Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali tashkilotining Axborot xavfsizligi siyosatiga Ilova №1.
“ELEKTRON TA’LIM” MILLIY TARMOG‘IDAN FOYDALANISH BO‘YICHA TARTIB
1.1 “Elektron ta’lim” Milliy tarmog‘i (“ET” MT ) telekommunikatsion kompleks platforma bo‘lib, korporativ axborot resurs tarmog‘ida o‘zaro ma’lumot almashinish imkoniyatini yaratadi.
1.2 “ET” MT axborot resurslari (serverlar)ni samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun texnik asos hisoblanib, xodimlarning axborot faoliyatini, shu jumladan hujjat aylanishi tizimini ta’minlaydi.
1.3 Ushbu tartib “ET” MT faoliyati qoidasi va prinsiplarini, shuningdek tarmoq foydalanuvchilarining majburiyat va mas’uliyatlarini belgilaydi.
2. “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘idan foydalanish “ET” MT axborotni nazorat qilish tizimini ajralmas qismi hisoblanadi va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida axborot va ma’lumot almashinishga mo‘ljallangan, xususan:
- O’z-FIPI tasarrufidagi tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ma’lumotlarni tezkor almashish;
- umumiy axborot tarmog‘idan foydalanish;
- global tarmoqlar (Internet) ma’lumotlariga yagona tarmoq orqali erkin kirish;
- elektron pochta xizmatini korporativ tarmoqda foydalanish;
- markazlashtirilgan ma’lumotlar ombori turli darajalarda axborotdan foydalanishni tashkil etilishi asosida qarorlar qabul qilish jadallashishini ta’minlash.
3. “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘ini rivojlantirish ishlari bo‘yicha tizim administratori huquqlari 3.1 “ET” MTni kengaytirilishi bilan bog‘liq barcha masalalar tizim administratori tomonidan hal etiladi;
3.2 “ET” MT tizimini optimallashtirish uchun tizim administratori tarmoqning bir qismi bo‘lgan har qanday elementini tahlil qilish huquqiga ega;
3.3 Bir butun sifatida tarmoqning barqaror ishlashi uchun tarmoq tizimiga kiruvchi elementlarni qayta tashkillashtirish bo‘yicha tizim administratori tavsiyalarini inobatga olish kerak.
Serverlar Server boshqaruv tizimi tizim administratori tomonidan amalga oshiriladi.
Server yoki ish stansiyasining texnologik maqsadlarda o‘chirilishi faqat tizim administratori tomonidan ushbu server yoki ish stansiyasining barcha foydalanuvchilari oldindan xabardor bo‘lganida amalga oshiriladi.
Serverlarni o‘chirishda yoki buzilganda uni bartaraf etishda tizim administratori birinchi navbatda idoralarda ish uzilib qolmasligi uchun tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Telekommunikatsiyalar Tarmoqning telekommunikatsiya kanallarini yaratish va yuritish tizim administratorining mutlaq vakolati hisoblanadi.
Ish stansiyasi tizim administratori tomonidan yoki tarmoqning tegishli bo‘linmalari uchun O’z-FIPI vakolatli texnik mutaxassislari tomonidan tarmoqqa ulanadi.
Segmentli ulash yoki qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qaror tizim administratori tomonidan mavjud resurslar va texnik imkoniyatlarga muvofiq ariza asosida amalga oshiriladi.
Tarmoq topologiyasini uchinchi tomon tashkilotlari tomonidan yoki foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda tizim administratori yoki axborot xavfsizligi (AX) bo‘yicha mas’ul xodim bilan maslahatlashmasdan o‘zgartirish, har qanday tarmoq elementini ulash va qayta tuzish taqiqlanadi.
Tarmoqqa tashqaridan kirish uchun ish stansiyasiga modemlar va boshqa qurilmalarni ulash ta’qiqlanadi. Istisno holatlarda bunday aloqalar tizim administratori tomonidan amalga oshiriladi.
Ish stansiyalari Tarmoqni to‘g‘ri ishlashi uchun foydalanuvchi ish stansiyalarining operatsion tizimini sozlash tizim administratori tomonidan amalga oshiriladi. Tizim administratorining va AX mas’ul xodimining ishtirokisiz ish stansiyasining konfiguratsiyasini o‘zgartirish, yangi dasturiy ta’minotlarni va apparatlarni o‘rnatish, tizim parametrlarini mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslar tomonidan o‘zgartirish taqiqlanadi.
“ET” MT tizimi foydalanuvchilarining huquqlari va majburiyatlari ushbu tartib va qo‘shimcha yo‘riqnomalar bilan tartibga solinadi.
Tarmoq foydalanuvchisini tarmoq resurslaridan o‘chirib qo‘yish ushbu foydalanuvchining bildirishnomasi bilan amalga oshiriladi.
Foydalanuvchida aloqa sozlamalari o‘zgarganda tizim administratori kanalning ishlashini va tarmoq resurslariga kirishni tekshiradi.
Tarmoq foydalanuvchilari tarmoq elementlarini (foydalanuvchi nomlari, parollar va hokazo) tashkil etish haqida har qanday ma’lumotlarni boshqa shaxslarga topshirishi qat’iyan man etiladi.
Foydalanuvchilar tomonidan o‘zlari yoki boshqalarning huquqlarini ruxsatsiz kengaytirishi taqiqlanadi.
Ish stansiyalarining joylashuvini kelishuvsiz o‘zgartirish ta’qiqlanadi.