Bu muassasa ma'lumotlarini yoki uning tizimi bilan bog`lik bo`lgan biror qismini himoya qiladigan javobgar shaxs. U barcha ma'lumotlar tuzilishi nazoratini amalga oshiradi. Shuni esda tutmoq lozimki ma'lumotlarni himoya qilish va ularga egalik qilish bir narsa emas. Bank boshqaruvchisi bankka qo`yilgan narsalarga himoyachi bo`ladi, lеkin qimmatbaxo narsalarga bo`lmaydi. Boshqarma yoki ayrim shaxs ma'lumotlar egasi bo`lishi mumkin. Ma'lumotlar bazasi administratori ma'lumotlar saqlanishiga javob bеradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ma'lumotlardan ularni foydalanishga ruxsat olgan shaxslargina foydalanishi mumkin.