlaydi.

Yurak transplantologiya bozorida eng qimmat organlardan bo’lib, Yevropada 250 ming dollar atrofida baholangan. Buyrak transplantatsiyasi ham muhim transplantatsiyalardan hisoblanadi. Buyraklarni mashina yoki kvartiraga almashish haqidagi hazillar asosga ega. Buyrak narxi Yevropada 50-70 ming dollarga baholanmoqda. Transplantatsiya amaliyotida bo’ladigan operatsiyalarning 70 % ini buyrak ko’chirib o’tkazish amaliyotlari tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib donorlar ham buncha pulni so’rashlari ajablanarli emas. Inson bitta buyrak bilan ham yashaydi, faqat bitta buyragi 75 % atrofida ishlashi kerak. O’pka-odam tanasi bo’ylab kislorod yetkazib beradigan muhim organ. Afsuski, keyingi paytlarda o’pka kasalliklari ko’payib bormoqda, donorlar esa yetarli emas. Chunki, odam o’lganidan 2 soat o’tganidan so’ng, o’pkadan foydalanish mumkin bo’lmay qoladi. Shuning uchun, shifokorlar donorning o’pkasini ko’chirib o’tkazish jarayonida mo’jizakor ravishda tez ishlashlari kerak. Bu a’zoning narxi qimmatligining sabablaridan biri ham shunda. Ildiz hujayralari transplantalogiyasi saratonni davolashda keng foydalaniladi. Ildiz hujayralari juda qimmat turadi, sabablaridan biri shuki, mos keladigan donor topishning o’zi ham katta muammo.

Mustaqil Respublikamizda 2018-yil 11-iyun kuni “Inson organlari, to’qimalari va hujayralarini transplantatsiya qilish to’g’risida” gi qonun qabul qilindi. Yangi qonunga ko’ra transplantatsiya amaliyotlari Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasida amalga oshirilmoqda. Hukumatning mazkur qarorida kim donor bo’la olishi yoki bo’la olmasligi masalasiga ham aniqlik kiritilgan. Jumladan, quyidagi yaqin qarindoshlar donor bo’lishi mumkin: ota-ona, tug’ishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar, er-xotinlar, farzandlari (shu jumladan, asrab olinganlar), shuningdek er-xotinning ota-onalari. Lekin ushbu yaqin qarindoshlar 18 yoshga to’lmagan, belgilangan holatda o’zini o’zi boshqara olmaydigan deb topilgan, ozodlikdan mahrum qilingan, I va II guruh nogironlari, homilador ayollar hamda narkomaniya, surunkali alkogolizm va toksimaniyadan azob chekayotgan bo’lsa, ulardan transplantatsiya maqsadida buyrak yoki jigar bo’lagini olishga yo’l qo’yilmaydi. Transplantatsiya bajarilganidan so’ng, donor va retsipiyent kamida uch yil davomida profilaktik dispanser ko’rigi bilan ta’minlanadi. Yurtimizda o’zbek va chet el shifokorlari hamkorligida birinchi marta jigar serroziga uchragan bemorda jigar transplantatsiyasi amaliyoti amalga oshirildi. Amaliyotda 21 nafar shifokor, 10 nafar o’rta tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Operatsiya jarayoni qariyb 15 soat davom etdi. Birinchi marta o’tkazilgan murakkab operatsiya muvaffaqiyatli o’tdi.



Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda jahonda rivojlanib borayotgan transplantologiya operatsiyalarining Markaziy Osiyo davlatlaridan faqatgina bizning respublikamizda amalga oshirilayotgani yurtimizda tibbiyot sohasiga katta e’tibor berilayotganligining haqiqiy isbotidir.
Download 21,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish